O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti tarix


Download 1.78 Mb.
bet7/12
Sana07.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1439439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hamrayev Zafar hiso

15.03.2023 yil
12-Mavzu: Arxivdagi ishlarning dastlabki faoliyati.
HISOBOT
Qabul qilish tizimiga va arxivlash uchun mo'ljallangan hujjatlarga qo'yiladigan talablar quyidagilardan iborat.
1.Hujjatlarni qabul qilish faqat aktlar bilan amalga oshiriladi.
2.Qabul qilingan hujjatlarning hisobini elektron shaklda saqlang.
3.Har bir ish mustaqil saqlash birligi sifatida aktga kiritiladi. Har bir ishning nomenklatura bo'yicha aniq nomi dalolatnomaga kiritiladi. Agar ishlarning nomenklaturasi hali mavjud bo'lmasa, papkada yozilgan sarlavha qo'llaniladi (bu amal qilish muddati o'tgan hujjatlarni keyinchalik yo'q qilish bo'yicha dalolatnomalarni rasmiylashtirishni osonlashtirish uchun kerak).
4.Ishlarni qabul qilishda hujjatlarning qiymatini tekshirish amalga oshiriladi. Masalan, agar papkada turli xil saqlash muddatlariga ega hujjatlar yoki papkada bir necha yil davomida hisobot shakllaridan biri mavjud bo'lsa, siz ushbu papkadan qancha va qaysi holatlar yaratilishi kerakligini hal qilishingiz kerak (ish standartlari
va qoidalariga muvofiq). ).
16.03.2023 yil
13-Mavzu: Muzey to‘plamlarini saqlash.
HISOBOT
Muzey to‘plamlarini saqlash, oldinlari komplektlash, zaxira ishlari strukturasida ko‘rib chiqilar edi; endilikda, qoidaga ko‘ra, muzey faoliyatining mustaqil yo‘nalishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Navbatdagi bosqich-ilmiy pasportlarni to‘ldirishdir. Bunda buyumlar haqidagi ma’lumotlar kengaytirilib, tarixiy sharhlar beriladi. Namuna uchun bir necha ilmiy pasportni keltiramiz. Buyumning nomi - chopon. Inventar nomeri 322, qayd qilish kitobi nomeri 3-1. Bo‘lim nomeri 111. Saqlanadigan joyi -34 —yashik. Tasviri. Qumrang ip gazlamali erkaklar to‘ni, hunarmandchilik maxsuloti. Asosi va arqog‘i ikki ipdan eshilgan gazlamadan iborat. Choponning etagi, bari va yenglari yo‘l-yo‘l qizil matodan, yoqalari oq hoshiyali havorang chitdan tikilgan. Yoqasining cheti, etaklari va yengining uchi binafsharang ipak jiyakdan iborat. Yeng ichiga ham ana shunday jiyakning parchasi tikilgan. Orqa etagi, bari va yeng qaytarmasi binafsharang ipak hamda qora ip bilan baxyalangan. Baxya yirik yirik qavilgan. Chopon qo‘lda tikilgan. Yoqasi mashina usulida fabrika ipida baxyalangan. O‘lchami: uzunligi 1,38, yengi-0,72, qaytrmasi-0,32, etagi-1,95 sm. Saqlanish darajasi: yangi. Olingan joyi va vaqti: O‘rta Osiyo muzeyi topshirig‘iga muvofiq M.F.Gavrilov tomonidan tuzilgan predmetlar ro‘yxati. To‘ldirilgan vaqti: 8.11.31 y. Tuzuvchii: M.Bekjonova. Buyumning nomi-chinni tovoq. Tasviri: shakli silindirsimon, qirrasi yuqoriga qarab bo‘rtgan. Oq fonga rangli emal bilan gul solingan. Yuqori qismi zangori naqshlar bilan bezatilgan. Ikki yonida ushlagich uchun ikki o‘yiq bor. Satxi qovoq hosili yig‘ish manzarasini aks ettiruvchi bezaklar bilan qoplangan; birinchi manzarada 3, boshqasida 4 dehqon shakli, ular ustida uchayotgan kapalaklar. Quyi qirrasida zangori shakllar mavjud. Tovoq qopqog‘ining ustida it shakli va janr manzarasi aks etgan. Ikkinchi tovoq ham huddi birinchisiga o‘xshaydi, lekin undagi janr manzaralari yaltiroq tasvirda berilgan. Har ikkala tovoq ham bir hil hajmda: balandligi 143, diametri 165, chuqurlik diametri 130 mm. Qopqoqlar hajmi har xil: birinchisining diametri 183 mm, balandligi 50 mm; ikkinchisiniki esa 180 mm, balandligi 50 mm. Tagida sulolaning qizil markalari (Daouguan 1821-1851 yillar). Saqlanish darajasi: yaxshi. Olingan joyi va vaqti: Toshkent, Murodovdan 40 so‘mga sotib olingan. Ma’lumotlar manbai: adabiyot materiallari va ko‘p yillik shaxsiy kuzatuvlar. Eslatma: Yevropa bozorlariga chiqariladigan mahsulotlarning xarakterli namunasi. To‘ldirilgan vaqti: 10.03.1973 y. Tuzuvchi prof.G.N.Chabrov.
Ilmiy pasportlar yozish — ilmiy kataloglarni nashrga tayyorlashning asosiy zaminidir. Bu — muzey ekspozitsiyasida predmetlarni ilmiy asosda namoyish qilish hamda etnografiya, san’atshunoslik, arxeologiya bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilar uchun izoh xizmatini o‘taydi. Umuman muzey fondlarini komplektlash muzey faoliyatining asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bu ish tez yoki sust sur’atlarda butun muzey faoliyati jarayonida davom etadi. Zamonaviy muzeyshunoslikda fondlarni komplektlashga muzeyning funksiyasi bo‘lgan sotsial axborotlarni to‘plash, jamiyat taraqqiyotini hujjatlashtirishning usuli sifatida qaraladi. Bu amal qilayotgan sotsial muhitdan turli davrga oid va turli maqsadlarga qaratilgan predmetlarni tanlab va ajratib, ularni muzey predmeti sifatida muzey to‘plamiga kiritish yo‘li bilan olib boriladi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling