O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

Dastur tashuvchilari 
 


Raqamli dastur tashuvchilari sifatida xozirgi kunga kelib qog’ozli yoki plastik perfolentalar, 
magnit tasmalar, magnit disklar va barabanlar xizmat qilishi mumkin. Dastur tashuvchilar vazifasini 
bajarish raqamli boshqarish qurilmasining klaviaturasi hamda xotirasi ham bajarish mumkin. 
Perfolenta asosiy dastur tashuvchi vosita bo’lib, unda boshqarish dasturi lentadagi teshiklar 
kombinatsiyasi asosida yoziladi. Lenta (tasma)ning shakli, o’lchamlari va teshiklar joylashuvi 
xalqaro va davlat standartlari bilan belgilangan (rasm 21). 
Rasm 21. Sakkiz yo’llik perfolenta: 1- kodli teshiklar; 2 - asosiy cheti; 3 - kodli yo’llar 
(satrlar); 4 - kodli kombinatsiyada bitning tartib raqami; 5 - dasturni o’qish yo’nalishi; 6 - 
perfolentaning harakat yo’nalishi; 7 - transport teshiklari
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda dastur tashuvchilar sifatida 35 mm va 60 
mm kengligidagi magnit tasmalardan ham foydalaniladi. Magnit tasmalarning eng afzal tomoni – 
bu boshqaruv dasturi va qurilmasining oddiyligi, axborotlar tasmaga kodlanmagan holda yoziladi.
Magnit tasmalarning kamchiliklari quyidagilardan iborat: 1) boshqaruv dasturini tayyorlash 
ko’p vaqt talab etadi (dastur avval perfolentada tayyorlanadi va keyin uni ko’paytirish uchun magnit 
tasmaga qayta yoziladi); 2) axborotni yo’qotish ehtimoli baland, bu esa detal sifatini buzilishiga olib 
kelishi mumkin; 3) yozilayotgan axborotning sifatini tekshirish qiyinligi; 4) cheklangan texnologik 
komandalar soni; 5) tasmaning katta uzunligi va saqlash uchun noqulayligi. 
Boshqarish dasturi 35 mm tasmaga 9 yo’llik axborot kanallariga yoziladi (rasm 22). Magnit 
tasma bilan dastgohni boshqarishda ichshi organning surilish masofasi impulslar soni, surilish 
tezligi esa tasmaning o’qish golovkasiga nisbatan tezligi bilan o’lchanadi. 
Rasmda quyidagi shartli belgilar qabul qilingan: l - surilish masofasi; δ - diskretlik yoki bir 
impuls bahosi dasturda yozilgan eng kichik surilish qiymati.
Rasm 22. Magnit tasmaga boshqarish dasturini yozish: A) magnit tasmadan boshqarish 
signallarni uzatish sxemasi; B) 9 yo’llik tasmaga axborotlarni yozish sxemasi; V) boshqarish 
impulslarini tasmaning yo’liga yozish sxemasi; 


V

-tasmaningo’qish golovkasiga nisbatan transport tezligi;S,F,M – tegishli ravishda bosh 
harakat tezligi, surish tezligi va yordamchi texnologik komandalar; G - o’qish golovkasi. 
Misol: L = 500 mm; δ = 0,01 mm; d = 10 imp/mm yozish zichligi. Demak, 500 mmga 
surish uchun tasmaga n = 500 * 10 = 5000 impuls yozilishi kerak. 
Dastgohning ishchi organi surish tezligi quyidagi tenglamadan aniqlanadi: 
=

∗ , mm/s 
Raqamli dastur bilan boshqariladigan qurilmalar uchun qabul qilingan tasma tezligi V


50/100/200 mm/s tashkil etishi mumkin. Agar tezlikni 100 mm/s qabul qilsak, ishchi organning 
surish tezligi S = 100*10*0,01 = 10 mm/s = 600 mm/min tashkil qiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling