O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti tarix


Download 1.78 Mb.
bet3/12
Sana07.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1439439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hamrayev Zafar hiso

06.03.2023 yil
5-Mavzu: Davlat muzey fondi. Muzey ashyolarini o‘rganish.
HISOBOT
Muzey zaxiralari asosini – muzey predmetlari tashkil etadi. Bularga tarix va madaniyat yodgorliklari, ijtimoiy va tabiiy jarayon va hodisalarni xujjatlashtira olish hususiyatiga ega, o‘z muhitidan ajratib keltirilgan tabiat obyektlari kiradi.. Ulardan tashqari, zaxiralarga ilmiy – yordamchi materiallar ham kiradi. Lekin bu materiallar muzey predmeti xususiyatga ega bo‘lmay, muzey predmetlarini o‘rganish va ekspozitsiyalashga yordam beradi. Predmetni o‘rganish jarayonida yoki bevosita ekspozitsion zaruriyat uchun yaratilgan rekonstruksiyalar, maketlar, modellar, xaritalar, loyixalar, grafiklar, tablitsalar, turli sxemalarga ilmiy yordamchi material deyiladi. Ularning birlari, ba’zi bir sabablarga ko‘ra ekspozitsiyaga joylashtirib bo‘yalmaydigan predmetlarning tashqi qiyofasini tasavvur qilishga imkoniyat yaratadi.
“O‘ziga xos” va “Nodir” tushunchalari bilan ifodalanadigan muzey predmetlari qiymati ham noteng qimmatga ega.
Namunali (tipovoy) muzey predmeti deb, o‘ziga xos hodisalarni aks ettiruvchi va xozirgi davrda mavjud, ko‘p hajmdagi predmetlarga xos xususiyatga ega bo‘lgan buyumlarga aytiladi.

07.03.2023 yil
6-Mavzu: Davlat muzey fondi.
HISOBOT
O‘zbekiston Respublikasida davlat muzeylari toifalari darajalariga ko‘ra oliy toifa, I toifa, II toifa, III toifadan iborat bo‘ladi. Muzeylarning asosiy fondida saqlanayotgan muzey ashyolari, muzey kolleksiyalarining noyobligi, ularning saqlanish holati, muzey binosining amaldagi talablarga mosligi, zamonaviy texnika va fond jihozlari bilan ta’minlanganligi, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, ekspozitsiyasining jahon standartlariga javob bera olishi, xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yilganligi hamda eksponatlar soni, muzeyga bir yil davomida tashrif buyurganlar soni davlat muzeylarining toifalarini belgilashda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lib hisoblanadi.
Davlat muzeylariga:
asosiy fondida noyob muzey ashyolari, muzey kolleksiyalari mavjud, eksponatlar saqlanish holati talab darajasida, zamonaviy texnika va fond jihozlari bilan to‘liq ta’minlangan, tashrif buyuruvchilarga barcha qulayliklar yaratilgan, ekspozitsiyasi jahon standartlari talablariga javob beradigan, xalqaro aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan hamda eksponatlar soni 40 mingdan ziyod, muzeyga bir yil davomida tashrif buyurganlar soni 40 ming nafardan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa — oliy toifa;
asosiy fondida noyob muzey ashyolari, muzey kolleksiyalari mavjud, eksponatlar saqlanish holati talab darajasida, zamonaviy texnika va fond jihozlari bilan ta’minlangan, tashrif buyuruvchilarga qulayliklar yaratilgan, ekspozitsiyasi jahon standartlari talablariga javob beradigan, xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yilgan hamda eksponatlar soni 30 mingdan ziyod, muzeyga bir yil davomida tashrif buyurganlar soni 30 ming nafardan 40 ming nafargachani tashkil etgan bo‘lsa — I toifa;
asosiy fondida noyob muzey ashyolari, muzey kolleksiyalari mavjud bo‘lmagan, eksponatlar saqlanish holati talab darajasida, zamonaviy texnika va fond jihozlari bilan qisman ta’minlangan, tashrif buyuruvchilarga o‘rtacha darajada qulayliklar yaratilgan, ekspozitsiyasi jahon standartlari talablariga qisman javob beradigan, xalqaro aloqalar qoniqarli yo‘lga qo‘yilgan hamda eksponatlar soni 25 mingdan ziyod, muzeyga bir yil davomida tashrif buyurganlar soni 20 ming nafardan 30 ming nafargachani tashkil etgan bo‘lsa — II toifa;
asosiy fondida noyob muzey ashyolari, muzey kolleksiyalari mavjud bo‘lmagan, eksponatlar saqlanish holati qoniqarli darajada, zamonaviy texnika va fond jihozlari bilan ta’minlanmagan, tashrif buyuruvchilarga yaratilgan qulayliklar darajasi past, ekspozitsiyasi jahon standartlari talablariga javob bermaydigan, xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yilmagan hamda eksponatlar soni 20 mingtagacha, muzeyga bir yil davomida tashrif buyurganlar soni 10 ming nafardan 20 ming nafargachani tashkil etgan bo‘lsa — III toifa beriladi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling