O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Eron filologiyasi va eronshunoslik


Download 405 Kb.
bet3/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
5

Eron filologiyasi va eronshunoslik
Istorizmning eron filologiyasi uchun ahamiyati
«Filologiya – yunoncha so‘z bo‘lib, so‘zga muhabbat, fikrlash», degan ma’noni anglatadi. (Filo – mehribon, sevguchi, do‘st va logos – so‘z, fikr, mulohaza).
Qadimgi Yunonistonda differensiallanmagan antik fan davrida hamma olimlarni, qanday fan olamida ish olib borishlariga qaramay, filologlar, ya’ni “so‘zga mehribonlar”, deb atashgan. Keyinchalik fanning rivojlanishi va boyishi natijasida hamda fanlarning ma’lum sohalarga bo‘linishi oqibatida filologiya tushunchasining hajmi va mazmuni ma’lum darajada o‘zgardi.
Ma’lumki, o‘rta asrlarda va uyg‘onish davrida filologlar, asosan, qadimgi mualliflarning asarlarini o‘rganardilar, shuning uchun filologiya nomi ostida qadimgi yodgorlik asarlarini o‘qish va izohlashni tushunganlar. Buning uchun esa asar qaysi tilda yozilgan bo‘lsa o‘sha tilni chuqur o‘rganish va o‘sha davrning tarixiy – madaniy vaziyatini yaxshi bilish lozim edi. Shuning uchun filologiya vaqt o‘tishi bilan biror xalqning tarixiy, madaniy vaziyatini yozma adabiyot bilan birga o‘rganishi uchun yaratilgan fan sifatida maydonga chiqdi.
Hozirgi paytda filologiya fanining asosiy o‘rganish ob’ekti – qadimgi yozuv yodgorliklari bo‘lib, ular turli ijtimoiy-tarixiy bosqichlarda biror xalqning og‘zaki adabiy ijodi va tilini aks ettiradi. Mana shu turli tarixiy bosqichlarda adabiyotning o‘sishi tarix fani bilan bog‘liqdir. Bu esa filologiya bilan tarix fanlarining bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ana shuni Eron filologiyasiga tatbiq qilib, shunday deb ayta olamiz: Eron filologiyasi – eroniy tillar bilan tillarda yaratilgan adabiyotni (xalq og‘zaki ijodini hisobga olgan holda) o‘zining tarixiy taraqqiyotida jamiyat tarixi bilan bo‘lgan munosabatini o‘rganadigan fandir. Eron filologiyasi ham o‘z navbatida ikki qismga bo‘linadi:
1) eroniy tillar tilshunosligi;
2) eroniy xalqlar adabiyoti.
Agar biror qadimiy asarni tekstologik o‘rganilsa bu adabiyotshunoslikka kiradi, uning tilini o‘rganish esa tilshunoslikning vazifasidir. Shunday qilib, eron filologiyasi eronshunoslikning bir bo‘lagi bo‘lib, eroniy tillar guruhida gaplashuvchi xalqlar, elatlarning madaniy tarixi va umumiy tarixi bilan shug‘ullanuvchi fandir.



Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling