O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston milliy universiteti
Download 145.19 Kb.
|
XBI Bahrom
Xalqaro tashkilotlar – davlatlararo kelishuvlar asosiga shakllangan hamda davlatlararo valuta-kredit va moliyaviy munosabatlarda o‘z Nizomidagi maqsad-vazifalarini mustahkam ko‘rsatgan bir necha davlat institutlarini birlashtiruvchisidir. Har qaysi hukumatlararo tashkilot o‘ziga xos sifatlarga ega bo‘lishi kerak, ya’ni tashkilot xalqaro huquqlarga mos kelgan holda shakllantiriladi. Har qanday xalqaro tashkilot xalqaro shartnomalar asosiga shakllanadi (konvensiyalar, kelishuvlar, protokollar va boshqalar). Bunday shartnoma tomonlari suveren davlatlar bo‘lib, keyingi vaqtlarda hukumatlararo tashkilotlar ham xalqaro tashkilot qatnashchilari sifatida maydonga chiqmoqdalar.
Jahon xo‘jaligida institutsional strukturani shakllantirgan yetakchi xalqaro tashkilotlar4.Yuqorida nomlari keltirilgan moliyaviy tashkilotlar valutaviy- kredit va moliyaviy munosabatlarning bozor sharoitidagi tizimini shakllanishiga ta’sir etadi. Masalan, Yevropa Ittifoqiga (YI) kiruvchdavlatlar ko‘pgina xalqaro tashkilotlarga a’zo. Har bir xalqaro tashkilotni tuzishdan maqsad – davlatlarning birlashishi asosida ularning har bir yo‘nalishidagi: siyosiy (OBSYe), harbiy (NATO), iqtisodiy (YeS), moliyaviy-valuta (MVF) va boshqalardagi kuchini oshirishdan iboratdir. Jahon moliyaviy institutlari kredit shartlarini boshqarish yo‘li bilan qarzdor davlatlar iqtisodiy siyosatiga ta’sir etish qobiliyatiga ega yetakchi tashkilotlardir. Bu tashkilotlar o‘z ko‘rinishini sekin o‘zgartiradi, lekin doimiy tashqi holatlarning harakatlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu davlatlararo institutlar mamlakatlarga kreditlar beradi, jahon valuta tizimining amal qilish tamoyillarini ishlab chiqadi, xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solish bilan shug‘ullanadi. Xalqaro moliya institutlarining vujudga kelishi quyidagi sabablar bilan bog‘liqdir. 1.Xo‘jalik xayoti baynalminallashuvining kuchayishi, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi TNK va TNBlarning tashkil topishi. 2.Jahon xo‘jaligi aloqalarini, shu jumladan, valuta-kredit va moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solishning rivojlanganligi. 3.Jahon valuta tizimi, valuta, kreditlar, qimmatbaho qog‘ozlar, oltin jahon bozorlaridan iborat bo‘lgan jahon iqtisodiyotining beqarorlik muammolarini hamkorlikda hal qilishning zarurligi. Rivojlanayotgan mamlakatlar mintaqaviy rivojlanish banklarining vujudga kelishining o‘ziga xos sabablari bo‘lib: bu mamlakatlarning siyosiy mustaqillikka erishganligi; jahon rivojida ularning rolini oshib borishi; milliy iqtisodiyot muammolarini hal etish maqsadida mintaqaviy hamkorlik va iqtisodiy integratsiyaga intilishlari xizmat qiladi. Xalqaro moliya institutlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlab ish tutadi: Jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliya munosabatlarini barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatining harakatlarini birlashtirish; valuta va kredit-moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solishni amalga oshirish; jahon valuta va kredit-moliya siyosati taktikasi va strategiyasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish. Xalqaro moliya institutlarida qatnashish darajasi va alohida mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo‘lagining kattaligi bilan aniqlanadi. Chunki odatda "tortilgan ovoz" tizimi qo‘llaniladi. Jahon xo‘jaligidagi kuchlar nisbatining o‘zgarishi, xususan urushdan keyingi amerikatsentrizmiga qarshi 60-yillarda 3 markazning vujudga kelishi (AQSh, G’arbiy Yevropa, Yaponiya) xalqaro moliya institutlarining faoliyatida o‘z aksini topmoqda. Download 145.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling