O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston milliy universiteti


Download 145.19 Kb.
bet10/12
Sana17.06.2023
Hajmi145.19 Kb.
#1549771
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
XBI Bahrom

Musharaka – (muntazam hamkorlik)faoliyat shartlari va

muddatlariga rozi bo‘lgan holda biznesning barcha qatnashchilari biznesga qo‘yilgan boshlang‘ich qo‘yilma kapitallaridagi foyda va zararlarni proporsional bo‘lib oluvchi hamkorlar sifatida harakat qiladilar.

  • Mudoraba – (ixtisoslashgan hamkorlik) – bu ishonchli

moliyalashtirish bo‘lib, pul mablag‘laridan foydalanishdagi eng to‘g‘ri va samarali bitim hisoblanadi. Bunday holatda bank omonatchilar mablag‘lari bilan ishlaydigan bo‘lsa, trast boshqaruvchisi sifatida yoki loyihani moliyalashtirish bo‘lsa mijoz bilan harakat qiladi. Sun’iy tarzda foizli pullarni shakllantirish evaziga emas, balki tuzilgan bitim har tomonlama haqiqiy holatda bo‘lgani uchun samara to‘g‘ri aniqlanadi. AQSh va Yevropa davlatlarida bu tizimga o‘xshashlar keng tarqalgan bo‘lib, ular korxonalar va venchur fondlar bilan o‘zaro munosabatlarda o‘z o‘rniga ega.

o‘rtasida tovarlarni maxsus narxlar bo‘yicha sotuvi haqidagi o‘zaro kelishuvini bildiradi. Bu narxda oldindan kelishilgan bank foydasini tashkil etuvchi marja yotadi. Bank mijozining talabi bo‘yicha xorijdan yoki ichki bozordan tovar xarid qiladi, keyin bitim shartlariga ko‘ra,
uni yoki bir vaqtda sotadi, yoki muddatini uzaytirishi mumkin.

ehtiyojlari uchun bank tomonidan ijaraga beriluvchi uskunadan foydalaninishda tuziladigan shartnoma. Lizingga olish rivojlangan davlatlarda kreditlashning eng samarali shakllaridan biri sifatida keng tarqalgan. Bunda ijara muddati tugashi bo‘yicha uskunani keyinchalik sotib olish yo‘nalishi ko‘rilgan.

  • Kard ul-Xasan- (xayriya krediti) - tashkilot yoki shaxslarga

taqdim etiladigan foizsiz ssudalar. Agar shaxsning berilgan ssudaning qaytara olmasligi avvaldan aniq bo‘lsa, pullar majburiyat yoki ixtiyoriy xayriya shaklida taqdim etilishi mumkin. KPMG xalqaro konsalting firmasi 2010 yilning aprel oyida Islom bank va moliya tizimiga bag‘ishlangan o‘zining ilmiy qidirish yakunlarini keng matbuotda chop etishdi. Ekspertlarning ma’lumoti bo‘yicha bu moliya institutlarining dunyo iqtisodiyotiga ta’siri yil sayin oshib bormoqda. Musulmon banklarining yanada intensiv rivojlanishi AQSh va Buyuk Britaniya davlatlarida faol kuzatilmoqda. G‘arb firmalarining Sharq investorlarini jalb qilish uchun Islom standartlarini o‘zlashtirishiga nima majbur qilmoqda? Yaqin Sharq kredit muassasalarining rivojlanish tarixi 30 yildan ozgina oshiq davrga to‘g‘ri keladi. Mana shu qisqa muddat ichida Islom moliya institutlari muhim yutuqlarga erishishdi. KPMG ma’lumotiga qaraganda hozirgi paytda ular dunyoni 75 davlatida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ularning umumiy aktivi 300 milliard dollardan oshib ketdi. Dunyoning turli iqtisodiyotiga kiritilgan Islom investitsiyasi miqdori 400 milliard dollardan oshib ketgan. Ilmiy tatqiqotchilarning hisob-kitoblariga qaraganda, barcha ushbu ko‘rsatgichlar o‘rtacha yiliga 15 foizdan o‘sib bormoqda. “Yaqin yilllarda bu bozorning o‘ta sezilarli darajada o‘sishi musulmon davlatlarining katta qismi neft boyligi bilan ta’minlansa, yana shariat qonuniga muvofiq beriladigan investitsiyaga yashirin talab borligi oqibatida sodir bo‘ladi ” deb KPMG ilmiy tatqiqotchilari qayd etmoqda. Musulmon moliya tashkilotlari, asosan, Yaqin Sharq, Malayziya va Buyuk Britaniya davlatlarida to‘planganiga qaramay, ularning xizmatlariga talab butun Osiyo, Yevropa va AQSh bo‘yicha mavjuddir. Shuni alohida qayd etish lozimki, RBK daily ekspertlarining so‘ralgan fikrlari xulosasiga ko‘ra, Islom moliyachilarining bosh obyekt bo‘lib, AQSh sarhisoblanadi. “Biz Yaqin Sharqdan Buyuk Britaniya va Lyuksemburg orqali AQSh sari juda katta kapital oqimini kuzatmoqdamiz” deb qayd etdi RBK dailyning Yevropa iqtisodiy ilmiy bo‘lim boshlig‘i Societe Generale Veronik Rish-Flor. Hozircha musulmon moliya tashkilotlarining bosh mijozlari-eng avvalo, musulmonlar hisoblanadi. Butun Jahon bo‘yicha ularning soni 1.6 milliard kishini tashkil etadi. Ammo Yaqin Sharq investitsiyasiga qiziqishni Eski va Yangi Jahonning boshqa din vakillari ham bildirishmoqda. Vaholanki, bu yo‘lda hali ancha-muncha to‘siqlar ham mavjud. Xususan, Sharq xazinasiga yo‘l topishni shariat tizimi va normalari ancha-muncha qiyinlashtiradi, chunki Islom banklari pul mablag‘larini unga muvofiq berishadi. Kredit berish tartibining juda keng tarqalgan chizmalaridan biri “sukuk” deb ataladi. Uning mazmuni shundan iboratki, musulmon kredit tashkilotining g‘arb kredit muassasasidan farqi, berilgan summadan foiz olmaydi, balki qarzdor kompaniyaning daromadidan ulush oladi. 2006 yilni 1-chi choragida shunga o‘xshash kreditning hajmi 18 milliard dollarni tashkil etgan, shundan davlat tashkilotlariga bor-yo‘g‘i 6 millirad dollari to‘g‘ri kelgan. “Sukuk” tizimi tahlilchilarning baholashiga qaraganda, sinditsirovanlashgan moliyalashtirishga alternativ sifatida butun jahon bo‘yicha keng tarqalmoqda. Barcha holatlarga qaramay, G‘arb Sharqdagi pul mablag‘larini
jalb qilishdan aniq manfaatdordir. Misol uchun, 2004 yilda Germaniya
yerlaridan biri - Saksoniya – “sukuk” sharti bilan 120 million dollardan oshiq kredit mablag‘larini jalb qilganlar. AQSh da “sukuk” asosida, Meksika bo‘g‘ozidagi o‘zining uglevodorod zaxirasi kafolati ostida qazib olish bilan shug‘ullanadigan East Cameron Gas Companiy- kompaniyasi 165 million dollar miqdorida birinchilardan bo‘lib mablag‘ olgan. “RBK daily”ning ekspertlari o‘tkazgan so‘rovnoma baholariga qaraganda, shariat tizimi bo‘yicha kredit olishni yana ham faol rivojlanishiga qator siyosiy omillar ham to‘siq bo‘lmoqda. “Yaqin Sharqda mavjud bo‘lgan siyosiy beqarorlik Islom investitsiyasini jalb qilishni keskin o‘sishiga xalaqit bermoqda. Bularni hammasi musulmon moliya institutlaridan Yevropa biznesiga kreditlarni jalb etishni qiyinlashtirmoqda”, - deb hisoblaydi Rish-Flor. Ammo ehtimoldan holi emas, yaqin vaqtlarda jahon biznesi, xuddi yaqinsharq neftisiz yashay olmaganidek, Islom investitsiyasisiz faoliyatini rivojlanishi mushkul masalaga aylanishi tabiiy holdir. O‘z navbatida jahonda sodir bo‘layotgan yangi iqtisodiy haqiqiyliklar G‘arb davlatlarini ularni nafaqat arzon xomashyo bilan, balki moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlayotgan davlatlarga o‘z munosabatini juda jiddiy qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqdalar.


Download 145.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling