O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu
Kalit so‘zlar: leksikografiya, lug‘at, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at, lingvistik
(filologik) lug‘at, modda, izoh, tezaurus. Lug‘atshunoslikning tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Insoniyat tarixida ilk lug’atlar ikki tilli lug‘atlar bo‘lib, ularda muayyan bir tildagi diniy so‘zlar hamda tushunchalar yig‘ilgan hamda ularning boshqa bir tildagi izohi yoki tarjimasi berilgan. Zamonla osha luga’tlarning tildagi ahamiyati oshgani sabab ularning alifbo tartibidagi, mavzulashtirilgan, izohli va tezaurus kabi turlari hamda bir tilli, ikki tilli va ko‘p tilli ko‘rinishlari yaratildi. “Leksikografiya” termini yunoncha lexicos, lexicon “lug‘at boyligi” va igrapho “yozaman” so‘zlaridan olingan bo‘lib, mazkur fan tilshunoslikning lug‘at 224 tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi bir bo‘limi hisoblanadi. Turli ko‘rinish va hajmdagi lug‘atlar esa o‘z ona tilimizni, shuningdek, chet tillarni o‘rganish uchun ham zarur manba hisoblanadi. Ular bevosita til egasi bo‘lgan millatning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirishda, umuman insoniyat tafakkurini boyitishda sezilarli darajada katta ahamiyatga ega ekanligi shubhasiz. “Leksikografiya ikki turga bo‘linadi: nazariy leksikografiya – lug‘atlarni umumiy nazariyasini ishlab chiqadi. Masalan, lug‘at tarkibi, so‘zlarning joylashish tartibi, ma’nolarning sinflanishi, illyustratsiyalar turlari, frazeologizmlarning berilishi kabilar. Amaliy leksikografiya – til o‘qitishni ta’minlaydi, ya’ni ona tili va xorijiy tillarni o‘qitish, lug‘at tarkibini ilmiy tadqiq etishga zamin yaratadi.” [5, 117] Ingliz va o‘zbek tillaridagi genetik bog‘lanmagan leksik omonimlarning samaradorligi va ularning leksikografik talqinini o‘rgangan o‘zbek tilshunosi R.M.Xudjayeva leksikografiya haqida shunday yozadi: “Taniqli tilshunos olim Anatol Frans: “Olam – alifbo tartibiga solinmagan ulgan lug‘atdir” – deydi. Bundan tushunish mumkinki, lug‘at butun dunyo, real olam mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi noyob xazinadir. Bu esa lug‘atlarning nafaqat fan uchun, balki kundalik hayotimiz uchun ham amaliy ahamiyati yuqori ekanligini tasdiqlaydi.” [5, 117] Lug‘atlar dastlab ikki katta guruhga bo‘linadi: 1. Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar – dunyoni ta’riflaydi, hodisalarni tushuntiradi, taniqli arboblar, odamlar, mamlakatlar, shaharlar, voqealar haqida ma’lumot beradi. 2. Lingvistik (filologik) lug‘atlar – barcha so‘z turlarini, ularning grammatik va stilistik xususiyatlarini, ishlatilishini tushuntirib beradi. Ular bir tillik va ko‘ptillik lug‘atlarga bo‘linadi. Ular esa o‘z qatorida quyidagi lug‘atlarga bo‘linadi: umumiy lingvistik hamda maxsus lingvistik. Masalan, izohli lug‘atlar umumiy lingvistik lug‘atlar guruhiga, omonimlar lug‘ati esa maxsus lingvistik lug‘atlar guruhiga kiradi. [5, 118] Turkiy tillardagi ilk lug‘at Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yozilgan “Devonu lug‘otit turk” bo‘lib, uning hozirgi o‘zbek tiliga tarjimasi S.M.Mutallibov 225 tomonidan amalga oshirilgan hamda 3 ta jildlik kitob [1], [2], [3] ko‘rinishida chop etildi. Ushbu kitobning asl nusxasi hozirda Istanbuldagi Millat kutubxonasidagi Ali Amiriy fondida 4189 raqami bilan saqlanmoqda [4, 20]. Mahmud Qoshg‘ariy dunyo tilshunosligi tarixida birinchi turkshunos, lahjashunos, lug‘atshunos olim hisoblanib, undan tashqar u tilshunos, etnograf, folklorchi, tarixchi va geograf sifatida ham ta’kidlanadi. Chunki asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida turk qabilalarining yashash joylari haqida ma’lumotlar, turkiy tillar tasnifi, ularning fonetikasi va grammatikasiga oid fikrlar, turkiy xalqlarning tarixi, ularning hududiy jihatidan kengayishi, etnografiyasi, she’riyati va og‘zaki xalq ijodiga oid ma’lumotlar hamda turklarning eng qadimiy dunyo xaritasi berilgan bo‘lib, ikkinchi qismi esa 8500 ga yaqin turkiy so‘zlarning arabcha izohli lug‘atidir. Tilshunos sifatida u ilk bor qiyosiy-tarixiy metoddan foydalangan, ya’ni turk tillarini guruhlarga ajratib, o‘zaro grammatik, fonetik va leksik jihatidan qiyoslagan. Xususan, turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, yag‘molar, chig‘alaylar va qirg‘izlarning tillari haqida batafsil to‘xtalib, “Mahmud Koshg‘ariy sharqiy guruh tillarida o‘zak tarkibida va affikslarda tor unlilarning ko‘p uchrashini, g‘arbiy guruhda esa, aksincha, keng unlilar ustunlik qilishini tegishli misollar bilan bayon qiladi” [4, 21]. U turk va arab tilini o‘zaro taqqoslab o‘rganish jarayonida chog‘ishtirma tahlil usulidan ham ilk bor foydalanadi. “Mahmud Koshg‘ariyning lug‘ati juda katta so‘z boyligiga ega. Undagi so‘zlar o‘zakdagi harflarning tartibiga ko‘ra joylashtirilgan. Asar hikmatli so‘zlar, maqollar, she’rlar va hikoyalar bilan boyitilgan. Mahmud Koshg‘ariy asarini sakkiz bobga bo‘lgan. Birinchi bobda alif bilan boshlanadigan so‘zlar o‘rin olgan. Ikkinchi bobda sa:lim, ya’ni tarkibida alif, va:v, ya:’ bo‘lmagan so‘zlar, uchinchi bobda muda:’af, ya’ni ikki undoshi bir xil bo‘lgan so‘zlar, to‘rtinchi bobda misa:l, ya’ni “y” tovushi bilan boshlangan so‘zlar joylashgan. Uch harfli so‘zlar beshinchi bobga, to‘rt harfli so‘zlar oltinchi bobga, burun tovushli so‘zlar yettinchi bobga va ikki harakatsiz undoshli so‘zlar sakkizinchi bobga kiritlgan. Har bir bob ism va fe’ldan iborat ikki qismga ajratilgan.” [4, 20] 226 ““Lug‘a” so‘zi arab tiliga yunoncha “lug‘us” so‘zi asosida kirib kelgan bo‘lishi mumkin, ma’nozi “so‘z” bo‘lgan.” [4, 96] Lekin “Devonu lug‘otit turk”da uni “til” (lisa:n) yoki “lahja” ma’nolarida ham qo‘llanilganligini ko‘rishimiz mumkin. “Lug‘a” so‘zining ko‘pligi “lug‘a:t” bo‘lib, uni mazkur kitobning tarjimalarida ko‘p hollarda “so‘zlar”, ba’zida “lahjalar”, ba’zan “tillar” ma’nosida qo‘llanilgan. Kitobda qo‘llanilgan so‘z moddalari (maqolalari)ning tartibi quyidagi ko‘rinishlarga ega: 1. Turkiy bosh so‘z + arabcha tarjima; 2. Turkiy bosh so‘z + arabcha tarjima yoki izoh yohud ham tarjima, ham izoh + misol (oddiy gap, maqol, she’r); 3. Turkiy bosh so‘z + tarjima yoki izoh + bosh so‘zni o‘z ichiga olgan birikma; 4. Turkiy bosh so‘z + arabcha tarjima yoki izoh + etimologiya; 5. Turkiy bosh so‘z + tarjima yoki izoh yoki har ikkisi + hikmat, rivoyat yoki tarixiy ma’lumot; 6. Umumiy nom bildiruvchi bosh so‘z + tarjima, izoh + xususiy nom bildiruvchi so‘z yoki birikma (masalan qush); 7. Fe’l moddalari o‘ziga xos tartibga ega. Modda yuqa:lu (deyiladi) degan so‘z bilan boshlanadi, so‘ngra fe’lni o‘z ichiga olgan gap va uning tarjimasi keladi. Undan keyin fe’lning muzori’ (hozirgi-kelasi zamon)i va masdari (-moqli shakli) beriladi. Fe’l moddalarining tarkibida ba’zan maqol yoki she’r, ba’zan har ikkisi ham beriladi. [4, 126-136] Koshg‘ariy shakldosh so‘zlarni alohida bir-biridan ajratib, ma’nolarini yozadi, masalan: art – ensa, bo‘yin, art – davon, og‘ur – vaqt, og‘ur – davlat, boylik, og‘ur – imkon va qulay vaqt, og‘ur –badal, og‘ur – ezgulik va baraka. [4, 137] Binobarin, mazkur kitobda so‘zning muayyan bir turkiy lahjalarga mansubligi beriladi hamda ularga kerakli joyda qo‘yimcha izoh yoki misol, talaffuzini berish uchun fonetik atama va maxsus so‘zlardan foydalaniladi. 227 Ushbu lug‘at misolida milliy lug‘atchiligimizni tarixan qanchalik boy bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi kunda turli tillarda lug‘atlarning alifbo tartibidagi, mavzulashtirilgan, izohli, etimologik, tezaurus, grafikli va muayyan sohaga oid lug‘atlar kabi turlari hamda bir tilli, ikki tilli va ko‘p tilli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ularni o‘rganish va o‘zbek tilida ham turli lug‘atlarni yaratish ham o‘zbek leksikografiyasining rivojini tezlashtiradi, ham o‘zbek tilining jahon tillari ichidagi nufuzini oshiradi. Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling