O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston milliy universiteti


Investitsiyani kafolatlash ko‘ptomonlama Agentligi (IKKA)


Download 145.19 Kb.
bet7/12
Sana17.06.2023
Hajmi145.19 Kb.
#1549771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
XBI Bahrom

Investitsiyani kafolatlash ko‘ptomonlama Agentligi (IKKA) 1988 yilda rivojlanayotgan davlatlarga jalb etilgan investitsiyalar egalari bo‘lgan chet el investoriga uning investitsiyasi uchun siyosiy xatarlardan kafolat taqdim etish orqali yordamini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. Bu xatarlarga harbiy harakatlar, fuqarolik tartibsizliklari, shartnoma shartlarining va valuta o‘tkazmalaridagi buzilishlar kiradi. IKKA ning sug‘urta polisi investitsiyalarni 15 yil muddatgacha kafolatlaydi, hatto, agar kafolatlangan bir loyihaning bugungi tashqi summasi 50 mln. AQSh dollarini tashkil etsa, bu kafolat 20 yil muddatga ham uzaytirilishi mumkin. IKKA, shuningdek, rivojlanayotgan davlatlarga chet el investitsiyalarini jalb etish yo‘llari bilan bog‘liq masalalarga maslahat beradi. Bugungi kunda IKKA ga a’zo davlatlar soni 151 ga yetdi. IKKA o‘z faoliyatida bir qancha vazifalarni tekinga bajaradi. Masalan, Rossiyaning investitsion va xususiylashtirish imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlardan tarkib topgan
interaktiv tizimni tekinga qayta ishladi.
Investitsion bahslarni boshqarish xalqaro markazi (IBBXM) 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hukumat va chet el investorlari orasidagi kelishilgan arbitrajli shartnoma shartlarini ta’minlash maqsadida investitsiya oqimini rag‘batlantirib turadi. U shuningdek, mamlakat qonunchiligiga chet el investitsiyalarining mos harakati bo‘yicha tavsiyalar beradi va matbuotlarda chop etadi. Bugungi kunda IBBXM ga a’zo davlatlar soni 131 ga yetdi. 5 Bu tashkilotlar, ya’ni Jahon banki, Xalqaro valuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) va boshqalar davlatlar kelishuvi natijasida faoliyat ko‘rsatadi. Boshqalari esa, ya’ni nodavlat moliyaviy strukturalar yuqorida keltirilgan xalqaro tashkilotlar mavjudligi natijasida shakllanib birlashadi. Tashkilotlarning bir-biriga o‘xshab ketadigan faoliyat konsepsiyalari yaxshi ishlab chiqilgan. Tashqaridan bir qarashda XVF bilan Jahon bankining umumiy bir xilligi ko‘pdek, YeTTB ining faoliyati ham xuddi Jahon banki foliyatiga ko‘chirma qilingandek. Lekin tahlil bo‘yicha ular faoliyati ko‘rilsa, bu tashkilotlarning o‘ziga xos ajratib turadigan sifatlari mavjud.

Download 145.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling