O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti


Download 227.04 Kb.
bet6/8
Sana06.04.2023
Hajmi227.04 Kb.
#1330832
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mohi sulton@sodat

Diqqat. B. G. Ananevning laboratoriyasida ixtiyoriy diqqatning eng yuqori
darajasi o‘rta yoshdagi (18-33 yosh) yoshlarga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. 34-35
yoshdan ixtiyoriy diqqat darajasi pasaya boshlaydi
18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan har xil turdagi (qisqa muddatli va uzoq
muddatli, ko‘rgazmali va eshituv) xotiralari nisbatan barqaror darajada saqlanib
qolinishini aniqlandi. Keyin, keyingi o‘n yil ichida xotiraning yengil, ammo
barqaror pasayishi boshlanadi.
Tafakkur va intellekt. D. Vekslerning fikriga ko‘ra, inson intellekti 19-20 yoshiga kelib maksimal rivojlanishga erishadi, keyin mahalliy psixologlarning
ma’lumotlarida tasdiqlangan stabilizatsiya bosqichi keladi. 30-34 yoshlardan
boshlab intelektual funsiyalarning mahsuldorligi pasayib boradi. Agar biz mantiqiy
tafakkurini 100% deb olsak, yigirma yoshlilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini
olsak, 30 yoshda 87 %, 50-80 va 60 yoshlarda 75 % ni tashkil qiladi.
Eng katta pasayish kognitiv vazifalarni bajarish uchun vaqt yetishmasligi bo‘lgan
hollarda kuzatiladi. Verbal subtestlar 47 yosh va undan katta yoshdagi kishilar
tomonidan 18-25 yoshdagilarga nisbatan (mos ravishda 267 va 245 ball)
muvaffaqiyatliroq amalga oshirilganligi aniqlandi. Matematik subtestlar uchun
ham xuddi shunday (o‘sish 88 dan 103 ballgacha bo‘lgan). Fazoviy fikrlash testida ziddiyatli natijalar olindi eng past ball 26-35 va 36-46 yosh guruhlarida olingan (mos ravishda 95,6 va 97,3 ball). 18-25 va 47 yosh va undan
katta yosh guruhlarida ko‘rsatkichlar har ikkala guruhda ham yuqori va bir xil
bo‘lgan (mos ravishda 100,1 va 100,7 ball). Ushbu tadqiqotda sub’ektlarning aql-zakovati darajasidan qat’iy nazar, kattalar va keksalik davrida intellektual qobiliyatlarning pasayishi ko‘rsatilganidek keskin sodir bo‘lmaydi.
Kreativlik. A. K. Kanatov ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklar kreativligi 25 dan 55
yoshgacha bo‘lgan yosh oralig‘ida bir xil darajada qoladi va faqat 55 yoshda
kamayadi. Ayollarda, yosh bilan bog‘liq kreativlikni yengil, lekin barqaror
pasayishi kuzatiladi. M. V. For o‘zining tadqiqotlarida sinaluvchilarni uch guruhga bo‘lib o‘rgandi (18-25, 26-46 va 47-60 yosh) 18 yoshdan 60 yoshgacha odamlarda kreativlik o‘zgarishlarni dinamikasini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, oltita subtestdan to‘rtta, o‘rtacha ijodkorlik ballari bir yosh guruhidan boshqasiga kamaydi. Bu kreativlikning ravonlik, o‘ziga xoslik va moslashuvchanlik kabi ko‘rsatkichlariga
tegishlidir. Muallif buni hayot tajribasi yosh bilan ortib borayotganligi sababli,
odamlar yangi yechimlarni izlashlari kerak bo‘lgan vaziyatlarda o‘zlarini topish
ehtimoli kamroq va kreativlik kamroq bo‘ladi. Ye.P.Ilin 25-30 yoshdan 41-50
yoshgacha bo‘lgan davrda 31-40 yosh guruhida birmuncha o‘sish bilan kreativlik
deyarli teng ifodalanadi Tanqidiy tafakkur. Erkaklarda tanqidiy fikrlashning cho‘qqisi 30 yosh, ayollarda esa-40 da ro‘y berishi, shundan so‘ng kritiklikning keskin kamayib ketishi ko‘rsatilgan. Uzoq vaqt davomida psixik funksiyalarning saqlanishi inson
tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga yordam beradi. Ushbu faoliyat uchun
eng muhim bo‘lgan va uning yuqori ishlashini ta’minlaydigan funksiyalar uzoq
vaqt saqlanib qoladi. Shunday qilib, haydovchilar, uchuvchilar va dengizchilar
keksalikka qadar ko‘rish qobiliyatini va ko‘rish maydonini yuqori darajada saqlab
qoladilar. B. G. Ananev ta’kidlashicha, musiqa ijrochiligida tajriba to‘plash bilan
ovoz-ijro diskriminatsiyasi rivojlanadi, shuning uchun kata yoshdagi
musiqachilarda musiqani o‘rgana boshlagan (hatto juda iste’dodli) bolalarga
nisbatan yuqori bo‘ladi. Yuqori darajadagi ta’lim va intellektual faoliyat bilan
og‘zaki funksiyalarda ham pasayish yo‘q. Aksincha, intellektual ish bilan
shug‘ullangan insonlarda og‘zaki mantiqiy vazifalari 50 yoshgacha yuqori
ko‘rsatkich ammo oltmish yoshda kamayib boradi. Hissiy-emotsional sohasidagi o‘zgarishlar: Empatiyadagi o‘zgarishlar. Ye. P. Ilin va A. N. Lipina ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra empatiya darajasi o‘smirlik davridan boshlab, 40-50 yoshdagi ayollar va erkaklarda maksimal qiymatga erishadi. Bu yoshda empatiya darajasi 15-20 yoshlilardan ikki marta oshadi.
Psixik funksiyalar rivojlanish mexanizmlarida quyidagi xususiyatlar aniqlandi:
— Psixofiziologik funksiyalar rivojlanishi ikki fazali xarakterga
cga. Birinchi bosqich — funksiyalar taraqqiyotida frontal rivojlanish bo‘lib
— tug‘ilgandan ilk yoki o‘rta yetuklikkacha kuzatiladi. Ikkinchi bosqich
— psixofiziologik funksiyalarning ixtisoslashuvi
— 26 yoshdan keyin faolroq namoyon bo’la boshlaydi. 30 yoshda ixtisoslashuv hayotiy tajribaning egallanishi va kasbiy mahorat evaziga ustunlik qiladi.
— Yetuk insonning psixologik va psixofiziologik rivojlanishi
qarama-qarshi va murakkab strukturaga ega bo‘lib, bilish qobiliyati va alohida funksiyalar funksional darajasining susayishi, barqarorlashishi va kuchayishi jarayonlarining almashishini (birgalikda kelishini) kuzatish mumkin. Aniqlangan qonuniyat neyrodinamik, psixomotor xarakteristikalarga verbal va noverbal intellekt, xotira kabi oliy psixik funksiyalarga xosdir.
— Rivojlanishning geteroxronligi (bir xilda kechmasligi)
— insonning individ, shaxs va faoliyat subyekti sifatida yutuqlari va rivojlanish darajasi mos kelmaydi.
Bilish funksiyalarining dinamikasi. 17 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan davrda verbal va noverbal intellekt rivojlanishi bir xilda kechmaydi. Ilk yetuklik davrida (18—25 yosh) psixik funksiyalarning kuchli rivojlanishi xos. Xotira, diqqat tafakkur konstruktiv, ijobiy siljishlar, cho‘qqilar kuzatiladi. Barqarorlashuv 33—35 yoshda kuzatiladi. 35 yoshgacha inson intellektual faoliyati funksional asoslarining bir butunligi davom etadi. 30—33 yoshda diqqat, xotira, tafakkur kuchli rivojlanadi, 40 yoshlarda ular birmuncha susayadi. 41—50 yoshda 36—40 yoshga nisbatan tafakkur ham birmuncha susayadi. Ko‘pchilik soha vakillari uchun 35—39 yosh ijodiy faollik uchun o‘rtacha maksimum yosh hisoblanadi. Aniqroq to‘xtaladigan bo‘lsak, matematik, fizik, ximik kabi aniq fanlarda ijodiy cho‘qqiga erishish 30—34 yosh, geolog, vrachlarda 35—39 yosh, psixolog, faylasuf va siyosatchilarda birmuncha kechroq 40—55 yoshlarda kuzatiladi. Kattalarda bilish funksiyalarining saqlanishiga qadriyatlar yo‘nalganligi katta ta’sir ko'rsatadi.
Hayotning turli sohalarida yangilikka faol intilish, ma’lumotlarni izlash, erishilgan natija bilan cheklanmaslik, obrazli tafakkur rivojlanish darajasiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. o‘z kasbiy mahoratini takomillashtirish, maxsus adabiyotlarga doimiy murojaat qilish verbal-mantiqiy, amaliy va obrazli tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. 51—55 yoshda ham tafakkurning har xil turlarining, diqqat
va xotiraning rivojlanishiga kasbiy faoliyatdagi bilishga faol intilish, bo‘sh vaqtda ham nimalarnidir o‘rganishga intilish ijobiy ta’sir qiladi.
Kattalarning intellektual potensialini optimallashtirishning muhim omillari quyidagilardir: ma’lumoti darajasi (oliy, texnik, gumanitar, o‘rta maxsus va h.k.); ta’lim
— individual va tashkiliy bilish jarayoni sifatida; kasbiy faoliyat turi; mehnat faoliyati xarakteri (aqliy zo‘riqishga ehtiyoj, ijodiylikning mavjudligi) va b. Yetuk insonlar intellekti saqlanishi bilan bir qatorda uning strukturasida sifat jihatidan qayta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. So‘zli matnlarni umumlashtirish ustunlik qiladi. Intellekt rivojlanishida yangi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosqich:
— muammoni o‘zi qo‘ya olishidadir.
Uzoq muddatli xotirada verbal esga tushirish keksalik davrigacha o‘zgarmaydi, reaksiya tezligi, qisqa muddatli xotira, qayta esga tushirish birmuncha susayadi. Shunga qarmay kasbiy xotiraning takomillashishi mnemik funksiyalarning umumiy susayishi bilan mos kelmasligi mumkin. So‘nggi zamonaviy longityud tadqiqotlarda aniqlanishicha, yetuklik davridagi insonlarning kognitiv rivojlanishi tugallanmaydi, lekin kattalarning aynan qanday qobiliyatlari qanday qilib o‘zgarishi haqida umumiy fikrga kelinmagan. Bunda ayrim olimlar «dialektik tafakkur va mustaqil tanlangan pozitsiya va mas’uliyat» tushunchalaridan foydalanadilar, bunda intellekt sifat jiliatidan qayta qurilishi nazarda tutiladi.


Download 227.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling