O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
15-ma’ruza. O`zga gap. Uning turlari. Reja: 1. Ko`Chirma gap 2. O`zlashtirma gap. 3. Ko`Chirma gapda tinish belgilari Lisoniy struktura jihatidan qo`shma gapning sodda gapdan farqi ma‘lum darajada ravshan. Aniqrog`i, sodda gapda shakllangan kesim bitta bo`lsa, qo`shma gapda u birdan ortiq bo`ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun, hamda, grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: 1.Men sizni bilaman, siz bunday qilmaysiz. (O.) 2.Nima qilasan, qishloqqa qaytasanmi? (O). 3.Dunyoda nima ko`p - kulgu ko`p. (O). 4.Bilamanki, sodda barmoqlaring tilla uzuk taqmagan. (U.) 5.Majlisda ko`riladigan masalalarning muhim tomoni Shundaki, Baqa qurilmadagi Cho`l yerlarni suvga serob qilish masalasi muxokama qilinadi. Ko`rinadiki, 1-gapda bilaman va qilmaysiz, 2-gapda qilasan va qaytasanmi, 3- gapda ko`p va ko`p, 4-gapda bilaman va taqmagan, 5-gapda Shundaki va muhokama qilinadi kabi har bir gapdagi birdan ortiq kesim sintaktik qurilmalarning qo`shma gapligini ta‘minlovchi muhim asoslardan biridir. Kesimlarning birdan ortiqligidan tashqari, har bir qo`shma gapda ifodalanayotgan birdan ortiq fikr, axborotning o`zaro zich munosabati, gaplararo grammatik taqoza etuvchilik hamda intonatsion yaxlitlik kabilar ham bu sintaktik qurilmalarning qo`shma gapligini ta‘minlaydi. Komunikativ nuqtai nazardan sodda gap bir fikrni, axborotni uzatish vazifasini bajarsa, qo`shma gapda birdan ortiq hukm o`z ifodasini topgan bo`ladi. Shuningdek, bu alohida axborotlar asosidagi munosabat ham qo`shma gapda qaysidir darajada bo`rtib turadi. Masalan: Jahongir keldi. Men Shu ondayoq jo`nadim gaplarida ifodalangan fikrlar bir-biriga o`zaro bog`liq bo`lib, gaplarning biri ikkinchisini taqoza etadi. Bu jixatdan ular Jahongir keldi va men Shu ondayoq ketdim gapidan ajralib turadi. Shunday qilib, qo`shma gap grammatik shakllangan va birdan ortiq axborotni tashish uchun mo`ljallangan sodda gaplarning grammatik, semantik, intonatsion va kommunikativ jihatlardan yaxlitlangan butunligidir. qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida olingan sodda gaplardan nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Avvallo, bu grammatik va intonatsion nomustaqillikdir. Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi qurilmasini ergash gapli qo`shma gap qilib turgan narsa mazmuniy taqoza etuvchanlikdir. Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi mazmun uchun sabab maqomidir. Biroq bunday mazmuniy zich bog`lanishsiz ham qo`shma gap hosil bo`lishi mumkin. Osmonda turnalarning «qurey-qureyi» eshitilardi, uzoqlardan Chuponlarning hay- haylagani quloqqa Chalinardi. Ikkinchidan, Shuning uchun bog`lovchisi qo`shma gap a‘zolarini grammatik jihatdan zich munosabatga kiritgan. (Biroq bu bog`lovchisiz ham qo`shma gap hosil qilish mumkin: Bahor keldi, dala ishlari qizib ketdi.) Ammo sodda gaplar orasidagi intonatsion uzilish qo`shma gapni sodda gapga parchalab yuborishi mumkin: Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi. Demak, ma‘lum bo`ladiki, qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o`zaro zichlashuvi mazmun, grammatik shakl va intonatsiya nuqtai nazaridan bo`ladi. Ammo bu omillar darajali ziddiyatda turadi. intonatsiya - grammatik shakl - mazmun Chunki mazmuniy bog`liqlik va grammatik shakl mavjud bo`lsa ham, birlashtiruvchi intonatsiya bo`lmasa, ayrim gaplar qo`shma gapni tashkil eta olmaydi. Ammo mazmuniy bog`liqlik va grammatik aloqa bo`lmasa ham, intonatsiya asosida qo`shma gap hosil qilish mumkin (bog`lovchisiz qo`shma gap.) Sodda gaplar asosida ajratuvchi pauza bo`lganda, qo`shma gapning yaxlitligiga putur yetadi. Masalan, Men sen bilan bormoqchi edim. Biroq sen qarshilik qilmasliging kerak. Gaplar orasida qo`shma gapning barcha belgilari mavjud. Birgina birlashtiruvchi ohang yo`qligi sodda gaplarning mustaqil bo`lishiga olib kelgan. Qo`shma gaplarni uyushiq kesimli sodda gaplardan, sodda va qo`shma gaplar orasidagi uyushgan gaplardan farqlash lozim. Uyushiq kesimli sodda gaplar egasi bitta, bitta umumiy Pm ga ega bo`lgan birdan ortiq kesimlardan tashkil topgan gaplardir. Misollar: 1.Jamshid o`qir, yozar va chizar edi. 2.Do`kondorlar do`konlarini ochib, mudrab o`tirishardi. 3.Qushlar tinimsiz chug`urlashar va charx urishar edi. Uyushgan gaplar esa, aytilganidek, birdan ortiq egaga, shuningdek, bitta umumiy Pm li birdan ortiq kesimga ega bo`lgan gaplardir. Misollar: 1.Bahor kelar, dala ishlari qizib ketar edi. 2.Jamshid o`qir, Jahongir yozar, Isroil esa chizar edi. 3.Do`kondorlar savdoga chorlab, attorlar esa mollarini maqtab o`tirishardi. Qo`shma gaplar esa har biri o`z [Pm]ga ega bo`lgan birdan ortiq kesimlardan tashkil topadi. 1.Jamshid o`qirdi, Jahongir yozardi, Isroil esa chizardi. Qo`shma gaplardagi formal-funktsional yondaShuvda bir egali, lekin birdan ortiq kesimli gaplar qo`shma gap sifatida qaraladi. Chunki har bir kesimda shaxs- son, zamon, tasdiq-inkor, modallikqmayl (kesimlik) ma‘nolari birdan ortiq ifodalanadi. Bu esa semantik nuqtai nazardan ularning har birida alohida axborot mavjudligidan dalolat beradi. Qo`shma gaplar tarkibiga kiruvchi sodda gaplar orasida teng yoki tobe sintaktik aloqa mavjud bo`ladi. Agar u teng bog`lovchi yordamida amalga oshirilgan bo`lsa, tenglanish deyiladi. 1.O`g`lim keldi va tuyni boshlab yubordik. 2. Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi. To`g`ri, gaplar orasida sabab-oqibat aloqasi mavjud va gapni mazmunan tobe-hokim gaplarga kiritish mumkin. Biroq gaplarda mazmunan tobelik, shaklan tenglik mavjud bo`lganda, formal yondaShuv gaplarni teng munosabatli qo`shma gap sifatida qaraydi. Shu boisdan bog`lovchili qo`shma gaplar bog`lovchilarning tabiatiga ko`ra bog`langan qo`shma gaplar va ergash gapli qo`shma gaplarga ajraladi. Sodda gaplardagi tenglashish va tobelanish qo`shma gaplardagi tenglashish va tobelanishdan farq qiladi. Bu quyidagilarda qo`rinadi: 1.Sodda gapda teng va tobe aloqa turli qurilmalarni vujudga keltiradi. Aniqrog`i, teng aloqa uyushiq bo`laklarni o`zaro bog`laydi:1.Yashil o`rmonlar va qorli tog`lardan o`tdik. 2.Javohir o`qir va yozar edi. So`z birikmalarini faqat tobe aloqa vujudga keltiradi: kitobning varag`i, kitobni o`qimoq kabi. qo`shma gapda esa teng va tobe aloqa bitta lisoniy birlik - qo`shma gapning turli ko`rinishlari uchun xizmat qiladi. Tobe va teng bog`lovchi vositalar bir xil semantik munosabatni ifoda etishi mumkin. Faqat ularda ushbu ma‘no kuchli yoki kuchsizligi bilan farqlanadi: Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi - Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi. Har ikkala qo`shma gap a‘zolari orasida ham sabab-oqibat munosabati mavjud. Gaplarning ikkinchisida u kuchli, birinchisida kuchsiz. Gaplarning propazitsiyasida bu munosabat bir xil, faqat va bog`lovchisi buni kuchsiz, shuning uchun bog`lovchisi kuchli namoyon qilgan. 2.Sodda gapdagi teng bog`lanish qo`shma gapdagi teng bog`lanishga nisbatan mustaqildir. Chunki sodda gapda teng bog`lanish uyuShuvlik bilan «yo`ldoshdir». U sodda gapni kengaytirish, axborotni murakkablashtirish vazifasini bajarsa, qo`shma gapda tarkibiy qismlarni bir yaxlitlikka birlashtirish vazifasini bajaradi. 3.Tenglanish va tobelanish aloqalari ifodalaydigan ma‘noviy munosabatlari jihatidan sodda va qo`shma gap farqlanadi. Sodda gapda bog`lovchisizlik, asosan, tenglanish munosabatini ifodalaydi va uyushiq bo`laklarda yuz beradi. So`z tarkibidagi grammatik vositali tobelashishni bog`lovchisizlik, vositasizlikka almashtirib bo`lmaydi. qo`shma gapda esa ergash gapli qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham, bog`langan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham bog`lovchisiz gapga aylantirish mumkin. Uning aloqa turi bog`lovchisiz aloqadir.1.Botirlari kanal qazadi, shoirlari g`azal yozadi. (H.O.)2.Bor boricha, yo`q holicha.3.Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi (Maqol.) 4.Yuragida qanday dard bor – mana bu menga sir. Bog`lovchisiz qo`shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o`zaro tobe yoki teng bog`lovchi vositalarisiz birikadi. Ammo bu gaplarda mazmuniy va intonatsion yaxlitlik kuchayadi. Chunki bog`lovchi vositalar, mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omillari qo`shma gap tarkibida uchburchak burchaklari kabi yaxlitlikni tashkil etib, ulardan biri kuchsizlansa, boshqalari buning evaziga kuchayadi. Demak, bog`lovchisiz qo`shma gaplarda bog`lovchi vositalarning hissasi mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omillari zimmasiga yuklatiladi.Ko`rinadiki, ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning bir murakkab butunlikni tashkil etishi ularning shakliy (grammatik), mazmuniy va intonatsion muvofiqligi natijasida yuz beradi. qo`shma gapni tashkil etayotgan sodda gaplar ohang jihatidan mutlaqo tugallikka ega bo`lmaydi. Ammo mazmuniy va grammatik jihatdan nisbiy yakunlangan bo`ladi. Bu nisbiylik mustaqil sodda gaplardagi tugallanganlikdan farqlanadi. qo`shma gap tarkibida birikayotgan bir sodda gapning modal sifatlari ikkinchisiga ta‘sir etmasdan qolmaydi. Natijada yangi modal ma‘no vujudga keladi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling