O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti tarix


Download 1.78 Mb.
bet12/12
Sana07.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1439439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Hamrayev Zafar hiso

01.04.2023 yil
23-Mavzu: Muzeyning ilmiy ma’lumotnoma aparati.
HISOBOT
Muzeyning ilmiy ma’lumotnoma apparati quyidagi nazariyalami o‘z ichiga oladi:
1. Hujjatlashtirish nazariyasi - muzey fondlarini toldirishga, ya’ni muzeylar to‘plamiga voqelik obyektlarini tanlash metodologiyasi va metodikasiga bog‘liq masalalami tadqiq etadi.
2. Zaxira nazariyasi - bu ilmiy-fond ish usuli; u muzey buyumlarining va ulardagi axborotning qiymatini bilish, ya’ni muzey ashyolaridan foydalanish, ulami hisobga olish hamda saqlash jarayonlarini o‘rganadi.
3. Kommunikatsiya nazariyasi - muzeyni kommunikatsion institutlardan biri sifatida axborotning uzatilish xususiyatini, muzey vositalari va kommunikatsiya shakllarining tomoshabinlarga ta’siri masalalarini o‘rganadi. Muzey manbashunosligi muzey ashyolarini manbashunoslikka xos boigan nuqtayi nazardan tadqiq etish bilan shug‘ullanadi; aniqlash, tadqiq etish va foydalanish nazariyasi va metodikasini ishlab chiqadi. Amaliy muzeyshunoslik quyidagi uch bo’limni o‘z ichiga oladi:
1. Ilmiy metodika muzey faoliyatining barcha turlarini qamrab oladi. Umumiy va maxsus metodik tadqiqotlar mavjud. Umumiy metodika barcha muzeylar majmuasiga mansub. Bular, masalan, ekspozitsiya tuzishning metodik tamoyillari, muzey fondini saqlash va ekskursiya ishlari tamoyillaridir. Maxsus metodikalar umumiy ilmiy metodikadan kelib chiqsada, ular aniq tipdagi va yo‘nalishdagi muzeylarga mo‘ljallangan bo‘ladi.
2. Muzey ishi texnikasi muzey binolarini loyihalashtirish, har xil turdagi muzey materiallari, ko‘rgazmaga qo‘yish, axborotni tarqatish texnik vositalari, muzey ashyolarining fizik holatini tadqiq etish texnikasi, ulami buzilishidan saqlash va qayta tiklash masalalari bilan shug‘ullanadi.
3. Muzey ishini tashkil etish va muzeyning faoliyatini boshqarish menejment va marketing masalalari bilan bog‘liq.

03.04.2023 yil
24-Mavzu: Mustaqil O‘zbekistonda arxiv ishi.
HISOBOT
O‘zbekiston mustaqillikga erishgach jamiyatimizning barcha sohalarida, jumladan arxiv ishini rivojlantirish sohasida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatni barpo etish borasida, davlat mulkini xususiylashtirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, ishlab chiqarish korxonalari va xususiy biznesni rivojlantirish natijasida nodavlat arxiv fondlari tashkil qilindi. Nodavlat sanoat, qurilish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa jamg‘armalari, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy tashkilotlar arxiv fondlari nodavlat arxiv fondini tashkil qildi.
Davlat va nodavlat arxiv fondlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O‘zMAF)ga aylantirildi. O‘zR Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hujjatlar egasiga, tashkilotga maxsus guvohnoma berish joriy etildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlarning shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash maqsadida respublika shaharlari va tumanlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib bo‘yicha idoralararo arxivlar soni ortdi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati arxiv ishi bo‘yicha Qonun va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqdi. 1999-yil 15-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Arxivlar to‘g‘risida” Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999-yil 30-oktyabrda “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 482-sonli Qaror qabul qildi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zbekiston Resprublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida Nizom”, “O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridag Bosh arxiv boshqarmasi (“O‘zbosharxiv”) to‘g‘risida Nizom”, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv to‘g‘risida Namunaviy nizom” tasdiqlandi. Bu hujjatlar respublika arxiv idoralarini mustaqilligini, erkinligini qonuniy yo‘l bilan rasmiylashtirdi. Respublikada arxiv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar arxivlar to‘g‘risidagi Qonunni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Natijada 2010-yil 15-iyunda “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Qonunda arxiv muassasasi, idoraviy arxiv, arxiv hujjati kabi o‘ziga xos institutlar mohiyati amaliyotga mos ravishda ajratilib, har birining haqqoniy tushunchasi yoritib berilgan. Bundan tashqari, unda MAF va davlat arxivlari qatori nodavlat arxivlar, idoraviy arxivlar, shaxsiy arxiv hujjatlari tarkibida ham butlanishi, hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan foydalanishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil
3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 49-sonli Qaroriga ko‘ra “O‘zbosharxiv” “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga aylantirildi. Joylarda hokimliklar arxiv bo‘limlari o‘rniga Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tashkil qilindi. Mustaqil O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida ko‘plab xususiy, nodavlat tashkilotlar, korxonalar va ularning arxiv fondlari vujudga keldi.

XULOSA


Men Hamrayev Zafar Kucharovich Muzeyshunoslik va Arxivshunoslik fanidan malakaviy amaliyotni Surxondaryo viloyati, Uzun tumani,
U. Shamsiyev ko‘chasi, 20-uyda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, Uzun tumani davlat arxiviga 2023 yilning
1-martidan, 2023-yilning 3-apreliga qadar o‘tadim. Amaliyot davrida Uzun tumani davlat arxivi rahbariyat xodimlari va bo‘limlari hamda me’yoriy hujjatlari bilan tanishdim. Menga biriktirilgan amaliyot rahbarim bilan arxiv fondi bilan tanishdim hamda arxiv hujjatlari bilan qanday ishlashni o‘rgandim. Men amaliyot davomida muzeyshunoslik va arxivshunoslik haqida yangi ma'lumotlarga ega bo'ldim, bilgan ma'lumotlarimni esa amaliyo davomida ko'rib yanada mustahkamlab oldim. Amaliyot davomida egallagan bilimlarimni biz tarixchi yoshlar uchun eng katta yutuqlarimizdan biri deb bilaman.

Uzun tumani davlat arxivi me’yoriy hujjatlari bilan tanishish jarayoni
Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling