O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni ozbek tilida togri talaffuzga orgatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о„zbek tilida tо„g„ri talaffuzga о„rgatishning hozirgi ahvoli
- Jadval 1.
- Tovushlarning tо„g„ri talaffuzi О„ Q G„ H
– bu
27
nutqdagi barcha ifoda vositalarining murakkab majmui bо‗lib, u quyidagilarni о‗z ichiga oladi: musiqiylik - iborani aytishda ovozning kuchayishi va pasayishi, bu nutqqa turli buyoqlar baxsh etadi va birxillikdan qochish imkonini beradi. Musiqiylik jaranglayotgan nutqning har bir sо‗zida ishtirok etadi. Balandligi va kuchiga qarab о‗zgargani holda unlilar unga ishlov berishni nihoyasiga yetkazadilar. Sur‘at – nutqiy kesimlar о‗rtasidagi pauzalarni hisobga olgan holda nutqning aytilgan fikr mazmunidan kelib chiqqan holda jadallashishi va sekinlashuvi. Ritm – urg‗uli va urg‗usiz bо‗g‗inlarning bir tekis о‗rin almashishi, ya‘ni ularning kuyidagi sifatlari: uzoqlik va qisqalik, ovozni balandlatish va pasaytirish. Iboraviy va mantiqiy urg‗ular – aytilgan fikr mazmunidan kelib chiqqan holda pauzalar, ovozni balandlatish, sо‗zlarni talaffuz qilishdagi zо‗riqish va uzoqligi bilan ajratish. Nutq tembri –tovushning ekspressiv-emotsional buyoqlari, ya‘ni qayg‗uli, quvnoq, hazil kabi tembrlar. Ifodalilikning mazkur vositalari yordamida muloqot jarayonida fikrlar va iboralarni, shuningdek emotsional-iroda munosabatlarini aniqlashtirish amalga oshiriladi. Intonatsiya tufayli fikr tugallangan tusga ega bо‗ladi, aytilgan fikr asosiy ma‘noni о‗zgartirmagan holda qо‗shimcha ma‘noga ega bо‗lishi mumkin. Shuningdek, aytilgan fikr mazmuni ham о‗zgarishi mumkin. Ohang jihatidan ifodali bо‗lmagan nutq odatda, tinglash qobiliyatining sustligi, nutqni tinglash qobiliyatining yetarli darajada rivojlanmaganligi, notо‗g‗ri nutqiy tarbiyalash, nutqdagi turli nuqsonlar oqibatida yuz berishi mumkin. Bola о‗z nutqida turli his-hayajon va kechinmalarini tinglovchiga yetkazish uchun ifoda vositalarini tо‗g‗ri qо‗llashni bilishi lozim. Tarbiyachi nutqi his- hayajonga tо‗liq bо‗lishi hamda intonatsion ifodalilik na‘munasi bо‗lib xizmat qilishi lozim. Intonatsion ifodalilikka doir ishlar asosan taqlid yо‗li bilan amalga oshiriladi. Tarbiyachi she‘rlarni yod olishda, hikoya qilib berishda о‗zi ham nutqning ifoda vositalaridan foydalanadi va bola nutqining ifodaliligiga e‘tiborni qaratadi. Bolalar tarbiyachining tо‗g‗ri, ifodali nutqini eshitgani sayin asta-sekin mustaqil nutqda zarur intonatsiyalarni qо‗llay boshlaydilar. Nutqning tovush madaniyatiga doir barcha ishlar bо‗limlari о‗zaro bir-biriga bog‗liq bо‗ladi. Nutqning tovush madaniyatini 28
tarbiyalashga doir о‗yinlar va mashg‗ulotlarni muntazam hamda izchil ravishda amalga oshirish uchun unga «jonli» ovoz ustidagi ishlar asos qilib olinishi lozim. Xar bir yosh bosqichida materialga majburiy ravishda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga doir bо‗limlarni kiritgan holda uni murakkablashtirib borish darkor. Bolalar nutqini rivojlantirishning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishni uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich – bu 1 yoshu 6 oydan to 3 yoshgacha bо‗lgan davr. Ushbu bosqichda (ayniqsa, uning boshida) faol lug‗at jadal rivojlanadi. Ilgari shakllanib ulgurgan artikulyatsiya harakatlari yaxlit sо‗zlarni talaffuz qilishda ishtirok etgani holda unga ayrim о‗zgartirishlar kiritiladi, ya‘ni bunda aniqlashtirish yuz beradi, u yanada barqarorlashadi. Bolaning yaxlit sо‗zni aytishga ongli ravishda taqlid qilish qobiliyati rivojlanadi, shu tufayli tarbiyachi bola nutqining tovush jihatiga sezilarli ta‘sir kо‗rsatish imkoniyatiga ega bо‗ladi. Turli tovush taqlidlaridan foydalanish nutqning tovush madaniyatiga doir ishlarning asosini tashkil qiladi. Ishning samaradorligi ortadi, chunki ushbu yoshdagi bolalar bilan mashg‗ulotlar kichik guruhlarda olib boriladi. Ikkinchi bosqich – 3 yoshdan 5 yoshgacha bо‗lgan davr. Bu yoshda sо‗zning fonetik va morfologik tarkibini shakllantirish jarayoni boradi. Eng qiyin artikulyat- siya harakatlarini takomillashtirish davom ettiriladi. Bu bola uchun sonor tovushlarini chiqarish imkoniyatini yaratadi. Ushbu bosqichdagi ishlar bolalarning sо‗zning tovush jihatiga nisbatan sezilarli ravishda ajralib turadigan ongli munosa-batiga tayanadi va u ona tilining barcha tovushlarini izchil ravishda mashq qilish asosiga quriladi. Uchinchi bosqich – 5 yoshdan 7 yoshgacha bо‗lgan davr. Bu bosqich maktabgacha ta‘lim muassasalarida yoshdagi bolalalar nutqining tovush jig‗atini shakllantirishdagi yakunlovchi davr hisoblanadi. Davr boshida eng qiyin artkulyatsiya harakatlari shakllanib bо‗ladi, biroq bunda shu narsa muhimki, artikulyatsiya yoki akustik belgilari bо‗yicha yaqin bо‗lgan tovushlar bir-biridan talaffuzda ham, nutqni tinglash orqali qabul qilishda ham aniq farqlanishi lozim. Bunday tovushlarni tabaqalashtirish, farqlashni takomillashtirishga oid maxsus ishlar bolalarda fonematik tinglash qobiliyatini yanada rivojlantirishga, fonemalarni mazmun farqlovchi tovushlar sifatida о‗zlashtirishga yordam beradi.
29
2. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о„zbek tilida tо„g„ri talaffuzga о„rgatishning hozirgi ahvoli Respublikmizning ta‘lim-tarbiya о‗zbek tilida olib boriladigan maktabgacha ta‘lim muassasalarida о‗zbek tiliga о‗rgatish asosan 1980 yildan e‘tiboran tashkil etila boshlandi. Dastlabki qiyinchiliklar tarbiyachilrni tanlsh va ularni qayta tayyorlashda kо‗rindi. Aksariyat matabgacha ta‘lim muassasalarida mashg‗ulotlarni о‗tkazish uchun ba‘zan rus tili о‗qituvchilari taklif qilindi. О‗zbek tili mashg‗ulotlari metodika fani soxasida yangilik bо‗lgani uchun ularni xar kim о‗z bilganicha tashkil etdi. Sо‗ng metodist olimlarimiz shu yо‗nalish bо‗yicha dastur, maqolalar, risolalar, sо‗ng metodik, о‗quv metodik qо‗llanmalar va tavsiyalar yaratdilar va bugungi kunda xam yangiliklar yaratib kelmokdalar. Kо‗rib chiqilayotgan yо‗nalishda kо‗pgina muammolar mavjud. Shulardan biri rusiyzabon bolalarning о‗zbek tilida tovush nutq madaniyatini tarbiyalashdir. Mazkur davrda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash asosiy tovushlar juftligini tabaqalashtirish asosiga quriladi va bir vaqtning о‗zida diksiya, sur‘at, intonatsion ifodalilik va hokazolarni о‗z ichiga oladi. Tarbiyachi har bir bosqichda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga doir ishlarning asosiy mazmunini nazarda tutgani holda ayni paytda bolalar nutqini rivojlantirishning о‗ziga xos xususiyatlarini ham hisobga olishi lozim. Psixolingvistik tajribalar natijasida shu narsa aniklandiki: bola о‗z tilini о‗zi yaratadi, tо‗g‗rirog‗i, bir nechta modeldagi tillarni yaratadi, sо‗ngra bola ularni takomillashtiradi, rivojlanib borishiga karab ulardan voz kechadi. Bolaning til bilan olib boradigan faoliyati bu – eng avvalo tayyorini imitatsiya qilish, «shimib olish» emas, balki ijodiy anglash, til elementlari о‗rtasidagi aloqalar, konuniyatlar va munosabatlarni faol izlash, bolaga yangi fikr tuzish uchun yordam beradigan koidalarni, ya‘ni u ilgari kattalardan eshitmagan koidalarni kidirish jarayonidir. Ma‘lumki, xattoki eng kichik bola xam о‗zining ajoyib fikrlarini yaratishi mumkin. Bolaning tilni faol anglash jarayoni negizi mexanik taqlid kilishdan iborat emas. L.S.Vigotskiy shunday yozadi: «… taklid kilishning zamonaviy psixologiyasida shu narsa aniqlangan deyish mumkinki, bola faqat о‗zining akliy imkoniyatlari 30
doirasidagi narsalargagina taqlid qilishi mumkin. Aytaylik, bordi-yu siz shaxmat о‗ynashni bilmasangiz, xattoki eng kuchli shaxmatchi sizga kanday kilib partiyani yutishni о‗rgatsa xam, siz baribir buni uddalay olmaysiz. Taqlid kilish uchun siz bilmaydigan narsangizdan biladigan narsangizga о‗tish uchun kandaydir imkoniyatga ega bо‗lishingiz lozim». Mustaqillik nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy xayotni, balki ma‘naviy xayotimizni xam tobora kengrok kamrab olmokda. U bugungi kunda kо‗p millatli mamlakatimizdagi tillarning о‗zaro xamkorligi masalasini kun tartibiga kо‗ymokda. Milliy tillar – bu fakat bir millatli va kо‗p millatli muxitdagi muloqot vositalari emas, balki ular jaxon sivilizatsiyasining buyuk yutuqlari, insoniyatning ijtimoiy-iktisodiy va ma‘naviy rivojlanishi tarixini aks ettiruvchi oynadir. konstruksiyalarni о‗zgartira olish. Milliy tillar muammolariga dikkat-e‘tibor bilan yondashish О‗zbekistonga xos xolat. Til muammosini adolatli xal etish – murakkab va kо‗p kirrali vazifa, uni bitta konun yoki karor kabul kilish bilan xal etib bо‗lmaydi. Buning uchun uzoq muddat mobaynida keng tashkiliy, ilmiy va mafkuraviy-ma‘rifiy tadbirlarni о‗tqazish talab etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga о‗zbek tilini ikkinchi til sifatida о‗qitish jarayonini yosh xususiyatlarini, ta‘limning psixologiya, pedagogikaga oid tamoyillarini hisobga olgan holda, qurish zarur. Bu shuni anglatadiki, birinchidan, nutq mazmuni qiziqarli va mazmunli bо‗lishi, bolaning yosh imkoniyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlari doirasiga mos kelishi lozim. Psixologiyadan ma‘lumki, ikkinchi tilni о‗rganuvchi shaxs beixtiyor о‗z ona tiliga murojaat kiladi: Begona til tovushlarini u о‗z ona tilining fonologik tizimi prizmasi orqali eshitadi. Bu jaranglayotgan nutqning barcha kо‗rinishlariga, barcha artikulyatsiya-akustik xususiyatlar fonemasi va ularning sо‗z ritmikasi, iboralar intonatsiyasining u yoki bu pozitsiyasida paydo bulishiga xam taaluklidir. Ovoz tembri – ovozga sifat jihatdan ishlov berish (jarangdor, ma‘nosiz, titroq, bо‗g‗iq va boshq.). Ovoz tugunchalarining tebranishi natijasida vujudga keladi. Uning sifati nafas olish, ovoz va artikulyatsiya apparatlarining birgalikdagi faoliyatiga bog‗liq bо‗ladi. Kо‗pincha maktabgacha yoshdagi bolalarda ovoz buzilishi undan notо‗g‗ri 31
foydalanish: doimiy ravishda baqirib sо‗zlash, ayniqsa yilning sovuq davrida kо‗chalarda baland ovozda sо‗zlash orqali ovoz tugunchalarini zо‗riqtirish, bola ovozi diapazoniga mos kelmaydigan ohangda sо‗zlash (masalan, bolalar kichkintoylarning chiyilloq nutqiga taqlid qiladilar yoki «adasi nomidan» past ovozda sо‗zlashga urinadilar) oqibatida yuz beradi. Ovozdagi buzilishlar burun- tomoq yoki yuqori nafas yо‗llariga oid kasalliklarni boshdan kechirgan hamda kasallik paytida yoki sog‗ayganidan sо‗ng darhol ovozni asrash rejimga rioya qilmagan bolalarda ham vujudga kelishi mumkin. Ovoz imkoniyatlaridan notо‗g‗ri foydalanish bola shaxsining о‗ziga xos xususiyatlari (juda uyatchan bola kо‗pincha past ovozda sо‗zlaydi; tezda g‗ayratga keladigan bolalar baland ohanglarda sо‗zlaydilar); notо‗g‗ri tarbiyaga (agarda atrofdagilarning о‗zlari baland ovozda sо‗zlasalar bolalar ham noiloj shunga о‗rganadilar); agarda xonada doimiy shovqin-suron bо‗lsa, masalan, radio, televizor, maktabgacha ta‘lim muassasasasi guruhidagi doimiy shovqin-suron bolalarning baland ovozda sо‗zlashga majbur bо‗lishlariga bog‗liqdir. Diksiyaga oid ishlar, ya‘ni har bir tovushni, shuningdek sо‗zlar va iboralarni alohida va aniq, tushunarli qilib talaffuz etish bolada bir vaqtning о‗zida artikulyatsiya apparatini rivojlantirish va takomillashtirish bilan bir qatorda asta-sekin shakllanadi. Diksiyaga oid ishlar ona tilining barcha tovushlarini tо‗g‗ri talaffuz qilishni shakllantirishga doir ishlar bilan uzviy bog‗liqdir. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbekcha nutqqa о‗rgatish uchun ruscha tovush va tovush birikmalarni, ayniqsa о‗zbek tiliga taaluqli bо‗lmagan – о‗, q, g‗, h tovushli sо‗zlarni tо‗g‗ri talaffuz etishga о‗rgatish asosiy maksadlardandir. Bolalarga о‗rganilayotgan tilda tо‗g‗ri adabiy talaffuzni shakllantirish ishiga aloxida e‘tibor berish lozim. Shu bois, pedagog oldida kuyidagi vazifalar turadi: -bolalarda artikulyatsiya apparatining xarakatchanligini rivojlantirish; - eshitish organlarini yangi til tovushlariga о‗rgatish; -bо‗g‗inlardagi, sо‗zlardagi tovushlarni rus tilining orfoepik koidalariga mos ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish.
32
Tovushlarni talaffuz qilishdagi jiddiy kamchiliklar: bolalarning tovushni notо‗g‗ri talaffuz qilishlari, tovushlarni tashlab ketishda, bir tovushni boshqasi bilan almashtirishi, bir tovushni boshqasidan farqlay olmasligidir. Tо‗g‗ri talaffuz poydevori aynan ruscha sо‗zlashish mashg‗ulotlarida yaratiladi. Bolalarning rus adabiy tili tovushlari va sо‗z birikmalarini tо‗g‗ri talaffuz qilishni о‗rganib olishlari ularga ruscha sо‗zlashuv nutqini о‗rgatish davrida muvaffakiyat bilan ish olib borishning majburiy sharti xisoblanadi. Talaffuzga о‗rgatish uch boskichda amalga oshiriladi: - ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirish; - ayrim sо‗zlar talaffuzini shakllantirish – bu leksikani tо‗g‗ri talaffuz qilish, urg‗u berish, sо‗zda urg‗u bо‗g‗inini ajratishdan iborat; - na‘munaviy gaplar talaffuzini shakllantirish – bu ruscha gap ohanglari ustida maxsus ishlashni kо‗zda tutadi. Tо‗g‗ri talaffuz kо‗nikmalarini ishlab chiqishda barcha uch turning о‗zaro uzviy yagonaligiga rioya qilish zarur. Tо‗g‗ri talaffuz kо‗nikmalarini shakllantirish nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarning bir kismi bо‗lib, u lug‗atni boyitish, ravon nutq, grammatik tо‗g‗ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim. Kuzatishlarimizdan ma‘lum bо‗ldiki, maxsus fonetik о‗yinlar bolalarda tovush nutk madaniyatini shakllantirishning samarali usulidir. Ta‘limning dastlabki chog‗larida talaffuzi bolalarga kiyinchilik tug‗diradigan sо‗zlardan kochish lozim. Birok, mazkur tanlov tamoyili ba‘zan bolalarni nutkda tez-tez uchrab turadigan sо‗zlar bilan tanishtirish xaqidagi talabga zid kelishi mumkin. Talaffuzi qiyin bо‗lgan, lekin mulokot uchun juda muxim va zarur xisoblangan sо‗zlarni (assalomu alaykum, xayr kabilar) birinchi mashg‗ulotlardan boshlaboq bolalar nutqiga kо‗shish lozim. Biz bir necha bor bolalarning о‗z nutqida mahalliy shevani, jaydari sо‗zlarni qо‗llayotganini, urg‗uni notо‗g‗ri qо‗yayotganliklarini, sо‗zlarni harfiga qarab aytayotganliklariga duch kelamiz.
33
Tarbiyachi bolalarni ikkinchi tilga о‗rgatishda tovush nutq madaniyatini tarbiyalash ustidan doimiy nazoratni amalga oshirmog‗i lozim. Bu о‗rinda tarbiyachining vazifasi quyidagilardan iborat: orfoepik meyorlarini о‗zlashtirib olish yо‗li bilan о‗z tovush nutq madaniyatini oshirish, mashg‗ulotlarga tayyorgarlik kо‗rishda muntazam ravishda turli qо‗llanmalar, lug‗atlardan foydalanish, intonatsiya ifodaliligi ustida ishlash. Intonatsiya–nutkning ritmik- melodik jixati bо‗lib, u gapda sintaktik munosabatlar va xis-xayajonli bо‗yoqlar vositasi bо‗lib hizmat qiladi. Og‗zaki muloqotda u axborotni uzatishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bolalarga karatilgan ifodali intonatsion nutq, ayniqsa muhimdir, chunki bola kо‗pincha ma‘noni uzatishning boshqa shakliy vositalariga (masalan, savol bо‗laklari, ayrim olmoshlarga) emas, balki aynan shunga e‘tiborini qaratadi. Intonatsiya – bu nafakat gapni ifodali, ―chiroyli‖ talaffuz qilish, balki niyatga qarab ovoz xarakatini о‗zgartira olish va suhbatdoshning gapda ifodalangan niyatini tushuna bilish mahorati xamdir. О‗zbek bolalarni ikkinchi til sifatida о‗zbek tiliga о‗rgatishda artikulyatsiya apparatining turli organlari va ularning xarakatlari haqida tushuncha bermog‗i darkor. Natijada bolalarning о‗zlari ham qanday gapirayotganliklariga qiziqa boshlaydalir. О‗yin faoliyati kо‗prok maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ma‘kul keladigan– ta‘limiy о‗yin vaziyatiga qiziqish uyg‗otdi. Ularning e‘tiborini о‗yin matniga va uyinning о‗ziga karatish zarur. Didaktik о‗yinlar: «Kim qaday qichqiradi?», «О‗yinchoqlar dо‗konida», «Hayvonlar maktabida» kabilar tabiiy sharoitga yaqinlashtirilib amalda о‗ynalishi mumkin. Umumiylaridan tashqari maxsus fonetik о‗yinlar xam olib borilmog‗i о‗rinlidir. Bunday о‗yinlar jarayonida ayrim nutqiy kо‗nikmalar sinab kо‗riladi, bularsiz tovush va tovush birikmalari ustida ishlash ruy bermaydi. Bunday о‗yinlarga «Komandalar», «Mu‘jizali xaltacha», «Rasmli loto», «Telefon» kabilar kiradi. О‗yinda til vositalarini tanlash, unga bо‗lgan qiziqish va ijodiy muhit tasavvur kilinadigan vaziyatlar yordamida ta‘minlanishi mumkin. Uyinda muayyan motivatsiya, kizikarli syujet va musobaka elementlari bо‗lishi zarur. О‗yin nafakat bolalar uchun kizikarli mashk, balki tovush nutq madaniyati ustida ishlash hamdir. 34
Bolalarning ruscha sо‗zlarni tо‗g‗ri talaffuz qilishi kuyidgi vazifa orqali tekshirildi: «О‗» tovushli sо‗zlar (о‗rik, о‗rmon, о‗rtoq, о‗roq); «Q» tovushli sо‗zlar (qovun, qalpolq, qalam, qoshiq); «G‗» tovushli sо‗zlar (g‗ildirak, g‗о‗zapoya, g‗oz, g‗uncha). Kartondan televizor ekrani yasalib, ekranda galma-gal mazkur sо‗zlarni tasvirlagan rasmlarni kо‗rsatdik. Biz xar bir bolaga kuyidagicha murojaat qildik: «Seychas ya tebe pokaju kino. YA budu rasskazchik, t.ye budu rasskazivat uvidennoye. A ti budesh «exo», povtoryay vsyo uslishannoye» (Hozir men senga kino kо‗rsataman, sen esa sado bо‗lib, nima kо‗rganingni о‗zbek tilida ketimdan qaytarasan») deb, har bir bolaga alohida vazifa berdik. «H» bо‗g‗inli tovush birikmasi talaffuzini tekshirish. «Sado» (―Exo‖) о‗yini orqali amalga oshirdik. Bunda bola sado rolida bо‗lib, eshitganini о‗zbek tilida bizning ketimizdan kaytardi». Tekshirish natijasi kuyidagi jadvalda aks ettirilgan. 1-jadval. Tovushlar talaffuzini tekshirish natijalari
T art ib
rak am i Bolaning ismi,
familiyasi О‗
Q G‗
H E sl at ma
1. Jasur V
. - + - -
- - - + - + - -
+ - + - о‗/u, q/k, g‗/g, h-x
(+) tо‗g‗ri talaffuz; (-) notо‗g‗ri talaffuz. «Eslatma» ustunida bolaning xatolari aks ettirilgan. Eslatmadan ma‘lum bо‗ldiki, Jasur «О‗» о‗rniga U, Q о‗rniga K, G‗ о‗rniga G, H о‗rniga X deb talaffuz qiladi. Bolalarni ikinchi tilgda tо‗g‗ri talaffuzga о‗rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, imitatsiya metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalar о‗rganilayotgan
35
tovushni ongli ravishda tushunib borishlari uchun turli xarakatlar va kо‗rgazmali materiallardan foydalanmoq lozim. Shu bilan birga, bolalarning tovush nutq madaniyatini tarbiyalashda ularning atrof-muhitdagi transport vositalari, tabiatdagi tovushlarni tinglab, farqiga borishni о‗rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tajriba-sinov jarayonida ekspertlarning- tarbiyachilar, metodist hamda boshqa MTMsi xodimlarining bolalar haqidagi fikrlari ham muhimdir. Jadval 1. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbekcha tovush nutq madaniyatining qо‗rsatqichlari
Nazorat
guruhi
12 2 4 3 5 100% 16,6 33,3
25 41,6
Tajriba-sinov guruhi
12 2 3 2 6 100%
16,6 25
16,6 50
J A M I: 24
4 7 5 11
100% 16,7
29,1 20,8
45,8 Kо‗rinib turibdiki, tovushlarning tо‗g‗ri talaffuzini shakllantirishda bolalarni artikulyatsiya apparati organi xamda uning asosiy xarakatlari bilan tanishtirishimiz zarur. Bu mashg‗ulotlar о‗yin tariqasida о‗tkazilmog‗i lozim. Bolalarga nutqda og‗iz, lablar, tishlar, til va til uchi ishtiroq etishini tushuntiriladi. Bolalrni artikulyatsiya apparati organlarining kuyidagi harakatlari bilan tanishtiriladi: tishlarni kо‗rsatib, lablari kulib turadi va oldinga naychaga о‗xshab chiqib turadi, tishlar og‗izni ochib yopadi, til yuqoriga kо‗tariladi, pastga tushadi harakat qila oladi. Bir vaqtning о‗zida tilni keng va ingichka qilishga о‗rgatiladi. Tilning asosiy xarakatlari aniqlanadi va harakatlar tovushlarni tug‗ri talaffuz etish bilan birgalikda olib boriladi.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling