O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston milliy universiteti


Xalqaro banklarning tashkil topishi va Jahon iqtisodiyoti rivojida xalqaro banklarning roli


Download 145.19 Kb.
bet4/12
Sana17.06.2023
Hajmi145.19 Kb.
#1549771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
XBI Bahrom

Xalqaro banklarning tashkil topishi va Jahon iqtisodiyoti rivojida xalqaro banklarning roli

Xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlarini shartli ravishda xalqaro moliya institutlari deb atash mumkin. Bu tashkilotlarni bitta maqsad – murakkabliklarga va qarama-qarshiliklarga to‘la jahon xo‘jaligining barqarorligi hamda butunligini ta’minlash va hamkorlikni rivojlantirish birlashtiradi. Butunjahon ahamiyatiga ega tashkilotlarga, avvalo, BMT-XVF ixtisoslashtirilgan institutlari va Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki guruhi hamda Jahon savdo tashkiloti kiradi. BMTning xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlaridagi bevosita roli cheklangandir. Lekin, BMT ning savdo va rivojlanish Konferensiyasida (1964 yildan yiliga 3-4 marta) rivojlanayotgan mamlakatlar muammolarini hal qilishda jahon savdo muammolari va bu mamlakatlarning rivojlanishi bilan birga valuta-kredit masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Konferensiyaning sessiyalari orasidagi davrda bu funksiyani yiliga ikki martadan savdo va rivojlanish Kengashi


bajaradi. Jahon valuta tizimining muammolari jahon savdosi va
"rivojlanishga rasmiy yordam" bilan bog‘liq "ko‘rinmas" moddalari va
moliyalashtirish bo‘yicha qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi. U shuningdek,
rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon kapital bozoriga yetishish
muammolari, eksport kreditlari bo‘yicha kafolatlarini, 70-yillarning
o‘rtalaridan esa rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarz
muammolari bilan shug‘ullanadi. BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi – Iqtisodiy kengash – Yevropa, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va Lotin Amerikasi komissiyalari Osiyo
rivojlanish bankini va Amerikaaro rivojlanish bankini tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus jamg‘armalar bu tashkilotlarni to‘ldirib turadi. "Marshall reja" sining amalga oshirilishi munosabati bilan 1948- yilda tuzilgan Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti keyinchalik Yevropa to‘lov ittifoqining tashkil etilishiga yo‘naltirilgan (1950-1958- yillar), 1961- yilda esa iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (OESR, Parij) almashtirilgan. Xozirda bu tashkilot o‘z ichiga 24 mamlakatni oladi. Bu mamlakatlarning hissasiga dunyo aholisining 16% va /arb dunyosi ishlab chiqarishning 3 dan 2 qismi to‘g‘ri keladi. IXRT doirasida 30 qo‘mita faoliyat ko‘rsatadi, shu jumladan, eksport kreditlari shartlarini kelishtirish (konsensus), to‘lov balansi muammolari. IXRT maqsadi - erkin savdoga, yosh davlatlarning rivojlanishiga, a’zo mamlakatlarni iqtisodiy rivojlantirishga va moliyaviy barqarorlashtirishga ko‘maklashadi. IXRT – o‘ziga xos klubdir. Sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun fikrlar almashtirish va iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish, valuta-kredit va moliya siyosatini qo‘shgan holda, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi, jahon iqtisodiyotining ekonometrik andozalari asosida xalqaro qiyoslash va taxminlarning markazi hisoblanadi (yiliga 2 martadan). Boshqacha aytganda, xalqaro tashkilotlar revolyutsion va evolyutsion ko‘rinishda rivojlangan. Revolyutsion rivojlanish ikki ko‘rinishda: Birinchi ko‘rinish – nazariy model amaliyotga o‘tkazildi. Xalqaro valuta fondi (XVF) urushdan so‘nggi harakatdagi valutalar tuzilmaviy loyihasiga binoan shakllantirilgan bo‘lib, Uayt G.D.(AQSh) va Keyns Dj.M.(B.Britaniya) tomonidan qayta ishlangan. Institutlarning evolyutsion rivojlanishdan farqi shuki, revolyutsion o‘zgarishda istalgan jarayonni jamiyatga tadbiq etishdir. Ikkinchi ko‘rinishi – xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud tashkilotlar bir-biriga asoslanib biriktirib shakllantiriladi (bo‘limlari). Ular tarkibini xalqaro tashkilotlarga kiruvchi davlatlararo moliya- kredit va valuta munosabatlariga xizmat qiluvchi turli moliyaviy
institutlar tashkil etadi. Ulardan taniqli bo‘lgan – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), mintaqaviy rivojlanish banklaridan – Afrika tiklanish va taraqqiyot banki (ATB), Amerika xalqaro rivojlanish banki (AXRB) va Osiyo rivojlanish banki (ORB) ni aytish mumkin. Yevropa Ittifoqining mintaqaviy valuta-kredit va moliya tashkilotlaridan masalan, Yevropa investitsion banki, Xalqaro hisob- kitoblar banki, Yevropa Markaziy banki. Bu muassasalar o‘zlarining maqsad, vazifalarida turli masalalarni hal etadilar, ular faoliyati esa global xarakterga ega. Xalqaro tashkilotlar bugungi kunda ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy yo‘nalishlarda turli tarkibda shakllangan holda faoliyat yuritib, ularning evolyutsion rivojlanishi bosqichma –bosqich, davrma- davr yillar mobaynida asta-sekin rivojlanib kelishi bilan izohlanadi. Tashkilotlarning revolyutsion rivojlanishida siyosiy erkinlikning mavjudligi evolyutsion rivojlanishdan farqini ko‘rsatadi, ya’ni davlat boshchilik roliga o‘tadi.

Download 145.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling