O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti «Tasdiqlayman»
Download 144.37 Kb.
|
Baliqdan taom tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- BALIQDAN TAOM TAYYORLASH” mavzusida yozgan KURS ISHI Ilmiy rahbar: N.Q.Muhamadiyeva Termiz 2023
- III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI «Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani _________ A. Turaqulov «_____» __________2023-yil Sirtqi ta’lim shakli: “Texnologik ta'lim” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi _________________________________ning "Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash" fanidan “BALIQDAN TAOM TAYYORLASH” mavzusida yozgan KURS ISHI Ilmiy rahbar: N.Q.Muhamadiyeva Termiz 2023 MAVZU: BALIQDAN TAOM TAYYORLASH REJA: I.KIRISH II.ASOSIY QISM: 1.Baliqdan tayyorlanadigan taomlar turlarini urganish 2.O‘quvchilarga baliqdan taom tayyorlashni urgatish texnologik interfaol usullaridan foydalanish metodikasi. 3.Texnalogik ta'lim mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga baliqdan taom tayyorlash bo‘yicha 2 soatlik dars ishlanma. III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi- yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Sh.M.Mirziyoyev Kurs ishining dolzabligi:Umumiy ovqatlanish korxonalari ishini tashkil qilishni takomillashtirishda xom ashyo bazasini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.Umumiy ovqatlanish korxonalarini hozirgi zamon talabida rivojlantirish uchun: oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bilan kooperatsiyalash asosida mahsulotni yangi sanoat texnologiyasi asosida ishlab chiqarishni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini yarim tayyor yoki tayyor mahsulot tayyorlovchi yirik korxonaga aylantirish, ularni mahsulotlar bilan markazlashtirilgan usulda ta’minlashga о‘tkazish lozim. Bular о‘z navbatida tarmoq xodimlarining ish unumdorligi oshishiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yaxshilanishiga, xom ashyodan unumli va sifatli foydalanishga, kо‘p mehnat talab qiluvchi ish jarayonlarini mexanizatsiyalashga imkon beradi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulot sifati, kishilarning sog‘lom va mehnatga qobiliyatli bо‘lishlari, kо‘pincha pazandalarning malakasiga, ularning taom tayyorlash texnologiyasini va zamonaviy texnika vositalarini qanchalar yaxshi egallaganliklariga bog‘liqdir. Taom tayyorlash texnologiyasi — pazandalik — kо‘pchilik xо‘randalarga mо‘ljallanib taom tayyorlashda mahsulotlarga mexanik va issiqlik ishlovlari berishning oqilona sirlarini о‘rgatadi. Bu texnologiya xalq urf-odatlariga, usta pazandalarning ish tajribalariga, fan-texnika yutuqlariga tayangan holda ish tutadi. Hozirgi zamon umumiy ovqatlanish korxonalarida pazandalik mahsulotlarini ishlab chiqarish murakkab texnologik jarayon bо‘lib, bu jarayon taom tayyor bо‘l-gunga qadar mahsulotlarga ishlov berish bilan bog‘liq bо‘lgan ketma-ket bosqichlardan iboratdir. Yurtimizda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishga jahon andozalari darajasida bilim olgan zakovatli, har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, biron bir masalani ongli ravishda, mas’uliyat bilan hal qiladigan, izlanuvchi, yangilikka intiluvchi iste’dodli yoshlar, о‘quvchi-talabalardan xalq xо‘jaligining ustuvor tarmoqlari uchun yuksak malakali mutaxassislar yetkazish, xususan, mehnat ta’limi yо‘nalishida о‘qituvchilarni tayyorlash maqsadida mutaxassislik fanlarini о‘qitishda о‘quv-tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga kо‘tarish, ta’lim, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarini joriy etish asosida tashkil etish о‘ta muhim dolzarb masaladir. Texnalogik ta’limga oid о‘quvchi- talabalarning bilim, malaka va kо‘nikmalarini shakllantirish, nazariy-amaliy bilimini chuqurlashtirish, erkin va mustaqil fikrini hamda tanqidiy tafakkurini rivojlantirish masalasi muammo sanalgani bois, uni hal etishda mutaxassislik fanlari о‘qituvchilaridan о‘qitish uslubiyotini, mutaxassisliklariga oid mahorat va amaliy kо‘nikmalarini oshirib borishlari talab qilinadi. Shuning uchun maxsus fan о‘qituvchilari о‘qitishning yangi texnika va texnologiyalarini chuqur bilishi va tahlil qila olishi, mutaxassislik fanlariga oid yangiliklarni о‘z о‘rnida qо‘llay bilishi, zamonaviy jihoz va uskunalarini afzallik va kamchiliklarini hisobga olgan holda tо‘g‘ri va oqilona foydalana oladigan, sohasiga ijodiy yondoshib о‘z ustida tinmay ishlaydigan, doimiy izlanuvchan, о‘quvchilarni fanga qiziqtira oladigan, shuningdek, yangilik yarata oladigan saviyada bо‘lishi darkor. Texnalogik ta’lim yо‘nalishida mutaxassislik fanlarini о‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, dars jarayonida baliqli taomlarni tayyorlashda talabalar faolligini kuchaytirish va ta’lim samarasini oshirish maqsadida ilmiy-pedagogik izlanishlar olib borish shu kunda oliy va о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi oldida turgan dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Download 144.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling