O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni ozbek tilida togri talaffuzga orgatish
O‟ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O‟RTА MАХSUS TА‟LIM VАZIRLIGI NIZОMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT DАVLАT PЕDАGОGIKА UNIVЕRSITЕTI Qo‟lyozma huquqida UDK: 372.65 JABBOROVA LAZIZA MARATOVNA «MAKTABGACHA YOSHDAGI RUSIYZABON BOLALARNI O„ZBEK TILIDA TO„G„RI TALAFFUZGA O„RGATISH» Mutaxassislik: 5A111801 – Maktabgacha ta‟lim Mаgistr аkаdеmik dаrаjаsini оliy uchun yozilgаn DISSЕRTАTSIYA “Himoyaga tavsiya etilsin” ―Maktabgacha ta‟lim‖ kafedrasi Magistratura bo‘limi boshlig‘i mudiri ___________ _________ t.f.n., dots. M.Esanov p.f.n., dots. N.X.Yunusova
―___‖___________ 2014-yil ―____‖_________ 2014-yil
2
Kirish………………………………………………………………………………3 I bob. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о„zbek tilida tо„g„ri talaffuzga о„rgatishning nazariy asoslari……………………………………….9 1 Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish
muammo sifatida…………………………………………………………9 2 Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishning hozirgi ahvoli………………………………………………………29 Birinchi bob yuzasidan xulosa………………………………………………… 36 II bob. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о„zbek tilida tо„g„ri talaffuzga о„rgatish metodikasi………………………………………………...38 1 Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarning tovush nutq madaniyatini tarbiyalash bо‗yicha maxsus usullarni aniqash va ularni amaliyotga joriy etish... 38 2 Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishning samarali shakllari…………………………………………………..51
1. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish
bо‗yicha maxsus usullarni aniqlash va ularni amaliyotga joriy etish….59
2. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishning t ajriba-sinov natijalari……………………………………………..69 Uchinchi bob yuzasidan xulosa…………………………………………………76 Umumiy xulosalar……………………………………………………………….77 Foydalanilgan adabiyotlar rо‗yxati……………………………………………...79
3
Mavzuning dolzarbligi: О‗zbekistonning ravnaqi uchun olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma‘naviy sohalardagi keng kо‗lamli ishlar, О‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» uzluksiz ta‘lim tizimining birinchi bо‗g‗ini - maktabgacha ta‘limda barcha sohalarni, shu jumladan, tilga о‗rgatishni ham tashkiliy, ham mazmuniy jihatdan qayta qurishni taqozo etmoqda. О‗zbek tiliga Davlat tili maqomini berilishi natijasida Respublikamizning boshqa tillarda sо‗zlovchi aholisiga bu tilni maktabgacha yoshdan о‗rgatish muammosini xal etish zarurati tug‗ildi. Shu bilan birga Respublikamizda ta‘lim- tarbiya rus tilida olib boriladigan maktabgacha ta‘lim muassasalarda bolalarni о‗zbekcha sо‗zlashuvga о‗rgatishdan kо‗zlanadigan asosiy maqsad ularni ikkinchi tilda kundalik nutqiy muomala-munosabatga о‗rgatishga alohida e‘tibor berishdir. Har bir xalqning tili uning nutqidagi boyliklar bilan о‗lchanadi. Buyuk allomalar ham kishilar о‗rtasidagi о‗zaro aloqa quroli bо‗lgan tilni boyitishga, uning ohangi va talaffuz qoidalariga katta e‘tibor va hurmat bilan qarashgan. Bugungi kunda nutqqa bо‗lgan bunday talab kishi ongi va tafakkuriga о‗z ona tilisini yaxshi bilish va ikkinchi tilni unumli о‗rganish maqsadida kо‗yiladi. Bunday talablarni amalga oshirish ilk bor maktabgacha ta‘lim muassasalardan boshlanadi. Rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilga о‗rgatishda ularga tо‗g‗ri talaffuz qilish meyorlarini bilib borishi; mashqlarni bajarishda har bir sо‗zning talaffuziga etibor berishi barcha mashg‗ulotlarning asosiy maqsadi bо‗lmog‗i lozim. О‗zbek tildagi har bir tovush , bо‗g‗in, tovush birikmalari va sо‗zni tо‗g‗ri talaffuz qila olishni taqozo etadi. Har bir xalqning tili uning nutqidagi boyliklar bilan о‗lchanadi. Buyuk allomalar ham kishilar о‗rtasidagi о‗zaro aloqa quroli bо‗lgan tilni boyitishga, uning ohangi va talaffuz qoidalariga katta e‘tibor va hurmat bilan qarashgan. Bugungi kunda nutqqa bо‗lgan bunday talab kishi ongi va tafakkuriga о‗z ona tilisini yaxshi bilish va ikkinchi tilni unumli о‗rganish maqsadida kо‗yiladi. Bunday talablarni amalga oshirish ilk bor maktabgacha ta‘lim muassasalardan
4 boshlanadi. Bolalarni ikkinchi tilga о‗rgatishda ular tо‗g‗ri talaffuz qilish meyorlarini bilib borishi; mashqlarni bajarishda har bir sо‗zning talaffuziga etibor berishi barcha mashg‗ulotlarning asosiy maqsadi bо‗lmog‗i lozim. Ikkinchi tildagi har bir tovush, bо‗g‗in, tovush birikmalari va sо‗zni tо‗g‗ri talaffuz qila olishni taqozo etadi. Tadqiqot mavzusiga oid adabiyotlarning tahlili shuni kursatadiki, maktabgacha ta‘lim yoshdagi bolalarning og‗zaki nutqini shakllantirish muammolari kо‗pgina psixolog va pedagoglarning ishlarida о‗z aksini topgan. Chunonchi, Aydarova, Blonskiy, Vqgotskiy L.S, Gvozdev A.N, Galperin P.YA, Jenkin N.I, Zankov V.L, Ilyasov I.I, Rubinshteyn S.L, asarlari shular jumlasidandir. Bu borada bir qancha olim va amaliyotchilar ham izlanishlar olib borishgan. Jumladan, Asqarova M, Abdullayev Y, Abduraxmonova E, Abdullayeva K, A‘lainova M, Botirov O, Valiyeva M, Dolimov S, Zunnunov A, Inagamova R, Muminova L, Niyozmetova T, Rasulov I, Safarova R, Turdiyev B, Urikboyev V, Umarova M, Fuzailov S, Xojiyev A, Xudoyberganova N, Sharofiddinov O, Yusupov M, G‗ulomov A, Qosimova va boshqalar о‗z ilmiy izlanishlarida og‗zaki va yozma nutqni о‗stirish, sо‗zlashuv nutqi, nutq madaniyati tо‗g‗risida aniq foydali fikrlarni bayon etishgan. Lekin rusiyzabon maktabgacha ta‘lim muassasalarda bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish maktabgacha pedagogika uchun nisbatan yangi muammo hisoblanadi. Maktabgacha ta‘lim muassasalaridagi rusiyzabon bolalarni о‗zbekcha talaffuzga о‗rgatish amaliyoti shuni kо‗rsatadiki, bunday ta‘limning uslubiy tashkillashtirilishin о‗z yechimini kutayotgan qator muammolarga duch kelmoqda. Hususan, rusiyzabon bolalar о‗zbek tilidagi tovushlar va tovush birikmalarini tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish jarayonida maxsus yaratilgan yoki tuzilgan о‗yinlar asosida tashkil etiladigan vaziyatlardan foydalanish samarali usullaridandir degan taxminni ilgari surdik. Tо‗g‗ri talaffuzga о‗rganish jarayonida duch kelayotgan qiyinchiliklarga yengib о‗tishga imkon beradigan metodlar, ayniqsa о‗yinlar kam qо‗llanilmoqda. Mazkur tadqiqot ana shunday usullarning
5 tizimi, eng avvalo didaktik о‗yinlarni yaratishga, tuzishga bag‗ishlangan. Muammoning dolzarbligidan kelib chiqib, tadqiqot mavzusini: «Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о„zbek tilida tо„g„ri talaffuzga о„rgatish» deb nomladik. Tadqiqotning obyekti: rusiyzabon bolalarni turli metodlar va ayniqsa didaktik о‗yinlar orqali о‗zbekcha tovushlarni tо‗g‗ri talaffuz qilishga о‗rgatish jarayoni.
о‗zbekcha tovushlarining tо‗g‗ri talaffuzi Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha ta‘lim muassasaslarida rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilda tovush va tovush birikmalarini tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishda ona tili ta‘sirini hisobga olgan holda ba‘zi metodik usullarni ishlab chiqish.
1. Tadqiq etilayotgan masalaning nazariyadagi ahvolini о‗rganish. 2. Rusiyzabon bolalar о‗zbek tilidagi tovushlar birikmasini talaffuz qilishga о‗rganishda duch keladigan odatdagi xato va qiyinchiliklarni aniqlash va taxlil qilish. 3. Kichikintoylarni о‗zbekcha tovush va tovush birikmalarini tо‗g‗ri talaffuz qilishni о‗rgatishga oid didaktik о‗yinlar tuzish. 4. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbekcha tovushlarini tо‗g‗ri talaffuz qilishni tajriba-sinov tarzida о‗rgatishni amalga oshirish va uning natijalarini ishlab chiqilgan metod bо‗yicha baholash. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazi: Ushbu ilmiy izlanish nazariy va amaliy ahamiyatga ega bо‗lib, maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishning yangi tizimini ilmiy jihatdan asoslashdir. 1. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga ma‘lum tizim asosida о‗rgatishga erishilsa; 2. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish metodlari maqsadga muvofiq tarzda ishlab chiqilsa;
6 3. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishga tо‗siq bо‗ladigan asosiy sabablar о‗z vaqtida aniqlansa; 4.Taqdim etiladigan о‗quv qо‗llanmalarining metodik tomonidan talab darajasida bо‗lishiga erishilsa.
pedagogika», «Psixologiya», «Musika», «Nutq о‗stirish» kabi fanlar maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishga oid nazariy yondashuvlar, ilmiy qarashlar, metodik tavsiyalar bilan boyitadi. Shuningdek, pedagoglar, psixologlar maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishyо‗llari, shakl vosita va metodlarini takomillashtirishga kо‗maklashadi.
1. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish usullaridagi mavjud kamchiliklarni aniqlash. 2. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishning о‗ziga xos tomonlari ilmiy va nazariy jihatdan asoslandi va yangi usullar tizimi ishlab chiqildi. 3. Matktabgacha yoshdagi bolalarning nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish, bog‗lanishli nutq tuzish malakalarini hosil etish uchun mashqlar, mashg‗ulot na‘munalarini takomillashtirish. 4. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishga qaratilgan ilmiy asos yaratish.
paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо‗yxatidan iborat. Tadqiqotning metodologik asosi: Sharq mutafakkirlari tomonidan yaratilgan asarlar, О‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim tо‗g‗risi»dagi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da о‗z ifodasini topgan barkamol shaxsni shakllantirishga oid qarashlar, ilmiy - nazariy xamda pedagogik va psixologik karashlarning an‘anaviy tizimi, О‗zbekiston Respublikasining uzluksiz ta‘lim
7 Konsepsiyasi, kabi muhim hujjatlar va ilg‗or halq ta‘limi xodimlarining ilmiy- metodik adabiyotlarda om-malashtirilayotgan fikr-g‗oyalari tashkil etadi. Tadqiqot metodlari: falsafiy, pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni о‗rganish, pedagogik kuzatish, sotsiologik metodlar, (anketa sо‗rovi, suxbat, intervyu), test sо‗rovi, modellashtirish, pedagogik tajriba.
1. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish dolzarb pedagogik muammo, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi ekanligi. 2. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish mohiyati, mazkur muammoning mezon kо‗rsatgichlari hamda shakllanish darajalari. 3. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish mazmuni, shakli, vosita va metodlari. 4. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishga yunaltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar va ularning samaradorlik darajasi.
Tadqiqot doirasida dolzarb pedagogik muammoning tadqiq etilganligi; muhim xulosalar hamda asosiy natijalarning maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish sifatlarini tarbiyalay olishi; hal etilgan vazifalarning tadqiqot maqsadi va ilmiy faraziga mosligi; metodlarining asosli va tо‗g‗ri tanlanganligi; tajriba-sinov ishlarining kutilgan natijalarini kafolatlay olganligi kabi holatlar bilan belgilanadi.
shakllantirish va vazifalarni aniqlash, tadqiqot obyekt va predmeti xaqidagi tasavvurlar hal etildi. Mazkur davrda adabiyotlar о‗rganildi, muammoning holati tahlil etildi, dastlabki nazariy nuqtai nazarlar ishlab chiqildi, natijalar tahlil qilinib, nazariy jihatdan umumlashtirildi. Bundan tashqari pedagogik eksperimentning asolovchi bosqichi о‗tkazilib, olingan ma‘lumotlar tadqiqot farazi, tajriba-sinov ishlari dasturini yakuniy aniqlashga imkon berdi.
8
g‗oyalari va amaliy natijalari tadqiqotchining ilmiy jurnallarda, tadqiqotchilarning respublika ilmiy-metodik tо‗plamida maqolalar chop ettirishi asosida jamoatchilik e‘tiboriga havola etildi.
shaxar *** tumanidagi №*** MTMda tajriba-sinovdan о‗tkazildi .
9
О„ZBEK TILIDA TО„G„RI TALAFFUZGA О„RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI 1. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish
muammo sifatida. Maktabgacha ta‘lim mussasalarida bolalarni ikkinchi tilga о‗rgatish imkoniyatlari va ushbu jarayonning borishini о‗rganish–garchi keng tarqalgan bо‗lsa xam lekin xali unchalik chukur ishlab chiqilmagan tarmoq hisoblanadi. Ayrim mualliflarining ishlarida, maqolalarida ijobiy muxit ta‘kidlanadi, boshka metodistlar esa turli xil yordamchi didaktik vositalarning qо‗llanishi xaqida yozadilar, uchinchilari - tildagi talaffuz bо‗yicha mashgulotlar konspektlarini tuzadilar. Ba‘zilari vaziyatga tayanish, kurgazmaviylikga dikkatni jamlagan xolda maktabgacha yoshdagi bolalarni о‗rgatishning psixologik-pedagogik asoslarini ishlab chikadilar. Biz mavzuimizga muvofiq avvalam bor e‘tiborni nutq madaniyati tushunchasiga qaratamiz. Nutq madaniyati – bu tо‗g‗ri sо‗zlay olish, ya‘ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan kо‗zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zahira, grammatik shakllardan foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir. Bolalar о‗rganayotgan tilda kattalar bilan va о‗zaro muloqotga kira olish, о‗z fikrini ifodalash uchun zarur bо‗lgan sо‗zlardan foydalanadi. Har qanday sо‗z nutq tovushlari tо‗plamidan tashkil topadi. Ikkinchi tilda tovushlarni talaffuz etish maktabgacha katta yoshdan boshlanadi. Ikkinchi tildagi nutkiy faoliyat xususiyatlari umumiy nazariya doirasida A.A.Leontyev tomonidan ochib berilgan. U qabul qilishning psixologik xususiyatlari xorijiy tilini о‗rganiladigan fan sifatida kabul kilish chog‗ida xisobga olinishi lozimligini; chet tilini о‗zlashtirishni boshkarish mumkinligini; ushbu jarayonda ongli va beixtiyoriy xarakat komponentlari mavjudligini; fikrlash faoliyati – ta‘lim jarayonining tarkibiy kismi ekanligini va shuning uchun muammoli xolatlarda u faol ruy berishini; chet tilidagi fikrlash ona tilida fikrlashdan fark kilishini; ukuvchilarning
10
xissiy-irodaviy xolatlari ularning о‗quv faoliyatiga, xususan sо‗zlash shaklini tanlashdagi motivlarning kurashish jarayoniga ta‘sir kursatishini; о‗quv materialini о‗zlashtirish jarayoniga bolalarning yosh va individual xususiyatlari о‗z ta‘sirini о‗tqazishini kо‗rsatib berdi. M.I.Dubrovin ushbu g‗oyani davom ettirgan xolda chet tilini о‗rganish darslarida motivatsiyani vujudga keltirish shaklini aniqlashtirdi. V.A.Slobodchikov esa nutqni amalga oshirish uchun modellarning xar xil turlarini ishlab chiqdi. V.A.Artemov 1 til va nutkni о‗rgatishdagi farqka e‘tiborni karatgan, chet tilini о‗rganish, fikrlashni rivojlantirish va xarakatlar о‗rtasidagi bog‗liklikni kо‗rib chiqqan. Shak-shubxasiz, maktabgacha yoshdagi bolalarda boshka tildagi nutqni qabul qilish va tushunish kattalarga karaganda ancha boshkacha kechadi: atrofdagi tillar aralashmasi ta‘siri ostida rivojlangani xolda ushbu psixik funksiyalar bolani boshkacha tarzda yо‗naltiradi xamda uni katta ixtirochilikka va ayniqsa yangrayotgan nutqlarni taxlil qilishda ixtirochilikka tayyorlaydi. Agarda kattalarda ayrim ta‘lim jarayonlarini ixtiyoriy asosga о‗tqazish, uni yanada tushunarli qilish mumkin bо‗lsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda ixtiyorsizlik ustunlik qiladi, va faqat sun‘iy motivatsiya yordamida, eng avvalo о‗yinlar yordamida ularni biroz ong bilan anglab yetiladigan qilish mumkin. Lekin, maktabgacha yoshdagi bolalarning ulkan afzalliklari shundaki, bunda xarakatlarni taklid qilishda va bartaraf etish qiyin bо‗lgan ongli xarakatlarni bajarishda birlikka erishish oson. Ikkinchi tilni о‗rgatishning umumdidaktik va rivojlantiruvchi tamoyillari xaqida sо‗z yuritishda, ulardan tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi ta‘lim, ilmiylik, muntazamlik, vorislik va istikbollilik, onglilik, imkonlilik, nazariyaning amaliyot bilan bog‗likligi, kо‗rgazmaviylik, bilim, malaka va kо‗nikmalarning mustaxkamligi, bolalarga yakka tartibda yondashish, ixtiyoriylik, kulaylik va kommunikativ yо‗naltirilganlik, ona tili xususiyatlarini xisobga olish kabi tamoyillar sanab о‗tiladi (V.Barannikov, V.I.Andriyanova, A.S.Shaxnarovich, R.T.Tolipova, F.R.Kodirova, R.M.Kodirova). Ushbu tamoyillarning ayrimlaridan
1 Артёмов В.А. Психологические предпосылки активизации научения иностранным языкам. «Иностранные языки в школе» журнали, 1987, 1-сон.
11
faqat maktabda foydalanish mumkin, boshkalari esa maktabgacha ta‘lim muassasalrida ikkinchi tilni о‗rgatish jarayoniga taalluklidir. Shundan kо‗rinadiki, maktabgacha ta‘lim muassasalarida ikkinchi tilni о‗rgatish metodikasi qator xususiyatlarga ega. Maktabgacha ta‘lim muassasalarining ikkinchi tilni о‗rgatish borasidagi tajribalari, chet elda va mintakamizda, о‗rganilayotggan tilning xech qanday konstruksiyasi darxol va tо‗lik о‗zlashtirilishi mumkin emas, bu: nutqlar oqimida konstruksiyani tanib olish va ushbu konstruksiyadan joy olgan sо‗zlar kirishayotgan alokalarni tushunish; zarur sо‗z shakllarini xosil kila olish; ushbu konstruksiyalarni о‗zgartira olish, masalan otni olmosh bilan, oddiy sо‗zlarni sо‗rok sо‗zlar bilan almashtirish orqali о‗zgartira olish kabi amaliy malaka va kо‗nikmalarni bosqichma-bosqich egallashning uzok davom etadigan va murakkab jarayoni, degan dalilga tayanish imkonini beradi. Bu umumiy koidalar ta‘lim aralash shaklda olib borilayotgan xollarda sezilarli darajada tuzatish kiritishni taqozo etadi. Ikki tillilikka oid adabiyotlarda aytilishicha, xaqiqiy ikkitillilik inson xech bо‗lmasa bir tilda xar kanday fikrni mos shaklda ifoda eta olsagina xaqiqatdan normal rivojlanadi, deb xisoblanadi. Agarda nutq xech qaysi tilda tо‗liq shakllantirilmagan bо‗lsa, bu xolda fikr tuzilmasi buziladi va fikrni ifodalashga bо‗lgan xarakat muvaffakiyatsizlikka uchraydi, bu esa psixologik stresslar, muloqot soxasidagi chukur yukotishlar va inson shaxsining zaiflashuviga olib keladi. Yarim tillilik deb nomlanadigan bunday xodisa jamiyat uchun xalokatlidir, chunki uning a‘zolarining muayyan qismi о‗z xis-xayajonlarini boshqara olmaydi va xissiyotlari, xoxishlarini tegishli sо‗z koliplariga sola olmaydi. Agarda inson xoxlagan sо‗zini ayta olmasa, u birinchidan, boshqalar bilan teng darajada rakobatlasha olmaydi; ikkinchidan, u odatdagi muloqot shakllaridan foydalana olmaydi; uchinchidan, u о‗zini-о‗zi ifoda qilish uchun boshka usullarga, ba‘zan esa zurlikka murojaat kilishga majbur. Shuning uchun ikki tilli individni nutkiy rivojlantirishni dastlabki bosqichlardayok tо‗g‗ri tashkil etish muhimdir. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilingvizmi kattalar bilingvizmidan о‗zining bekarorligi, xarakatchanligi, sinovdan о‗tqazishning kiyinligi bilan sezilarli 12
ravishda farklanadi, va barcha tadqiqotchilar ushbu fikrga kо‗shiladilar. Bolalarning ikki tilni egallashlari xususiyatini о‗rganish bir tilda va boshqa tillarda ifoda etilayotgan nutqlar xajmi, uning aytilish xususiyatlariga, atrofdagilar shaxsi va ularning bolalarga munosabatiga, bir tildan boshka tilga о‗tish sharoitlariga bog‗likligi bor-yо‗kligini aniqlash zaruratiga duch keladi. Bundan tashqari, olimlar birinchi va ikkinchi tillardagi biron-bir grammatik toifalar bir-biriga tо‗g‗ri kelish yoki kelmasligini, xar ikki tilda tо‗plangan tajribalar asosida umumlashtirilgan yangi toifalar ishlab chiqilayotganligini yoki xar ikki tizim tillarning aralashuvi qay xolatda yuz berishidan kat‘iy nazar mustaqil faoliyat yuritishini aniqlashga xarakat qilmoqdalar. Zero, birinchi va ikkinchi tillarni о‗zlashtirish, oxir-okibatda ushbu tillardagi xar qanday muloqot turi bilan bog‗liq, birok tabiiyki, eng avvalo uning verbal variantlari bilan bog‗likdir. Lekin, bunda atrofdagilar tomonidan ikki tilli bolaga kо‗rsatilayotgan xar xil nutqiy ta‘sirlarni xam xisobga olish zarur. Bolalarning о‗rganilayotgan tildagi nutqiy faoliyatini tо‗g‗ri yо‗lga qо‗yish uchun ta‘limiy nutq vaziyatida nutqiy faoliyatning asosiy komponentlarini xosil qilish zarur. Nutqning asosiy predmeti, mazmuni fikrdir, uni о‗z nutqida ifodalash yoki boshqa odamning nutqini qabul qilish chog‗ida tushunish lozim. Bola nutkini rivojlantirish avval boshdan rag‗batlantiriladi, о‗z fikr va istaklarini kattalarga yetkazish zarurati uni yо‗naltiradi va ushbu extiyoj bolani til tizimini egallashga majbur etadi. Psixologiyada til insoniy muloqotda qо‗llaniladigan belgilarning (tovushlar, sо‗zlar, iboralar, ayrim elementlarni birlashtirish va о‗zgartirish qoidalari) eng muhim tabiiy tizimi sifatida tushuniladi. Nutq esa – insonlarning tildan ta‘lim olish, ya‘ni axborotni qabul qilish va uzatishda foydalanish jarayoni sifatida tushuniladi. Ta‘lim amaliyotida ―til‖ sо‗zi qо‗llanilganida kо‗pincha til bilan birga nutq ham tushuniladi. Bu shu bilan izohlanadiki, bola nutqi undan tashqaridagi til tizimi bilan belgilanadi. U nutqni egallar ekan, mohiyatan ushbu til tizimi mavjudligining qoida va usullarini ham egallaydi. Kishilarning nutqiy muloqotini muayyan miqdordagi sо‗zlarni va ushbu til qoidalarini bilishsiz, muayyan mazmunni ifodalash uchun ushbu sо‗zlarni bir-biriga bog‗lash kо‗nikmalarisiz 13
tasavvur qilib bо‗lmaydi. Shunday qilib, til va nutq turli tushunchalar bо‗lgani holda bir-biri bilan uzviy bog‗langan. Til - bu ―imkoniyatli muloqot vositasi‖, nutq esa – ―harakatdagi aynan о‗sha vositalar‖ hisoblanadi. Til va nutq eng bevosita tarzda fikrlash bilan bog‗langan, chunki u mohiyatan uning quroli hisoblanadi. Til insonga aqliy faoliyatni rejalashtirish, aqliy say-harakatlar natijalarini kelgusi avlodlarga qoldirish imkonini beradi. Insonning о‗z о‗tmishi va buguni haqida bilganlari, uning kelgusida qoldiradigan bilimlarining barchasi til orqali amalga oshadi. Dunyoqarashlar, ma‘naviy va estetik ideallar, axloq meyorlari-bularning barchasi til va nutqiy muloqot orqali yuzaga keladi. Shu sababli tilning vazifalaridan biri fikrni rasmiylashtirish, uni moddiy ifodalashdan iboratdir; ―Tashqi nutq - fikrni sо‗zga aylantirish, uni moddiylashtirish jarayonidir‖ . Shundan fikr nutqning ruhiy omili bо‗lib xizmat qiladi, fikrni boyitish esa nutqiy rivojlanishning sharti hisoblanadi. Ma‘lumki, nutq - ―nutqiy fikr‖ning u yoki bu til kо‗rsatkichlarida о‗z ifodasini topishiga, keyinchalik esa uning tashqi nutqda, ya‘ni og‗zaki va yozma nutqda amalga oshishiga о‗tish jarayonidan iboratdir .
bilan bog‗liq. Insonning gapirishi uchun qandaydir sabablar-ehtiyojlar zarur, ularning umumiyligi nutqiy ta‘lim motivatsiyasi deb ataladi. Bola tilni kattalar va о‗z tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etish uchun о‗rganadi, buning uchun esa unga nimalar deyishayotganini tushunishi va о‗zi ham gapirishi lozim. Bunda о‗zbek tilini о‗rganishning motivatsion asoslari turlicha bо‗ladi. Boshqa tildagi nutqni о‗rganishning asosiy motivatsiya manbai– bu muloqotga bо‗lgan ehtiyojdir. Nutq harakatlarini muvaffaqiyatli qо‗llash bu ehtiyojni qondiradi va asta-sekin nutqiy axloq mahoratini oshiradi. О‗zbek tili esa aynan shunday motivatsion asoslarda faqat bolaning atrofidagilar ikki til vositasida muloqotga ehtiyojni yuzaga keltirgan holdagina kuchayadi. Shu sababli bolalarda о‗z fikrlarini о‗zbek tilida tuzish va bu tildagi nutqni tushunishga ehtiyojni yaratish
Âûãîäñêèé Ë.Ñ. Мышление и речь. Асарлар Тўплами. - М.; 1982, 1-жилд. Леонтьев А.А. Психолингвистические единицы и порождение речевого высказывания. - М.; 1989.
14
о‗zbek bolalari uchun о‗zbekcha nutqni rivojlantirishning muhim metodik sharti hisoblanadi. О‗zbek tilini о‗zlashtirishning psixologik qiyinchiliklari о‗zbek tilini о‗rganishga bо‗lgan qiziqish sohasida emas va unga nisbatan his-hayajonli munosabat sohasida ham emas, balki psixolingvistik sohada yashiringan: ya‘ni bu qiyinchilik о‗qiyotgan bola ongida ikki til tizimi – rus va о‗zbek tilining qanday о‗rin olganligiga, shuningdek ikkinchi tilga (rus tiliga о‗rgatishda) bu ikki tizimning bir-biri bilan qanday munosabatda bо‗lishida, ya‘ni interferensiyani bartaraf etishidadir .
qurilma u yoki bu tilni egallagan, ya‘ni tilning egasi bо‗lgan har bir odamda mavjuddir. Til qurilmasi – matnlarni tuzish va ularni tushunishda yordam beruvchi til tizimidir (yaxlit olingan tovush, leksika va grammatika tizimlari). Bola ona tilini о‗zlashtirar ekan, о‗z ongida tegishli til qurilmasini shakllantiradi. О‗zbek oilalaridagi bolalarda tabiiyki, о‗zbek tili qurilmasi shakllanadi. Bola ona tilini egallash orqali hali tо‗liq bо‗lmagan til qurilmasidan foydalanishga о‗rganadi, chunki u hali kо‗p sо‗zlarning ma‘nosini, ularning qanday qilib tо‗g‗ri talaffuz etilishini bilmaydi; u hali grammatikani tо‗liq о‗zlshtirmagan. Shuning uchun bola о‗ziga moslashtirilmagan matnlarni, masalan kattalar о‗rtasidagi suhbatni qabul qilar ekan, sekin-asta о‗z til qurilmasining yetarli emasligi bilan bog‗liq muayyan qiyinchiliklarga duch keladi. Va nutqni sо‗zma- sо‗z qabul qilmaslikka о‗rganib qoladi. Aslini olganda, о‗z tilini tо‗liq о‗zlashtirib olish–bu tildan foydalanish jarayonida til qurilmasini tо‗liq shakllantirish deganidir. Kо‗p martalab qaytariladigan sо‗zlar yoki grammatik tuzilmalarni bola eslab qoladi va til qurilmasidagi qabul qiluvchi qismning bir elementi sifatida о‗zlashtirib oladi, keyin esa u yaratuvchi qismga о‗tadi: bola о‗zi tuzgan sо‗zlarini matnda qо‗llashni о‗rganib oladi. Bola bilingvini shakllantirgan holda uni rus tiliga о‗qitayotganlar shuni hisobga olishi juda muhimki, ona tilining til qurilmasi birdaniga emas, balki asta-sekin shakllanadi. Besh-olti yoshli bolada garchi til
Интерференция - она тилидаги малака ва кўникмаларнинг ўрганилаётган тилда, бизнинг ҳолатимизда рус тилида, малака ва кўникмаларни шакллантиришга нисбатан салбий таъсири.
15
qurilmasining ayrim qismlari-fonologik tizim, grammatik tizim asoslari shakllanib ulgurgan bо‗lsa-da, u hali nihoyasiga yetqazilmagan bо‗ladi. Shu tufayli bola о‗z ona tilida eshitgan matnlaridan (ertak, multfilm va h.k.) bilgan tanish obrazlarga tayangan holda о‗zbek tilidagi matnni anchayin tez muddatda qabul qilishni о‗rganishga, ya‘ni yuqorida aytilgan kо‗rish obrazlariga tayangan holda uning umumiy mazmunini ilg‗ab olishga qodir bо‗ladi. Biroq, bola matnni tushunsa, u darhol gapira oladi deb о‗ylash notо‗g‗ridir. Turli til qurilmalarini aralashtirib yuborish bola nutqining о‗zbek tili va, ayni paytda, о‗zbek tili nuqtai nazaridan ham atrofdagilar uchun tushunarsiz bо‗lishiga olib keladi. Bu qonuniydir: yaratilayotgan matnlar aniq bir tilga taalluqli bо‗lishi lozim, chunki ular til egalarini yaratishda qatnashmaydi, balki muloqotning boshqa ishtirokchilariga beriladi. Shu bois, о‗zbek tilida ta‘lim beriladigan maktabgacha ta‘lim muassasalarda rus tilini о‗qitishning pedagogik vazifalaridan biri, avvalo, bolaga aniq kо‗rsatma berishdan iborat, toki bu bolaning tegishli tildagi nutq mexanizmini yо‗lga solib yuborsin. Bu о‗rinda shuni e‘tiborga olish zarurki, maktabgacha yoshdagi bolalarda lingvistik tajriba yetarli emas, buning oqibatida ular turli tillarda sо‗zlayotganliklarini bilmaydilar. Bir-biriga qо‗shilgan nutq mexanizmi esa о‗z navbatida, ikki til tizimining interferensiyaga duchor bо‗lishiga olib keladi. Shuning uchun, ta‘limdagi yana muhim vazifalardan biri - interferensiya kо‗rinishlarini bartaraf eta olishdan iboratdir. Shuni unutmaslik lozimki, ikkinchi tilni о‗rganishda bola о‗z ona tilida matn tuzish borasidagi ayrim kо‗nikmalarini о‗z-о‗zidan bu tilga ham kо‗chirib о‗tadi. Shu bilan birga ularda hali о‗z ona tiliga nisbatan rasmiy yondashuv kо‗nikmalari mavjud emas. Garchi, о‗zbek tilini о‗rganishga kirishishda bolalar о‗z ona tilida sо‗zlash borasida katta nutqiy tajribaga ega bо‗lsalar-da, lekin ularda о‗z ona tilida fikrlarni ifodalash usullari hali yetarli emas, shuning uchun ta‘limning dastlabki bosqichida ishni ushbu kо‗nikmalarni rus tiliga nisbatan ham rivojlantirishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda bolalarda о‗z nutqiy malaka va kо‗nikmalariga tayangan holda rus tilini egallashni shakllantirish darkor. Ushbu bosqichda о‗zbek tilida ta‘lim beriladigan maktabgacha ta‘lim muassasalarida rus tiliga о‗rgatish bо‗yicha 16
didaktik materiallar va tovush nutq madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan qо‗llanmalar yaratilmog‗i lozim. Ushbu materiallar о‗zbek tili mashg‗ulotlarida va mashg‗ulotlardan tashqari vaqtlarda qо‗llanilsin. Bu о‗zbek nutqiy muhitini ancha kengaytiradi va ta‘lim vositalarini ishlab chiqishga nisbatan yangi yondashuvlarni talab etadi. Ushbu sharoitlarda yanada rivojlantirish va takomillashtirish mumkin bо‗lgan nutqiy malaka va kо‗nikmalar shakllaniladi. Xar bir til mazmuni minglab kombinatsiyalarga jamlangan bо‗lishi mumkin. Sо‗zlovchi ushbu sо‗zlarning mazkur fikrni yetkazish uchun bog‗lanadigan usulini, ya‘ni bо‗lajak fikr tuzilmasini topishi; gap tuzish uchun zarur bо‗lgan grammatik elementlarni (kо‗shimcha, old kо‗shimcha, suffikslar) tanlashi zarur. Fikr bildirish jarayoni fikrni gapga aylantirishdagi tashki ishlov berish – kerakli tovushlarni va ularning birikmalarini tо‗g‗ri talaffuz qilish, fikrni zarur oxangda aytish bilan bog‗lik operatsiyalar jarayonida nixoyasiga yetqaziladi. Nutqiy kо‗nikmalarning muhim xususiyati shundaki, ular yangi, xali uchramagan til birliklariga oson kо‗chib о‗tadi. «Til sezgisi» nutqda tо‗g‗rini notо‗g‗ridan ajratib olish va nutq kо‗nikmalarini notanish materialda kо‗llash, uni darxol taxlil kilish, yangisini til xodisalarining biron-bir ma‘lum toifasiga kiritish, masalan, yangi sо‗z, uning sonini, fe‘l turini aniklash imkonini beradi. Bu barcha kо‗nikmalar jamlamasi psixolingvistikada insonning til kobiliyati, deb yuritiladigan kobiliyatlarini tashkil etadi. Bunday kobiliyatning mavjudligi fikrlarni ifodalash uchun mazkur tilda kabul kilingan koidalar doirasida yangi fikrlar tuzish va ularni tushunish imkonini beradi. Nutkiy faoliyatning aytib о‗tilgan xususiyatlari bolaning yoshidan kat‘iy nazar, umuman ikkinchi tilni о‗rgatishning asosiy psixologo-pedagogik omillarini tashkil etadi. Bu–sо‗z va xarakat birligi; nutkni tushunish va amalga oshirishda nutkiy malaka va kо‗nikmalar tabakalashuvi; vaziyat va kо‗rgazmaviylikka, asoslanganlikka tayanish; bolaning о‗rganilayotgan til egasi bо‗lgan kattalarga nisbatan ijobiy munosabatidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni о‗rgatishda nutqiy faoliyatning ikki turi – tinglash va sо‗zlashishni shakllantirish zarur. Ushbu davrda 17
bolalar о‗rtasida oddiy vaziyatlarni xosil kilish uchun zarur bо‗lgan til materialini, ya‘ni sо‗zlar, gaplar, matnlarni kiritish lozim. Bunday vaziyatlarga qо‗yidagilarni kiritish mumkin: Tanishuv (maktabgacha ta‘lim muassasalarida, kо‗chada va boshqa joylarda turli о‗yinlar о‗ynash chog‗ida); Oila a‘zolari xaqida ma‘lumot; Maktabgacha ta‘lim muassasasi, uy va boshkalarning manzili, joylashgan joyini bilib olish; Dasturxon atrofidagi tovush nutq madaniyati; Dо‗konda, transportda, vrach xuzuridagi tovush nutq madaniyati; Boshqa shaharga sayoxatga borish. Bolalarning bir-biri bilan muloqot qilishiga oid ushbu vaziyatlarning barchasi tegishli tarzda shaklini о‗zgartirgan xolda о‗quv mashg‗ulotlariga aylanadi. Bolalarni maktabgacha yoshdan о‗zbek tilini о‗rgatishga katta axamiyat berilayotgani bejiz emas. Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga rus tilini о‗rgatishning maksadga muvofikligi shu bilan izoxlanadiki, bola rivojlanishining ushbu davrida bilish jarayonlari jadal shakllanadi, malaka va kо‗nikmalar keyingi yosh bosqichlariga karaganda ancha tez va oson о‗zlashtiriladi. Bu davr ayniqsa ikkinchi tilni о‗rganish uchun juda kulay xisoblanadi. Bola sо‗zlashni о‗rganmoqda. Lekin buning uchun u avval ushbu tilga xos bо‗lgan barcha fonemalarni aytishni; tovushlarni va sо‗zda muayyan pozitsiyada turgan tovushlar birikmasini an‘anaga muvofiq holda, ya‘ni orfoepiya qoidalari bо‗yicha talaffuz qilishni о‗zlashtirib olishi lozim. Bolalarni ikkinchi tilga о‗rgatishda ona tilida nutqni о‗rgatish tajribasini inobatga olish muhimdir. Chunonchi, alohida tovushlar artikulyatsiyasini о‗zlashtirish bola uchun eng qiyin vazifa hisoblanadi. O.I.Solovyeva nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga doir ishlarning asosiy yо‗nalishlarini belgilar ekan, «pedagog oldida bolalarga sо‗zlardagi tovushlarni sof, toza talaffuz qilish, sо‗zlarni tilning orfoepiya qoidalariga muvofiq holda tо‗g‗ri talaffuz qilish, aniq talaffuz etishni о‗rgatish, ularda ifodali nutqni tarbiyalash vazifalari turganligini» ta‘kidlaydi 2 . 2 Соловьева О.И. Методика развития речи и обучения родному языку в детском саду. 3-нашр. М., 1996, б. 50-51. 18
Tovush artikulyatsiyasini egallash ancha uzoq va murakkab jarayon bо‗lib, u kо‗pincha besh yil, ba‘zan esa yetti yilgacha chо‗ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda bola besh yoshdan boshlab sof sо‗zlay boshlaydi. «Uchinchi minngyillik tayan dasturi» bola hayotining yettinchi yiliga kelib – ya‘ni, bolalarga о‗qish va yozish о‗rgatish boshlanadigan davrga kelib uning barcha tovushlar artikulyatsiyasini tо‗liq о‗zlashtirishini ta‘minlash vazifasini qо‗yadi. Bolalarga tо‗g‗ri talaffuzni о‗zlashtirish vazifasi agarda ular orfoepik talaffuzli shaxslar ichida о‗sayotgan bо‗lsa juda oson hal etilishi, ya‘ni bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulyatsiya bazasi tо‗g‗ri shakllanadi va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki xalqona talaffuzdagi sо‗zlarlarni eshitsa bu jarayon juda qiyin kechishi, aniqrog‗i –hech narsani о‗zlashtira olmasligi mumkin. О‗rganilgan ilmiy-metodik adabiyotlar shundan dalolat bermoqdaki, tilning fonetik va fonologik vositalari ravon nutqda bir vaqtning о‗zida qо‗llaniladi. Bolaning ravon nutqi uslubi, uning his-hayajonliligi uning nutq tovushlarini qanday talaffuz etishiga, artikulyatsiyalarni g‗ayrat bilan va aniq aytish yoki sekin va tushunarsiz aytish va mavjud prosodemalardan qaysi birini tanlashiga, ya‘ni past-jarangdor, tez-sekin, ovoz tembri bilan ijobiy yoki salbiy hissiyotlarni tasvirlashiga bog‗liqdir. L.V.Sherba о‗zbek tilida ikkita asosiy talaffuz uslublarining mavjudligiga e‘tiborni qaratgan. Kitobiy (yoki tо‗liqlik) uslubi omma oldida nutq sо‗zlashda – ma‘ruzalar о‗qish, yig‗ilishda sо‗zga chiqish, radio va televideniyeda diktor bо‗lib ishlashda, shuningdek о‗quvchi, talabalar uchun va о‗zini yaxshi anglashlarini xohlagan hamda tinglovchilarga uni tushunishlarini osonlashtirishga intilayotgan har bir shaxs uchun majburiydir. Tо‗liq uslubli nutqqa aniq talaffuz, о‗rtacha sur‘at xos bо‗lib, ovoz kuchi xona hajmi va ovoz tembriga mos bо‗ladi. Nutqda kishining о‗z qadrini yaxshi bilishi, ya‘ni uni tinglayotganlarga nisbatan hurmat va e‘tibori yaqqol ifodalanadi. Sо‗zlashuv uslub maishiy muloqotda qо‗llaniladi. Bunda sо‗zlardagi tovushlarni birmuncha past va sust aytish, va tez aytish yoki, aksincha, iboralarni 19
sekin aytish va shivirlash mumkin; sо‗zlashuv nutqiga ohangiy (his-hayajonli) ishlov berish kо‗rinishlari turlicha bо‗ladi: barcha xis-tuyg‗ular sо‗zlashuv nutqining jaranglashida tо‗liq aks etadi. Yetarli darajada madaniy nutqqa ega bо‗lgan har bir inson har doim ham vaziyatdan kelib chiqqan holda ikkala nutq uslublarini maxsus tayyorgarliksiz qо‗llay olishi mumkin. Maxsus tayyorlangan nutq notiqlik nutqi-publitsistik chiqishlarda yoki badiiy о‗qish deb ataladi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bir vaqtning о‗zida nutqning boshqa qismlarini ham, ya‘ni lug‗at, bog‗lovchi, grammatik jihatdan tо‗g‗ri nutqni rivojlantirgan holda amalga oshiriladi. Tarbiyachi bolalar nutqidagi kamchiliklarni о‗z vaqtida aniqlash va ularni mutaxassisga yuborishdan oldin bu nuqsonlar haqida yetarli tasavvurga ega bо‗lishi lozim. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarni aniq aytish, ularni tо‗g‗i talaffuz qilish, sо‗zlar va iboralarni aniq talaffuz qilish, tо‗g‗ri nutqiy nafas olish, shuningdek ovoz kuchidan yetarli darajada foydalana olish qobiliyati, nutqning normal sur‘ati va ifodalilikning turli intonatsion vositalari- nutq musiqasi, mantiqiy sukut, urg‗ular, nutq sur‘ati, ritmi va tembrini shakllantirishni о‗z ichiga oladi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyati asosida shakllanadi. Nutqni shakllantirishning dastlabki davrida nutqni tinglashga oid asosiy komponentlarni rivojlantirish bir tekisda bormaydi. Chunonchi, nutqni rivojlantirishning birinchi bosqichlarida tinglash e‘tiboriga alohida ahamiyat beriladi. Vaholanki, bunda asosiy mantiqiy vazifa tovushni tinglash qobiliyati zimmasiga tushadi. Bolalar tovush balandligi о‗zgarishini nutqning his-hayajonli xususiyatiga, masalan jahl qilinsa unga javoban yig‗laydilar hamda xushmuomala va mayin munosabatga javoban jilmayadilar va tembriga (onasi va boshqa yaqinlarini ovozlaridan taniydi) muvofiq holda qarab tanib olishni biladilar. Shuningdek sо‗zning ritmik suratini, ya‘ni uning sheva- bо‗g‗in tarkibini (sо‗zning bо‗g‗inlar soni va asosiy urg‗uning joyiga bog‗liq bо‗lgan tovush tuzilishi xususiyatlari) nutq sur‘ati bilan birlikda tо‗g‗ri qabul qiladilar.
20
Kelgusida nutqni rivojlantirishda fonematik tinglash qobiliyatini, ya‘ni bir tovushni boshqasidan aniq ajrata olish va buning natijasida ayrim sо‗zlarni tanish hamda tushunish qobiliyatini shakllantirish muhim о‗rin tutadi. Yaxshi rivojlangan nutqni tinglash qobiliyati ona tilining barcha tovushlarini aniq va tо‗g‗ri talaffuz qilishni ta‘minlaydi, sо‗z aytishda uning balandligini tо‗g‗ri boshqara olish va uni ohista sur‘atda, ohang jihatdan ifodali qilib sо‗zlash imkonini beradi. Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish artikulyatsiya apparatini rivojlantirish bilan uzviy bog‗liqdir. Bola nutqining barcha tomonlari jadal rivojlanayotganda uning sо‗zlar va iboralarni aniq va tushunarli talaffuz etishiga e‘tiborni qaratish, bolalarda sо‗zlardagi barcha tovushlarni aniq aytgan, iboralardagi barcha sо‗zlarni tushunarli qilib talaffuz qilgan holda ohista sur‘atda taqlid qilish nutqini tarbiyalash zarur. Biroq har doim ham faqat taqlid qilish orqali yaxshi diksiyaga erishib bо‗lmaydi. Bunga nutqni tinglash qobiliyatining yetarli darajada rivojlanmaganligi, artikulyatsiya apparati organlarining yetarlicha harakatchan emasligi, о‗z ovozini boshqara olmaslik va boshqa kamchiliklar tо‗siq bо‗lishi mumkin. Kо‗pincha noaniq diksiya sо‗zlovchilarning nutqini diqqat-e‘tibor bilan tinglay olmaydigan va о‗z-о‗zini nazorat qilish yetarli darajada rivojlanmagan, e‘tiborini bir narsaga jamlay olmaydigan va salga jahli chiqadigan bolalarda yuz beradi. Bunday bolalar nutqi noaniq, aralash bо‗ladi, ular har doim ham sо‗zlar, iboralarni oxirigacha aytmaydilar. Asta-sekin atrofdagilar va о‗z nutqini diqqat bilan tinglashni о‗rganishi, nutqiy nafas olish, artikulyatsiyani rivojlantirishi, ovozni boshqarishni о‗rganishi natijasida bolaning diksiyasi ham yaxshilanib boradi. Nutqni tinglash qobiliyatini tarbiyalash bolalarda nutq jarangdorligining turli xil kо‗rinishlarini, ya‘ni tovushlarni tо‗g‗ri talaffuz qilish, sо‗zlarni aniq va tushunarli aytish, ovozni pasaytirish yoki kuchaytirish, nutq balandligi, tezligi, ohistaligi, uni jadallashtirish va sekinlashtirish, tembral ishlov berish, masalan, iltimos, buyruq kabilarni qabul qila olish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgandir. Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish. Nutqiy tovushlar og‗iz bо‗shlig‗ida shakllanadi, uning shakli va hajmi harakatchan a‘zolar: lablar, til, 21
pastki jag‗, og‗izning yumshoq yuqori qismi, qizilо‗ngach holatiga bog‗liq bо‗ladi. Muayyan tovushni talaffuz qilish uchun zarur bо‗lgan nutq organlarining tо‗g‗ri holati va harakati artikulyatsiya deb ataladi. Artikulyatsiya apparati tuzilishidagi buzilishlar, masalan, qisqa tilosti tuguni, notо‗g‗ri tishlashish, og‗iz yuqori qismining haddan tashqari balandligi yoki pastligi va boshqa ayrim kamchiliklar tovushni notо‗g‗ri talaffuz qilishga odatlanishga olib keluvchi dastlabki omillar hisoblanadi. Biroq, agarda bolaning artikulyatsiya apparati organlari harakatchan bо‗lsa, u yaxshi tinglash qobiliyatiga ega bо‗lsa, bu holda kо‗pchilik holatlarda uning о‗zi tovush talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishga qodir. Agarda bolaning artikulyatsiya apparati harakatida nuqsonlar mavjud bо‗lsa (masalan, til kam harakatlansa), bu holda u tovushlarni notо‗g‗ri talaffuz qilish, sust, noaniq va tushunarsiz nutqqa olib kelishi mumkin. Shuning uchun biz, bо‗lajak tarbiyachilarning vazifalarimiz quyidagilardan iborat: tilning harakatchanligini rivojlantirish; lablarning yetarli darajadagi harakatchanligini rivojlantirish; pastki jag‗ni tovushlarni talaffuz qilish uchun muhim bо‗lgan muayyan holatda tutib turishni о‗rganish. Nutqiy nafas olishni rivojlantirishga doir ishlar kuyidagilardir: о‗pkadan kekirdak, bо‗g‗iz, og‗iz bо‗shlig‗i yoki burun orqali chiqayotgan havo oqimi tovush hosil qiluvchi manba hisoblanadi. Nutqiy nafas olish о‗z-о‗zidan rо‗y beradigan nonutqiy nafas olishdan farqli ravishda ixtiyoriy nafas olish hisoblanadi. Nonutqiy nafas olishda nafas olish va nafas chiqarish burun orqali amalga oshiriladi, nafas olish о‗zining davomiyligi bо‗yicha nafas chiqarishga deyarli teng bо‗ladi. Nutqiy nafas olish og‗iz orqali amalga oshiriladi, nafas olish tez, nafas chiqarish esa sekinroq rо‗y beradi. Nonutqiy nafas olishda nafas olishdan keyin darhol nafas chiqariladi, sо‗ngr pauza saqlanadi. Nutqiy nafas olishda esa nafas olinganidan keyin pauza saqlanadi, sо‗ngra asta-sekinlik bilan nafas chiqariladi. Tо‗g‗ri nutqiy nafas olish tо‗g‗ri tovush hosil bо‗lishini ta‘minlaydi, nutqning tegishli balandlikda bо‗lishini ta‘minlash, pauzalarga aniq rioya qilish, nutqning asta-sekinligini va intonatsion ifodaliligini saqlash uchun zarur shart- sharoitlarni yaratadi. 22
Nutqiy nafas olishdagi xatoliklar umumiy zaiflik, adenoidik о‗simtalar, turli yurak-tomir kasalliklari oqibati bо‗lishi mumkin. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga salbiy tas‘sir kо‗rsatuvchi nafas chiqarishdan oqilona foydalana olmaslik, nafas olayotib sо‗zlash, о‗pkani yetarli darajada havo bilan tо‗ldirmaslik kabi nutqiy nafas olishdagi nomutanosibliklar notо‗g‗ri tarbiya, kattalarning bolalar nutqigayetarli darajada e‘tibor bermaganliklari oqibatida ham yuz bergan bо‗lishi mumkin. Zaif nafas oladigan va nafas chiqaradigan maktabgacha yoshdagi bolalar odatda, past ovozda sо‗zlaydilar, uzun iboralarni talaffuz qilishda qiynaladilar. Nafas chiqarishda havodan nooqilona foydalanilganida nutqning izchilligi buziladi, chunki bolalar iboraning о‗rtasida nafas olishga majbur bо‗ladilar. Kо‗pincha bunday bolalar sо‗zlarni oxirigacha aytmaydilar va ba‘zan ibora sо‗nggida ularni shivirlab aytadilar. Ba‘zida bolalar uzun iborani nihoyasiga yetkazish uchun nafas olib sо‗zlashga majbur bо‗ladilar, buning natijasida nutq noaniq bо‗ladi, bolalar xuddi tiqilib qolgandek sо‗zlaydilar. Chunki, tezlashtiriligan nafas chiqarish iboralarni mantiqiy pauzalarga rioya qilmasdan jadal sur‘atda sо‗zlashga majbur qiladi. Shuning uchun biz tarbiyachilarning vazifalarimiz quyidagilardan iborat: maxsus о‗yinli mashqlardan foydalangan holda erkin, bir tekis va uzaytirilgan nafas chiqarishni о‗rgatish; pedagog nutqiga taqlid qilgan holda undan tо‗g‗ri, oqilona foydalanishni, ya‘ni kichik iboralarni uzoq nafas chiqarish bilan talaffuz qilishni tarbiyalash. Ovoz ustidagi ishlar kuyidagilar: ovoz apparati vositasida balandligi, kuchi va tembri turlicha bо‗lgan tovushlar chiqariladi, ularning umumiyligi aynan inson ovozini aniqlaydi. Ovoz balandligi – ohangning kо‗tarilishi va pasayishi, yuqori ovozdan past ovozga о‗tish va aksincha. Ovoz kuchi – tovushlarni muayyan balandlikda talaffuz etish, shuningdek tovushni bor ovozi bilan talaffuz eta olish qobiliyati. Ovoz tembri – ovozga sifat jihatdan ishlov berish (jarangdor, ma‘nosiz, titroq, bо‗g‗iq va boshq.). Ovoz tugunchalarining tebranishi natijasida vujudga keladi. Uning sifati nafas olish, ovoz va artikulyatsiya apparatlarining birgalikdagi faoliyatiga bog‗liq bо‗ladi. Yuqori nafas yо‗llarining 23
turlicha tebranishlari, surunkali shamollash, adenoid о‗simtalar va hokazolar ovozdagi buzilishlarning yuz berishiga yordam beradi. Kо‗pincha maktabgacha yoshdagi bolalarda ovoz buzilishi undan notо‗g‗ri foydalanish: doimiy ravishda baqirib sо‗zlash, ayniqsa yilning sovuq davrida kо‗chalarda baland ovozda sо‗zlash orqali ovoz tugunchalarini zо‗riqtirish, bola ovozi diapazoniga mos kelmaydigan ohangda sо‗zlash, masalan, ba‘zi bolalar anchagacha kichik bolalarning chiyilloq nutqiga taqlid qiladilar yoki «adasi nomidan» past ovozda sо‗zlashga urinadilar, oqibatda achinarli xolatlar yuz beradi. Ovozdagi buzilishlar burun-tomoq yoki yuqori nafas yо‗llariga oid kasalliklarni boshdan kechirgan hamda kasallik paytida yoki sog‗ayganidan sо‗ng darhol ovozni asrash rejimga rioya qilmagan bolalarda ham vujudga kelishi mumkin. Ovoz imkoniyatlaridan notо‗g‗ri foydalanish bola shaxsining о‗ziga xos xususiyatlari (juda uyatchan bola kо‗pincha past ovozda sо‗zlaydi; tezda g‗ayratga keladigan bolalar baland ohanglarda sо‗zlaydilar); notо‗g‗ri tarbiyaga (agarda atrofdagilarning о‗zlari baland ovozda sо‗zlasalar bolalar ham noiloj shunga о‗rganadilar); agarda xonada doimiy shovqin-suron bо‗lsa (radio, televizor, maktabgacha ta‘lim muassasasasi guruhidagi doimiy shovqin-suron va h.k.) bolalarning baland ovozda sо‗zlashga majbur bо‗lishlariga bog‗liqdir. Tarbiyachining vazifalari quyidagilardan iborat: о‗yinlarda, о‗yinli mashqlarda ovozning asosiy sifati – kuchi va balandligini rivojlantirish; bolalarni zeriqmasdan sо‗zlashga о‗rgatish, ularni ovozdan turli vaziyatlarga mos holda foydalanishga odatlantirish (past-baland). Maktabgacha yoshdagi davr tilning barcha tovushlarini tо‗g‗ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun eng qulay hisoblanadi. Tovushlarni tо‗g‗ri talaffuz qilishni faqatgina bolalarda artikulyatsiya apparati organlarining harakatchanligi va tez о‗zgara olishi, nutqiy nafas olishi yetarli darajada rivojlangan, ular о‗z ovozlarini boshqarishni uddalay olgan taqdirdagina shakllantirish mumkin. Tо‗g‗ri talaffuzni shakllantirish uchun yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyatiga ega bо‗lish ham juda muhimdir, chunki u о‗z-о‗zini nazorat qilish imkonini beradi, о‗z-о‗zini nazorat qilish esa doimo о‗z ustida ishlashga undaydi. Tovushni talaffuz qilishdagi kamchiliklar 24
nutqiy apparatdagi nuqsonlar (og‗izning yuqorigi qattiq va yumshoq qismlaridagi nuqsonlar), tish-jag‗ tizimi tuzilishdagi xatoliklar, til osti tugunchalarining qisqaligi, artikulyatsiya organlarining yetarli darajada harakatchan emasligi, fonematik tinglay olish qobiliyati, ya‘ni bir tovushni boshqasidan farqlay olmaslik yetarli rivojlanmaganligi oqibatida yuz berishi mumkin. Jismoniy tinglay olish qobiliyatining susayganligi, о‗z nutqiga beparvolarcha munosabatda bо‗lish, о‗zini ham, boshqalarni ham tinglay olmaslik, atrofdagilarning notо‗g‗ri nutqlarini о‗zlashtirib olish ham talaffuzda kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Bolalarning tovushni notо‗g‗ri talaffuz qilishlari tovushlarni tashlab ketishda, bir tovushni boshqasi bilan almashtirishda va tovushni buzib talaffuz qilishda namoyon bо‗ladi. Ayniqsa, tovushlarni almashtirib yoki buzib talaffuz qilish holatlari aniqlangan bolalar bilan ishlashni о‗z vaqtida boshlash juda muhimdir, chunki tovushlar о‗rnini almashtirish keyinchalik yozma nutqda ham paydo bо‗lishi mumkin, aniqrog‗i bir harfni boshqasi bilan almashtirish, buzib talaffuz etilayotgan hamda о‗z vaqtida tuzatilmagan tovushlar keyinchalik uni bartaraf etish uchun logoped va bolaning birgalikda kо‗p vaqt va mehnat sarflashlarini talab qiladi. Bundan tashqari, tovush talaffuzidagi kamchiliklar kо‗pincha bolaning о‗zi nutqda xatolikka yо‗l qо‗yishi emas, balki faqat maxsus davolash va ta‘lim berishni talab qiluvchi nisbatan murakkab nutq buzilishlarining (alaliya, dizartriya va boshq.) bir belgisi hisoblanadi. Alaliya-bolaning ona qornida yoki dastlabki rivojlanish bosqichida nutq shakllanishiga qadar bosh miya qobig‗i nutq doirasining organik jarohatlanishi oqibatida uzluksiz rivojlanmay qolishdir. ―Alaliya‖ atamasi (grekcha a-yо‗q, lotincha lalio-nutq) tarjimasi nutqning yо‗qligi, nutqsizlik xolati-nutq buzilishlariga doir adabiyotlarda qadim zamonlardan beri kuzatiladi. Dizatriya-nutq apparati inervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz tomonidan buzilishidir. Dizatriya termini grekcha sо‗zdan olingan bо‗lib, dis-bо‗lak, arthon-biriktirish degan ma‘noni bildiradi. Dizatriya-bu markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishi hisoblanadi. Dizatriya nutq a‘zolarining(yumshoq tanglay, til, lablar) kam harakatlanishi natijasida nutq 25
tovushlari artikulyatsiyasi qiyinlashadi, shu bilan birgalikda ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning sur‘ati, ritmi va ifodaligida о‗zgarishlar kuzatiladi. Dizatriyaning og‗ir shaklida nutq butunlay tushunarsiz bо‗ladi. Agarda bolaning artikulyatsiya apparati harakatida nuqsonlar mavjud bо‗lsa (masalan, til kam harakatlansa), bu holda u tovushlarni notо‗g‗ri talaffuz qilish, sust, noaniq va tushunarsiz nutqqa olib kelishi mumkin. Shuning uchun biz bо‗lajak tarbiyachilarning vazifalarimiz quyidagilardan iborat: tilning harakatchanligini rivojlantirish; lablarning yetarli darajadagi harakatchanligini rivojlantirish; pastki jag‗ni tovushlarni talaffuz qilish uchun muhim bо‗lgan muayyan holatda tutib turishni о‗rganish. Ayni paytda nutqdagi tovushni shakllantirish jarayonida tarbiyachi ayrim logopedik usullardan foydalanishi, ya‘ni xuddi logoped kabi nutq kamchiliklarining oldini olishga qaratilgan ishlar bilan shug‗ullanishi mumkin. Ba‘zan tarbiyachining bolalarda tо‗g‗ri nutqni shakllantirish borasidagi faoliyati tovush talaffuzi kamchiliklarini bartaraf etuvchi logoped mehnati bilan taqqoslanadi. Biroq nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash faqatgina tovushlarni tо‗g‗ri talaffuz etish shakllantirishdan iborat emas. Tovushlarni tо‗g‗ri talaffuz etishni shakllantirish nutqdagi tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarning bir muhim qismidir. Tarbiyachi bolalarga tо‗g‗ri nutqiy nafas olish, tildagi barcha tovushlarni talaffuz qilish, sо‗zlarni aniq aytish, tovushdan foydalanishni о‗rgatadi, bolalarni shoshmasdan ifodali qilib sо‗zlashga odatlantiradi. Biz, bо‗lajak tarbiyachilar quyidagilarni amalga oshirishimiz lozim: bolalarga har qanday pozitsiyada-sо‗z boshida, о‗rtasida va oxirida hamda sо‗z tarkibi turlicha bо‗lganida (har qanday undosh birikmalari va bо‗g‗inlar soni istalgancha bо‗lganida) barcha tovushlarni tо‗g‗ri talaffuz qilishni о‗rgatish; nutqida kamchilik bо‗lgan bolalarni о‗z vaqtida aniqlash va zarur hollarda ularni о‗z vaqtida maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalariga yuborish. Diksiyaga oid ishlarxam katta ahamiyatga ega. Yaxshi diksiya, ya‘ni har bir tovushni, shuningdek sо‗zlar va iboralarni alohida va aniq, tushunarli qilib talaffuz etish bolada bir vaqtning о‗zida artikulyatsiya apparatini rivojlantirish va takomillashtirish bilan bir
26
qatorda asta-sekin shakllanadi. Diksiyaga oid ishlar ona tilining barcha tovushlarini tо‗g‗ri talaffuz qilishni shakllantirishga doir ishlar bilan uzviy bog‗liqdir. Bola nutqining barcha tomonlari jadal rivojlanayotganda uning sо‗zlar va iboralarni aniq va tushunarli talaffuz etishiga e‘tiborni qaratish, bolalarda sо‗zlardagi barcha tovushlarni aniq aytgan, iboralardagi barcha sо‗zlarni tushunarli qilib talaffuz qilgan holda ohista sur‘atda taqlid qilish nutqini tarbiyalash zarur. Biroq har doim ham faqat taqlid qilish orqali yaxshi diksiyaga erishib bо‗lmaydi. Bunga nutqni tinglash qobiliyatining yetarli darajada rivojlanmaganligi, artikulyatsiya apparati organlarining yetarlicha harakatchan emasligi, о‗z ovozini boshqara olmaslik va boshqa kamchiliklar tо‗siq bо‗lishi mumkin. Kо‗pincha noaniq diksiya sо‗zlovchilarning nutqini diqqat-e‘tibor bilan tinglay olmaydigan va о‗z-о‗zini nazorat qilish yetarli darajada rivojlanmagan, e‘tiborini bir narsaga jamlay olmaydigan va salga jahli chiqadigan bolalarda yuz beradi. Bunday bolalar nutqi noaniq bо‗ladi, ular har doim ham sо‗zlar, iboralarni oxirigacha aytmaydilar. Asta-sekin atrofdagilar va о‗z nutqini diqqat bilan tinglashni о‗rganishi, nutqiy nafas olish, artikulyatsiyani rivojlantirishi, ovozni boshqarishni о‗rganishi natijasida bolaning diksiyasi ham yaxshilanib boradi. Maktabgacha yoshda orfoepiyaga doir ishlar katta ahamiyatga ega. Kishilar bir-birlarini tushunishlari uchun ular og‗zaki nutqining tovush qismi bir xil bо‗lishi darkor. Shuning uchun tarbiyachilar nafaqat о‗zlari og‗zaki nutq qoidalariga rioya qilishlari lozim, balki ular bolalarni ham shunga odatlantirishlari muhimdir. Nutq sur‘atiga doir ishlar haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo uning ta‘rifini berish о‗rinli deb о‗ylaymiz. Nutq sur‘ati deganda, nutqning vaqt bо‗ylab davom etish tezligi tushuniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar sekin sо‗zlashdan kо‗ra kо‗proq tez sur‘atda sо‗zlaydilar. Bu nutqning tushunarliligi, aniqligiga salbiy ta‘sir kо‗rsatadi, tovush artikulyatsiyasi yomonlashadi, ba‘zan alohida tovushlar, bо‗g‗inlar va hatto sо‗zlar tushib qoladi. Ayniqsa bu nuqsonlar uzun sо‗zlar yoki iboralarni talaffuz qilishda kо‗p uchraydi. Kattalarning faoliyati bolalarda sо‗zlar juda aniq jaranglaydigan ohista nutq sur‘atini shakllantirishga yо‗naltirilishi zarur. Intonatsion ifodalilikka oid ishlar xam katta ahamiyatga ega. Intonatsiya Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling