O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
- 14-ma’ruza. Uyushgan gaplar. Uyushgan gaplarning lisoiniy – sintaktik xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: QG tarkibiy qismi tushunchasi, hokim va tobe gaplar, QG tasnifi, ma‘noviy munosabatlar, shakl va mazmun orasidagi nomutanosiblik. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Абдураҳмонов Ғ., Холиѐров Х. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1979. 2. Нурмонов А., Маҳмудов Н. в.б. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси – Т., 1992. 3. Сайфуллаева Р. Ўзбек тилида қўшма гапларнинг формал – функционал тадқиқи. – Т., 1994. 4. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III. – Т., 2006. 5. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1.QG tarkibi deganda nima tushuniladi? 2.Hokim va tobe gaplarni ta‘riflang. 3. QG tarkibiy qismlarining o`zaro tobelanishi haqida ma‘lumot bering. 4. Qanday ma‘noviy munosabatlar QG tarkibiy qismlari orasida ifodalanadi? 5. QGlarda shakl va mazmun munosabatining voqelanishini tushuntiring. 14-ma’ruza. Uyushgan gaplar. Uyushgan gaplarning lisoiniy – sintaktik xususiyatlari. Reja: 1. Uyushgan gaplarning lisoniy tizimda tutgan o`rni. 2. [Pm] uyushtiruvchi vosita sifatida. 3. [WPm] uyushtiruvchi vosita sifatida. 4. [W] yoki [Pm] kengaytiruvchilari bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar. Uyushgan gaplarning lisoniy tizimda tutgan o`rni. O`zbek tilshunosligida uyushish hodisasi bilan bog`liq uchta hodisa mavjud: Gapda uyushgan so`zshakllar qo`shma gapdagi uyushiq gaplar Uyushgan gaplar. Uyushiqlik umumiy holat bo`lib, sodda gapga ham, qo`shma gapga ham xosdir. Sodda gapda so`zshakllar uyushib kelsa, qo`shma gapda so`zshakllar, sodda gaplar uyushib keladi. Aytilganidek, uyushiklik ikki birlik (unsur)dan iborat bo`ladi: Uyushtiruvchi unsur. UyuShuvchi unsur. Bu ikki unsur barcha uyushish hodisalarida mavjud bo`ladi. Xo`sh, uyushgan gap nima va u uyushiq gaplardan nimasi bilan farqlanadi? Ma‘lumki, har qanday gap grammatik yoki semantik-funktsional shakllangan bo`lishi lozim. Shu bois ular kesimga ega bo`lib, bu kesim WPm (kesimlik ko`rsatgichlari bilan shakllangan atov birligi) yoki WP (semantik-funktsional shakllangan gap) tarzida bo`lishi lozim. WPm sodda gaplarda bitta, qo`shma gaplarda esa birdan ortiq bo`ladi. Quyidagi gaplarni qiyoslaylik: 1. Ukang rasm Chizar edi. Bu gapning lisoniy qolipi quyidagicha: [E QWPm] 2.Ukam rasm Chizar edi va singlim televizor ko`rar edi gapining qolipi esa quyidagicha: [E – WPm] va [E – WPm] Ko`rinadiki, birinchi gapda WPm va uning kengaytiruvchilari majmui bitta, ikkinchi gapda ikkita va ular o`zaro teng bog`lovchi yordamida bog`langan. Endi uchinchi gapga diqqat qilaylik: Ukam rasm Chizar va singlim televizor ko`rar edi. Bu oldingi gapimizdagi kesimlarning W qismlari o`zgarmasdan saqlanganligi va Pm qismi bittaga qisqarganligi bilan undan farqlanadi. Demak, gapda W lar ikkita va Pm bitta bo`lib, u ikkita W uchun ham umumiydir. Shu boisdan uni qavsdan tashqariga chiqarish mumkin. Bu gapning qolipi quyidagi ko`rinishi quyidagicha: [((E1- W1)va(E2-W2 ))Pm] Ko`rinadiki, bitta umumiy Pm ga ega bo`lgan birdan ortiq W dan tashkil topgan gaplar ham tilimizda mavjud. Bunday gaplar uyushgan gaplar deyiladi. Yo`l-yo`lakay Shuni aytib o`tish kerakki, uyushgan gaplar uyushiq kismli qo`shma gaplardan farqlanadi. Buning uchun quyidagilarni qiyoslaymiz: 1. Bahor kelsa, bog`lar yashnasa, sayilga chiqamiz. Gapning qolipi: [((E1- WPm)- (E2-WPm)-(E3-Pm)] 2.Bahor kelsa, bog`lar yashnaydi va sayilga chiqamiz. (E1–WPm1) ((E2– WPm2)(E–WPm)) Bu ikkala gap uyushiq qismli qo`shma gapdir. Birinchi gapda ergash gaplar (Bahor kelsa, bog`lar yashnasa) uyushib, bosh gapga tobelanib kelgan. Ikkinchi gapda esa bosh gaplar (bog`lar yashnaydi va sayilga chiqamiz) uyushib kelgan va ergash gap (bahor kelsa) ularga bab-baravar tegishlidir. Bular uyushiq gaplardir. Ma‘lum bo`ladiki, uyushiq gaplar qo`shma gaplar tarkibida bo`ladi. Uyushgan gaplar esa o`zbek tilida sodda va qo`shma gaplar orasidagi alohida sintaktik qurilmadir. U kesimdagi W si birdan ortiqligi bilan qo`shma gapga, Pmning bittaligi bilan esa sodda gapga yaqinlashadi. Sodda va qo`shma gapni belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan kesimning mavjudligidir. Eganing bor-yo`qligi, ifodalangan-ifodalanmaganligi ahamiyatsizdir. Uyushgan gaplarni belgilashda esa bosh omil ikkita: Bitta shakllangan kesimning mavjudligi. Birdan ortiq uyushgan eganing mavjudligi. Bu xususiyatlari bilan uyushgan gaplar egali sodda gaplardan ham (Jahongir, Jamshid, Isroil o`qidi), uyushiq kesimli sodda gaplardan ham (egasi yo`q yoki bor bo`lsa bitta, kesimning lug`aviy qismi birdan ortiq, Pm qismi bitta - (Ular borgan va ko`rgan edilar, qolipi [W-W] Pm]) farqlanadi. Shakl vazifaviy talqinda uyushiq kesimli sodda gaplarda, demak, ega bitta Pm qismlari umumiy bo`lgan kesimlar birdan ortiq bo`ladi. Aytilganlar asosida sodda gap, uyushiq kesimli sodda gap, qo`shma gap, uyushiq kesimli qo`shma gap va uyushgan gaplarning eng kichik struktur sxemalarini beramiz: (qulaylik uchun eng kichik qurilish qoliplarini berish ma‘qul. Chunki, WPm da ular (W va Pm) ning kengaytiruvchilari ham mujassamlangandir. Sodda gap : [WPm] Uyushiq kesimli sodda gap : [W1 + W2]Pm Qo`shma gap : [WPm U WPm] Uyushgan qismli qo`shma gap [([WPm] →[WPm]),[WPm]] yoki: (WPm]→([WPm],[WPm]). 5. Uyushgan gap. [((E –W2),(E2–W2)) Pm] Uyushgan gaplarga misollar keltiramiz: 1.Otam rais, onam brigadir bo`lgan edi. 2.Do`kondorlarning ba‘zilari kitob o`qib, ba‘zilari tasbeh o`girib, ba‘zilari esnab o`tirishardi. 3.Uning qo`llari ishda, ko`zi Shudgorda, ammo xayoli Zebixonda edi. 4. Chakkasi tirishib, ko`zi qizarib ketdi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling