[W] yoki [Pm] kengaytiruvchilari bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar.
1.Erta yog`ib o`tgan yomg`ir Chang va yomg`irni yuvib ketgan, daraxtlarning
yaproqlari tiniq va toza edi. 2.Uyg`onganda suyaklari zirqirar, u o`zini lanj tuyardi.
3.Axmoq horiganini bilmas, ko`sa qariganini. 4.Axmoq qizini maqtar, tentak o`zini
(maqol). 5.Baland simyog`ochlardagi lampochkalar nuri ham tarvaqaylab ketgan,
soyasi hovliga tushib turar edi (S. Zunnunova.) 6.YAxshidan ot qoladi, yomondan
dod. (Maqol.) 7.Saodatxon jim qolgan, ko`nglida g`azab yonar edi.(«SHarq
yulduzi».)8.Birniki mingga, mingniki tumanga.(Maqol.)
Ko`rinadiki, uyushgan gaplarni hosil qilishda uyushtiruvchi vosita muhim
mavqega ega. Umumlashtirgan holda uyushgan gaplar kesimlari quyidagi
xossalarga ega bo`ladi:
Hamma kesimlar bir xil shaklda bo`ladi:
a) (...[W1] Q - gan, ... [W2] Q - gan) edi;
b) (...[W1] Q -ganday, ... [W2] Q - ganday) emish.
Kesimdagi W ning grammatik shakli har xil bo`ladi:
a) (...[W] – - gan, ... [W2] – - (a)r-) Pm;
b) (... [W1] – -(i)b, ... [W2 ] – - mas) Pm.
Kesimdagi W ham, Pm ham bir xil, ularning kengaytiruvchilari har xil bo`ladi.
[.. [W1] – - gan .. [W2] – -gan] Pm
Tayanch tushunchalar: uyushgan gap, uyushgan gapning qolipi va uning
ko`rinishlari, tip va tur, kesimning uyushtiruvchilik xususiyati.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Т.,
1995.
2. Сайфуллаева Р. Ўзбек тилида қўшма гапларнинг формал – функционал
тадқиқи. – Т., 1994.
3. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III.
– Т., 2006.
4. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис.– Т., 1987.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Uyushgan gapni qo`shma gap bilan qiyoslang.
2. Uyushgan gapni uyushiq bo`lakli gap bilan solishtiring.
3. [W] yoki [Pm] kengaytiruvchilari bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar.
4. Uyushgan gapning kesimiga xos xususiyatlarni tavsiflang.
Do'stlaringiz bilan baham: |