O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/121
Sana14.10.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1702101
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

Tayanch tushunchalar: sintaktik aloqa, teng aloqa, teng tarkibli qo`shma gaplar, 
teng tarkibli qo`hsma gaplar LSQi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1. Сайфуллаева Р. Ўзбек тилида қўшма гапларнинг формал – функционал 
тадқиқи. – Т., 1994.
2. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III. 
– Т., 2006.
3. Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Т., 1976.
4. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987. 
 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.[WPm,WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplarni ta‘riflang.


2.Teng tarkibli qo`shma gaplarning lisoniy xususiyatlarini izohlang.
3. Teng tarkibli qo`shma gaplarda bog`lovchilarning o`rni.
4. [WPm,WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplarning nutqiy voqelanishi.
 
 
11-ma`ruza. Tobe tarkibli qo`shma gaplar. 
Reja: 
1.Tobe tarkibli qo`shma gaplar – qo`shma gaplarning bir ko`rinishi sifatida.
2. [WPm→WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplar. 
3.Tobe tarkibli qo`shma gaplarning nutqiy qo`llanilishi.  
 
 
[WPm→WPm] tipik ko`rinishli qo`shma gaplar. [WPmQWPm] tipik 
ko`rinishli gaplarda har ikkala sodda gap ham shakllangan [Pm] ga ega bo`lsa-da, 
birinchi gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi (MKSH) bo`la olmaydi. U 
hamisha tobe gap markazini shakllantiruvchi vosita sifatida bo`lib, o`z mazmunini 
namoyon qilish uchun o`zidan keyin mustaqil holda namoyon bo`la oladigan
voqelanishi uchun oldingi gapga ehtiyoj sezmaydigan gap bo`lishini taqozo qiladi. 
Boshqacha aytganda, bu tipik ko`rinishli gap tarkibidagi oldingi sodda gapning 
kesimi NKSH bilan, keyingisi MKSH bilan shakllangan bo`ladi. 1.Firuza toshli 
uzukni olar ekan, Saidaxonning ko`zlari quvonChdan yaltirab ketdi. (S.Ahmad.) 
2.Ra‘no guruchni endi tuzlagan ham ediki, ichkaridan Anvar Chiqib keldi. 
3.Botirjon telefonda endi gaplashib bo`luvdiyam, Choy ko`tarib qirmizxon kirib 
keldi. (N.Aminov.) 4.Havo ochilsa, aylanishga boramiz. (S.Nuriy). 5.Unga ustozi 
Chin dildan barakalla barakalla desa, Aziz ko`nglida to`lib turgan niyatini ham 
aytadi. Bu gaplarning barchasidagi birinchi sodda gap mustaqil qo`llana olmaydi, 
qo`llanganda ham ushbu qo`shma gap tarkibidagi ma‘nolarni bera olmaydi. Keyin 
turgan sodda gaplar esa bunday emas.
[WPm→WPm] tipli qo`shma gaplar tarkibidagi nomustaqil kesimni hosil 
qiluvchi turli-tuman vositalar bor. Nomustaqil kesim shaklining o`zbek tilidagi tipik 
vakili shart mayli qushimchasi -sa dir. Masalan, Men o`qisam, u eshitadi gapida U 
eshitadi gapi o`z holicha mustaqil sodda gap bo`lib kela oladi, Men o`qisam qismi 
esa qo`shma gap tarkibidan tashqari ham Shu holicha mazkur mazmunni 
beraveradi. 
-sa qo`shimchasi bilan shakllangan kesimli gaplar mustaqil qo`llanaverishi ham 
mumkin. Masalan: 1.Avra-astarini ag`darib mohiyatiga nazar tashlasangiz. 
(S.Azimov.) 2.qishloqqa borsam. (A.qahhor). 3.Vatangadolikning men tortmagan 
azobu-uqubati, ozori bo`lmasa kerak. (S.Azimov.) 4. Nahotki, o`ldirsalar. 5. Menga 
, Iskandariyadagi mashhur devonaga Berlindan telegramma kelsa bo`ladimi? 
(S.Azimov.) 6.qani, hey Mamadali, gapirsang-Chi.. (A.qahhor.) 
Ushbu gaplarda -sa shart mayli qo`shimchasi istak, aChinish, sevinCh, qistash
kabi ma‘noviy bo`yoqlarga ega. Bu gaplar o`zidan keyin keluvchi gaplar bilan
mazmunan bog`lanib, matn yaxlitligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Shu kabi gaplar 
qanchalik mustaqil qo`llana olmasin, baribir o`zlaridan keyin qandaydir 
qurilmalarning bo`lishini taqozo qiladi. Masalan, 1. -Uyga qaytsam. Nima deysiz? -
YAxshi bo`lardi kabi. 



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling