O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


 Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о„zbek tilida tо„g„ri talaffuzga


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana15.05.2020
Hajmi0.58 Mb.
#106216
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni ozbek tilida togri talaffuzga orgatish


2 Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о„zbek tilida tо„g„ri talaffuzga 

о„rgatishning samarali shakllari. 

Ta‘lim-tarbiya  о‗zbek  tilida  olib  boriladigan    MTMsida  о‗zbekcha  

sо‗zlashuv  nutqqa  о‗rganinishda,  fonetik  о‗yinli  mashqlarda  erishilishi  zarur 

bо‗lgan  maksad,  amalga  oshirilishi  lozim  bо‗lgan  eng  murakkab  ish  turlaridan 

biridir.  Murakkabligi  shunda  kо‗rinadiki,  bolalarni  shunga  tayyorlash  bilan 

bog‗liq,  xal  etiladigan  masalalar  kо‗p.  Bir  kancha  masalalar  uzviylikda  xal 

etilmog‗i  darkor.  Bolalarni  tovush  nutq  madaniyatiga  о‗rgatishda  fonetik 

na‘munalari, imitatsiyadan tо‗g‗ri foydalana bilish katta ahamiyatga ega. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  о‗zbekcha  nutqqa  о‗rgatish  uchun 

о‗rganilayotgan  tildagi  tovush  va  tovush  birikmalarni  tо‗g‗ri  talaffuz  qilishga 

о‗rgatish asosiy maksadlardandir.   

Bolalarga  о‗rganilayotgan  tilda  tо‗g‗ri  talaffuzni  shakllantirish  ishiga  aloxida 

e‘tibor  berish  lozim.  Shu  bois,  pedagog  oldiga  kuyidagi  vazifalarni  qо‗ymoq 

lozim: 


   -bolalarda artikulyatsiya apparatining xarakatchanligini rivojlantirish; 

   -eshitish organlarini yangi til tovushlariga о‗rgatish; 

   -bо‗g‗inlardagi,  sо‗zlardagi  tovushlarni  rus  tilining  orfoepik  koidalariga  mos 

ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish. 

Tо‗g‗ri  talaffuz  kо‗nimalarini  shakllantirish  nutqning  tovush  madaniyatini 

tarbiyalashga  oid  ishlarning  muhim  qismi  xisoblanadi.  Bu  ish  lug‗atni,  ravon  va 

grammatik tо‗g‗ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaktda amalga oshiriladi.  


 

51 


О‗zbek  tilidagi  tovushlarni  tо‗g‗ri  talaffuz  etishni  о‗rganish  jarayonida  bolalar 

о‗zbek  tili  va  rus  tilidagi tovush  tizimlari  bir-biridan  farqlanishi tufayli  muayyan 

kiyinchiliklarga duch keladilar. О‗rganuvchilarning, xatto, ona tilida yaxshi gapira 

oladigan  bolalarning  xam  artikulyatsiya  bazasi  rus  tilinining  о‗ziga  xos 

tovushlarini  ifoda  etishga  moslashmagan.  О‗zbek  tilini  о‗rganishni  ilk  bor 

boshlagan bolalarga «о‗, q, g‗» tovushli sо‗zlarni tо‗g‗ri talaffuz qilishga о‗rgatish 

birinchi navbatdagi masaladir. 

Tо‗g‗ri  talaffuz  poydevori  aynan  ruscha  sо‗zlashish  mashg‗ulotlarida 

yaratiladi.  Bolalarning  о‗zbek  tili  tovushlari  va  sо‗z  birikmalarini  tо‗g‗ri  talaffuz 

qilishni  о‗rganib  olishlari  ularga  ruscha  sо‗zlashuv  nutqini  о‗rgatish  davrida 

muvaffaqiyat bilan ish olib borishning sharti xisoblanadi. 

Talaffuzga о‗rgatish kuyidagi boskichlarda amalga oshiriladi: 

ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirish; 



ayrim  sо‗zlar  talaffuzini  shakllantirish  –  bu  leksikani  tо‗g‗ri  talaffuz 

qilishdan iborat. 

Ruscha talaffuzni о‗rgatishda rus  tili tovushlarini uchta guruhga ajratish 

mumkin. 

О‗zbek tili rus va tilining tovush tizimlarini taqqoslash kuyidagilarni ajratib 

kо‗rsatish imkonini beradi:  

a)  oson  о‗zlashtiriladigan  va  fonetik  jixatdan  anglashni  talab  etmaydigan 

о‗xshash tovushlar;  

b) talaffuzidagi farki shunchalik axamiyatsizki, maxsus mashklarga extiyoji 

bо‗lmagan tovushlar; 

 v)  faqat  о‗zbek  tiliga  xos  bо‗lgan  tovushlar,  ularning  talaffuzini  о‗rganish 

maxsus mashklar tizimini tashkil etadi. 

Pedagog  nutqi  taklid  uchun  xaqiqiy  na‘muna  bо‗lishi  lozim.  Bolalar 

tarbiyachi  tomonidan  tо‗g‗ri  talaffuz  etilgan  barcha  tovushlarni  aniq  eshitishlari 

darkor.  Buning  uchun  xar  bir  tovushni  aniq  ifoda  qilish  xamda  bolalarga 

pedagogning  nutq  organlari  xarakatini  kuzatish  taklif  qilinishi  lozim,  shunda 

tovush artikulyatsiyasini ilg‗ab olish oson bо‗ladi.  



 

52 


О‗zbekcha talaffuzni о‗rgatishning dastlabki bosqichida pedagog imitatsiya  

usulidan  foydalanadi.  Ushbu  usulning  mohiyati  shundan  iboratki,  bunda  pedagog 

о‗rganilayotgan  tovushni  talaffuz  qilish  na‘munalarini  namoyish  qiladi,  bolalar 

diqqat bilan tinglaydilar. Keyin esa tarbiyachiga taqlid qilgan xolda takrorlaydilar. 

О‗zbekcha  tо‗g‗ri  talaffuzni  о‗rgatishda  bolalarda  fonematik  tinglash  kobiliyatini 

rivojlantirish  katta  axamiyatga  ega.  Ba‘zi  bolalarda  fonematik  tinglash  kobiliyati 

yaxshi rivojlangan va ular aralash tovushlar talaffuzidagi farkni tez ilgab oladilar, 

boshqa  bolalarda  esa  bu  kobiliyat  yaxshi  rivojlanmagan,  va  shuning  uchun,  ular 

tovushdagi  farkni  darxol  ilgab  ololmaydilar.  Tarbiyachi  tinglash  kobiliyati  sust 

bо‗lgan  bolalarga  aloxida  e‘tibor  berishi  va  ular  bilan  yakka  tartibda  ish  olib 

borishi  zarur.  Biroq,  ta‘limda  doimiy  ravishda  fakat  shu  usuldan  foydalanish 

maqsadga muvofik emas. Bolalarga kiyin tovushlar artikulyatsiyasini kо‗rsatish va 

tushuntirib berish usulidan doimiy ravishda foydalanish lozim, bu esa talaffuzning 

ongli ravishda о‗zlashtirilishiga yordam beradi. 

 Pedagog u yoki bu tovush tarkibida turli nutq organlari: lablar, tishlar va til 

ishtirok  etayotganini  kursatadi  xamda  tushuntirib  beradi.  Bolalarning  tovushlarni 

ifoda  etishda  nutk  organlari  xolatini  kо‗rib  olishlari  ularning  tо‗g‗ri  talaffuzni 

о‗zlashtirib olishlarida yordam beradi. Bu yо‗nalishdagi olib borilgan tajriba sinov, 

shuni  kо‗rsatmokdaki,  ushbu  yо‗nalishdagi  fonetik  о‗yinli  mashqlar  ijobiy 

natijalarga olib keladi.  

Olib  borgan  ishimiz  shuni  kо‗rsatdiki,  bolalar  о‗zlarining  yosh  xususiyatlaridan 

kelib  chiqib  tо‗g‗ri  о‗zbekcha  talaffuz  kо‗nikmalarini,  mashg‗ulot  о‗yin  shaklida 

о‗tkazilgan 

taqdirdagina  о‗zlashtiradilar. 

О‗z-о‗zidan  maxsus  fonetik  о‗yinlar 

bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishning samarali vositasi bо‗lib 

xizmat  qiladi.  Eng  avvalo,  biz  talaffuzdagi  xatoliklarni  bartaraf  etishga  yordam 

beradigan о‗yinlarni tanlab olishga xarakat qildik. Bu borada tovushlarni bir-biriga 

qarama-qarshi qо‗yishga qaratilgan о‗yinlar keng qо‗llanildi. 

Masalan, rusiyzabon bolalar ―о‗‖ va ―u‖ tovushlarini farqlamaydilar, buning ustiga 

―о‗‖  tovushini  tо‗g‗ri  talaffuz  qilishni  bilmaydilar.  Zarur  kо‗nikmalarga  erishish 

uchun  bolalarga  quyidagi  fonetik  о‗yinlarni  taklif  qildik.  ―Toping-chi,  bu  nima‖ 



 

53 


deb ataladigan о‗yinning maqsadi bolalarning ―g‗‖ va  ―g‖ tovushlarini  farqlashni 

о‗rganishidan iboratdir. 

«G‗» tovushi 

Mavzu:   “G„‟” tovushi va bosh va kichik  “G„   g„‟” harflari bilan tanishtirish  

Maqsad: “G„‟”  tovushi va  bosh va kichik “G„   g„”  harflari bilan tanishtirish, 

о‗rganilgan unli harflar bilan bо‗g‗in, sо‗z tuzish va о‗qish. 



 

Vazifalar: 

 



“G„”  tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning sо‗z 

boshi, о‗rtasi va oxirida kelishini aytish,uning  tо‗g‗ri talaffuzini о‗rgatish,  

 

“G„”  tovushli sо‗zlar bilan bolalar lug‗atini boyitish. 



 

“G„”  tovushli sо‗zlarni bо‗g‗inga bо‗lish 



Kutilayotgan natijalar: 

 



“G„”  tovushi va “G„”  harflari bilib oladilar. 

 



“G„” tovushining undosh tovush ekanligini, uning sо‗z boshi, о‗rtasi va 

oxirida kelishini bilib oladilar.  

 

“G„”  tovushli sо‗zlar ayta oladilar. 



Kerakli jihozlar:  

 



“G„‟”  harflari 

 



“G„”  tovushi bor suratlar 

 



―Bо‗g‗inlardan sо‗z tuzing‖ ta‘limiy о‗yin  uchun  materiallar 

Mashg„ulotning borishi

Tarbiyachi bolalarga о‗rganilgan harflarni  ,,Harf jildi "dan о‗qitadi. Ularga 

xos xususiyatlarni  savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular 

nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil boladi? 

Ular nima hosil qiladi? (Bо‗g‗in hosil qiladi.) Bu harflarning nechta shakli bor? 

Bugun bolalar “G„”  tovushi va bosh va kichik “G„  g„ ”  harflari  bilan tanishamiz 



G„ayrat  sо‗zi  necha  bо‗g‗inli?  Men  aytaman,    siz  aniqlaysiz:  G„ayrat  men  shu 

sо‗zni  qayta  aytaman,  siz  birinchi  tovushni  aytasiz:  G„-g„-g„-g„a-a-a-y-rat, 

Xattaxtaga bitta tо‗rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: G„-g„-g„-g„a-a-


 

54 


a-y-rat  2-  tо‗rtburchak  chiziladi.  3-tovushni  toping:  G„-g„-g„-g„a-a-a-y-rat  3- 

tо‗rtburchak chiziladi: — G„ayrat sо‗zining modeli hosil bо‗ladi:     Bu sо‗zda biz 

tanishmagan  qaysi  tovush  bor?  (“G„”    tovushi)  Bugun  siz  “G„”    tovushi  bilan 

tanishasiz.  “G„”    tovushi  bolalarga  talaffuz  qildirtiriladi.  Tarbiyachi  endi  men 



“G„”    tovushini  talaffuz  qilaman,  siz  qaysi  nutq  organlari  qatnashayotganini 

aytasiz: (Til,  qatnashyapti) “G„”  tovushini chо‗zib aytib bо‗ladimi? (Yо‗q)  

“G„”  tovushi qanday tovush? 

- Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi? 

Demak, “G„”  undosh tovush ekan. Undosh tovush unli bilan birga bо‗g‗in hosil 

qiladi. 


“G„”  tovushining talaffuzi о‗rgatiladi. “G‟”  tovushining sо‗z boshida (g„oz,  

g„or, g„alla, g„alaba), о‗rtasida (Marg„ilon, bog„bon) oxirida (tog„, bog„, ) 

kelishi, sо‗zlarni bо‗g‗inlarga bо‗lib aytish, bо‗g‗inlardan tovushlarni ajratish, 



“G„” tovushi sо‗zning qaysi о‗rnida kelganini aniqlatish kabi tushunchalar  

beriladi. 



Tetiklashtiruvchi mashq 

G‗oz 


Besh barmoq bо‗lsa birga  

О‗xshar xuddi g‗ozlarga,  

G‗ozlar g‗ozni kо‗rganda, 

 Deyishadi g‗a-g‗a, siz qayga? 

Tirsakni tik tutib, kaft barmoqlari tо‗g‗ri burchak shaklida bukiladi. 

Kо‗rsatkich barmoq bosh barmoqqa tegib turadi. Barmoqlar jips yopishgan. 

Tarbiyachi bolalarga  “G„g„” harflarini tanishtiradi. Bosh “G„”  va kichik “G„” 

kо‗rgazmadan, rasmli alifbodan, maxsus tayyorlangan kо‗rgazmadan yoki 

xattaxtaga yozib (bosma shakli) kо‗rsatiladi. 

Bosh “G„”  harfi kо‗rsatilib, bu harfning qanday shakli? (Bosh shakli — Bosh 



“G„”  harfi) Bosh “G„”  harfi bilan qaysi sо‗zlar yoziladi? Bu (“g„”) qanday harf? 

(Bu kichik “g„”  harfi) U qaysi sо‗zlarda yoziladi? (g„oz,  g„or, g„alla...) Men 

kо‗rsatgan “G„g„”  harflarini nimalarda о‗qiysiz? Harflarni nima uchun 


 

55 


о‗rganamiz? (Kitoblarni, xatlarni о‗qish uchun о‗rganamiz.) Nima uchun “G„g„” 

harflari kо‗k rangda yozilgan?  Shundan sо‗ng kesma “G„g„” harflari ,,Harf 

kassasi"ga qо‗yiladi. 

Bolalar uchun amaliy ish. 

 

Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz rangli iplardan “G„” harfini 



yasaymiz. Buning uchun “g„”  harfini diqqat bilan kо‗rib, keyin “G„” harfini 

shaklini keltiramiz. 

Qoqib qanotin, 

qoqillaydi g‗oz. 

G' bilan deydi

 G‗oq-g‗oq-g‗oq 



 “G„”  harfli bо„g„in tuzish va uni о„qish. Tarbiyachi harf terish kartoni, xattaxta 

tagligiga  yoki  xattaxtaga  g„i,  g„u,    g„a,  g„о„,  g„ye  bо‗g‗inlarini  tuzib,  yozib 

qо‗ygan  bо‗ladi.  Uni  bolalarga  о‗zi  о‗qib  na‘muna  kо‗rsatadi.  Bolalar  bilan  xо‗r 

bо‗lib  о‗qiydi.  Sо‗ng  yakka-yakka  о‗qitadi.  Bunda  g‘  tovushiini  ichda  saqlab, 

keyin unlini qо‗shib birga о‗qish lozimligi amaliy kо‗rsatiladi. 

Shu  bо‗g‗inlar  qayta  bolalarning  о‗zlariga  tuzdiriladi  va  о‗qitiladi.  Bunda 

tarbiyachi  “G„a”    deydi  va  yо‗llanma  beradi:  avval  qaysi  tovushni  eshityapsan 

(“G„”  tovushini), о‗shani ,,Harf jildi "dan olib qо‗y.   “G„aa”, endi oxirida qaysi 

tovushni  eshityapsan?  (―a‖  tovushini)  “G„”    harfining  qayeriga  ―a‖  harfini 

qо‗yasan?  (orqasiga)  Tuzgan  bо‗g‗iniingni  о‗qi:  “G„a”    (Qolgan    bolalar  о‗z 

joylarida kesma harflardan foydalanib bо‗g‗in tuzadilar ) 

Shu tartibda g„i, g„u,  g„a, g„о„, g„ye bо‗g‗inlari tuzdiriladi va о‗qitiladi. 



Bо„g„inli  kartochkalar  bilan  ishlash.  Bolalarga  bо‗g‗inli  kartochkalardan  bir 

nechta sо‗z tuzdirilib, о‗qitiladi,  ulardan birining bо‗g‗in-tovush tahlili о‗tkaziladi:  



g‟o-z,  g‟o-r, g‟al-la, G‟ay-rat, G‟a-ni 

Mashg‗ulotga faol qatnashgan  bolalar rahbatlantiriladi. 



  Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar : 

- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?  

-“G„”  qanday tovush ekan?  


 

56 


-Bu tovushni nima qilamiz?  

- Biz tovushlarni nima uchun о‗rganamiz?" 

-“G„”  tovushi qaysi harf bilan yoziladi?  

-“G„”  harfining shakli qanaqa ekan?   

-“G„” harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli) 

- Bosh “G„”  harfi qaysi sо‗zlarda yozilar ekan?  

Bо‗g‗inli kartochkalarda qanday sо‗zlarni tuzdik? 


 

57 


IKKINICHI BOB YUZASIDAN XULOSA. 

Bolalarga  о‗zbek  tilini  о‗qitishdagi  eng  muhim  vazifalardan  biri  ularda 

о‗rganilayotgan  tilning  barcha  bosqichlarida  adabiy  talaffuz  kо‗nikmalarini 

shakllantirishdan iboratdir. 

О‗zbek  tili  tovushlari,  tovush  birikmalarini  tо‗g‗ri  talaffuz  etishni 

о‗zlashtirish  jarayonida  bolalar  о‗zbek  tili  va  ona  tilining  tovushlar  tizimi 

о‗rtasidagi farq natijasida kelib chiqqan qiyinchiliklarga duch keladilar. 

Tarbiyachi nutqi taqlid uchun na‘muna bо‗lib xizmat qilmog‗i darkor. 

Undosh  tovushlarni  (yumshoq,  qattiq)  talaffuz  etish  kо‗nikmalarini 

shakllantirishda, tovushlarni taqqoslash usulidan foydalanish lozim. Artikulyatsiya 

apparati  tuzilishi  va  harakatlanishining  ayrim  xususiyatlarini  bilish  bolalarga 

о‗zbek  tili  tovushlarini  tо‗g‗ri  talaffuz  etishni  tez  о‗zlashtirib  olishga  yordam 

beradi. 

Bolalarda 

о‗zbekcha 

talaffuz 

kо‗nikmalarini 

shakllantirishda 

kо‗rgazmaviylikka katta e‘tibor qaratish lozim. 

Maxsus  fonetik  о‗yinlar  bolalarda  nutqning  tovush  madaniyatini 

shakllantirishning samarali vositasi hisoblanadi. 

Maktabgacha yosh ikkinchi til (va ayni paytda ona tili) tovushlarini tо‗g‗ri 

talaffuz  qilishni  shakllantirish  uchun  qulay  davr  hisoblanadi.  7  yoshgacha  bola 

о‗rganilayotgan til tovushlarini uning adabiy normalariga muvofiq holda  talaffuz 

qilish kо‗nikmalarini egallab oladi. 

Talaffuz ustidagi ishlarning  asosiy  vazifasi  quyidagilardan iborat:  bolalarda 

fonematik  tinglash  qobiliyatini  rivojlantirish  hamda  sо‗zlar  va  iboralarni  aniq  va 

tushunarli  qilib  aytgan  holda,  о‗rganilayotgan  tilning  barcha  tovushlarini  tо‗g‗ri 

talaffuz  qilishni  rivojlantirish;  ovoz  balandligini  vaziyatga  qarab  moslashtirish, 

sо‗zlarni  ulardagi  urg‗ularni  qо‗llagan  holda  tо‗g‗ri  va  aniq  talaffuz  qilish 

qobiliyatlarini shakllantirish. 

Olib  borgan  ishimiz  shuni  qо‗rsatmoqdagi,  ba‘zan  bolalar  sо‗zlarni 

oxirigacha aytmaydilar va ba‘zan ibora sо‗ngida ularni shivirlab aytadilar. Ba‘zida 

ular  uzun  iborani  nihoyasiga  yetqazish  uchun  nafas  olib  sо‗zlashga  majbur 



 

58 


bо‗ladilar,  buning  natijasida  nutq  noaniq  bо‗ladi,  bolalar  xuddi  tiqilib  qolgandek 

sо‗zlaydilar. Chunki, tezlashtiriligan nafas chiqarish iboralarni mantiqiy pauzalarga 

rioya qilmasdan jadal sur‘atda sо‗zlashga majbur qiladi. Qayd etish lozimki, hatto 

birgina  ruscha  sо‗z  yoki  tovushni  tо‗g‗ri  talaffuz  qilish  kо‗nikmalarini  bir 

mashg‗ulot  mobaynida  shakllantirib  bо‗lmaydi.  Bunga  mashg‗ulot  jarayonida  va 

undan tashqari vaqtlarda muntazam ravishda ishni olib borish orqali erishiladi. 

Tovushlarni  talaffuz  qilish  kо‗nikmalarini  mashq  qilish  ketma-ket  ravishda 

bir-birining о‗rnini egallaydigan kuyidagi mashqlarni nazarda tutadi: 

1)  о‗rganilayotgan  til  tovushlari,  tovush  birikmalarini  talaffuz  qilishga 

tayyorlashni mashq qilish (artikulyatsiya apparati harakatchanligini rivojlantirish); 

2)  alohida  ajratib  qо‗yilgan  tovushni  talaffuz  qilish;  ushbu  tovushni 

boshqalarning ichida ajratib olish qobiliyatini mashq qilish; 

3)  iborali nutqda tovushni tо‗g‗ri talaffuz qilishni mustahkamlash. 

О‗rganilayotgan  tilning  tovushlari  va  tovush  birikmalarini  talaffuz  qilish 

kо‗nikmalarini shakllantirishning asosiy metodlari quyidagilardan iborat: tovushga 

taqlid qilish,  she‘r  yodlash,   tovushlar  va  tovush  birikmalarini  bir-biriga qarama-

qarshi qо‗yishga oid fonetik о‗yinli mashqlar о‗tqazish. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

59 


III BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI RUSIYZABON BOLALARNI 

О„ZBEK TILIDA TО„G„RI TALAFFUZGA О„RGATISHNING 

SAMARADORLIGI 

1  Maktabgacha  yoshdagi  rusiyzabon  bolalarni  о‗zbek  tilida  tо‗g‗ri  talaffuzga 

о‗rgatish

 

bо‗yicha maxsus usullarni aniqlash va ularni amaliyotga joriy etish.



 

 

 



 

Bolalarga  ikkinchi  tilni  tushuntirish,  ularni  ushbu  tilda  sо‗zlaydigan  halq 

madaniyatiga  oshno  qilish,  metalingvistik    va  bilish  qobiliyatlarini  rivojlantirish 

nafaqat  bugungi  kun  ehtiyojiga,  balki  bilingvial  tarbiya  va  rivojlantirish 

qonuniyatlariga    hamda  buning  uchun  ta‘limni  tashkil  etishning  obyektiv 

imkoniyatlariga yо‗naltirilishi lozim. Ushbu omillarni hisobga olish maktabgacha 

yoshning  psixologik-pedagogikaga  oid  hususiyatlari  borasida  lingvodidaktik 

metodlar va usullarni ratsionallashtirish va bir tizimga keltirish imkognini beradi.  

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  zamonaviy  jamiyat  talablarini  inobatga  olgan 

holda ikkinchi tilni sifatli о‗qitishni kо‗p yillar inobatga olgan holda ikkinich tilni 

sifatli о‗qitishni kо‗p yillar davomida О‗zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan 

va sinovdan о‗tkazilgan lingvodidaktik tizim asosida amalga oshirish mumkin.   

 

Ikkinchi  tilni  о‗qitish    maqsadi  bolalarda  til  kо‗nikmalarini  rivojlantirish, 



ularni mazkur tilda sо‗zlashadigan halk bilan muloqot qilish, ularning madaniyati 

bilan tanishtirishdan iboratdir. О‗quv jarayonini tashkil etish mashg‗ulotlarda vash 

u  bilan  birga  rejimli  paytlarda,  erkin  о‗yinlar,  bolalar  bilan  muloqot  chog‗ida 

amalga  oshirilishi  lozim.  Yakka  tartibda  va  kichik  guruh  tarzida  о‗tkaziladigan 

suhbatlarga  alohida  e‘tibor  qaratish  darkor.  Ovqatlanish  yoki  uxlashdan  oldin 

bolalarga kichik bolalar asarlarinini о‗qib berishni taklif qilsh kerak. Qо‗g‗irchoq 

teatrlari  bolalarda  alohida  qiziqish  uyg‗otadi.  Uni  shunday  tashkil  etish  lozimki, 

toki  bolalar  nafaqat  tomoshabinga,  bulki  uning  faol  ishtirokchilariga  aylanishsin. 

YA‘ni bolalar asar qahramonlari bilan birgalikda о‗rganilayotgan tildagi sо‗zlarni, 

takrorlashlarini  aytsinlar,  qushiqlar  kuylasinlar,  savollarga  javob  bersinlar, 

о‗yinlarda ishtirok etsinlar.  


 

60 


 

Ta‘lim  –  tarbiya  jarayonida  tarbiyachi  bolalar  faoliyatining  turli 

kо‗rinishlarini  tashkil  etishi  zarur.  Xususan,  musiqk,  jismoniy  tarbiya 

mashg‗ulotlarida  bolalarning  о‗rganilayotgan  til  va  madaniyat  egalari  bо‗lgan 

tengdoshlari a kattalar bilan uchrashuvlarini tashkil etish zarur.  

 

О‗kuv  jarayoniga  asoslangan  о‗quv  materiallarini  talaffuz  kо‗nikmalarini 



shakllantirish, ravon nutqni rivojlantirish, grammatik tuzumni shakllantirish, ravon 

nutqni  rivojlantirish,  muloqot  kunikmalarini  shakllantirishni  о‗z  ichiga  olgan 

tarkibiy-semantik yondashuvni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.  

 

Ta‘limning  tarkibiy-semantik  yondashuv  asosida  tashkil  etish  til  tizimini 



undan  foydalanish,  faoliyat  yuritish  sharoitlari  bilan  va  muloqot  chog‗ida  rо‗y 

beradigan  о‗zgarishlar  bilan  uzviy  bog‗liklika  kо‗rib  chiqish  vash  u  yо‗l  bilan 

maktabgacha  rusiyzabon  bolalarni  о‗qitish  jarayonini  ilmiy-nazariy  qoidalarni 

hisobga olgan holda tashkil etish imkoniyatini yaratadi.  

 

Fonetik  va  intonatsion  mashqlar,  shuningdek,  о‗rganilayotgan  tilga  xos 



bо‗lgan  barcha  artikulyatsiya  va  ovozni  boshqarish  hususiyatlarini  о‗yin  shaklida 

tushuntirish tavsiya qilinadi. Ular har bir mashg‗ulotning tarkibiy qismi bо‗lmog‗i 

lozim.  

 

Maktabgacha  yoshdagi  rusiyzabon  bolalarni  leksik    zaxirasini  hayotiy 



vaziyatlar.  kitoblar,  multfilmlardan  olingan  sо‗zlar  asosida  boyitish  va 

faollashtirish  kerak.  Passiv  lug‗at  kattalar  qо‗llaydigan  kundalik  sо‗zlar  asosida, 

faol  lug‗at  esa  bolaning  nafaqat  dasturini  о‗zlashtirishini,  balki  о‗rganilayotgan 

tilda muloqot qila olishni о‗rganishi uchun zarur bо‗lgan sо‗zlar asosida tuzilgan. 

 

Dasturning grammatik minimumi bolaning о‗z ehtiyojlarini о‗rganilayotgan 



tilda  ifodalashi  uchun  zarur  bо‗lgan  sо‗z  birikmalari,  iboralar  va  sintaktik 

tuzilmalar  orqali  berilgan.  Bu  tuzilmalarning  bir  qismlarga  ajratgan  xolda, 

muayyan  muloqot  vaziyatlarida  qо‗llaniladigan  tayyor  nutqiy  formulalar 

kо‗rinishida  tushuntirish  lozim.Boshqa  qismini  esa  mashg‗ulotlarda  bolalar 

muayyan  mazmun  bilan  tо‗ldiradigan  nutq  modellari  sifatida  kо‗rsatib  berish 

kerak.  


 

61 


 

Ikkinchi  til  bо‗yicha  mashg‗ulotlarning  asosiy  mazmuni  mavzuli  va 

loyihaviy  ishlanmalar  kо‗rinishida  aks  ettirilgan.  Topishmoqlar,  tez  aytishlar, 

maqollar,  she‘rlar,  qо‗shiqlardan  qо‗shimcha  material  sifatida  foydalanish 

mumkin. Tinglash uchun turli malakatlar va halqlar asarlarinining о‗rganilayotgan 

tildagi tarjimasidan foydalanilgan ma‘qul. Bolalar nafaqat ertak tinglashlari, she‘r 

aytishlari,  qushiq  kuylashlari,  balki  ularni  qо‗g‗irchoq    va  stol  teatrlarida 

sahnalashtirishlari lozim.  

 

Bolalarning  rejimli  paytdagi, 



mashg‗ulotlar  va  о‗yin  chog‗idagi 

muloqotlariga  alohida  e‘tibor  qaratish  lozim.  Atayin  shunday  vaziyatlarni  hosil 

qilish  kerakki,  bunda  ularning  har  birida  bola  о‗rganilayotgan  tilda  nimanidir 

sо‗rash, nimadiri aytish, iltimos qilishga majbur bо‗lsin.  

 

Nutqning  ravonligi  –  bu  fikrlarning  ravonlidiri.  Aynan  unda  bola 



fikrlashining  mantiqiyligi  uning  qabul  qilayotgan  narsani  mulohaza  qilish  va  uni 

sо‗z shaklida tо‗g‗ri ifodalash qobiliyatlari aks etadi. Shuning uchun, ravon nutqni 

rivojlantirishga  alohida  e‘tibor  qatarish  darkor,  zero,  uning  yoyilgan  fikrlarini 

tushunish  va  ularni  mustaqil  tuza  olish  kо‗nikmalari  shakllanadi.  Bolalarning 

savol-javoblarini  egallab  olishlari  bо‗yicha  ishlarni  esa  birinchi  mashg‗ulotdan 

boshlash va uni butun о‗kuv jaaryonida davom ettirib borish kerak.  

 

Intonatsiya  sо‗z  tarkibi  hamda  tasdiq  va  inkor  gaplarning  boshqa  belgilari 



ustidagi  ishlarni  kundalik  vaziyatlarda  vash  u  bilan  birga  maxsus  mashqlarda 

о‗tkazish  lozim.  Bolalarning  yuklamalar,  bog‗lovchilar,  undov  sо‗zlardan 

foydalanishlarini  har  tomonlama  qullab-quvvatlash  va  soda  shaklda  topishmoq, 

bayon,  hikoya,  ertak  janrlariniing  belgilarini  bayon  qilishda  mantiqiy  grammatik 

moslashtirishga  doim  e‘tibor  qaratishi,  о‗rganilayotgan  tilda  hayot  surishni 

rag‗batlantirishi darkor.  

 

Kommunikativ  –  nutqiy  malaka  va  kо‗nikmalarining  shakllanganligi, 



bolalarning  о‗quv  materialini  tushunishlari  va  о‗zlashtirishlarini  nazorat  qilishni 

rolli  о‗yinlar,  vaziyatga  oid  topshiriqlar,  savollarga  javoblar,  ijodiy  topshiriqlar, 

ertaklarni  saxnalashtirish,  konsertlar,  qungilochar  о‗yinlar,  bolalarning  ijodiy 


 

62 


hisobotlardan  foydalangan  holda  turli  shakllarda  amalga  oshirish  maqsadga 

muvofiqdir.  

 

Ta‘limning  ikkinchi  yili  oziriga  kelib  bolalar  nutqi  til  va  madaniyat 



kо‗nimalarini egallash dasturida  belgilangan talablarga mos kelmog‗i lozim.  

 

Bolaning о‗qitish tо‗g‗ri tashkishl etilgan takdirda, bola yiliga 300 tagacha 



sо‗z  hajmidagi  lug‗at  minimumini  о‗zlashtirish  о‗rganilayotgan  tildagi  tovushlar 

va  tovush  birikmalarini  tо‗g‗ri  talaffuz  qilish  kо‗nikmalarini  egallab  olishiga, 

bolalar  va  kattalar  nutqini  tushunish  va  ularga  luqmalar  bilan  javob  qaytarishga, 

bolalar  adabiy  asarlari  mazmunlarini  talqin  qilishga,  bayramlar  mohiyatini  va 

ularning  ramziy  ahamiyatini  tushunishga,  bolaga  о‗rganilayotgan  tilda 

salomlashish  va  xayrlashish,  taklif  qilish,  minnatdorchilik  bildirish,  kechirim 

sо‗rash,  savolga  va  iltimosga  javob  qaytarish,  tabriklash,  tanishish,  hamdardlik 

izhor  qilish,  imkonini  beruvchi  an‘anaviy  muloqot  formulalarini  egallab  olishga 

qodirdir. 

Bundan tashqari, u: 

-  о‗ziga  nisbatan  tarbiyachi  va  atrofdagi  kattalar  murojaatini  о‗quv-tashkiliy 

formulalarini tushunishi; 

- о‗rganilayotgan tilda о‗yinni boshqarishni boshlashi; 

-  oddiy  hikoya  tuzishi,  ertak  mazmunini  aytib  bershi,  uni  umumiy  tarzda  sо‗zlab 

berishda ishtirok etishi

-  yilning  turli  fasllarida  tabiatda  va  inson  hayotida  rо‗y  beradigan  о‗zgarishlarni 

kuzatishi  va  ular  haqmda  sо‗zlab  berishi,  ayrim  milliy  an‘analar  va  urf-odatlarni 

bilishi 


-  bir  nechta  she‘rlar,  topishmoqlar,  maqollar,  qо‗shiqlarni  bilishi  va  ulardan 

foydalanishi; 

-  о‗rganiladigan  tilni,  о‗rganilayotgan  til  egasi  bо‗lgan  halq  milliy  madaniyatiga 

oid  narsalar  va  hodisalarni  boshqalar  ichida  tanib  olish  va  farqlash  hamda  ular 

haqida hikoya qilib berishi mumkin. 

 

Quyida  maktabgacha  yoshdagi  rusiyzabon  bolalarga  о‗zbek  tilini 



о‗rgatishning lingvodidaktik tizimi keltirilgan:   

 

63 


 

Hozirgi  paytda  maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  nutqni  о‗qitish 

muammosini  ishlab  chiqish  mazkur  metodologik  xolatlardan  kelib  chiqqan  holda 

olib borilmoqda. 

Maktabgacha  yoshdagi  rusiyzabon  bolalar  nutqini  rivojlantirish  sohasidagi 

psixologik,  pedagogik  tadqiqotlarni  tahlil  qilish  quyidagi  xulosalarga  kelish 

imkonini beradi: 

-nutqni  rivojlantirish–bolaning  individual  psixik  rivojlanishida  markaziy 

о‗rin  tutuvchi  ijtimoiy-tarixiy  tajribani  о‗zlashtirishining  murakkab,  kо‗p  omilli 

jarayonidir; 

-nutqni  rivojlantirish  –  bu  malakali  pedagogik  rahbarlikni  nazarda  tutuvchi 

ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas; 

-bola  nutqni  rivojlantirish  jarayonini  boshqaruvchi  pedagog  bu  jarayonning 

turli  yosh bosqichlaridagi  qonuniyatlari, mexanizmlari, о‗ziga  xosliklarini bilishi, 

Таълим мақсади-болаларда тил қобилиятини ривожлантириш; уларни мулоқот 

воситаси сифатида бошқа тиллар билан ва ушбу сўзлашаётган бошқа ҳалқ маданияти 

билан таништириш 


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling