O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Mutanosib bog`lanish va mazmunan mutanosiblik


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

 
Mutanosib bog`lanish va mazmunan mutanosiblik. 
Shakliy – vazifaviy nuqtayi nazardan [WPm↔WPm] tipik ko`rinishli gaplarni 
mazmunan bir-birini taqozo etadigan, mazmunan mutanosib gaplardan keskin 
farqlash lozim. Qiyoslang:
1. Sobir kelsa, birga borardik.
2. Goh Sobir keldi, goh birga bordik.
3. Kim kelsa, o`zi boradi.
Birinchi gapda QG tarkibiy qismlarining o`zaro bog`lanishi har ikkala gapdagi 
kesimning xususiy shakli va xususiy ma‘nosi bilan ta`minlangan. Gaplar 
mutanosibligi QG tarkibidagi sodda gap kesimlarining shakl va ma`no xususiyatidan 
kelib chiqadi.
Ikkinchi gapda mutanosiblik kesim shakli bilan emas, balki juft bog`lovchi 
[goh...goh] yordamida ta`minlangan. Bu gap lisoniy qurilish mohiyatiga ko`ra 
[WPm,WPm]= QG qolipining hosilasi bo`lib, tenglanish bog`lovchi yordamida 
shakllangan. Mazkur fikrni quyidagi QGlar qatori tasdiqlaydi:
1.Sobir keldi, birga bordik.
2. Sobir keldi va birga bordik.
3.Sobir keldi, shuning uchun birga bordik. 
4.Sobir keldi-yu, birga bordik. 
5.Goh Sobir keldi, goh birga bordik. 
6.Na Sobir keldi va na birga bordik. 
Bu qatorda 5-6 gaplarda mazmunan bir-birini taqozo etish, 4-gapda 
keyingisini, 3-gapda oldingisini taqozo etish mavjud. Ammo bunday holat gap 
qurilishi bilan emas, balki bog`lovchilar mazmuni bilan bog`liqdir.
Yuqorida berilgan uchinchi misolimizga e‘tibor qaratish lozim:
Kim kelsa, o`sha boradi. 
Bu misolda ham gaplarning mazmunan bir-birini taqozo etishi, talab etishi, 
o`zaro aloqadorlik, mutanosiblik mavjud. Biroq bunda ham mutanosiblik gap 
kesimlarining shakli va ma`no xususiyatlari bilan emas, balki [kim...u(o`sha)...] 
nisbiy so`zlarining QG tarkibida o`zaro bog`lovchi vosita vazifasida kelishi bilan 
bog`liqdir. Zero ―Kim kelsa, o`sha boradi‖ gapi mohiyatan [WPm→WPm]=QG 
qolipining hosilasi bo`lib, mazmuniy mutanosiblik nisbiy olmoshlar bilan yuzaga 
chiqadi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling