O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet106/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Birinchidan, Amir Temur qadriyati mustamlakachilik yillarida ong-u shuurimizdan o'chirib tashlangan milliy tuyg'ularimizni qayta tiklash, millatni millat, davlatni davlat qilish kerak. Endi tafakkur va tushunchalarimizdagi parokandalikkka barham berib, milliy za-min va milliy ruh haqqi-hurmati uchun birlashishimiz kerak. Uning: «Bizkim mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim millatlarning eng qadimi va eng ulug'i - turkning bosh bo'g'inimiz», degan gap-lari qadimiy xalqimizning milliy tuyg'usini, buyuk va jahonshumul an'analarga voris ekanligini chuqur anglashga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, xalqimizning milliy g'ururini, milliy ongini yuk-saltirish uchun qariyb unutilgan tariximizni qayta tiklash lozim. Amir Temur esa ana shu ko'hna tarixning buyuk cho'qqisidir.
Uchinchidan, farzandlarimizni, kelgusi avlodni ulug' ajdodlari-mizning nomi va merosi bilan faxrlanishga o'rgatish, ularni ana shu buyuk an'analarning munosib davomchilari qilib tarbiyalash, mil­liy g'ururini yuksaltirish uchun kerak. Shu ma'noda sohibqironning: «Aziz-avliyolar, sahobalar maqbaralarini, qutlug' qadamjolarni ziyo-rat etmoqni ham farz, ham qarz deb bilur edim», degan gaplari bu­gungi kunda yurtimizda ulug' ajdodlarga, olim-u fozil bobolarimizga munosabatimizning tarixiy uyg'unligini ko'rsatib turibdi.
To'rtinchidan, Amir Temur qadriyati bizga demokratik, huqu-qiy, qudratli O'zbekiston davlatini barpo etish uchun, «O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat» degan g'oyani ro'yobga chiqarish uchun kerak. Yangi jamiyat, yangi hayot, yangi tafakkur, qolaversa, bu­tun davlatchilik asoslarini qayta tiklayotgan bir paytda Amir Temur o'zbek xalqiga tog'day tayanch bo'lib xizmat qiladi, uning olijanob ishlariga beqiyos safarbarlik ruhini baxsh etadi.
Beshinchidan, bu benazir qadriyat mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallashi, kelgusi avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish uchun kerak.
2000-2004-yillar mobaynida Shahrisabz va Termiz shaharlari-ning 2700 yilligini yubileylari keng nishonlandi. 2006-yili Qarshi shahrining 2700 yillik to'yi nafaqat milliy tariximiz, balki umum-bashariy taraqqiyot tarixida beqiyos o'rin egallaydigan ulug' ajdo-dimiz, buyuk davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temur bo-bomizning 670 yillik tavallud ayyomi bilan birga nishonlandi. Bu ham bevosita Sohibqiron Amir Temur nomi bilan bog'liq bo'lgan milliy madaniyatimiz va umuminsoniy qadriyatlarning o'ziga xos ko'rinishidir.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling