O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis
Hokim va tobe gaplar. QG tarkibida kamida ikki sodda gap ishtirok etadi.
Tobelanish qonuniyatiga muvofiq oldingi a‘zo tobe, keyingi a‘zo hokim hisoblanadi. Tobe a‘zo (komponent) hokimdan oldin kelishi bilan faqat sintagmatik munosabat talabini qondirsa, morfologik xususiyatlariga ko`ra qat‘iy o`rniga ega bo`ladi. Chunonchi, «Nima eksang, Shuni o`rasan» gapida «Nima eksang» qismi [-sa] nomustaqil kesimlik shakli bilan shakllangan. Shu bois mazkur QG tarkibida oldingi tobe vaziyatni egallagan. Keyingi hokim vaziyatda mustaqil kesim bilan shakllangan «Shuni o`rasan» gapi voqelashgan. Demak, nomustaqil kesim bilan shakllangan gap tobe gap, mustaqil kesim bilan shakllangan gap esa hokim gap hisoblanadi. QG tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatlar. Bu tasnifda QG tarkibidagi qismlar (sodda gaplar) o`rtasidagi ma‘noviy munosabatga asoslaniladi va ikki muhim nuqtaga e‘tibor qaratiladi: 1.QG tarkibiy qismlari orasida qanday ma‘noviy munosabat (masalan: payt, o`rin, sabab, birin-ketinlik, momentallik, izohlash, qiyoslash va hokazo) ifodalanganligiga. 2.Aynan bir ma‘noning turli yo`llar bilan ifodalanishi mumkinligiga (yoki aksincha). Shakl va mazmun munosabatlari nisbiy mutanosiblikda (Ya‘ni assimmetrik dualizm – nomutanosiblikda) bo`lganligi sababli QGda poliseliya va omonimiya hodisalari kuzatiladi. Jumladan, payt ma‘noviy munosabatini ifodalashda quyidagicha sinonimiya yuzaga chiqishini kuzatish mumkin: 1.O`qituvchi keldi, dars boshlandi. 2. O`qituvchi kelsa, dars boshlanadi. 3. O`qituvchi keldi-yu, dars boshlandi. 4. O`qituvchi kelib edi, dars boshlandi. Shart mayli ko`rsatgichi [-sa] shakli bilan bir necha ma‘noviy munosabat ifodalanishi natijasida polisemiya hodisasi kuzatilishi mumkin: a) payt ma‘nosi (Borsam, uyda yo`q ekansiz); b) shart ma‘nosi (Ozoda kelsa, aytaman). v) to`siqsizlik ma‘nosi (Qor yog`sa ham, terib olamiz). QG tarkibiy qismlari orasidagi ma‘noviy munosabatga ko`ra tasnifi bilan QG qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko`ra tasnifi o`zaro bog`liq. Bu tasnif tarkibiy qismlarni o`zaro bog`lashga xizmat qiluvchi bog`lovchilarning o`z ma‘nolari bilan aloqadordir. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling