O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

 
Ajratilgan sifatlovchi. Sifatlovchi aniqlovchi ajratilganda ham aniqlanmishdan 
keyinga o`tadi: 1.Ipaklari tillodan do`ppi tikdim - Do`ppi tikdim, ipaklari tillodan.
1.Yalang oyoq Qobil bobo dag`-dag` titraydi - Qobil bobo, yalang oyoq, dag` - dag` 
titraydi. 
Gapning boshqa turdagi kengaytiruvchilari ajratilganda, ajralmish va ajratilgan 
kengaytiruvchila grammatik shakl va sintaktik mavqe jihatidan sifat o`zgarishi kasb 
etmaydi. 
 
Ajratilgan ega. Izohlovchi ta‘kidlanganda, ajratilgan egaga aylanadi: 1.Dotsent 
To`rayev Erkin ilmiy safarga jo`nadi - To`rayev Erkin, dotsent, ilmiy safarga 
jo`nadi. 2. General Soliyev so`z oldi – Soliyev, general, so`z oldi. 
 
Quyidagi gaplarda eganing o`zi ajratilgan: Siz, yoshlar - bizning umidimizsiz. 
Bunda yoshlar so`zshaklini ajralmish egadan oldinga o`tkazib bo`lmaydi. Ajratilgan 
ega izohlovchidan oldin bo`lganda uning o`rnini almashtirish mumkin: Jumaev 
dotsent - dotsent Jumaev kabi. 
Ajratilgan hol. Bunda gapning bo`lagi ma‘nosi juda ham aniq bo`lmagan, 
umumiy so`zshakl bilan ifodalanadi. Ajratilgan holning ma‘nosi nisbatan muayyan 
va tor bo`ladi: qishda, Chillada, bo`rilar odamga ham hamla qiladi. 
Ajralmish holsiz ajratilgan hol bo`lishi mumkin. SHaripov, hayolga Cho`mib, 
bozorga qarab ketmoqda edi. Bundagi ajratilmishni ajratish-ta‘kid deb atash 
mumkin. 


 
Ajratilgan to`ldiruvchi. Ajratilgan to`ldiruvchi ko`pincha olmoshning 
ma‘nosini izohlaydi: Kecha kunduz seni, vafodorimni, o`ylayman. 
Ajratilgan bo`laklar tahlilida yana quyidagilarga e‘tibor berish lozim. 
1.Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi so`z yoki uyushiq so`zlar 
ajratilgan bo`lishi mumkin: 
Salim va Shavkat - sinfdoshlar, yo`lga tushishdi. 
Sinfdoshlar - Salim va Shavkat yo`lga tushishdi. 
Birinchi gapda sinfdoshlar, ikkinchi gapda Salim va SHavkat uyushiq so`zlari 
ajratilgan kengaytiruvchilardir. 
Ajratilgan bo`laklarni aniqlashda tartib muhim rol o`ynaydi. Ajratilgan 
kengaytiruvchi keyin, ajralmish kengaytiruvchi oldin keladi: 
1. U shaharga, Buxoroga ketdi. 
2. U Buxoroga, shaharga, ketdi. 
Birinchi gapda Buxoroga, ikkinchi gapda shaharga so`z shakllari ajratilgan 
birliklardir. 
Ajratilgan aniqlovchi bilan aniqlanmish distant holatda bo`lganda, ularning 
aloqasi kuchsizlanib, aniqlovchining nisbiy mustaqillik holati kuchayadi: Haligi yigit, 
qo`lida tuguni bor edi-ku, sartarosh, ertaga ta‘tilga chiqar ekan. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling