O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


[WPm↔WPm] qurilishli QGlar va nisbiy so`zlar


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

[WPm↔WPm] qurilishli QGlar va nisbiy so`zlar.
QG tarkibiy qismlari kesimlarini shakllantiruvchi ko`rsatgichlar bilan bir qatorda 
nisbiy so`zlar ham unumli qo`llanadi. Nisbiy so`z qo`llangan tarkibiy qism doim 
boshqa bir tarkibiy qism kelishini talab qiladi. Chunonchi:
Shogird qancha mohir bo`lsa, quvonadi ustod (G`.G`ulom).
Mazkur QG tarkibidagi qismlar kesimlari: ... mohir bo`lsa, ...quvonadi. Tobe 
gapda qo`llangan nisbiy so`z (qancha)ni matndan tushirib qoldirish mumkin. Nisbiy 
so`zsiz ko`rinishda, yani ―Shogird mohir bo`lsa, quvonadi ustod‖ gapida hech qanday 
o`zgarish bo`lmaydi. QG lisoniy qurilishi qanday bo`lsa, Shundayligicha qolaveradi.
Boshqacha aytganda, nisbiy so`z qo`llanganda ham, nisbiy so`z qo`llanmaganda ham 
bu QGning lisoniy qurilishi [WPm→WPm]=QG qolip mohiyatini aks ettiradi. 
Negaki, tahlil qilinayotgan gap mazkur qolipning hosilasidir.


R.Sayfullayevaning fikricha, nisbiy so`zlar [WPm↔WPm] qurilishli QGlarni 
hosil qiladi. Shu bois olima o`z ilmiy tadqiqotida quyidagi misollarni dalil sifatida 
keltiradi:
1. Kim birovga chuqur qazisa, o`zi unga yiqiladi.
2. Bu hovlida nimaiki bor bo`lsa, hammasi Murodali uchun qadrli edi.
3. Nasiba qanchalik sergap bo`lsa, Mahbuba Shunchalik kamgap edi.
4. Ko`z qayerda bo`lsa, mehr Shu yerda bo`ladi.
Berilgan QGlar nisbiy so`zli, mazmunan [WPm↔WPm] tipli QGlar sifatida 
baholangan. Biroq misollar tariqasida berilgan to`rtta QG ham tobe tarkibli
[WPm→WPm] qurilishli hosilalar bo`lib, mutanosiblik mazmun mundarijasidadir. 
Mazmunan mutanosiblikni bunday QGlarda nisbiy so`zlar hosil qiladi. Maqsadimiz 
sintaktik mutanosiblik va semantik mutanosiblikni farqlash, ularni bir-biri bilan 
Chalkashtirmaslikdir. Bunda dasturulamal sifatida shakliy- vazifaviy tahlil usullari va 
mezonlari xizmat qilishiga Shubha yo`q.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling