O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston milliy universiteti


Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan guruhlanish asoslari


Download 145.19 Kb.
bet2/12
Sana17.06.2023
Hajmi145.19 Kb.
#1549771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
XBI Bahrom

Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan guruhlanish asoslari
Jahonda 193 ta mustaqil davlat, 61 ta qaram hudud va 6 ta nizoli hudud mavjud. Xalqaro statistikada «davlat» tushunchasi emas, balki «mamlakat» tushunchasi qo‘llaniladi. Chunki mamlakat albatta siyosiy mustaqillikka ega bo‘lishi majburiy emas. Siyosiy-geografik ma'noda mamlakat — bu muayyan chegaralarga ega, davlat suverenitetidan foydalanuvchi hududdir. Jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarni miqdoriy jihatdan aks ettiruvchi xalqaro statistika nuqtayi nazaridan esa «mamlakat» tushunchasi iqtisodiy ma’noda qo‘llanilishi va «iqtisodiyot» tushunchasi bilan mos keladi. Ushbu tushuncha davlatning muayyan hududini, masalan, Xitoy tarkibiga kiruvchi Tayvan va Gonkongni alohida iqtisodiy hudud sifatida ifoda etishi mumkin.
Tayvan Xitoyning boshqa subyektlari singari uning ma'muriy okrugi hisoblanadi. Gonkong Syangan hududining inglizcha nomi bo‘lib, Buyuk Britaniya tomonidan 1898-yildaXitoydan ijaraga olingan. 1984-yil sentyabr oyidagi Xitoy-ingliz deklaratsiyasidan so‘ng 1997-yilning iyul oyida Gonkong ustidan Xitoy suvereniteti o‘rnatiIdi. Hozirgi kunda Gonkong Xitoy hududlaridan biri hisoblanadi va yarim avtonom subyekt sanaladi. Gonkong xalqaro kelishuvga muvofiq Xitoy Xalq Respublikasidan alohida o‘z mustaqil hukumatiga ega. Tayvan va Gonkong Xitoyning siyosiy-ma'muriy hududlari hisoblanishiga qaramasdan xalqaro statistikada ular alohida mamlakatlar sifatida hisobga olinadi.
Dunyo mamlakatlari, bir tomondan, biri-biridan iqtisodiyotining hajmi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, institutsional va madaniy xususiyatlari bilan farq qilsa, ikkinchi tomondan, ular muayyan o‘xshashliklarga ham ega. Ushbu holat dunyo mamlakatlarini tahliliy va statistik maqsadlarda guruiilarga ajratish, jahon iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish tendensiyalarini o'rganish maqsadida muayyan mezonlar bo‘yicha tasniflash imkonini beradi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi kompleks va umumlashtiruvchi ko'rsatkich hisoblanadi va quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi YalM/YaMM;
iqtisodiyotning tarmoq tarkibi;
• aholi jon boshiga mahsulotlarning asosiy turlarini ishlab chiqarish (alohida tar- moqlarning rivojlanish darajasi);
• aholi turmush darajasi va sifati;
• iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi.
Iqtisodiy adabiyotda, ommaviy axborot vositalarida mamlakatiarni guruhlashning «standart tasnifi» nomini olgan yondashuv keng tarqalgan. Yaqin vaqtlarga qadar ushbu yondashuv Xalqaro valyuta fondi (XVF) tomonidan «Jalion iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari» (World Economic Outlook) deb nomlanuvchi yillik hisobotlarida qollanilgan.
Standart klassifikatsiyada mamlakatlar uch guruhga ajratiladi: rivojlangan, rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari. Ular jahon iqtisodiyotining tarkibini tashkil etadi va jahon aholisi, yalpi ichki mahsuloti vajahon savdosidagi ulushini tavsiflaydi.
Standart tasnifi biron-bir qat'iy miqdoriy mezonga ega emas. U mamlakal iqtisodiyotining tarkibiy jihatlari, xo'jalik faoliyatining tashkiliy tamoyillari, institutsional va madaniy xususiyatlari hamda joriy iqtisodiy muammolarini hisobga oladi.
Ushbu tasnifda rivojlangan mamlakatlarga 29 ta xususiy mulkchilikka va rivojlangan industrial sektorga asoslangan bozor iqtisodiyotiga ega inamlakatlar kiradi. Jumladan, 2002-yilda rivojlangan mamlakatlarda dunyo aholisining 15,4%, ya'ni «oltin milliard» deb ataluvchi I mlrd. kishi yashagan va ular hissasiga jahon yalpi mahsulotining 55,7 % hamda jahon tovarlar va xizmatlar eksportining 74,8 % to'g'ri kelgan.
0‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari 28 ta davlatni o‘z ichiga oladi. Ushbu mamlakatlar rivojlangan industrial bazaga ega va rejali ma'muriy iqtisodiyotdan bozor iqtlisodiyotiga o‘tish bilan bog‘liq holda iqtisodiy islohotlarni boshidan kechirayotgan mamlakatlardir. 0‘tish iqtisodiyoti mainlakatlari quyidagi ikki guruhga ajratiladi:

• Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari (15);


• Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Mongoliya (13).
Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi eng ko‘psonli hisoblanadi va ushbu guruhga 125 ta mamlakat kiradi. Ushbu guruhga kiruvchi mamlakatlarni iqlisodiyoti qishloq xo‘jalik va qazib chiqarish sanoatiga asoslanganligi birlashtiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qayta ishlash sanoati sust rivojlangan va og‘ir mashinasozlikka asoslangan mustaqil industrial baza aksariyat mamlakatlarda mavjud emas. Ushbu mamlakatlarda fond bilan qurollanganlik darajasining pastligi oqibatida mehnat unumdorligi yuqori emas. Bu borada shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, rivojlanayotgan mamlakatlar guruhida Vyetnam, Kambodja va qator Afrika davlatlari o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari singari bozor islohotlarini amalga oshirishmoqda. Ammo ular hozirgacha o‘z mustaqil industrial bazasini shakllantirganlaricha yo‘q. Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti chuqur diversifikatsiyalashmagan va tor sohaga ixtisoslashgan. Ushbu ixtisoslashuv biron-bir mahsulotni ishlab chiqarishga va uni eksport qilishga bog‘liq.



Download 145.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling