O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti


-jadval Rossiyadagi Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlarining 2020-2021 yillardagi  ko‘rsatgichlari № Davlat nomi


Download 201.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana03.12.2023
Hajmi201.84 Kb.
#1796951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4. Pul o‘tkazmalari va ularni ishchi kuchini eksport qiluvchi

1-jadval
Rossiyadagi Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlarining 2020-2021 yillardagi 
ko‘rsatgichlari

Davlat nomi
Mehnat muhojirlarining soni
mln/kishi
2020
2021
1
O‘zbekiston
1 822 933
2 007 407
2
Tojikiston
936 752
1 018 497
3
Qirg‘iziston
376 863
351 959


Shu bilan birga, sharoitlar qulay bo'lganda, migratsiya iqlim o'zgarishiga 
moslashishni qo'llab-quvvatlashi va iqlimga chidamliligini oshirishi mumkin. 
Ushbu harakatchanlik bilan bog'liq muammolar milliy chegaralardan tashqariga 
chiqadi va mintaqaviy darajada hal qilinishi kerak. Bundan tashqari, Markaziy 
Osiyoning ayrim mamlakatlarida, xususan, qishloq va shaharlarda ichki migratsiya 
kuchaymoqda. 
Katta shaharlarda davlat xizmatlariga (masalan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik 
va h.k.) talab ortib bormoqda. Masalan, Qirg‘izistonda ichki migrantlar aholining 
18 foizini tashkil qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, ichki migratsiya rivojlanishning 
muhim omili bo'lishi mumkin.
Tug'ilish va o'lim natijasida aholining uzluksiz yangilanishi jarayoni davom etadi 
va bu aholining ko'payishi deyiladi. Bu jarayon ikki tushuncha bilan bog'liq: 
aholining tabiiy qo'shimcha o'sishi va avlodlar almashinuvi.
U yoki bu populyatsiyaning dinamikasini o'rganishning eng oddiy usuli uning 
yillik qo'shimcha o'sishini aniqlashdir.
Yillik o'sish sur'ati - joriy yil davomida aholining o'rtacha arifmetik o'sish sur'ati.
3. 
Ishchi kuchining хalqaro migratsiyasining eksportyor-importyor 
mamlakatlarga iqtisodiy ta’siri
Jahon xoʻjaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib borgan 
sayin, mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan 
mamlakatlar va iqtisodiy qoloq mamlakatlar oʻrtasidagi farqlarning uzluksiz 
chuqurlashib borayotgani ham ushbu jarayonlarni jadallashtirishga kuchli taʼsir 
koʻrsatmoqda.
Chunki mehnat migratsiyasi kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichida 
migratsiyaning oʻziga munosib ish va yuqori daromad topish maqsadida amalga 


oshirilgan alohida turi boʻlib, iqtisodiyoti ogʻir ahvolda boʻlgan kam rivojlangan 
mamlakatlarda bandlik va ish haqinig oʻtkir muammolarini hal etishning asosiy 
vositalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, siyosiy mustaqillikka erishgan, lekin 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda oʻtmishdan qolgan merosning ogʻir muammolarini 
uzil-kesil hal etish zaruratiga duch kelgan Oʻzbekiston ham XX asrning fenomeni 
– mehnat migratsiyasi jarayonlaridan chetda qolish imkonini topolmadi.
Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish bilan bogʻliq tub oʻzgarishlar birinchi 
navbatda mehnat munosabatlariga benihoya kuchli taʼsir koʻrsatdi. Natijada 
iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor munosobatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga 
xos, uning ajralmas qismi va doimiy yoʻldoshi boʻlgan ishsizlik fenomeni yuzaga 
keldi. Iqtisodiyotda kechgan obyektiv jarayonlar oqibatida minglab, millionlab 
kishilar ishsiz qoldi, oʻzlarining daromad manbaidan ajraldi. Endigina 
mustaqillikka erishgan yosh Respublikada kasbiy taʼlim tizimi mamlakatda shiddat 
bilan shakllananib borayotgan bozorning real talablaridan kelib chiqqan holda 
malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta atyyorlash tizimiga hali moslashib 
ulgurmagan edi. Natijada mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi va unga talab 
oʻrtasida keskin tarkibiy disbalans yuzaga keldi va bozor munosabatlari oʻrnashib 
borgan sayin tobora chuqurlashib bordi. Bularning hammasi ish haqi oila 
daromadining yakkayu-yagona manbai boʻlgan yollanma ishchilar uchun haqiqiy 
fojiaga aylandi, ularni yuzaga kelgan tang vaziyatdan chiqish, oilani taʼminlash 
choralarini izlashga majbur qildi.

Download 201.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling