O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
-sa biriktiruvchi unsur sifatida quyidagi mazmunlarning ifodalanishiga
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
-sa biriktiruvchi unsur sifatida quyidagi mazmunlarning ifodalanishiga
sabab bo`ladi: a) payt: Borsam, joyi gulzor ekan, ko`rsam o`zi jonon ekan. (qo`shiqdan). b) to`siqsizlik: Alisher Navoiy dunyodan o`tgan bo`lsa, uning asarlari tirik. v) shart: Sen bo`lmasang, gullar kulmaydi, sen bo`lmasang bo`lmaydi bahor. -sa unsuri tobelik vositasi sifatida ko`p hollarda ergash gapning kesimini shakllantiradi (yuqoridagi misollar). Mehmonlarni jo`natdik, endi tarqalsak gapidagi bosh gapni, Mehmonlar kelsa, men ketsam gapida ergash gapni ham, bosh gapni ham shakllantirgan. -sa unsurining qo`shma gaplar tarkibida shart mazmunini ifodalashi bir xil emas. -sa shaklli ba‘zi gaplarda shart mazmuni kuchli bo`lsa, ba‘zilarida kuchsiz namoyon bo`ladi. SHart ergash gapli qo`shma gaplarda shart ma‘nosi o`ta kuchli bo`ladi: Siz bo`lmasangiz, men yashay olmayman. Boshqa ergash gapli qo`shma gaplarda shart ma‘nosi boshqa ma‘nolar «soya»sida juda kuchsizlanadi: 1.Aytsam, ko`nmadi. 2.CHaqirsam, eshitmadi. 3.Dutor Chalib o`tirsam, tori uzilib ketdi. 4.Kim gapirsa, o`sha aybdor sanaladi. Ko`rinadiki, -sa shart mayli shakli faqat shart ergash gapli qo`shma gap uchungina xizmat qiladi. -(a)r+ -di shakli ham [WPm→WPm] tipik ko`rinishidagi gaplarni hosil qiladi. Bu shakl ko`p hollarda -ar edi shaklida keladi. -(a)r+ -di shakli qo`shma gap tarkibidagi sodda gap kesimini shakllantirganda ikki xil vazifa bajaradi: Salim o`qirdi gapida fe‘lning zamon shakli vazifasida kelgan. Salim o`qirdi, ukasi qo`ymadi esa -(a)rdi «o`qigan bo`lardi» ma‘nosini voqelantirishi uchun keyingi gap zarurdir. Demak, bunday holda -(a)rdi bog`lash, tobelash vazifasini bajarmoqda. Ko`rinadiki, Salim o`qirdi, ukasi qo`ymadi gapi omonimlik tabiatiga ega.Ya‘ni: Salim har kuni o`qir edi, bugun esa ukasi qo`ymadi. Salim o`qirdi, ([WPm, WPm]) ukasi qo`ymadi. Salim o`qigan bo`lur edi, ukasi o`qigani qo`ymadi. ([WPm→WPm]) -(a)r ekan shakli qo`shma gapning [WPm→ Wpm] tipik ko`rinishli gaplarning ham nomustaqil kesimini shakllantiradi. Misollar: Davron papirosini og`ziga keltirar ekan, qo`li hayajondan qaltirardi. -(a)r ekan shakli [WPm,WPm] qolipli gaplar uchun ham xizmat qiladi: U kelar ekan, demak, mening borrmaganim ma‘qul. -(a)r shakli qo`shma gapning [WPm→WPm] tipik ko`rinishi hosilalari tarkibida kelganda quyidagi ma‘nolarni ifodalaydi: a) shart: Agar ana Shu ishga munosib hissa qo`shar ekanman, xalq ishonChini oqlagan bo`laman.(SH.Rashidov.) b) payt: Jannat xola begona notob bola tepasida o`tirib, o`z bolasini o`ylarkan, ko`zlaridan dumalab tushayotgan aChChiq yoshlari ajinli yuzlarini kuydirardi. (S.Ahmad.) v) sabab: Kechani kecha, kunduzni kunduz demay ter to`kar ekanmiz, turmushimiz ham farovon bo`lishi shart. (SH,Rashidov.) -gan edi shakli, odatda, [WPm, WPm] qolipli gaplarni ham hosil qiladi. Chunki bu ham omonimik tabiatli shakldir. Lekin uning tarkibiga boshqa birlik kiritilishi bilan qo`shma gap a‘zolari orasidagi tenglik munosabati so`nib, tobelik munosabati vujudga keladi. Masalan, qopqon tomonga burilgan edi, baqiriq-Chaqiriq boshlandi gapi ham [WPm, WPm] ham [WPm→WPm] qolipiga tushadi. -gan ham edi: Ergash ko`ringan ham edi, bolalar yugurishdi. (S.Nuriy.) -gan edi hamki: Arz qilishga og`iz juftlagan ham ediki, kulimsmirab turgan Burgut polvonga ko`zi tushdi. (S.Ahmad.) -ganda edi: Bizning duomiz ijobat bo`lganda edi, hammamiz sevinardik. Keltirilgan misollarning barchasida gaplarning birinchi qismlari ikkinchi qismlarining kelishini talab qiladi. -(i)b edi shakli ham ayrim hollarda [WPm WPm] tipini vujudga keltirishda ishtirok etadi: Shu kuni endi ko`Chaga chiqib edi, Zunnun boshliq besh nafar bola poylab turgan ekan. deb vositasi: 1.Xolmurod Gulsunning o`qituvchisini ko`rsam deb, deraza orqasidan sekin qaradi. (P.Tursun.). 2. Bolalar ovqatlanamiz deb, birdan shiypon tomon yo`l oldilar. (H. Nazir). Qo`shma gapning [WPm WPm] tipik ko`rinishi hosilalari tarkibiy qismlari uchun nafaqat qo`shimchalarning, balki ularga ko`makchi maqomidagi nisbiy so`zlar ham muhimdir:1.Kim ko`p ishlasa, ko`p haq oladi. 2.Kimki Chindan sevsa yorini, umri hamisha bahor. 3.Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. (A.Navoiy.) 4.Gulnora qaChon kelsa, Jahongir hoziru nozir.(«Yosh kuch».) Ko`rninadiki, qo`shma gaplar tarkibiy qismlarining hokim-tobelik munosabatini namoyon qilishda nisbiy so`zlar nomustaqil kesimlik shakliga qo`shimcha vositadir. qo`shma gap tarkibiy qismlari inversiya holatida ham bo`ladi: 1.Borishim kerak, aytmasa ham. Bunday gaplar qo`shma gapning [WPm←WPm] qolipi ham mavjudligidan dalolat bermaydi, balki ular [WPm→WPm] tipik ko`rinishining nutqiy xoslangan mahsulidir. Demak, qo`shma gapning ko`p hosila beruvchi tipik qoliplaridan biri [WPm→WPm] dir. Bunda birinchi gap kesimi shaklan va mazmunan ikkinchi bir gapga ehtiyoj sezadi, lekin aksincha ham emas. Tobelik munosabatini ta‘minlashda sof nomustaqil kesimlik shakli ham, omonimlik kesimlik shakllari ham xizmat qiladi. Nisbiy so`zlar nomustaqil kesimlik shakllarining vazifasini mustahkamlovchi vositadir. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling