O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston milliy universiteti
Yevropa tiklanish va rivojlanish banki (YeTRB)
Download 145.19 Kb.
|
XBI Bahrom
Yevropa tiklanish va rivojlanish banki (YeTRB) 1990 yil 29-mayda Bitim asosida tuzilgan xalqaro tashkilotdir. YeTRBning ta’sischilari bo‘lib, 40 mamlakat – Albaniyadan tashqari hamma Yevropa mamlakatlari, AQSh, Kanada, Meksika, Marokko, Misr, Isroil, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, shuningdek, YeIK va Yevropa Investitsiya Banki hisoblanadi. SSSR, Chexoslovakiya va Yugoslaviya parchalanganidan keyin paydo bo‘lgan yangi davlatlar uning a’zolari bo‘lishdi. Uning a’zolari sifatida XVF a’zosi bo‘lgan har qanday mamlakat bo‘lishi mumkin. 1994 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, YeTRB aksionerlari bo‘lib, 57 mamlakat hisoblanadi. Bankning shtab-kvartirasi Londonda joylashgan. YeTRB maqomi, imtiyozlari va immuniteti, YeTRB bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya hukumatlari o‘rtasida shtab-kvartira to‘g‘risidabank operatsiyalari boshlangandan keyin, 1991 yilda 15 aprelda imzolangan Bitimda belgilab berilgan. YeTRBning asosiy vazifasi – Yevropaning ilgari sotsialistik tuzumda bo‘lgan mamlakatlarini ochiq bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishiga ko‘mak berish va shuningdek, xususiy tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishdan iborat. YeTRB kreditlarining asosiy obyektlari bo‘lib, xususiy firmalar yoki xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari va shuningdek, xorijiy investitsiyali qo‘shma korxonalar kiritilgan yangidan tuzilayotgan kompaniyalar hisoblanadi. Bankning asosiy maqsadi mintaqada investitsiyalarni rag‘batlantirishdir. YeTRB kreditlar va kafolatlar berishda, aksionerlik kapitaliga mablag‘larni sarmoyalashda boshqa investorlar va kreditorlar bilan hamkorlik qiladi. Bu faoliyat infrastrukturani yoki xususiy sektor tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat sektoridagi loyihalarni kreditlash bilan to‘ldirilishi kerak. Tuzilish maqsadlari va sabablari. 60-yillarda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi yirik mintaqaviy banklarning vujudga kelishi bir qator omillar bilan bog‘liqdir. Ichki omillarga quyidagilar kiradi: 1) mustamlakachilik tizimining tugatilishi, jahon rivojlanishida rivojlanayotgan mamlakatlar rolining oshib borishi, yangi iqtisodiy tartiblar uchun ularning kurashi; 2) jahon banki guruhi tomonidan har doim ham hisobga olinmaydigan mintaqalarning o‘ziga xos masalalarini hal etish zaruriyati; 3) chet el raqobatiga qarshi turish va milliy iqtisodiyot muammolarini birgalikda hal etish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyasini va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish. Tashqi omillar quyidagilar hisoblanadi: 1) chet el xususiy investitsiyalari asosiy oqimining rivojlangan mamlakatlarga ko‘chib
o‘tishi. Bunda rivojlanayotgan mamlakatlarda ularning o‘rnini davlat chet el investitsiyalari egallaydi, va davlat chet el investitsiyalari o‘rnini esa xalqaro investitsiyalar egallaydi; 2) sanoati rivojlangan mamlakatlarda "mintaqachilik" siyosati, ular ta’sir doirasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning birlashishiga ko‘maklashishga intilish. Download 145.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling