O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti


O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni


Download 201.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana03.12.2023
Hajmi201.84 Kb.
#1796951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4. Pul o‘tkazmalari va ularni ishchi kuchini eksport qiluvchi

O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni 
tashkil etdi.
Joriy yilning iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 
Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan Xalqaro 
mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha 
respublikaning 101 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. 
Unda 490 ta fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 4,9 mingta uy xo‘jaliklari 
hamda 25,9 ming nafar fuqaro qamrab olindi.
Kasb-hunarga o‘qishga jalb etilganlarning asosiy qismi xotin-qizlar (68,4 foiz), 
yoshlar (54,4 foiz) ulushiga to‘g‘ri keldi.
Kasb-hunarga o‘qitishga jalb etilganlarning 69,9 ming nafari (60,6%) sanoat va 
xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida, 23 ming nafari (19,9%) qurilish, 2,4 ming nafari 
(2,1%) agrotexnologiyalar, 9,2 ming nafari (8,0%) “IT” sohasi kasblari va 10,9 
ming nafari (9,4%) “Usta-shogird” an’anasi asosida hunarmandchilik kasblariga 
yo‘naltirildi.
1-diagramma
Kasb-hunarga o‘qitishga jalb etilganlarning gender ulushi
2-diagramma
Kasb-hunarga o‘qitishga jalb etilganlarning sohalar bo‘yicha tahlili
COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olishga 
qaratilgan karantin chora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada ta’sir 


ko‘rsatdi.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari respublikada ishsizlik darajasi iqtisodiy faol 
aholining 13,2 foiz tashkil etganligini ko‘rsatdi.
Bu ko‘rsatkich 2019-yilning shu davrida 9,1 foizga teng bo‘lgan. Ishga muhtoj 
bo‘lganlarning umumiy soni 1 944,0 ming kishini tashkil etadi (16-30 yoshgacha 
bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi- 20,1 foiz, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi 
esa - 17,4 foiz).
Mehnat resurslari soni 19 084,6 ming kishini tashkil etib, 2019-yilning shu davriga 
nisbatan 0,6 foizga ko‘paygan bo‘lsa COVID-19 pandemiyasiyaning iqtisodiyot 
sub'yektlari faoliyatiga salbiy ta’siri natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida band 
bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga yoki 671 ming kishiga 
kamayib, 12 736,7 ming kishini tashkil qildi.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi soni 5 
581,2 kishini tashkil qilib, o‘tgan yil shu davrga nisbatan 0,2 foizga yoki 12,4 ming 
kishiga kamaydi.
Bunda koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan ayrim cheklov 
chora-tadbirlar sababli yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni 
o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming (46,4 foiz)ga kamayib ketganligi 
hisobiga yuzaga kelgan bo‘lsa, 131,2 ming ishsizlarni haq to‘lanadigan jamoat 
ishlariga jalb qilish hisobiga rasmiy bandlar soni keskin kamayish oldi olindi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra respublikadan tashqariga xorijda mehnat faoliyatini 
amalga oshirish uchun ketganlar soni 2 040 ming kishini tashkil etgan, bu o‘tgan 
yilning mos davriga nisbatan 553,2 ming, 2020 yilning 1-chorak yakuniga nisbatan 
esa 232,1 ming kishiga kamaygan.
Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni (xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarini 
hisobga olmaganda) o‘tgan yilga nisbatan 2,1 foizga yoki 105,3 mingga kamayib, 
5 114,6 ming kishini tashkil etmoqda. Bunda asosan vaqtinchalik bir martalik va 
mavsumiy ishlarni bajaruvchilar
(108,4 mingga kamaygan), mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oilaviy 
korxonalarda va tadbirkorlarda ishlovchilar (87,6 ming), ro‘yxatdan o‘tmasdan va 


tegishli ruxsatnomasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar (110,6 ming) soni 
kamaydi.
Shu bilan birga karantin chora-tadbirlari davrida uyda o‘tirgan fuqarolar soni 
oshganligi hamda fuqarolarning shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun 
Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar berish dasturi hajmi keskin 
ortganligi uchun dehqon va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar soni 201,1 
mingga ortgan.
Tadbirkorlik sub'yektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini 
hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishi 
norasmiy sektorda bandlar ulushini kamaytirish imkoniyatini bermoqda.
Respublikada iqtisodiy nofaol aholi soni 2019 yil mos davriga nisbatan 4,5 foizga 
oshgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tkazilgan tadqiqot davomida tadbirkorlik va xizmat 
ko‘rsatish sohasi vakillari karantin chora-tadbirlari davrida vaqtinchalik o‘z 
faoliyatlarini to‘xtatib turishlarini va cheklovlardan so‘ng qayta tiklash niyatini 
bildirib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rayotganligi sababli 
oshganligini ko‘rsatdi.
2020-yilning yanvar-iyun oylarida, ayniqsa COVID-19 pandemiyasining mehnat 
bozoriga salbiy ta’sirini yumashatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 
ming(30 yoshgacha bo‘lganlar 159,9 ming va ayollar 229,4 ming) ishsiz va band 
bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatildi.
Xususan, 501,1 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga ishga joylaytirish va jamoat 
ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta’minlandi,
15,0 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga o‘qitildi, 27,0 ming nafar ishsiz shaxslarga 
Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 10,1 mlrd. so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab 
berildi.
Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar 
hisobiga 24,8 ming nafar fuqaro shaxsiy tomorqalarida, 15 ming nafar fuqaro 
qishloq xo‘jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida a’zo sifatida 
biriktirilib, band qilindi, 3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etildi, 256 ta ish 
beruvchiga mehnat organlari yo‘llanmasi bilan ishga olingan 2,3 ming nafar 


ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini 
ishga olganligi uchun moddiy ko‘mak ajratildi.
2020 yilda respublikamizga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 
hajmi o‘tgan yilga nisbatan oshib ketdi.
2020 yilda O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 
hajmi 6,03 milliard dollarni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 17 million dollarga 
yoki 0,3 foizga oshdi.
Ta’kidlanishicha, chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 
1,2 milliard dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 157 million 
dollarga yoki 15 foizga oshdi. Natijada xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 
bo‘yicha ijobiy saldo 4,83 milliard dollarga yetdi.
2020 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi ko‘rsatkichlarining 
shakllanishiga dunyoda COVID-19 pandemiyasining boshlanishi bilan bog‘liq 
ichki hamda tashqi bozor holatidagi o‘zgarishlar, tashqi savdo aylanmasining 
pasayishi, global biznes faoliyatining sekinlashishi va moliyaviy xatarlarning 
ortishi kabi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Shunga qaramay, joriy qilingan karantin chora-tadbirlari mahalliy xarakter kasb 
etib, transchegaraviy pul o‘tkazmalarining umumiy hajmiga salbiy ta’siri bo‘yicha 
xatarlar ro‘yobga chiqmadi va rezidentlarga o‘tkazmalar 2019 yilning mos davri 
darajasida saqlanib qoldi.
2. 

Download 201.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling