O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Download 343.63 Kb.
bet1/14
Sana18.06.2023
Hajmi343.63 Kb.
#1580575
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
логоритмика


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

Logoritmika mashg‘ulotlarida nutq buzilishlarini bartaraf etishga qaratilgan mashq va o‘yin turlari


( METODIK TAVSIYANOMA)

Toshkent – 2023

ANNOTATSIYA
Ushbu malakaviy loyiha ishimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning tovush kamchiliklarini logoritmika mashqlari orqali bartaraf etish, bolalarning og‘zaki nutqini musiqa bilan korreksiyalash do‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Malaka loyiha ishimizning maqsadi:

  • Logoritmika mashg`ulotlarida nutqiy nafas, ovoz va talaffuz apparatini faollashtirish yollarini o‘rganish va metodik tavsiyalar berish.

Malaka loyiha ishida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etishda logoritmika orqali ko‘zlangan maqsadimizga erishish uchun ishning yakunida xulosa va takliflar berildi.


Muallif :
M. N. Gadaeva. Navoiy viloyati Zarafshon shahar 6-sonli DMTT defektolog logoped
M. N. Iminjonova. Namangan shahar Yangi Namangan 15-sonli DMTT Defektolog logoped
Z. S. Salamullaeva. Toshkent tumani. Markaziy poliklinika


MUNDARIJA
Kirish..........................................................................................................4
Logopedik ritmikaning asosiy tushunchalari..............................................5
Logopedik ritmikada usullar ......................................................................10
Logoritmika mashg`ulotlarida nutqiy nafas,ovoz va talaffuz apparatini faollashtirishga qaratilgan mashqlar...........................................................13
Korreksion pedagogik ishlar oid oʻyinlar .............................................19
Muskullar tonusini tartibga soladigan mashqlar…………………………..22
Xulosa .........................................................................................................26
Foydalanilgan adabiyotlar ..........................................................................27

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22-oktyabrda qabul qilingan , senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan qonunning 33- moddasida aytib o‘tilganidek Maktabgacha ta’lim–tarbiya bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual,ma’naviy, ahloqiy, yetuk, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishiga shuningdek, bolallarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turidir. Logopedik ritmikaning vazifalari sog‘lomlashtiruvchi, ta’limiy (anglash), tarbiyalovchi, korreksiyalovchi sifatida belgilanadi. Nutqida buzilishi bo‘lgan,bolalarda sog‘lomlashtiruvchi vazifani hal qilish natijasida suyak-muskul apparatlari mustahkamlanadi, nafas olish, motor, sensor funksiyalar rivojlanadi, muvozanat tuyg‘usi, to‘g‘ri qad-qomat, qadam tashlash, chiroyli harakat tarbiyalanadi. Ta’lim beruvchi vazifaning amalga oshirilishi harakat malakasi va ko‘nikmasining shakllanishiga, makon tasavvurlari va qobiliyati ixtiyoriy ravishda borliqda boshqa odamlar va predmetlarga nisbatan siljish, epchillik, kuch, chidamlilik, bir harakatdan boshqasiga o‘tish, harakatlarning uyg‘unlashuvi, tashkilotchilik qobiliyatining rivojlanishiga imkon beradi. Ta’limiy vazifalarni amalga oshirishda nutqiy patologiyasi bo‘lgan odamlar metroritmika, musiqiy madaniyat, musiqiy idrok va ta’sirchanlik sohasidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtiradilar. Tarbiyaviy vazifalarni hal qilish nutqiy patologiyasi bo‘lgan odamlarda aqliy, ma’naviy, estetik va mehnat tarbiyasida yordam ko‘rsatadi. Tarbiyaviy vazifalarni hal qilish aynan quyidagilarga ko‘maklashadi: ohangni sezish, musiqada, harakatda va nutqda ohang ta’sirchanligini his qilish qobiliyatini rivojlantirish; musiqiy obrazlar va malakani ushbu obraz bilan mos ravishda ohangli, ta’sirchan harakatlantira olish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni yangicha shakl olishni uddalash, badiiy-ijodiy qobiliyatni ko‘rsata olish; ijobiy shaxsiy sifatlar, jamoatchilik tuyg‘usi, turli faoliyat turlarining qoidalarini o‘rganish va boshqalarni tarbiyalash. Nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalarga korreksion-logopedik ta’sir ko‘rsatish ishini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, nutq faoliyatidagi buzilishlarning sabab va mexanizmlarini, nutq buzilishlarining rivojlanishi va ularni bartaraf etish qonuniyatlarini, shuningdek nutq organlarining normada va patologiyada rivojlanish holatini chuqur bilish talab Bola psixik va somatik jihatdan sog‘lom, barkamol bo‘lishiga o‘z me’yorida aqliy qobiliyatga ega bo‘lib, yetarli darajada psixik faollikka ega bo‘lishga ehtiyoj sezishi uchun to‘g‘ri nutq sharoitida bo‘lishiga ham bog‘liq. Demak, nutqning to‘g‘ri tarkib topishi atrofdagilar nutqiga , nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muhiti va ta’lim – tarbiyaga bog‘liq.



Download 343.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling