O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o’zbekiston milliy universiteti
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro banklar munosabatlarining hozirgi holati
Download 145.19 Kb.
|
XBI Bahrom
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro banklar munosabatlarining hozirgi holati
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat yuritadi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent xalqaro aeroportini taʼmirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15 loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga teng). Xususan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekistonda oʻrta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan iborat kredit berildi. Shundan 60 mln. AQSh dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat banklariga berilgan. 2023-yilning 17-may kuni Samarqandda oʻtkazilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Boshqaruvchilar kengashining yillik anjumani doirasida YETTB “Tavakkalchilikni taqsimlash” dasturi asosida Oʻzsanoatqurilishbankning chakana savdo yoʻnalishidagi mijozlaridan biri – “Idea” kompaniyasiga maishiy texnika va elektronika doʻkonlari tarmogʻini yanada rivojlantirish maqsadida 22 mlrd. soʻmlik kredit kafolati taqdim etildi.“Idea” loyihalarini amalga oshirish boʻyicha dastlabki kredit bitimi 2022-yil 29-sentyabrda (hajmi – 44 mlrd. soʻmlik) imzolangan edi.Joriy hujjat bilan kompaniyaning aylanma mablagʻlarini toʻldirish va Oʻzbekistonda chakana savdo tarmogʻini kengaytirish uchun yangi transh yoʻnaltirildi. YETTBning dasturdagi ishtiroki 20 mln. dollarni tashkil etadi.Dastur xususida toʻxtalib, uning maqsadi mamlakatda kichik va oʻrta biznes subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilganini, amalga oshirilayotgan loyiha esa, YETTBning Bank tomonidan har bir taqdim etilgan mijozi loyihasida paritet asosda 7 yilgacha boʻlgan muddatga tavakkalchilikni (birgalikda moliyalashtirish yoki kafolat berish yoʻli bilan) oʻz zimmasiga olishga tayyorligini ifodalaydi.Kredit shartlari YETTB bilan kelishilgan holda Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan belgilanadi. Kreditlarni boshqarish va monitoring qilish vazifasi ham mahalliy bank mutaxassislari tomonidan hal qilinadi. Risklarni taqsimlash dasturi doirasida kreditlar xorijiy (AQSH dollari va yevro) va milliy valyutada taqdim etiladi.Bankning “Tavakkalchilikni taqsimlash” dasturida ishtiroki loyihalarni moliyalashtirishda xatarlarni taqsimlash va yuqori investitsiya reytingiga ega xalqaro moliya instituti – YETTB tomonidan kredit kafolatlarini qabul qilish orqali iqtisodiy kapitaldan samarali foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, bu Bank mutaxassislarining loyihalarni monitoring qilishda kredit takliflarini shakllantirish, moliyaviy tahlil, modellashtirish hamda risklarni baholash sohasida koʻnikmalarini oshirishga xizmat qiladi. O’zbekistonning COVID-19 dan keyingi yashil, barqaror va inklyuziv tiklanishini qo’llab-quvvatlash uchun OTB ta’lim, energetika, sog’liqni saqlash, moliya, transport, qishloq xo’jaligi va tabiiy resurslar, shahar va suv xo’jaligi sohasidagi loyihalarni qo’llab-quvvatlaydi.OTBning 2019-2023-yillarga mo’ljallangan O’zbekiston uchun Hamkorlik strategiyasi mamlakatning milliy Taraqqiyot strategiyasi va uning ustuvor yo’nalishlariga muvofiqlashtirilgan – (i) davlat boshqaruvini isloh qilish; (ii) iqtisodiy rivojlanish, jumladan, tarkibiy islohotlar, xususiy mulk va tadbirkorlikni mustahkamlash, transport va savdo aloqalarini yaxshilash; va (iii) ijtimoiy rivojlanish.OTB siyosat bo’yicha maslahatlar, salohiyatni oshirish va bank uchun maqbul DXSh loyihalarini tayyorlash uchun tranzaktsiyalar bo’yicha maslahat yordamini ko’rsatishda davom etadi; O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Milliy taraqqiyot strategiyasi va islohotlar kun tartibiga muvofiqligicha qoladi.Har yili yangilanib turadigan ushbu ma’lumotlar varaqasi OTBning mamlakatdagi faoliyati haqida qisqacha axborot va aloqa uchun ma’lumotlarni taqdim etadi. O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori6Osiyo Taraqqiyot banki ishtirokida “moliya bozorini rivojlantirish dasturi” lohiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida:“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish, shuningdek, mamlakatimizda moliya bozori infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar:2021-yil 7-oktabrda Osiyo taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — OTB) Direktorlari kengashi tomonidan “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — loyiha) doirasida O‘zbekiston Respublikasiga 25 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 100 million AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi ma’qullanganligi;2021-yil 9-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan qarz bitimi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki:loyiha doirasida OTB mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, shuningdek, OTB mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining valyuta xatarlarini qisman xedjirlash maqsadida xalqaro moliyaviy kontragentlar bilan hamkorlikda OTB mablag‘larining 20 million AQSh dollari miqdoridagi qismi bo‘yicha 3 yil muddatga ilk sinov svop operatsiyasini amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga ilk sinov svop operatsiyasini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro moliyaviy kontragentlar bilan Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasining bosh kelishuvini imzolashga vakolat berilsin. 5. OTB mablag‘larini qaytarish va foiz bo‘yicha to‘lovlar hamda ilk sinov svop operatsiyasi doirasida amalga oshiriladigan foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin. Bunda, xedjirlash amaliyoti davomida xalqaro moliyaviy kontragentlar bilan tuziladigan Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasining bosh kelishuviga asosan tushadigan daromadlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining daromadlari sifatida aks ettiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga loyihani hamda Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasi bilan tranzaksiyalarni amalga oshirishda moliyaviy agent funksiyasini bajarish tavsiya etilsin. 7. Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida ajratiladigan qarzni qaytarish va foiz bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan OTB o‘rtasida imzolangan qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tegishli moliyaviy xatarlarni xedjirlash maqsadida hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Download 145.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling