O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti tarix
Download 1.78 Mb.
|
Hamrayev Zafar hiso
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.03.2023 yil 8-Mavzu: Muzey ashyolarini hisobga olish. HISOBOT
09.03.2023 yil
7-Mavzu: Muzey fondlarini to‘ldirish. HISOBOT Barcha mamlakatlarda bo’lgani singari, O’zbekistonda ham muzey fondlarini to’ldirish va ularning ilmiy bo’lishiga katta e’tibor beriladi. To’ldirishning xususiyatlari uning rejali va maqsad sari yo’naltirilgan bo’lishida ko’rinadi. Ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilish tabiat va turmushni rejali ilmiy tekshirishning yagona yo’lidir. Ekspeditsiyalar to’xtovsiz ravishda yangi materiallar topib turmasa, muzeylarning ilmiy faoliyatini zarur darajaga ko’tarish qiyin. Kam o’rganilgan noxiyalarda ish yuritadigan va malakali ilmiy mutaxassislarga ega bo’lgan ekspeditsiyalar ayniqsa yaxshi samaraga erishadilar. Bunday ekspeditsiyalar o’tkazishdan oldin muzey fondlaridagi materiallar bilan batafsil tanishilib, adabiyotlar o’rganiladi, boshqa muassasalar: fanlar akademiyasi, qo’shni respublikalar akademiyalari ilmiy-tadqiqot institutlariga o’xshash obro’li muassasalar bilan zarur koordinatsiyalar amalga oshiriladi. Ekspeditsiyalar institut va muzey xodimlarining birgalikda ishtirok etishi uchun zarur ko’nikmalarni rivojlantiradi, eksponatlarni puxta tanlash va ularga ilmiy yondoshishni o’rgatadi, o’zaro hamkorlik tajribasini hosil qiladi. Ekspeditsiya - yig’uv ishi muzey tomonidan bir necha yilga mo’ljallab oldindan puxta rejalashtiriladi. Bunday ish rejalari ekspozitsiya vazifalari, ilmiy tadqiqot va eng avvalo, fondlar ahvolini hisobga olish bilan uzviy bog’liq holda tuziladi. Har bir ekspeditsiya oldidan u bajarishi lozim bo’lgan ishlarning ilmiy rejasini aks ettiruvchi yig’uv ro’yxat-jadvali tuziladi. Etnografiya kollektsiyalarini komplektlashda har bir eksponat ro’yxatdan o’tkazilib tekshirilayotgan xalq yoki elat tarixi hamda turmush tarzi bilan uzviy bog’liq holda, muayyan vaziyatda o’rganiladi. Har bir etnografik mavzu yoki hodisa (turar joy, kiyim-kechak, kasb-kor, oila va boshqalar) dala sharoiti jarayonida tarixan o’rganiladi. 10.03.2023 yil 8-Mavzu: Muzey ashyolarini hisobga olish. HISOBOT Muzey fondlarida eksponatlarni hisobga olish va saqlash. Muzey fondlarini hisobga olishning maqsadi fondlar, kolleksiyalar hamda ashyolami o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlarga yuridik maqom berish va ulaming saqlanishini ta’minlashdan iborat. Fondlarning hisobi uzluksiz davom etuvchi jarayondir, chunki, muzey fondlari doimo to‘ldirib boriladi, ashyolaming harakati va ulaming holati nazorat qilinadi.Muzey ashyolarini hisobga olish, saqlash va ilmiy qayta ishlash, mazkur muzey bo‘ysunuvchi tashkilotning me’yoriy hujjatlari bo‘yicha boshqariladi. Muzey fondlarini hisobga olish jarayonida hisob hujjati tuziladi. Unda ashyolaming guruhlari yoki har bir ashyo, ularning muzeyga va boshqa turli fond bo‘limlariga olinish haqida ma’lumotlar kiritiladi. Ko‘plab hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lib, ro‘yxatga olingandan keyin doimiy saqlanishi zamr. Bular qabul qilish, topshirish dalolatnomalari, kirim, ilmiy inventar kitoblaridir. Muzey fondlarini davlat hisobiga olish ikki bosqichdan iborat bo‘lib, ashyolaming o‘rganilganlik darajasini aks ettiradi: muzeyga kelgan ashyolami birlamchi ro‘yxatdan o‘tkazish va inventar kitoblarga kiritishdir. Ya’ni, muzey ashyolari ilmiy ro‘yxatga olinadi. Bu haqdagi dalolatnoma uch nusxada tuzilib, bosh saqlovchi (fond mudiri) fond-sotib olish komissiyasi qarorigacha ashyoni saqlagan shaxs va ulami moddiy saqlovga qabul qilgan xodim tomonidan imzolanadi. Hujjat muzey direktori tomonidan tasdiqlanadi. Qimmatbaho metallar, toshlar, orden va medallar, qurol-aslahalardan iborat ashyolami qabul qilish maxsus me’yoriy hujjatlar orqali amalga oshiriladi.Tegishli fond bo‘limlariga keltirilishidan oldin ashyolar birlamchi ro ‘yxatga olish jarayonidan o ‘tadi, bu bilan ulaming butunlay muzeyga tegishli ekanligi mustahkamlanadi. Ashyolar muzey eksponatlarining kirim kitobigayoki ilmiy yordamchi materiallar kitobiga qayd etiladi. Tab’ly-ilmiy muzeylarda ashyoviy materiallar - ashyoviy materiallaming hisob-kitobida ro‘yxatga olinadi. Muzeyga vaqtinchalikka berilgan ashyolar, vaqtinchalik foydalanuv kirim kitobiga yoziladi. Ular ashyo saqlangan fond bo’limi mudiri, moddiy javobgarlik saqloviga vaqtincha qabul qilgan shaxslar tomonidan imzolangan va tasdiqlangan dalolatnoma bo‘yicha qaytariladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling