O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

 
KAMTARIN OLIM VA JONKUYAR USTOZ 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8138628
  
Shuhratxon Imyaminova - 
O’zbekiston Milliy universiteti profesori 
 
Annotasiya: Ushbu maqolada Turkiy va german tillari fonetikasi
fonologiyasi va morfonologiyasi, umumiy tilshunoslik, tillar tipologiyasi va nutq 


18 
madaniyati, sotsiolingvistika sohasi bo‘yicha taniqli olim, mag’rib va mashriq 
tillari bilimdoni, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, 
professor Abduzuhur Abdumajidovich Abduazizovning hayot yoli va ijodi haqida 
so’z boradi.  
Kalit so’zlar: tilshunoslik, fonetika, fonologiya, umumiy tilshunoslik, 
psixolingvistika, sosiolingvistika, til siyosati. 
Turkiy va german tillari fonetikasi, fonologiyasi va morfonologiyasi, 
umumiy tilshunoslik, tillar tipologiyasi va nutq madaniyati, sotsiolingvistika sohasi 
bo‘yicha taniqli olim, mag’rib va mashriq tillari bilimdoni, O‘zbekiston 
Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Abduzuhur 
Abdumajidovich Abduazizovning hayot yo‘liga havas qilsang arziydi. Undagi 
tirishqoqlik, ingliz, o’zbek tillari va adabiyotiga bo’lgan qiziqish uni Toshkent 
davlat chet tillari pedagogika instituti (hozirgi O’zbekiston davlat jahon tillari 
universiteti) ning ingliz filologiyasi fakultetiga (1956 y.) yetaklagan edi. Tabiatan 
tinib-tinchimas, serg’ayrat va jo’shqin Abduzuhur Abduazizov mazkur ilm 
maskanini (1961 y.) ingliz, o’zbek tillari va adabiyoti mutaxassisligi bo’yicha 
imtiyozli diplom bilan tugatdi. Undagi til bilishga bo’lgan ishtiyoqni, tirishqoqlik 
va mehnatsevarlikni sezgan domlalar uni kafedraga ingliz tili o’qituvchisi qilib olib 
qolishdi. Bu esa bo’lajak olim taqdirida tilshunoslik imi javohirlaridan bahramand 
bo’lish imkoniyatining ochilishi edi.
Abduzuhur Abduazizov talabalik yillaridayoq ilmiy ijod bilan shug’ullana 
boshlagan edi. Shu boisdan ham institutdagi tahsillar, tilshunoslik sohasining eng 
dolzarb muammolari ustidagi bahslar, tobora avj olayotgan ilmu-ma’rifatga 
bo’lgan qiziqish alangasi uni aspiranturaga olib keldi. Abduzuhur endigina 
aspiranturada 10 oy o`qigan ediki, u (1962 y.) armiya xizmatiga jo‘nadi va 1964 yil 
dekabr oyining oxirigacha armiyada yigitlik burchini bajardi. 1965 yildan boshlab 
qo`ygan ilmiy ishini davom ettirish uchun bel bog‘ladi va aspiranturani 
muvaffaqiyatli tugatdi. Aspirantlik yillari u til soxasidagi siru-asrorlarni bilish, 


19 
ularni ilmiy talqin qilish, magzini chaqish ishtiyoqi bilan yashadi. Ammo bu 
ishlarni amalga oshirish ancha mashaqqatli va katta kuch talab qilardi. 
Shunga qaramasdan A.Abduazizov 1967 yilda Moskva shaxrida "German va 
turkiy tillari" mutaxassisligi bo‘yicha "Ingliz va o‘zbek tillarida unli fonemalarning 
qiyosiy tahlili" mavzuida filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun 
yozilgan dissertasiyasini muvaffaqiyat bilan himoya qildi. Bu ish rasmiy opponent, 
moskvalik ko‘zga ko‘ringan turkiyshunos olim prof. V.M.Nasilov tomonidan 
yuksak baholandi. Chunki, ingliz va o‘zbek tillari fonetikasi va fonologiyasi uchun 
"tesha tegmagan" muammo ustida tadqiqot olib borilgan edi. A.Abduazizovga 
aspirantlik yillari va undan keyingi davrlarda Moskava, Leningrad shaharlarida 
fonologik ilmiy markazlar hamda laboratoriyalarda ishlashiga to‘g‘ri keldi. U 
AQSHdagi Michigan va Nyu-York (Buffalo) universitetlarida ingliz tili 
o‘qituvchilarining yozgi kurslarida tahsil oldi, malakasini oshirdi, hatto, ingliz va 
o‘zbek tili talaffuzini akustik apparatlar yordamida chuqur ilmiy tahlil qilishga 
ham ulgurdi. AQSHdagi Indiana universitetida (1994 y.) ilmiy ish bilan 
shug`ullandi. Fonologiya sohasida tinimsiz ishlash unda ilmiy ishga katta qiziqish 
uyg‘otgan edi. Yosh olim bu soha bilan jiddiy shug‘ullana boshladi.
Tinimsiz izlanishlar, samarali mehnat, tadqiqotlar mahsuli sifatida qator 
ilmiy maqolalar, risolalar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar yaratishga muvaffaq 
bo‘ldi. 
70-yillarga kelib, olimning jo‘shqin ilmiy faoliyati va diqqat e’tibori ingliz 
va o‘zbek tillari fonologiyasi masalalarining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini 
tadqiq qilishga qaratildi. 
A.Abduazizovning chet mamlakatlarda hamda sobiq Ittifoqning ilmiy 
markazlarida bo‘lib o‘tgan turli darajadagi anjumanlarda qilgan ma’ruzalari, 
chiqishlari, markaziy va mahalliy ilmiy to‘plam hamda jurnallarda bosilib chiqqan 
maqolalari, asosan, ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy fonetikasi va fonologiyasi 
masalalari haqidagi teran ilmiy fikrlar xisoblanadi. 
Tinimsiz izlanishlar, izchil tadqiqotlar natijasida u 1974 yil Moskvada 36 
yoshida Markaziy Osiyo va Qozog‘iston milliy kadrlari ichida birinchi bo’lib 


20 
"German va turkiy tillari" mutaxassisligi bo‘yicha doktorlik dissertasiyasini a’lo 
darajada himoya qildi. "Fonologik sistemalarning tipologiyasiga doir" doktorlik 
dissertasiyasida A.Abduazizov qiyosiy tilshunoslikning qiziqarli sohasini tadqiq 
qildi, yangiliklar bilan boyitdi. Uning ilmiy ishiga O‘zbekiston Fanlar 
Akademiyasining xaqiqiy a’zosi, Beruniy mukofoti laureati, professor, yirik o‘zbek 
tilshunosi Shonazar Shoabdurahmonov, fonologiya sohasida ko‘zga ko‘ringan 
olimlar: prof.V. A. Vasilyev, G.S.Klichkov, O.S.Shirokovlar rasmiy opponentlik 
qildilar va uni yuksak baholadilar. 
O’sha doktorlik himoyasida mashhur tilshunos olima prof. O.S.Axmanova 
so‘zga chiqib: "Biz Moskvada turib fahmlay olmagan hodisalarni bir toshkentlik 
yosh olimning aniqlagani kishini quvontiradi"-degan edi. Darhaqiqat shunday edi 
ham. 
A. Abduazizov tom ma’noda iste’dodli, serqirra va sermahsul olimdir. Uning 
ilmiy qiziqishlari faqatgina ingliz va o‘zbek tillari fonetikasi va fonologiyasi 
masalalari bilan chegaralanib qolmasdan, balki xar xil tizimdagi tillarning 
fonologik xususiyatlarini qiyosiy-tipologik o‘rganish masalalari, umumiy 
tilshunoslik, psixolingvistika, sosiolingvistika, til siyosati, nutq madaniyati va 
shuningdek, chet tillarini o`qitish metodikasi masalalarini xam o‘z ichiga qamrab 
oladi. U ayni paytda tilshunoslikning dolzarb masalalari ustida ilmiy tadqiqotlar 
olib bormokda. Olim o‘zbek, rus, ingliz va dari tillarida bir qancha mukammal 
ilmiy ishlar yaratdi va nashr qildirdi. Uning ilmiy ishlari qamrovi nixoyatda keng 
bo‘lib, tilshunoslikning turli sohalarini muxim, ishonchli va chuqur, boy lisoniy 
ma’lumotlar asosida ta’rif va tavsif etilganligi bilan farq qiladi. Shu sababli uning 
ilmiy ishlari mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar ilmiy jamoatchiligi tomonidan 
yuqori baholangan. 
A.Abduazizov turli til oilalariga mansub bo’lgan tillar fonologiyasini 
qiyosiy-tipologik o‘rganish bo‘yicha respublika ilmiy maktabining rahbari 
bo’lagan. Olim fonologiya sohasi bo‘yicha tavsiya qilgan mukammal uslubiyat 
hozirgi kunda barcha tilshunoslar tomonidan german va turk tillarini qiyosiy 
o‘rganishda faol qo‘llanmoqda. 


21 
A.Abduazizov 400 dan ortiq ilmiy risolalar va maqolalar, o‘quv 
qo’llanmalari va darsliklar muallifidir. Olim yaratgan "Umumiy va qiyosiy-
tipologik fonologiya elementlari" (1981 y., rus tilida), "Ingliz tilining nazariy 
fonetikasi" (1986, 2006 y., 2007 y. ingliz tilida), "Tillar olamiga sayohat" (1988 
y.), "O‘zbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi" (1992 y.) kabi kitoblarida 
o‘zbek va ingliz tillari fonetikasi va fonologiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 
muhim masalalar o‘rtaga qo’yildi va ular yuksak darajada o‘zining ilmiy yechimini 
topdi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘zbek va ingliz tillari chog’ishtirma 
fonetikasi va fonologiyasining poydevorini qo’yishda A.A.Abduazizovning qilgan 
xizmatlarini hech kim inkor qila olmaydi. 
Shuningdek, domla 1 kurs talabalari uchun "Ingliz tili darsligi" (1979), 
o’zbek tilida nashr qilingan "Umumiy tilshunoslik" (1979), "Tilshunoslikka kirish" 
(1981), "O‘qituvchilik mutaxassisligiga kirish" (1982), 1-2 kurs sirtqi bo’lim 
talabalariga mo’ljallangan "Ingliz tili darsligi" (1985), "Tilshunoslikka kirish" 
(1989, rus tilida), "Ingliz tilining amaliy fonetikasi" (1992) va boshqa kitoblarga 
xam mualliflik qilgan. Bu darslik va o‘quv qo‘llanmalari respublikamizning barcha 
oliy o‘quv yurtlarida muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda. 
Olim o’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi bo‘yicha respublikada 
birinchi yirik tadqiqotchi xisoblanadi. U turkiy tillar ichida Turkiya turkchasidan 
keyin ikkinchi o‘rinni egallab turgan o‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasini 
ilmiy yoritib bergani uning, umuman, turkiyshunoslikka, xususan o‘zbek 
tilshunosligiga qo‘shgan ulkan xissasidir. 
U o’zining “O‘zbek tili fonologiyasi na morfonologiyasi" (1992) nomli 
kitobida o‘zbek tilshunosligida yangi hodisa va tushunchalarni, fonotaktik 
yedirilishi, ya’ni Fonologik ziddiyatlar,ularning xususiyatlar, morfonologik 
almashinuvlar va boshqalarni, tilshunoslikka oid yangi tushuncha va atamalarni ilk 
bor ilmiy muomalaga kiritdi, atroflicha talqin va taxlil qildi. Bu darslikni 
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi A.P. Xojiyev va prof. 
A.E.Mamatov o‘zbek tilshunosligida yangi yo‘nalish sifatida baholadilar. 


22 
A.Abduazizov xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib etishda ham faollik 
ko‘rsatib "Til bilganga dunyo keng", "Til bilgan kam bo‘lmaydi" kabi qator 
maqollarini nashriyotda e’lon qildi. 
A.Abduazizov chet tillarda turkiy tillari, adabiyoti va tarixiga doir nashr 
qilingan asarlar bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida matbuot sahifalarida 
ko‘pgina maqolalari va taqrizlari bilan qatnashib kelmoqda. U Navoiy va Bobur 
haqida Gʻarb va Sharq mamlakatlarida yozilgan kitob hamda maqolalarni chuqur 
ilmiy taxlil qilib berdi. Ayniqsa, AQSH, Angliya, Fransiya, Turkiya va 
Germaniyada e’lon qilingan asarlarda o‘zbek tili va adabiyoti xaqidagi fikrlari 
ko‘pchilikni qiziqtiradi. Olim bu sohalardagi asarlarni yaxshi biladi va ular xaqida 
o‘z fikrlari bilan jamoatchilikni tanishtirishda ham faol qatnashmoqda. 
A.Abduazizov nafaqat ilmiy maqolalar yaratish borasida, balki til siyosati, 
o’zbek nutqi madaniyati masalalarini yechish, o‘zbek tilini davlat tili sifatida 
targ‘ib qilishning otashin joyankuyari va tashkilotchisi xamdir. U "Til-madaniyat 
ko‘zguzi" nomli teleko‘rsatuvni tashkil qildi va bir necha yil davomida uni olib 
bordi, radioeshittirishlarda ham faol qatnashib keldi. 
Domlaning juda ko‘p ilmiy maqola va Taqrizlari sobiq Ittifoqning markaziy 
jurnallarida ("Voprosi yazikoznaniya", "Filologicheskiye nauki", "Sovetskaya 
tyurkologiya", "Inostranniye yaziki v shkole") chop qilingan. 
A.Abduazizov jaxongashta olim. O‘zining ilmiy-nazariy bilimlarini amalda 
qo‘llash maqsadida uch marta AKSHda (1969 yilda Michigan universitetida, 1978 
yilda Nyu-York Buffalo universitetida, 1994 yilda Indiana universitetida) bo‘lib 
qaytdi. Tilni bilish uchun unda so‘zlovchilar bilan jonli muloqot ijobiy samara 
beradi. Domla 1981-1983 yillarda Afg‘onistondagi Qobul universitetida umumiy 
tilshunoslik bo‘yicha saboq berdi. Universitetda ishlab yurgan kezlarida afg‘on 
mutaxassislariga qimmatli maslahatlar berdi, yordam qo‘lini cho‘zdi. U 1982-1983 
yillarda dari tilida tilshunoslik nazariyasi bo‘yicha ikkita darslik, 3 ta dastur va 19 
ta maqola yozdi va ular Qobul universiteti, Afg‘oniston Fanlar Akademiyasining 
ilmiy to‘plamlari va jurnallarida bosilib chikdi. Olim Qobul universiteti filologiya 
fakultetida o‘zbek tili bo‘limi ochilishining tashabbuskoridir. 


23 
Professor A.A.Abduazizov 1994 yili O‘zMU Xorijiy filologiya fakultetiga 
dekan etib tayinlandi va bu vazifada 2007 yilning 20 avgustigacha ishladi. O‘z 
faoliyatini fakultet ilmiy salohiyatini ko‘tarishdan boshladi. Fakultetning ko‘pgina 
o‘qituvchilari ilmiy ishlar bilan shug‘ullana boshlashdi. Domla bu ishlarga bosh-
qosh bo‘ldi. Aspiranturaning sirtqi va kunduzgi bo‘limlariga ko‘plab yoshlar qabul 
qilindi. Natija yomon bo‘lmadi, domla fakultetga dekanlik qilgan davrlarda 
dissertasiya ishlarini himoyaga tayyorlash va himoya qilish ishida o‘zining 
qimmatli vaqtini ayamadi. U bilimdon va zukko olim, talabchan, ziyrak, e’tiborli 
hamda mehribon ustoz sifatida 10 dan ziyod yosh olimning doktorlik va nomzodlik 
ishiga rahbarlik qildi. 
Professor A.A. Abduazizov ilmiy-metodik ishlarni ham ancha jonlantiran 
edi. Fakultet o‘qituvchilari tomonidan shu kungacha yuzlab metodik qo’llanmalar, 
risolalar, darsliklar va elektron darsliklar yaratildi. Domlaning sa’yi xarakatlari 
bilan fakultet talaba va professor-o‘qituvchilarining ilmiy konferensiyalarga 
taqdim etayotgan ma’ruzalari saviyasi yuqoriga darajaga ko‘tarildi. Ular o‘zlarning 
ilmiy maqola va metodik ishlari bilan Respublika gazeta va jurnallarida ham tez-
tez maqolalar chop ettirib turishadi. Har yili tashkil etiladigan Respublika va 
shahar ilmiy anjumanlariga qatnashuvchilarning soni yildan-yilga ortib bordi. 
Professor A.A.Abduazizov talabalarni ko‘proq ilmiy izlanishga jalb etdi. U 
fakultet iqtidorli talabalari bilan shaxsan o‘zi shug’ullandi, uning rahbarligi ostida 
iqtidorli talabalar uchun maxsus reja ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Natijada 
fakultet talabalari har yili ingliz, nemis, fransuz tillari bo‘yicha o‘tkazilayotgan 
Respublika Olimpiadalarida faxrli 1 va 2-o‘rinlarni egallab kelishdi. 
Professor A.A. Abduazizov chet el ilmiy va madaniy Markazlari bilan ham 
aloqalarni kengaytirishga katta e’tibor qaratdi. Fakultetning nemis filologiyasi 
kafedrasi Gyote instituti bilan juda yaxshi aloqa bog‘lagan edi. Fransuz filologiyasi 
kafedrasi o‘qituvchi- talabalari bilan Fransiya madaniyat markazi va Italiya 
elchixonasi xodimlari o‘zaro hamkorlikda ish olib borishdi. Fakultet o‘qituvchilari 
har yili tashkil etiladigan kurslarda malaka oshirishdi, talabalar esa tabdirlarda 
ishtirok etishadi. Ingliz tili kafedralari Angliya madaniyat markazi va kutubxonasi 


24 
bilan aloqa o‘rnatgan edi. Talabalar u yerlarda tashkil etilgan barcha tadbirlarda 
ishtirok etishib, sovrinlarga ega bo‘lishdi va Professor A.A.Abduazizov talabalar 
magistrlar ilmiy ishlariga katta axamiyat berib kelgan edi. Malakaviy bitiruv 
ishlarning sifati va mazmuni juda o‘zgardi, magistrlik ilmiy dissertasiyalarining 
saviyasi nomzodlik dissertasiyasidan qolishmas edi. Domla bu borada juda 
kattikkullik bilan har bir bitiruv, magistrlik ishlarining mavzusidan tortib to 
mazmunigacha katta e’tibor berar edi.
Domla Belgiya, Daniya, Turkiya va Germaniyada xizmat safarida bo‘ldi. U 
bemalol uch tilda o‘zbek, ingliz va rus tillarida dars olib boradi. Domlaning 
pedagogik faoliyati haqida gap ketganda, birinchi navbatda uning mazmunli 
ma’ruzalari, hayotiy tajribaga asoslangan uchrashuvlari, ta’lim-tarbiya haqidagi 
suhbatlari haqida gapirmasdan bo‘lmaydi. A. Abduazizov Mirzo Ulug‘bek nomli 
O‘zbekiston Milliy universitetining ijtimoiy-siyosiy hayotida ham faol qatnashdi. 
Universitet qoshidagi qiyosiy tilshunoslik, tarjima nazariyasi, rus tili bo’yicha 
ixtisoslashgan Ilmiy Kengashga juda ko‘p yillar raislik qildi. Arzigulik xavas qilsa 
Professor A.A. Abduazizovning jihatlaridan biri uning har kuni ishga erta kelib 
kech qaytishidir. Domla qadrdon fakulteti, universitetini chin dildan yaxshi ko’rar 
edi. U o‘z baxtini, obro‘-e’tiborini ana shu dargohdan topgan, bu dorilfunun u 
uchun oltindek muqaddas.
Olimning kamtarin mehnati munosib takdirlandi. Unga 1995 yilda 
yurtboshimiz farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi" unvoni berildi. 
Bu yuksak mukofot Abduzuxur Abduazizovning g’ayratiga g‘ayrat qo‘shdi. Uni 
yangi ilmiy asarlar yozishiga, shogirdlariga yanada chuqurroq bilim berishga 
chorladi. Abduzuhur Abdumajidovich keyingi yillarda "Umumiy fonetikaga 
kirish" (1995 y.), "Professor Ayub Gʻulom va o‘zbek tilshunosligi" (1996; 2005 
y.), "Istiqlol va davlat tilining istiqboli" (1997 y.), “Umumiy tilshunoslik” (2005) 
kitoblarini va o‘nlab O‘zbekiston makolalarini nashr ettirdi. Bundan tashqari 
domla yangi Milliy komusining yaratilishida ham o‘zining beminnat xissasini 
ko‘shdi. A.A.Abduazizov Qomusning 1-jildidan to 7-jildi (2000-2004 yillar) gacha 


25 
"Tilshunoslik” sohasi bo‘yicha ilmiy maslahatchi sifatida qatnashib, 6-jilddagi 
"Morfofonologiya" sohasiga oid materiallar domlaning kalamiga mansub. 
Bundan tashqari domla 1999-2007 yillar orasida Respublikamizda chop 
etiladigan bir necha nufuzli ilmiy jurnal va to‘plamlarda taxrir xay’ati sifatida 
faoliyat olib borganlar, jumladan, „Vestnik NUUz", „Til va adabiyot ta’limi", 
«Prepodavaniye yaziki i literaturi", "Inostranniye yaziki v vuzax Uzbekistana" va 
boshkalar. 
Eng 
kuvonchlisi, 
ustozning 
1973-1980 
yillar 
mobaynida 
"Obshyestvenniye nauki za rubejom. Seriya yazikoznaniye. Institut nauchnoy 
informati AN SSSR" jurnalida xam taxrir hay’ati azosi sifatida qatnashganligidir. 
Bunday sharafga O‘zbekistondan sanoqli olimlargina sazovor bo‘lgan. 
U 1996 yilda "Amir Temur yili" munosabati bilan soxibqiron xayoti va 
faoliyatining xorijda o‘rganilishiga doir Respublika nashriyotida maqolalar e’lon 
qildi. Hattoki, Italiyaning Komo orollaridagi Beladiyo shaharchasi kutubxonasidan 
turk tarixchisi Mustafo Alining Amir Temurning 2 ta "Sohibqiron” va “Sohibi 
zuhur" unvoni borligi xaqidagi asarini topish Abduzuhur Abdumajidovichga nasib 
etdi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling