O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston milliy universiteti


Xalqaro moliya institutlari tomonidan guruhlanishi


Download 145.19 Kb.
bet3/12
Sana17.06.2023
Hajmi145.19 Kb.
#1549771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
XBI Bahrom

Xalqaro moliya institutlari tomonidan guruhlanishi
Xalqaro valyuta fondi (XVF) metodikasi. XVF 2004-yildan boshlab dunyo mam- lakatlarini tasnifiashdagi yondashuviga o‘zgartirish kiritdi. Endilikda dunyo mamlakatlari ikki guruhga — «Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar» (advanced economics) va «Boshqa bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar»ga (other emerging market and developing countries) bo‘linadi. jadval2




Mamlakatlar soni

YaIM

Tovar va xizmatlar eksporti

Aholi










Rivojlangan
mamlakatlar




Dunyo




Rivojlangan
mamlakatlar




Dunyo




Rivojlangan
mamlakatlar




Dunyo




Rivojlangan mamlakatlar




36

100

43,6

100

61,2

100

14,7




AQSh




37,7

16,4

16,1

9.9

30.5

4.5




Yevro zona

18

28.2

12.3

40.4

24.8

32.0

4.7




Germaniya




7.9

3.4

12.0

7.4

7.8

1.2




Fransiya




5.7

2.5

5.7

3.5

6.1

0.9




Italiya




4.6

2.0

4.5

2.7

5.8

0.8




Ispaniya




3.3

1.5

3.3

2.0

4.5

0.7




Yaponiya




10.5

4.6

5.9

3.6

12.3

1.8




Buyuk Britaniya




5.2

2.3

5.6

3.4

6.2

0.9




Kanada




3.4

1.5

3.9

2.4

3.4

0.5




Boshqa rivojlangan mamlakatlar

14

15.0

6.5

28.1

17.2

15.6

2.3




< Katta yettilik>

7

75.0

32.7

53.6

32.9

72.1

10.6




Ushbu tasnif biron-bir qat’iy iqtisodiy mezonlarni talab etmaydi va XVF yordamida tarixiy shakllangan yondashuvlar asosida tahlillarni yengillashtirishni ko‘zda tutadi.


XVF tasnifiga faqat ushbu tashkilotga a’zo mamlakatlarnigina kiritiladi. Misol uchun, Kuba va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi ushbu tasnifga kiritilmaydi va ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti XVF tomonidan monitoring qilinmaydi. San-Marino bo‘yicha ma’lumotlar bazasi to‘liq ishlab chiqilmaganligi bois ushbu mamlakat rivojlangan mamlakatlar guruhiga kiritilmaydi. Xuddi shu sabablarga ko‘ra Marshall Orollari, Mikroneziya Federativ Shtatlari, Palau, Somali va Tuvalu bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga kiritilmaydi.
XVF tasnifiga muvofiq 2013-yilda rivojlangan mamlakatlar guruhiga 36 ta mamlakat kiritilgan. Ushbu mamlakatlarda dunyo aholisining 14,7 % yashaydi, jahon yalpi ichki mahsulotining 43,6% ishlab chiqariladi, jahon tovarlar va xizmatlar eksportining 61,2 % ular hissasiga to‘g‘ri keladi. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya va Kanada «Katta yettilik» — asosiy rivojlangan mamlakatlar guruhini tashkil etishadi va ushbu guruh hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 32,7 %, jahon tovarlar va xizmatlar eksportining 32,9 % to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarguruhi ichida Yevro zonasi va Osiyoning yangi industrial mamlakatlari, boshqa rivojlangan mamlakatlar guruhlari ham ajratiladi. 2013-yildan boshlab ushbu guruhga Latviya qo‘shiIgan
Jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sish muammosi
Insoniyat o‘z tarixi mobaynida farovon turmush tarzini ta’minlash bilan bog‘liq asosiy vazifa — ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muammosini hal etishga harakat qilmoqda. Yer shari aholisi sonining ortib, ehtiyojlarning o‘sib borishi va resurslarning cheklanganligi ushbu muammoni yanada murakkablashtirmoqda.
Har qanday milliy iqtisodiyot siklik rivojlanadi va siklning barcha fazalarini bosib o‘tadi. Jahon iqtisodiyoti ham dinamik rivojlanayotgan tizim sifatida siklik tebranishlarga ega.
Milliy iqtisodiyotlarning siklik rivojlanishi tahlili jahon iqtisodiyotining umumiy rivojlanish tendensiyasini ko'rsatdi. Birinchidan, jahon iqtisodiyoti va uning alohida sohalari siklik lebranishlarga ega, ikkinchidan, jahon iqtisodiyotidagi siklik tebranishlar qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bo’lishi mumkin.
Iqtisodiy rivojlanishdagi uzoq muddalli tebranishlar XX asrning 20-yillarida ushbu holatning mavjudligini asoslab bergan iqtisodchi olim N. Kondratyev nomi bilan «Kondratyevning uzun to’lqinlari» deb ataladi.
Nikolay Kondratyev barcha mamlakatlar va jahon iqtisodiyoti o‘z rivojlanishida bosqichma-bosqich, taxminan 40-60-yildan iborat pasayuvchi va ko‘tariluvchi siklik davrlarni bosib o‘tadi, degan xulosaga kelgan. 0‘z navbatida, dunyo mamlakatlari va jahon iqtisodiyoti «uzun to’lqinlar» doirasida o‘rta muddatli tebranishlarga duch keladi. Ushbu tebranishlar o‘rtacha 5-7-yilda takrorlanishi va uzoq sikl ichida bir necha marta ro‘y berishi mumkin.
Iqtisodchilarning fikricha, jahon iqtisodiyotining rivojlanishidagi bu turdagi siklik tebranishlarning paydo bo’lishi kapitalizmning jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan belgilanib, sikllarning almashinishidagi asosiy omil ishlab chiqarishning ilmiy-texnik taraqqiyot ta’sirida ishlab chiqarish kuchlarining yangilanishi hisoblanadi.
XVIII asr oxirlaridan boshlab jahon iqtisodiyotining rivojlanishida to‘rtta yirik siklik konyunklura kuzatilgan (3.1.1-rasm).
Birinchi toMqin — to‘qimachilik sanoati va cho‘yan ishlab chiqarish.
Ikkinchi toMqin — dengiz va temiryo‘1 transportining rivojlanishi.
Uchinchi toMqin — elektrotexnika va aloqa vositalari.
To'rtinchi toMqin — kimyo va kompyuter sanoati
3.1.1-rasm.3
Jahon iqtisodiyotidagi siklik tebranishlar




Mutaxassislarning fikricha, beshinchi to‘lqinning paydo bo’lishida informatika, biotexnologiya, gen injeneriyasi, tibbiyot, energiyaning yangi turlari, fazoni o'zlashtirish sohalaridagi yangiliklar hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin.


Shunday qilib, ko'tariluvchi to'lqinlarning shart-sharoitlari fan va texnika sohasidagi yangiliklar hisoblanadi. Ushbu yangiliklar jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o'sish, tarkibiy siljishlar va yangi tarmoqlarning rivojlanishini ta'minladi.
Jahon iqtisodiyotida sodir bo'lgan barcha iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar csa bir-biridan chuqurlashuvi, davomiyligi hamda sifat jihatdan xalqaro va milliy doirada sodir bo'lishi bilan farqlanadi.
Tahlillar ko'rsatishicha, 1960—2007-yillarda 21 ta rivojlangan mamlakatda o'rtacha 122 ta retsessiya yuz bergan. Ushbu retsessiyalarning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan bo'lsa-da, ularga xos bo'lgan quyidagi umumiy belgilarni ajratib ko'rsatish mumkin:
• odatda, retsessiya bir yil davom etadi va ishlab chiqarish hajmi sezilarli qisqaradi. Xususan, retscssiya YalM hajmining 2%ga qisqarishi orqali namoyon bo'ladi. Og'ir kechadigan retsessiya holatida esa ushbu ko'rsatkich 50 ogacha yetishi mumkin;
• iste'mol hajmining qisqarishi sezilarli bo'lmasa-da, sanoat ishlab chiqarishi va investitsiyalar hajmining qisqarishi YalM hajmining qisqarishiga nisbatan yuqori bo'ladi;
• odatda, relsessiya xalqaro savdo va eksportning pasayishi bilan mos keladi, retsessiyaning pasayishi davrida esa importning keskin qisqarishi yuz. beradi;
• retsessiya davrida ishsizlik darajasi keskin oshadi, infiyatsiya esa tovar va xizmatlarga bo'lgan jami talabning qisqarishi tufayli pasayadi. Uy-joy va aksioner kapitali qiymatining pasayishi kabi, retsessiya ham moliyaviy bozorlardagi beqarorlikka bog'liq holda ro'y beradi.
AQSh da ro'y bergan 2008-2009-yillardagi retsessiya 1960-yildan keyingi sakkizinchi retsessiya hisoblanadi. Ushbu davrda ro'y bergan retsessiyalarning davomiyligi o'rtacha 11 oyni tashkil etgani holda, eng uzoq davom etgani (1973- va 1981-yillar) 16 oy, eng qisqa vaqt davom etgani (1980-yil) 8 oyga teng bo'lgan. Mamlakatda ishlab chiqarish hajmining qisqarishi o'rlacha 1,7 %ni, eng yuqori ko'rsatkichi esa 3,0 %ni tashkil etgan.
Tahlillar ko‘rsatishicha, jahon iqtisodiyotida Ikkinchi jahon urushidan keyin 1975, 1982, 1991 va 2009-yillarda to‘rtta global pasayish kuzatilgan bo‘lsa shundan eng chuqur global pasayish 2009-yildagi pasayish hisoblanadi. Ushbu inqirozlarning har birining sabablarini tahlil qilish bugungi kunda lcatta ahamiyat kasb ctadi.
2008-yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi AQSh ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglikdan boshlangan va likvidlik inqiroziga aylanish orqali jahon iqtisodiyotini tushkunlik holatiga olib kelgan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuqorida ko‘rib chiqilgan inqirozlardan o'zining keskinligi va ko'Iami bilan farq qiladi. Joriy global iqtisodiy tushkunlik global sanoat ishlab chiqarishning keskin qisqarishiga va jahon iqtisodiyotida ishsizlik darajasining tez sur'atlar bilan o‘sishiga sabab bo'ldi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining boshqa global retsessiyalaridan farqi bu inqirozda mamlakatlarning iqtisodiy sikl lazalari uyg'unlashislmi boshladi. Ya'ni 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta'siri ostida rivojlangan mamlakatlarning hammasida va rivojlanayotgan mamlakatlarning yarmidan ko'prog‘ida iqtisodiy retsessiya boshlandi. 1975, 1982 va 1991-yillarda ro'y bergan iqtisodiy tushkunliklar qamrov jihatidan zamonaviy inqirozdan ortda qoldi. Shu sababli oldingi inqirozlar davrida qo'llanilgan bir mamlakatdagi iqtisodiy rctsessiyani boshqa mamlakat iqtisodiy o‘sishi hisobiga qisqartirish strategiyasining zamonaviy shart-sharoitda qo’llanilmasligiga olib keldi.
Bugungi kunda iqtisodchi olimlar oldida turgan asosiy masala global retsessiyalarni oldindan aniqlash va uning oldini olishning samarali strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Umuman olganda, iqtisodiyotning siklik rivojlanishi kabi masalalarni tahlil qilish uchun ko‘plab rivojlangan mamlakallarda maxsus institutlar tashkil qilingan. Xususan, AQSh da 1978-yilda Iqtisodiy Tadqiqotlar Milliy Byurosi (ITMB), Yevro zonada esa, 2002-yilda Iqtisodiy Siyosat Tadqiqot Markazi (ISTM) tashkil qilingan. Bu tashkilotlar iqtisodiy retsessiyalarni tahlil qilishda o'ziga xos usul qo'llashdi va 1975, 1982,1991-yillarda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy retsessiyalar bo'yicha quyidagi xulosalarni olishdi:
• sanoat ishlab chiqarish va neft iste'moli inqirozdan ikki yil oldin qisqarishni boshlagan;
• xalqaro savdo va xalqaro kapital migratsiyasi inqirozdan bir yil oldin qisqa- rishni boshlagan;
• global ishsizlik ko'rsatkichi inqiroz yillarida o‘zining maksimal cho'qqisiga erishgan.
Zamonaviy jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga ham shu kabi xususiyatlar xosdir. Bu xususiyatlardan kelib chiqqan holda global inqirozlarni oldindan aniqlash mumkin, ammo inqirozlarning ko’lami makroiqtisodiy agentlarning o‘zini tutish xususiyatlariga bog’liq. 2006-yiklan boshlab jahonning bir qator yetakchi tadqiqot institutlari AQSh da qaytarilmagan ipoteka kreditlarining qiymati keskin o‘sib borayotganini ta'kidlashgan. Ammo yuqori spekulyativ daromad olish maqsadida moliyaviy institutlar o‘z faoliyatlarini kengaylirishga harakat qilishdi. Bu holat jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining chuqurlashuviga sabab bo’ldi.
Zamonaviy jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi kurash dunyo mam- lakatlari olib borayotgan iqtisodiy siyosatni ko‘p tomonlama muvofiqlashtirishni talab etadi. Bu borada jahon iqtisodiyotini xalqaro darajada samarali tartibga solishda «20 guruhi» alohida rol o‘ynaydi. Ushbu guruh tomonidan 2008-2014-yillarda Vashington, London, Pitsburg, Toronto, Seul, Parij sammitlari o‘tkazildi.


Download 145.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling