O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti
Иккинчи тилни ўқитиш дастурининг компонентлари
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni ozbek tilida togri talaffuzga orgatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о„zbek tilida tо„g„ri talaffuzga о„rgatishning t ajriba-sinov natijalari.
- 1.Axborot-analitik bosqich.
- 3.Tajriba-sinov о„tkazish.
- Jadval 3.
- Shakllantiruvchi tajriba sinov Tovushlarning tо„g„ri talaffuzi Tovushlarning tо„g„ri talaffuzi
Иккинчи тилни ўқитиш дастурининг компонентлари Тил ва миллий муносабатлар, мактабгача таълим соҳаларидаги қонунчилик, таълим ва тарбиянинг давлат
талаблари Ўзбекистон Республикаси ва Россиядаги ички ижтимоий- сиёсий вазиятдан келиб чиққан ҳолда
мактабгача таълим
муассасасидаги ташқи ва ички муҳит Турли
тилларни ўрганаётган катталар ва болаларнинг ўзаро ҳамкорлиги Мактабгача таълим
соҳасида Ўзбекистонда, Россияда ва жаҳондаги анъана ва йўналишлар Ўқув-методик қулланмалар, кўргазмали материаллар билан жаҳозланганл ик, атроф- муҳит билан турли ҳил алоқалар Тарбиячиларнинг шахсий тажрибаси, қизиқишлари ва касбий тайёргарлиги 64
nutqiy rivojlantirishning о‗ziga xosliklarini kо‗ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta‘sir kо‗rsatishning eng samarali yо‗llarini tanlashi lozim. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalar nutqning grammatik tо‗g‗riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bо‗lishi hamda rivojlanishi, aniq va tо‗g‗ri sо‗zlashga intilish bilan bog‗liq. Tо‗g‗ri sо‗zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari – morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-tumanligini о‗zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), sо‗z hosil qilishda, (non uchun – nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda (og‗zaki nutq qurilmasini yengib о‗tish: va bog‗lovchisini kо‗p marta qо‗llash orqali gapni chо‗zib yuborish, bitta gapda tо‗g‗ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) kо‗zga tashlanadi. Nutqning grammatik tо‗g‗riligiga intilish kо‗proq yetti yoshli bolalarga xosdir. Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan mashq qiladi va aynan mana shu sо‗z bilan mashqlar kelajakda grammatik jihatdan tо‗g‗ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi. Lug‗atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik jihatdan tо‗g‗rilikni shakllantirish ravon nutqni tuzish usullarini (gaplarni bog‗lovchilar, leksik takrorlashlar, sinonimlar yordamida bog‗lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi) о‗zlashtirish bilan uzviy bog‗liqdir. Turli funksiyalarni bajarish bilan bog‗liq dialogli muloqot negizida rivojlangan nutqning barcha tomonlari til ongining shakllanishiga bevosita bog‗liq bо‗ladi va ular buning uchun bolaning kattalar bilan muayyan shakldagi muloqotiga, tо‗g‗rirog‗i, nafaqat tashqi olam va boshqa odamni bilishga qaratilgan muloqotga, balki tilning о‗zini, uning tuzilishi va faoliyatini anglab yetishga qaratilgan muloqotga muhtoj bо‗ladilar. Nutqiy rivojlanishdagi individual qobiliyatlar kirishimlilikda ham, til hamda ravon nutqni о‗zlashtirish sur‘atlarida ham ifodalanadi. Kо‗pchilik bolalar о‗z harakatlarini sharhlashni, atrofdagilarning diqqat-e‘tiborini о‗ziga jalb qilishni yoqtiradilar. Shu bilan birga bunda ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning amaliy faoliyatiga mos kelmaydi, natijada bunday sergap bola ish bajarishda 65
guruhdagi boshqa bolalardan ortda qoladi. Unchalik kirishimli bо‗lmagan bolalar kam gapiradilar, biroq odatda amaliy vazifalarni boshqalardan kо‗ra tezroq va tо‗g‗riroq bajaradilar. Ravon nutqning vujudga kelish muddatlari va uning mahsuldorligi ham farqlanishi mumkin. Nutqiy rivojlanishning ilk xilida bolaning maxsus о‗qitilmasidan turib hikoya qilishi 4-5 yoshlarda paydo bо‗ladi. Bolalar sehrli ertaklarni bir-birlariga aytib beradilar, о‗yinchoqlar yordamida о‗zlari ham original voqelarni tо‗qiydilar. Agarda bola yetti yoshda an‘anaviy tanish ertakni mustaqil aytib bera olsa, о‗yinchoqlar, suratlarga qarab kichik og‗zaki hikoya tuza olsa – bu normal holat hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining yuqori darajada rivojlanganligi quyidagilarni nazarda tutadi: - bola ona tilining barcha tovushlarini va tovush birikmalarini tо‗g‗ri, ya‘ni adabiy til normalariga muvofiq holda talaffuz qiladi; ovozni kо‗tarishni (pasaytirishni) biladi; aniq talaffuzga ega; fonematik qabul qilish va nutqni tinglash qobiliyati rivojlangan; nutqdagi xatoliklarni sezadi va ularni tuzatadi; maishiy leksikaga ega, mebel, poyabzal, kiyim, daraxtlarni anglatuvchi umumlashtiruvchi sо‗zlarni, narsalarning ayrim detallari va qismlarini biladi; antonimlar, otlarga ta‘riflarni tо‗g‗ri tanlay oladi; otdan sifat yasay oladi (yog‗och-yog‗ochdan ishlangan va boshq.); barcha ranglarni aytib bera oladi; turli kasb kishilarining (vrach, oshpaz va boshq.), hayvonlarning harakatlarini kо‗rsatib bera oladi (vovullaydi, miyovlaydi, pishqiradi va boshq.); nutqda ravish, sifatdosh, ravishdoshlarni qо‗llaydi; - nutqda barcha kundalik sо‗zlarni, ayrim turlanmaydigan otlarni (pianino, metro, palto) tо‗g‗ri qо‗llaydi; otlarni sonda, kelishikda sifat bilan moslashtira oladi; qaratqich kelishik shaklini tо‗g‗ri qо‗llaydi; old qо‗shimcha, suffiks, qо‗shimchalar yordamida sо‗zlar hosil qiladi; nutqda oddiy (yoyiq, yig‗iq), qо‗shma (bog‗langan qо‗shma gap va ergashgan qо‗shma gap) gaplardan, har xil turlanadigan fe‘llardan (xohlashmoqda, yugurishmoqda, uxlashmoqda, va boshq.) foydalanadi; hikoyani mustaqil aytib bera oladi; matn mazmunini voqealar ketma- ketligiga rioya qilgan holda ortiqcha pauzalarsiz aytib beradi; nutqda ifoda 66
vositalaridan foydalanadi; asosiy qismlarni о‗zga darajali qismlar bilan bog‗lay oladi; narsalarni mustaqil bayon qiladi, о‗z shaxsiy hayotida rо‗y bergan voqealar (hodisalar) haqida hikoya qilib bera oladi. Fikr bildirish hajmi va nutqning tezkorligi nafaqat bolaning faol lug‗at zahirasini, balki uning «о‗ta tezkor sintez» qila olish qobiliyatini ham tavsiflaydi. Bundan tashqari, fikr bildirish hajmi uning obyekt bilan tanishlik darajasidan dalolat bermoqda. Bolalarning biron-bir narsa, hodisa haqidagi bilimlari qanchalik chuqur va xilma-xil bо‗lsa, ularning fikr bildirishlari ham shunchalik keng bо‗ladi. Bolalar fikrlarining tahlili shuni kо‗rsatdiki, ularning nutqida aniq ma‘noli otlar ustunlik qiladi. Nutqni otlar bilan boyitish quyidagi sharoitlar ta‘sirida rо‗y beradi: bola о‗zi uchun qandaydir ahamiyatga ega bо‗lgan narsalarninggina nomlarini о‗zlashtirib olmoqda; unga tanish narsalar va shaxslar ijobiy ta‘sir kо‗rsatadi. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarga ikkinchi tilni о‗qitish metodikasi, ta‘limni nutqiy faoliyat tamoyillarini, uning sifatini va bolalarning о‗rganilayotgan tilni egallashlariga nisbatan yalpi yondashuvni kuzda tutuvchi tarkibiy-semantik yondashuvga hisobga olgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi.
Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarning о‗rganilayotgan tildagi nutqini rivojlantirishga til elementlari va ular bilan operatsiyalar о‗tkazish qoidalarini о‗z ichiga oluvchi harakatchan, funksional til qobiliyatlari tizimlarini shakllantirish sifatida qaraladi. Bu til umumlashmalari negizida yaratiladigan va turli yosh bosqichlarida turli til vositalarini о‗zlashtirishda bolalar nutqida individual farqlar kuzatiladigan individual til tizimidir. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarga о‗zbek tilni о‗rgatish jarayoni quyidagi hususiyatga ega bо‗lishi lozim: til va uning eng umumiy hususiyatlari bilan tanishishdan ayrim shakllar faolyat kо‗rsatishi qonunlarini tushunib yetishga qarab. Bu shundan dalolat beradiki, о‗rganilayotgan tilning birorta ham tuzilmasini bola darhol va tо‗liq о‗zlashtira olmaydi. Bu amaliy va nutqiy malaka va kо‗nikmalarini 67
bosqichma-bosqich egallab olshi, ya‘ni nutq oqimi ichidan tuzilmani tanib olish va ushbu tuzilmaga kiruvchi sо‗zlar ishtirok etadigan munosabatlarni tushunib yetish; kerakli sо‗zlar shakllarini hosil qila olish, gap tuza olish qobiliyatini shakllantirishning uzoq davom etadigan va murakkab jarayondir. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilini о‗qitishni о‗rganilayotgan tildagi nutqiy faoliyatning malaka va kо‗nikmalarini shakllantirishdan boshlash lozim, bunda ularning faol kommunikativ nutqini egallab olishlariga ustuvorlik berish zarur. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗qitish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish lozim: - о‗kuv vazifasi – о‗rganilayotgan tilda mustakil fikrlarni yaratish uchun zarur bо‗ladigan hо‗susiy nutqiy malaka va murakab kо‗nikmalarni shakllantirish; - rivojlantiruvchi vazifa – bolalar tafakkurini о‗rganilayotgan til vositalarida rivojlantirish, nutqiy fikrlash vazifalarini mustaqil ravishda ijodiy hal etish kо‗nikmalarini shakllantirish, xotirani faollashtirish. Mazkur vazifani muvaffaqiyatli hal etish uchun nutqni rivojlantirishning aosi bо‗lib xizmat qiluvchi о‗zbek tilini о‗qitish metodikasi nutqiy xarakat tamoyillariga ya‘ni о‗rganuvchilarda ichki motiv , maqsad, fikr mavjudligiga; har bir bolada alohida fikrlardan yaxlit bir matn hosil qilish, zarur axborotni chiqarib olgani holda uni diqkt bilan tinglash istagini paydo qiladigan psixoogiyaga, pedagogikaga oid vaziyatlar yaratishga asoslanmog‗i lozim.
о‗rgatishning axvolini aniqlash maqsadida, biz tajriba-sinov maydonlari sifatida tanlab olingan maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari bilan suhbatlar, anketa sо‗rovlar о‗tkazdik. Ularning mashg‗ulotlarini, tarbiyaviy suhbatlarini tahlil kildik va mashg‗luotlar rejalarini о‗rganib chiqdik. Tadqiqot о‗tkazish metodikasi.
68
Tanlangan materiallar asosida tadqiqot ishi 3 bosqichda amalga oshirildi: 1.Axborot-analitik bosqich. Bunda mavzuimizga doir pedagogik adabiyotlardan mazkur muammoning holati о‗rganildi, amaliyotdagi ahvol tahlil etildi. Bu bosqichda ish 2 yо‗nalishda olib borildi: 2. Izlanish bosqichi. Bu bosqichda maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishga oid materiallar tanlandi, tajriba-sinov uchun materiallar tayyorlandi .
Biz olg‗a surgan nazariy g‗oyalar amaliyotda tajriba-sinovdan о‗tkazildi, ilmiy xulosalar chiqarildi, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi. Biz dissertatsiyada ta‘riflagan barcha fikr va qoidalar pedagogik tajriba – sinov jarayonida sinab kо‗rildi. Ta‘kidlovchi tajriba-sinov ishlari 2013-2014 yillarda Xamza tumani № 149 sonli maktabgacha ta‘lim muassasasida tadqiqot ishlari olib borilib, tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilar qamrab olindi. Mazkur tajriba-sinov ishlaridan maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishning amaliyotdagi ahvolini bilishdan iborat edi. Bunda maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishning darajasi aniqlandi. Mashg‗ulot jarayonida maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishini kuzatdik, maktabgacha ta‘limnig meyoriy xujjatlari bilan tanishdik. Dastlab, maktabgacha yoshdagi bolalarni mashg‗ulotlar jarayonida ikkinchi tilga о‗rgatishga ajratilgan vaqtlarga, dasturga munosabatlari о‗rganildi. Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi materiallar tayyorlandi: 1. Pedagogik jarayonni kuzatish sxemasi. 2. Tarbiyachilar uchun sо‗rovnoma. 3. Tarbiyalanuvchilar uchun sо‗rovnoma.
69
Adabiyotlarni о‗rganish va tahlil qilish shuni kо‗rsatdiki, maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish muammosi yetarli darajada о‗rganilmagan. Tarbiyachilar bu yо‗nalishda ish olib borishga qiynaldilar. Chunki ular uchun yetarli darajada metodik qо‗llanmalar mavjud emas. Shuning uchun tadqiq etilayotgan muammoni amaliyotdagi holatini о‗rganish va maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish tizimini ishlab chiqish zaruriyati tug‗ildi.
Guruhlar Bolalar soni foiz hisobida Ta‟kidlovchi tajriba sinov Shakllantiruvchi tajriba sinov Tovushlarning tо„g„ri talaffuzi Tovushlarning tо„g„ri talaffuzi О‗
Q G‗
H О‗
Q G‗
H Nazorat
guruhi 12
2 4 3 5 5 7 6 9 100% 16,6 33,3
25 41,6
41,6 58,3
50 75
Tajribasino v guruhi 12 2
2 6 6 9 8 10 100% 16,6
25 16,6
50 50
75 66,7
83,3 J A M I
24 4 7 5 11
11 16
14 19
100% 16,7
29,1 20,8
45,8 45,8
66,6 58,3
79,2
71
Olib borgan tajriba-sinov shuni kо‗rsatdiki, о‗zbek tili tovushlari, tovush birikmalarini tо‗g‗ri talaffuz etishni о‗zlashtirish jarayonida bolalar о‗zbek tili va о‗zbek tilining tovushlar tizimi о‗rtasidagi farq natijasidan kelib chikkan kiyinchiliklarga duch keladilar. Bolalarning о‗zbek adabiy tilining barcha tovushlari, tovush birikmalarini о‗zlashtirib olishlari– ularga ruscha sо‗zlashish nutqini о‗rgatish davrida muvaffaqiyatli ish olib borishning majburiy va zarur shartidir. Pedagog nutqi taklid uchun na‘muna bо‗lib xizmat kilmog‗i darkor. Undosh tovushlarni talaffuz etish kо‗nikmalarini shakllantirishda tovushlarni taqqoslash usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Artikulyatsiya apparati tuzilishi va xarakatlanishining ayrim xususiyatlarini bilish bolalarga о‗zbek tili tovushlarini tо‗g‗ri talaffuz etishni tez о‗zlashtirib olishga xamda artikulyatsiya apparatining ishi bilan tovushlarni aniq talaffuz qilish о‗rtasidagi bog‗liklikni aniqlashga yordam beradi. Artikulyatsiya kо‗nikmalari va fonetik farklarni bilish, talaffuz etish kо‗nikmalarini alohida mashqlarda, о‗yinli vaziyatlarda va tovush taqlidchanligi orqali ishlab chiqish tavsiya etiladi. Bolalarda о‗zbekcha talaffuz kо‗nikmalarini shakllantirishda kо‗rgazmaviylikka katta e‘tibor karatish lozim. Bolalarga tо‗g‗ri
talaffuzni о‗rgatishda tarbiyachilarimiz ona tili va о‗rganilayotgan tilning fonetik tizimlari xaqida aniq tasavvurga ega bо‗lishi va ularning tovush kurilishi xususiyatlarini о‗quv jarayonida muntazam ravishda hisobga olib borishi zarur. Nutqiy faoliyatning о‗ziga xos psixologik xususiyatlarini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarga о‗zbek tilini ikkinchi til sifatida о‗qitish metodikasi uchun zarur bо‗lgan xulosalarni chiqarish imkonini beradi. Talaffuz ustidagi ishlarning asosiy usuli bolalarning pedagog ortidan (jо‗r bо‗lib yoki yakka tartibda) ayrim tovushlarni, tovush birikmalarini, sо‗zlarni, gaplarni takrorlashlaridan iborat bо‗lishi kerak. Shuni ham hisobga olish lozimki, tovushni, sо‗zni, gapni talaffuz qilish о‗z motivi va maqsadiga ega bо‗lgan nutqiy harakatdir. Shuning uchun ta‘lim jarayonida har bir talaffuz harakati, uning har bir operatsiyasi motivatsiyalangan bо‗lishiga, bola uchun mazmunga ega bо‗lishi va uni qiziqtirishga intilish lozim. Faqat shu holatdagina keyinchalik bolalar ikkinchi 72
tilda shakllantirilgan mustaqil nutq kо‗nikmalaridan foydalana olishlari mumkin. Talaffuz harakati motivini о‗yinlarda yaratish darkor. Har qanday nutq harakati kabi bolalarda talaffuzni izchil va muntazam ravishda shakllantirish lozim. Bunda talaffuz kо‗nikmalarini shakllantirish tinglash yо‗nalishi bо‗yicha ham, sо‗zlash yо‗nalishi bо‗yicha ham olib borilishi lozimligini e‘tiborga olish zarur. Shu bilan birga tinglash sо‗zlashdan oldinligini ham unutmaslik darkor. О‗zbek tilini о‗rganishda rus bolalariga xos bо‗lgan xatoliklarni bartaraf etishga yordam beradigan о‗yinlar va mashqlarni ishlab chiqishjuda muhimdir. О‗yinlar va mashqlarni tanlash ona tili va о‗rganilayotgan tilning tovush tizimlarini taqqoslash, shuningdek ularda umumiylik va farqlarni aniqlashga asoslanmoq lozim.
Asosiy e‘tibor bolalarning ona tilida mavjud bо‗lmagan, о‗zlashtirish juda qiyin hisoblangan tovush hodisalariga, sо‗zdagi u yoki bu tovushni tinglab turib aniqlay olish qobiliyatini shakllantirishga qaratilishi lozim. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni ikkinchi til sifatida о‗zbek tiliga о‗rgatish borasidagi olib borilgan tajriba sinov maxsus fonetik о‗yinlarning samaradorligini tasdiqladi. Bunday о‗yinlar davomida bola о‗zbekcha va ruscha tovushlar hamda sо‗zlarni talaffuz etishda о‗z lablari, tili, og‗zi harakatini boshqarishni, sо‗z ning ma‘nosini aniq yetqazishni о‗rgandi. Har bir fonetik о‗yin qator komponentlarni о‗z ichiga oladi: - tovushning о‗yin manbasi sifatida ishtirok etadigan xayoliy hayvonlar, mashinalar, о‗yinchoqlar, predmetlarga ovoz berishni dastlab pedagog, sо‗ngra esa bolalarning о‗zlari amalga oshiradilar. Taqqoslash uchun hayvonlar «qо‗shig‗i»ni, (katta va kichik) dо‗mbirada chalishni talaffuz qilishdagi farqlarni namoyish qilgan holda bolalarning ona tilida mavjud bо‗lgan tovush taqlidlaridan foydalaniladi; - u yoki bu zarur tovush birikmalarini talaffuz qilish motiviga biron-bir predmet, hayvonlar, qushlar va hokazolar tovushiga taqlid qilish yordamida erishiladi;
73
- pedagogning kо‗rsatmalari, uning maqtovi, bolaga qiziqarli bо‗lgan natijaga olib keladigan mashq qilinayotgan tovush birikmalari qо‗shilgan didaktik о‗yinlarning tashkil etilishi bolaning zarur tovush birikmalarini nisbatan murakkab о‗yin harakati tarkibida talaffuz qilishi uchun rag‗bat sifatida xizmat qiladi. Bolalarda talaffuz paytida aralashib ketadigan tinglab, ajratib olish va ularning har biriga tegishli о‗yin harakatlari bilan javob berish, tovush farqlarini taqlid qilib kо‗rsatish va ularni mustaqil talaffuz qilish, mashq qilinayotgan tovushlardan iborat bо‗lgan sо‗zlar va iboralarni о‗yinga qiritish qobiliyatini shakllantirishga alohida e‘tiborni qaratish muhimdir. Har bir fonetik о‗yin yoki о‗yin mashqi aniq maqsadga ega bо‗lishi lozim. Ular birgalikda muayyan tizimni hosil qiladilar. Yuqoridagi tahlildan shunday hulosaga keldik: - Maktabgacha ta‘lim tarbiya ishlarini samarali, davlat ta‘lim standartlari asosida amalga oshirish maqsadida mutaxassislar tomonidan tuzilgan «Bolajon» tayanch dasturida ikkinchi tilga о‗rgatishga doir mavzular bilan bola shaxsida zarur sifat va hissini tarbiyalash imkoniyati bо‗lsada, bu yetarli emas. - Maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyachilari orasida bolalarni ikkinchi tilga о‗rgatishda katta tajriba orttirganlari ham bor. Biroq kо‗pchilik tarbiyachilar bolalarning yaxshi о‗zlashtirishi, intizomini ta‘minlashga e‘tibor berib, ularning his-tuyg‗ulari, munosabatlari ta‘siridan chetda qolayapti. - Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish milliy halq о‗yinlardan, suhbatlardan, tez aytishlardan, badiiy adabiyotlardan foydalanishda katta imkoniyatlarga ega. Biroq ulardan ta‘lim- tarbiya ishlari jarayonida yetarli foydalanishmaydi. Maktabgacha ta‘lim muassasasida ta‘lim- tarbiya ishlarini kuzatish orqali maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishda yuz berayotgan kamchiliklarni ham aniqladik. Bularning hammasi bizning tadqiqot ishimizni olib borishning metod va usullaridan belgilab olishga yordam berdi.
74
Izlanuvchi tajriba-sinov ishlari 2012-2013 yillarda kо‗rsatilgan maktabgacha ta‘lim muassasasida о‗tkazildi. Bunda asosan, maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishning tahminiy mazmuni ishlandi: Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish jarayoni taxlil etildi. Mashg‗ulotda maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish ishlarining shakl va usullari belgilab olindi. Ta‘limiy tajriba-sinov ishlari 2013-2014 yillarda davom ettirildi. Tajribalar biz belgilab olgan holda va fikrlar, metod va usullarning tо‗g‗riligini sinab kо‗rish maqsadida olib borildi. Biz tavsiya etgan ya‘ni ta‘lim-tarbiya jarayonida qо‗llangan metod va usullarning maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatilganlik darajalarini о‗sganligini kо‗rsatdi. Ishimizning natijasi yozma va og‗zaki sо‗rov, suhbat, kuzatish jarayonida ma‘lum bо‗ldi. Biz olib borgan tadqiqotlarda maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishni belgilovchi mezonlarni ishlab chiqdik va barcha savol-javoblar, suhbatlar, sо‗rovlarda ularning javoblaridan mana shu mezonlarga asosan qiziqish darajasini aniqladik. Tajriba-sinov ishlarining asosiy respondentlari orasida bolalar yetakchi о‗rin egalladilar. Binobarin, tadqiqotning samaradorligi bevosita ularning tafakkurlari darajasining rivojlanganligi bilan belgilanadi. Dastlabki tajriba davrida maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishning mavjud holati о‗rganilgan bо‗lib, navbatdagi bosqichda maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishning shakllanganlik darajasini yanada rivojlantirish maqsadida maxsus metodika ishlab chiqilgan va ushbu metodika amaliyotga bevosita tatbiq etilgan edi. Sо‗nggi bosqichda esa ularning nutqlari qay darajada rivojlanganligi tahlil etildi. Ana shu maqsadda maktabgacha yoshdagi bolalar va jalb etilgan tarbiyachilar ishtirokida suhbatlar tashkil etildi, bolalarning mashg‗ulotlar davomida suhbatdagi ishtiroklari о‗rganildi, ular tomonidan erishilgan 75
yutuqlarning omillari tahlil qilindi. Tahlil har bir maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyalanuvchisi tomonidan qayd etilgan kо‗rsatkichlar bо‗yicha amalga oshirildi. Hisob-kitob natijasida qо‗lga kiritilgan natijalar birinchi farazning rad etilib, ikkinchi farazning haqqoniy ekanligini tasdikdadi. Demak, olib borilgan tajriba- sinov ishlari samarali bо‗lib, bu jarayonda maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatish darajasi qо‗llanilgan tajriba guruxdarida sezilarli darajada о‗sdi. Ushbu xulosa tadqiqotni olib borishda qо‗yilgan maqsadga erishilganlikni tasdiqlaydi. Tadqiqotda ilgari surilgan nazariy g‗oya va muammoning amaliy yechimlari umumiy xulosalarga kelish va ular asosida maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni о‗zbek tilida tо‗g‗ri talaffuzga о‗rgatishga oid ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Umumiy xulosalar va ilmiy tavsiyalar ishning alohida bandida batafsil yoritiladi.
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling