O‘zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Massa nima? Jismning toʻgʻri chiziqli tekis harakati yoki tinchligini saqlashga intilishi inersiya


Download 105.43 Kb.
bet7/7
Sana09.06.2023
Hajmi105.43 Kb.
#1475132
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Habiba 1

Massa nima?
Jismning toʻgʻri chiziqli tekis harakati yoki tinchligini saqlashga intilishi inersiya deyiladi. Nyutonning birinchi qonuni, koʻpincha, inersiya qonuni deb ham ataladi. Bizning tajribalarimizdan maʼlumki ayrim jismlar boshqalariga qaraganda kattaroq inersiyaga ega. Masalan, shubhasiz, katta qoya toshni harakatga keltirish basketbol toʻpini siljiitishga qaraganda qiyinroq.
Jism inersiyasining oʻlchovi bu - massa. Massa jismga tezlanish berish qancha qiyinligiga qarab aniqlanishi mumkin. Jism qancha katta massaga ega boʻlsa, unga tezlanish berish ham shunchalik qiyin boʻladi.Shuningdek, qoʻpol qilib aytganda, jism oʻzida qancha koʻp modda jamlagan boʻlsa, u shunga mos ravishda kattaroq massaga ega boʻladi va uning tezligini oʻzgartirish, yaʼni tezlanish berish ham qiyinlashadi.

2-masala: liftning harakati


Lift rasmda koʻrsatilgani kabi oʻzgarmas tezlik bilan tros yordamida yuqoriga tortilmoqda. Lift yuqoriga oʻzgarmas tezlikda harakatlanayotgan vaqtda tros liftga taʼsir etadigan yuqoriga yoʻnalga kuch — Fc​  hamda liftga taʼsir qilayotgan umumiy gravitatsiya kuchi — Fg​ ning son qiymatini taqqoslash natijasi qanday?  Fg
a. Fc​kuch Fg​ dan katta.
b. Fc​va Fg​ oʻzaro teng.
c. Fc​k kkk kuch Fg​ dan kichik.
d. Fc ​kuchning Fg​ dan katta yoki kichikligi lift massasiga bogʻliq
Toʻgʻri javob b. Agar lift oʻzgarmas tezlik bilan harakat qilsa, demak, unga taʼsir qilayotgan natijaviy kuch nolga teng. Natijaviy kuch nolga teng boʻlishi uchun yuqoriga va pastga yoʻnalgan kuchlar



Xulossa
Mexanikaning harakatlarni, shu harakatlarni yuzaga keltiruvchi tashqi ta’sirlarga (kuchlarga) bog’lab o’rganuvchi bo’limi dinamika deb ataladi. Dinamikaning asosini Nyuton ochgan uchta qonun tashkil etadi. Dinamikaning bu qonunlarini kashfiyotchining sharafiga Nyuton qonunlari deb yuritiladi.I.Nyuton kashf etgan bu qonunlar 1687 yilda chop etilgan “Tabiat falsafasining matematik asoslari” kitobida bayon etgan. Italyan olimi G.Galiley tajriba va kuzatish natijalarini umumlashtirib quyidagi hulosaga keladi. Tashqi ta’sirlardan holi bo’lgan har qanday jism yerga nisbatan tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatda bo’ladi. Galiley jismga boshqa jismlar ta’sir qilmaganda tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlash xususiyatini jismning inersiyasi deb atadi. Galileyning bu xulosasi inersiya qonuni deyiladi.Galileyning jismga boshqa jismlar ta’sir qilmaganda, u faqat tinch holatda emas, balki yerga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakatda bo’lishi mumkin degan ilmiy hulosasi fizika fanidan qilingan ulkan qadam edi.Jismlarda ro’y beradigan inersiya hodisasiga ko’plab misollar keltirish mumkin: tekis harakatlanib ketayotgan avtobus keskin tormozlanganda undagi yo’lovchilarning o’z harakatini davom ettirib oldinga engashib ketishi yoki avtobus keskin joyidan qo’zgalayotganda yo’lovchining oqrqaga ketishi kabi misollar. Buyuk ingliz olimi I.Nyuton tajriba va kuzatishlarga asoslanib Galileyning inersiya qonunini harakatning umumiy qonunlari qatoriga qo’shib, uni dinamikaning birinchi qonuni deb atadi. Nyutonning birinchi qonuni quyidagicha ta’riflanadi: har qanday jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi. Bu qonundan quyidagi xulosa kelib chiqadi, agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u kattaligi va yo’nalishi jihatidan o’zgarmas tezlik bilan harakat qiladi. Har ikkala ta’rifda ham tezlanishning nolga tengligiga izoh berilyapti. Demak, tezlanishsiz sanoq sistemalarda Nyutonning birinchi qonuni bajariladi. Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanoq sistemalari inersial sanoq sistemalari deyiladi. Nyutonning birinchi qonuni bajarilmaydigan sanoq sistemalari noinersial sanoq sistemalari deb ataladi. Nyutonning birinchi qonunini tajribada bevosita tekshirish mumkin emas,chunki jism harakatlanganda uning atrofidagi boshqa jismlarning tasirini to’liq bartaraf etib bo’lmaydi.Masalan ishqalanish kuchini bartaraf etish ancha qiyin. Biroq bir qancha asosli xulosalarni umumlashtirish orqali Nyutonning I qonunining to’griligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Harakatlanayotgan jismga atrofdagi jismlar tomonidan ko’rsatayotgan qarshilik ( ishqalanish ) kuchlari kamaytirilsa ayni shu jism uzoq vaqt harakat holatini saqlaganligining va jism tezligining kam o’zgarganligini ko’ramiz. Masalan harakatdagi avtomobilga tormoz bermasdan motorini neytral holatga qo’yib kuzatilsa uning tezligi tosh yo’lga nisbatan asfalt yo’lda kam o’zgarganligining guvohi bo’lamiz. Nyuton qonunlarining to’gri yoki noto’g’riligi ulardan kelib chiqayotgan xulosalarning tajriba asosida olingan natijalarga mos kelishi yoki kelmasligi orqali aniqlanadi. Olib borilgan kuzatishlarning natijasiga ko’ra inersial sanoq tizimlarda katta massali (makroskopik) jismlar yorug’lik tezligiga nisbatan juda kichik tezlikda harakatlanganda Nyuton qonunlari to’g’ri bajarilar ekan. Jismga ta’sir etuvchi kuchning shu kuch ta’sirida oladigan tezlanishiga nisbati bilan tavsiflanadigan fizik kattalik jism inertligining o’lchovi bo’lib xizmat qiladi. Inertlik tabiatdagi barcha jismlarga xos bo’lgan xususiyatdir. Jismning inertligi tushunchasidan foydalanib, massani quyidagicha ta’riflaymiz. Jismlarning inertligini miqdor jihatdan tavsiflovchi fizik kattalikka massa deyiladi. Nyutonning ikkinchi qonuniga ko’ra jismning massasi:Nyuton qonunlariga asoslangan mexanika Nyuton mexanikasi yoki klassik mexanika deb ataladi. Ammo jismlar yorug’lik tezligiga nisbatan juda yaqin tezlikda harakatlanganda klassik mexanika qonunlarini tushintirib bera olmaydigan dalillar paydo bo’ldi va shu tariqa Nyuton mexanikasining qo’llanish chegarasi aniqlanildi.
AD

adigan tezlanishiga nisbati bilan
tavsiflanadigan fizik kattalik jism inertligining o’lchovi bo’lib xizmat qiladi. Inertlik tabiatdag Foydalanilgan adabiyotlar:
1 I.A.Karimov “Yuksak manaviyat yengilmas kuch” . Toshkent
2008й. 4-12 b.
2. O’zbekiston Respublikasining ” Ta’lim to’g’risidagi qonuni ”.
Toshkent-1997-yil. 7 - 22 b.
3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil qatiy tartib intizom va shaxsiy
javobgarli-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi
kerak. T: “O`zbekiston 2017 ”44-b.
4. Kudryavsev P.S, Kratkiy kurs istorii fiziki, Moskva, 1974

5. M.N.Rahmatov, Vatanimiz fiziklari, Toshkent, 1983


6. M.Ahadova, Oʻrta Osiyolik mashhur olimlar va ularning matematikaga doyr ishlari, Toshkent, 1983
7. Klassicheskaya nauka Sredney Azii i sovremennaya sivilizatsiya, Toshkent, 2000.
8. A.A.SHishlovskiy. «Prikladnaya fizicheskaya optika» Moskva
1961. 379-417 b.
9. N.M.Gadjaev. «Optika» Moskva, vistoe shkole 1972. 279-284 b.
10. C.A.Axmanov, S.YU.Nikitin. Fizicheskaya optika. izdotestvo
Moskovskogo universiteta. 1998 g. 138-143 b.
11. A. S. Axmanov, M. A. Voronsov. Novыe fizicheskie prinsipы
opticheskoy obrabotki informatsii. M. «Nauka»1989 g. 144- 263 b.
12.S.Malik, John N.Mordeson, M.K.Sen, Fundamentals of Abstract Algebra, 1997, P. 636.

  1. Martyn R. Dixon, Leonid A. Kurdachenko, Igor Ya. Subbotin, “Algebra and number theory” 2010, P. 523.

  2. SH.A.Ayupov, B.A.Omirov, A.X.Xudoyberdiev, F.H.Haydarov, Algebra va sonlar nazariyasi, Toshkent “Tafakkur bo‘stoni” 2019, 295 b. (o‘quv qo‘llanma)

  3. Nazarov R.N.,Toshpo‘latov B.T., Dusumbetov A.D. Algebra va sonlar nazariyasi.T., O‘qituvchi. I – qism, 1993 y., 2 - qism, 1995 y. (o‘quv qo‘llanma)

  4. YUnusov A., YUnusova D. Sonli sistemalar. T., «Moliya-iqtisod», 2008. (o‘quv qo‘llanma)

  5. . www.Ziyonet.uz O’z- axbarot ta’lim resurslar internet portali.


FOYDALANILGAN INERNET SAYTLARI.

1. www.ziyonet.uz
2. www.uzvip.uz
3. www.referat.uz
4. www.doc.uz
5moodle.pharmi.uz6
6. www.misht.ru/e-libra.ru
7. www.phusis.ru
8. www.krism-prometu.ru
9.www.presentation.ru
s 11.www.pedagog.uz
12. www.edu.uz


Download 105.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling