O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti tarix


Download 1.78 Mb.
bet2/12
Sana07.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1439439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hamrayev Zafar hiso

03.03.2023 yil
3-Mavzu: Muzeylarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyati.
HISOBOT
Muzeyning tadqiqotchilik faoliyati asosi bo‘lib, agar bu faoliyat muzey predmetini manbaviy nuqtai nazardan urganishga yunaltirilgan bo‘lsa, muzey fondlarida saqlanayotgan moddiy, tasviriy va yozma muzey predmetlari xizmat qiladi. Muzeyda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini shu nuqtai nazardan uch guruxga bulish mumkin: muzey predmetlarini umumtarixiy nuktai nazardan tadqiq etish. Muzeyda saqlanayotgan yoki muzey fondiga yangi qabul qilingan predmetlarning paydo bo‘lish joyi va davri, uning muallifi hamda shu predmetdan foydalangan davr aniqlanadi. Aynan shu jixatlar predmet ya`ni tarixiy manba haqida fikr yuritishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki, tarixiy manbaning, misol uchun, yozma manbaning muallif tomonidan yozilgan davri va yetib kelgan nusxaning xattotlar tomonidan kuchirilgan davr o‘rtasidagi farq, muallifning shu manbada yoritilayotgan voqealarga qanchalik daxldorligi haqidagi ma’lumotlar shu manbaga bulgan ishonch darajasiga ham ta’sir qiladi. Bu misolni muzeyda saqlanayotgan barcha tarixiy manbalarga nisbatan qullash mumkin.
04.03.2023 yil
4-Mavzu: Davlat muzey fondi. Muzey ashyolarini o‘rganish.
HISOBOT
Muzey faoliyati, muzey zaxiralari asosida yuritiladi. Zaxiradagi predmetlarni muzey xodimlari yig‘ib, ko‘paytirib borishlari, saqlashlari, tadqiqot o‘tkazishlari, shuningdek ta’lim-tarbiya va ilmiy ishlarida foydalanishga sharoit yaratishlari zarur. Zaxira orqali muzey o‘tmish bilan hozirgi davrni bog‘lashi mumkin.
Muzey zaxiralarining arxiv va kutubxona zaxiralaridan farqi shundaki, muzey predmetlarining o‘ziga hos hususiyatlari bor. Boshqa farqli tomoni – muzey zaxirasida tarixiy jarayonlar majmuasi xujjatlashtiriladi. Arxiv va kutubxonalar muzeylarga o‘xshab ko‘plab manbalarni yig‘ishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi. Muzeylar uchun predmetga ta’luqli ma’lumotning faqat mazmuni va xajmigina yetarli emas, bu predmet nima maqsadda, qanday qilib yaratilganligi haqida ham axborot kerak, ya’ni predmetning tarbiatini aniqlovchi ma’lumotni yetkazib berish hususiyati bo‘lishi lozim.
“Muzey zaxiralari” deganda, muzeyga doimiy saqlovga qabul qilingan, ilmiy tashkllashtirilgan materiallarning yig‘indisi tushuniladi. Bunda ular nafaqat zaxira saqlovi
va ekspozitsiyada, balki boshqa muzey yoki muassasaga vaqtinchalik ko‘rgazmaga berilgan bo‘lishi, shuningdek ekspertiza, ta’mirlash uchun jo‘natilgan bo‘lishi mumkin.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling