O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konturaviy RDBda
- Adaptiv RDBda
Pozitsion RDB– dastgohning ishchi organini dasturda belgilangan kerakli holatga
avtomatik ravishda joylanishini ta’minlash uchun xizmat qiladigan boshqarish dasturi. Bunday boshqarishda ishchi organ surilishi vaqtida dastgohdagi detalga ishlov berilmaydi. Masalan, 6 – rasmda berilgan detaldagiteshiklarni parmalash uchun ishchi organni(parma o’rnatilgan shpindelni) talab etilgan aniqlik bilan teshiklar markazlarining koordinatalariga ko’chirilishini ta’minlash dasturdan talab etiladi. Rasm 6.Pozitsion RDBda ishlov beriladigan detalning namunasi Konturaviy RDBda talab etilgan detal konturini shakllash uchun belgilangan tezlik va traektoriya bo’ylab ishchi organning avtomatik harakatini ta’minlab beradigan dastur (rasm 7). Rasmda quyidagi shartli belgilar ishlatilgan: A – ishchi organ (asbob uchi)ning traektoriyasi; − konturaviy tezlik (uning yo’nalishi traektoriyaning har bir nuqtasidagi urinma yo’nalishi bilan to’g’ri keladi); – X,Y, Z o’qlari bo’yicha ishchi organning tezliklari. Rasm 7. Konturaviy raqamli dastur bilan boshqarishning namunaviy sxemasi Adaptiv RDBda detalga ishlov berish jarayoni sharoitlari (kesish kuchi, aylanish momenti, kesish quvvati va hokazo) o’zgarganda ushbu yangi sharoitlarga moslanishni ta’minlashga qaratilgan dasturdan foydalaniladi (rasm 8). Rasm 8. Adaptiv raqamli dastur bilan boshqarishning namunaviy sxemasi: RDBQ - raqamli dastur bilan boshqarish qurilmasi; BD - boshqarish dasturi; V r , P z , T, N r - kesish sharoitlarini ifodaluvchi parametrlar Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohning umumiy funktsional sxemasi quyidagicha bo’ladi (rasm 9). Rasm 9. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohning umumiy funktsional sxemasi: BD - boshqarish dasturi; RDBQ - raqamli dastur bilan boshqarish qurilmasi; YuBM - yuritmalarni boshqarish moduli; D - dastgoh M - tayyor mahsulot Boshqarish dasturi dastgohga turli vositalar bilan uzatilishi mumkin. Masalan, perfolentalar, magnit tasmalar, dastgoh pultidan, markaziy boshqarish kompyuterdan va hokazo. Yuqorida ko’rsatilgan funktsional sxemada dastur ma’lumotlarining xaqiqiy ijrosini tekshirish va nazorat qilish imkoniyati mavjud emas. Bunday boshqarish sxemasi ochiq, ajralgan sxema deyiladi. Boshqarish aniqligini oshirish uchun sxemaga teskari (orqa) aloqa zanjiri kiritiladi va yuqoridagi sxema yopiq sxemaga aylanadi (rasm 10). Rasm 10. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohning yopiq funktsional sxemasi: BD - boshqarish dasturi; RDBQ - raqamli dastur bilan boshqarish qurilmasi; YuBM - yuritmalarni boshqarish moduli; D - dastgoh TAD – teskari (orqa) aloqa datchigi; M - tayyor mahsulot Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling