O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.Qo`shma gap haqida ma‘lumot bering.
2. [E] ga ko`ra [WPm U WPm] turlarini tushuntiring. 
3. [W] ga ko`ra [WPm U WPm] turlari. 
4.[Pm] ga ko`ra [WPm U WPm] turlarini tavsiflang. 
5.Qo`shma gaplarning lisoniy qurilishiga ko`ra tasnifi. 
10-ma’ruza. Qo`shma gapning ko`rinishlari. Teng
tarkibli qo`shma gaplar. 
Reja: 
1. [WPm, WPm] tarkibli qo`shma gaplar. 
2. Teng tarkibli qo`shma gaplarning nutqiy qo`llanilishi 
[WPm,WPm] qolipli qo`shma gaplarning mohiyati Shundaki, uning tarkibiy 
qismlari sanalmish sodda gaplar kesimlarining har biri mustaqil shakllangan bo`lib, 
ularni osongina sodda gaplarga aylantirib yuborish mumkin: 1. Men seni 
o`ylayman, Shuni bilasanmi? 2. Borish kerak, borish kerak. 3. Yigitni uchratish 
kerak, haytovur sovib qolgandir). 4. Men seni deyman, lekin sen kimni deysan? 
[WPm, WPm] tipik ko`rinishli gaplarda mustaqil kesimlik shakli(MKSH)dagi 
gaplar birlashtiriladi. Birlashish intonatsion va mazmuniy omillar asosida, ko`p 
hollarda bog`lovchilar vositasida amalga oshiriladi. 
[WPm, WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplarni tashkil etuvchi sodda gaplar 
orasida turli ma‘noviy munosabatlar mavjud bo`ladi. Masalan, mazkur qolip 
asosidagi O`qituvchi keldi, dars boshlandi gapida quyidagi rang-barang 
munosabatlar bor: 
a)uzilishli birin-ketinlik; 
b)uzilishsiz birin-ketinlik; 
v)payt munosabati; 


g)natija munosabati; 
d)sabab munosabati va hokazo.
Bu munosabatlar har bir gapning tarkibidagi [W] lar, [Pm]lar, qo`llangan 
bog`lovchi vositalarning ma‘no va vazifalari bilan bog`liq bo`lib, bevosita sintaktik 
strukturaga daxldor emas. Chunki bir fikrni turli sintaktik shakllarda, turli fikrlarni 
bir sintaktik shaklda berish mumkin bo`ladi. 
Demak, [WPm, WPm] tipik ko`rinishining umumiy xususiyatini quyidagicha 
belgilab olamiz. [WPm,WPm] bu mustaqil sodda gap sifatida qo`llana oladigan 
birdan ortiq gapning nutqda ma‘lum bir bog`lovchi vositalar bilan o`zaro bog`lanishi 
va bitta tugal ohangga, bitta gap to`xtamiga ega bo`lishidir. Ma‘lum bo`ladiki, 
[WPm, WPm] [WPm U WPm] umumiy qolipining oraliq bir ko`rinishi sifatida lison 
va nutqqa daxldor bo`ladi. [WPm,WPm] tipik qurilishli gaplar [W] va [Pm], 
shuningdek, (S) xususiyatlariga ko`ra farqlanadi. 
1.[W] va [Pm] qismlari aynan bo`lgan gaplar: 1.E, keling, xola, keling. (A. 
qahhor.)2.Bo`ldi, bo`ldi, mana hal, xola (S.Abd.) 3.Bevaqt hazon bo`lmay har kim 
YAshab o`tsin dunyoda. Onajonim, har kim oshin Oshab o`tsin dunyoda (A.O.) 
4.Odamlar o`tdilar bir vaqt, bir zamon O`tdilar eng oddiy baxtdan ham yiroq. (A.O.) 
[W] qismi bir xil, [Pm] qismi har xil bo`lgan gaplar: 1.Siz bilmaysiz, bilolmaysiz 
ham («Sharq yulduzi») 2.Siz Chidab o`tirdingizmi, Chidadingizmi? 
(SH.Xolmirzaev) 3.Bormang, bormoqchimisiz? (S. Nurov).
[S] lari bir xil, [W]lari bir xil, lekin [Pm]lari har xil bo`lgan takror gaplar:
1.Menga nima bo`ldi, nima bo`lgan edi-ya? 2.Nega endi bo`lmas ekan, bo`lgan edi, 
bo`ldi,-dedim shoshib-pishib. (X.To`xtaboev.) 3.qutursa, quturgandir, erga 
tekkandan keyin quturmaydi. (S.Ahmad).4.Voy xotinni sizlar olasizmi, siz 
olmoqchimisiz. (S. Ahmad.)
[S] lari va [W]lari har xil, [Pm] lari bir xil bo`lgan gaplar: 1.Sen hech bir gazit-pazit 
o`qiysanmi, uqiganmiz biz ham. (A. Hatamov). 2.O`ldirding, o`laman, devona. 
(Sh.Xolmirzaev.) 3.Bunaqa ot senga bitmagandi, bitkulik qilmasin ham. 
(A.Qo`shshayev.) 4.Siz meni bilmaysiz, men sizni bilaman. (Sh.Xolmirzaev)
[WPm,WPm] tipik ko`rinishli gaplarni ular kengaytiruvchilarining xususiyatlari 
(tuzilishi, ifodalanishi), bog`lovchi vositalarining xossalari asosida ham yanada 
kengroq va batafsilroq tavsiflash mumkin. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling