O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Asosiy qism 1.  O‘zbekiston ishsizlik va migratsiya ko‘rsatgichlarining tahlili


Download 201.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana03.12.2023
Hajmi201.84 Kb.
#1796951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4. Pul o‘tkazmalari va ularni ishchi kuchini eksport qiluvchi

Asosiy qism
1. 
O‘zbekiston ishsizlik va migratsiya ko‘rsatgichlarining tahlili
2022 yil 1 yanvar holatida O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 million 345 
ming kishini tashkil etdi. Mamlakatda 1 million 441,8 ming kishi ishga muhtoj 
bo‘lib, ishsizlik darajasi 9,6 foizga yetdi. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi 15,1 


foizni, ayollar orasida esa 13,3 foizni tashkil etdi.
2022 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etdi.
2021 yilning dekabr oyida vazirlik huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari 
tomonidan O‘zbekistonning 108 ta shahar va tumanlarida ijtimoiy so‘rov 
o‘tkazilgan. Tadqiqot davomida 500 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 5 mingta 
uy xo‘jaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olingan.
2022 yil 1 yanvar holatida mamlakatdagi mehnat resurslari soni 19 million 345 
ming kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 202,6 
ming kishiga oshgan.
Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 million 538,9 ming kishini tashkil 
etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga (299,3 ming kishiga) oshgan.
Shuningdek, rasmiy sektorda band aholi soni 6 million 196,3 ming kishini tashkil 
qilgan. Bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 6,3 foizga yoki 314,8 ming kishiga 
o‘sishni anglatadi. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5 million 885,5 ming 
kishini tashkil etib, 2021 yilning 1 oktabr holatiga nisbatan 1 foiz yoki 58,4 ming 
kishiga kamaygan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 million 
441,8 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,6 foizni tashkil 
etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaygan 
bo‘lsa, 2021 yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,2 foizga ortgan.
16−30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi — 15,1 foiz, ayollar orasida 
ishsizlik darajasi esa — 13,3 foiz bo‘ldi.
2022 yilning 1 yanvar holatida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4 million 364,2 
ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga yoki 19,8 
ming kishiga ortishi kuzatilgan.
2021 yilning yanvar-dekabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga 
ko‘maklashish markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so‘rab 
murojaat qilgan.
Murojaat qilgan fuqarolarning 393,8 ming nafari ish bilan ta’minlanganligi (2021 
yilda 281,3 ming ishsiz aholini ishga joylashtirish belgilangan bo‘lib) ta’kidlangan.


Bundan tashqari, 98,8 ming nafar ishsizlarga 87,1 mlrd so‘m ishsizlik nafaqasi 
tayinlangan va to‘lab berilgan, deyiladi Mehnat vazirligi xabarida.
2021 yil davomida 37,3 ming ishsizlar hamda «ayollar daftari», «yoshlar 
daftari»ga kiritilgan ishsizlarga 83,1 mlrd so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan.
O‘zbekistondagi oxirgi yillarda ishsizlik ko’rsatgichlari nisbatan o’sgan. Bu 
mintaqadagi geosiyosiy vaziyat bilan bog‘liq. Ayniq 2020 yildagi COVID-19 
pandemiyasi tufayli 2020 yilda ishsizlik biroz ko’paygan.

Download 201.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling