O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana15.05.2020
Hajmi0.58 Mb.
#106216
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni ozbek tilida togri talaffuzga orgatish


 

 

 

 

 

 

36 


BIRINCHI BOB YUZASIDAN XULOSA. 

Tо‗g‗ri  о‗zbekcha  talaffuzni  shakllantirish;  bolalarning  ona  tilida  mavjud 

bо‗lmagan, qattiqligi va yumshoqligi, pastligi va jarangdorligi bilan bir-biriga zid 

bо‗lgan tovushlarga (о‗, q, g‗), undoshlari boshida, о‗rtasida va oxirida keladigan 

sо‗zlarga alohida e‘tiborni qaratish lozim. 

Bolalarda tо‗g‗ri nutqni rivojlantirishda, tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal 

etishi zarur: 

-  bolalarda  tinglash  qobiliyatini  tarbiyalash,  uning  komponentlarini,  ya‘ni: 

tinglash  e‘tibori  (biron-bir  tovushni  jaranglashiga  qarab  qanday  tovush  ekanligini 

aniqlay olish), fonematik tinglash, mazkur nutq sur‘ati va ritmini qabul qila olish 

qobiliyatlarini 

asta-sekin 

rivojlantirib 

borish; 


artikulyatsiya 

apparatini 

rivojlantirish;  nutqiy  nafas  olish  ustida  ishlash,  ya‘ni  iboralar  bilan  erkin  sо‗zlay 

olish  uchun  qisqa  nafas  olish  va  davomli  nafas  chiqarishni  о‗rgatish;  muloqot 

sharoitidan  kelib  chiqqan  holda  ovoz  balandligini  boshqarish  qobiliyatini 

tarbiyalash; 

- ona tilining barcha tovushlarini tо‗g‗ri talaffuz qilishni shakllantirish; 

-  har  bir  tovushni,  shuningdek  sо‗zlar  va  iboralarni  aniq  va  tushunarli 

talaffuz qilishga odatlanish

- sо‗zlarni adabiy tilining orfoepiya qoidalari meyorlariga mos holda talaffuz 

qilishni rivojlantirish; 

-  normal  nutq  sur‘atini  shakllantirish,  ya‘ni  sо‗zlar  va  iboralarni  nutqni 

tezlashtirmay va sekinlashtirmay sekinlik bilan hamda shu bilan birga tinglovchiga 

aniq tushunish imkoniyatini yaratgan holda talaffuz qilishni о‗rgatish. 

О‗zbekcha  talaffuzni  о‗rgatishning  dastlabki  bosqichida  tarbiyachi 

imitatsiya usulidan foydalanadi. Ushbu usulning moxiyati shundan iboratki, bunda 

pedagog  о‗rganilayotgan  tovushni  talaffuz  qilish  na‘munalarini  namoyish  qiladi, 

bolalar  diqqat  bilan  tinglaydilar.  Keyin  esa  tarbiyachiga  taqlid  qilgan  xolda 

takrorlaydilar.  Mazkur  usul  bolalarning  ilk  bor  tilga  о‗rganishidan  boshlab  taqlid 

qilishga moyilliklarini rivojlantiradi. 



 

37 


Nutqning  tovush  madaniyatini  tarbiyalash  ona  tilidagi  tovushlarni  aniq 

aytish, ularni tо‗g‗i talaffuz qilish, sо‗zlar va iboralarni aniq talaffuz qilish, tо‗g‗ri 

nutqiy  nafas  olish,  shuningdek  ovoz  kuchidan  yetarli  darajada  foydalana  olish 

qobiliyati, nutqning normal sur‘ati va ifodalilikning turli intonatsion vositalari-nutq 

musiqasi, mantiqiy sukut, urg‗ular, nutq sur‘ati, ritmi va tembrini shakllantirishni  

о‗z  ichiga  oladi.  Nutqning  tovush  madaniyati  yaxshi  rivojlangan  nutqni    tinglay 

olish qobiliyati asosida shakllanadi. 

 

Tarbiyachi tovush artikulyatsiyasini namoyish etib, bolalarga tilning talaffuz 



chog‗idagi holatini kо‗rishni taklif qilishi lozim. Sо‗ngra u  tovushni bir necha bor 

talaffuz  qiladi,  keyin  esa  bolalar  uni  takrorlaydilar.Tо‗g‗ri  о‗zbekcha  talaffuzni 

shakllantirish; bolalarning ona tilida mavjud bо‗lmagan, qattiqligi va yumshoqligi, 

pastligi  va  jarangdorligi  bilan  bir-biriga  zid  bо‗lgan  tovushlarga,  undoshlari 

boshida, о‗rtasida va oxirida keladigan sо‗zlarga alohida e‘tiborni qaratish zarur. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

38 


II. BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI RUSIYZABON BOLALARNI 

О„ZBEK TILIDA TО„G„RI TALAFFUZGA О„RGATISH

  

METODIKASI 

1



Maktabgacha  yoshdagi  rusiyzabon  bolalarning  tovush  nutq  madaniyatini

 

tarbiyalash 



 

bо‗yicha maxsus usullarni aniqash va ularni amaliyotga joriy etish. 

  

Bolalarning  tovush  nutq  madaniyatini  tarbiyalashda    tovushlarni  tо‗g‗ri 



talaffuz  qilishga  о‗rgatish  uchun  ularda  artikulyatsiya  apparati  organlarining 

harakatchanligi va tez о‗zgara olishi, nutqiy nafas olishiga katta e‘tiborni qaratib, 

jiddiy  ishlar  olib  bormoq  zarur.  Shuningdek,  biz  kattalar,  ular  о‗z  ovozlarini 

boshqarishni  uddalay  olishini  shakllantirish  bо‗yicha  ham  maxsus  usullarni 

qо‗llashimiz  zarur.  Tо‗g‗ri  talaffuzni  shakllantirish  uchun  yaxshi  rivojlangan 

nutqni  tinglay  olish  qobiliyatiga  ega  bо‗lish  ham  juda  muhimdir,  chunki  u  о‗z-

о‗zini nazorat qilish imkonini beradi, о‗z-о‗zini nazorat qilish esa doimo о‗z ustida 

ishlashga  undaydi.  Tovushni  talaffuz  qilishdagi  nuqsonlar  nutqiy  apparatdagi 

(og‗izning  yuqorigi  qattiq  va  yumshoq  qismlaridagi  nuqsonlar),  tish-jag‗  tizimi 

tuzilishdagi  xatoliklar,  til  osti  tugunchalarining  qisqaligi,  artikulyatsiya 

organlarining  yetarli  darajada  harakatchan  emasligi,  fonematik  tinglay  olish 

qobiliyati,  ya‘ni  bir  tovushni  boshqasidan  farqlay  olmaslik  yetarli 

rivojlanmaganligi  oqibatida  yuz  berishi  mumkin.  Atrofdagilarning  va  ayniqsa 

pedagogning  ikkinchi  tilda  notо‗g‗ri  nutqni  о‗zlashtirib  olish  ham  talaffuzda 

kamchiliklarga  olib  kelishi  mumkin.  Ayniqsa,  tovushlarni  almashtirib  yoki  buzib 

talaffuz qilish holatlari aniqlangan bolalar bilan ishlashni о‗z vaqtida boshlash juda 

muhimdir.  Biz,  olib  borgan  tadqiqot  ishimizda  quyidagilarni  amalga  oshirib 

bordik: bolalarga har qanday pozitsiyada- sо‗z boshida, о‗rtasida va oxirida hamda 

sо‗z  tarkibi  turlicha  bо‗lganida    barcha  tovushlarni    tо‗g‗ri  talaffuz  qilishni 

о‗rgatish;  nutqida  nuqsonlar  bо‗lgan  bolalarni  о‗z  vaqtida  aniqlash  va  zarur 

hollarda  ularni  maxsus  fonetik  mashqlar  orqali  tuzatishga  xarakt  qildik.  Tо‗g‗ri 

talaffuz  poydevori  aynan  ruscha  sо‗zlashish  mashg‗ulotlarida  yaratiladi. 

Bolalarning rus adabiy tili tovushlari va sо‗z birikmalarini tо‗g‗ri talaffuz qilishni 

о‗rganib olishlari ularga ruscha sо‗zlashuv nutqini о‗rgatish davrida muvaffaqiyat 

bilan ish olib borishning majburiy sharti hisoblanadi. 


 

39 


Talaffuzga о‗rgatish uch bosqichda amalga oshirildi: 

-ayrim  tovushlar  talaffuzini  shakllantirish  –  bu  qattiq  va  yumshoq,  jarangli  va 

jarangsiz undoshlar talaffuzi ustida ishlash; 

-ayrim sо‗zlar talaffuzini shakllantirish  - bu leksikani tо‗g‗ri talaffuz qilish, urg‗u 

berish, sо‗zda urg‗u bо‗g‗inini ajratish; 

-na‘munaviy  gaplar  talaffuzini  shakllantirish  –bu  о‗zbekcha  gap  ohanglari  ustida 

maxsus ishlash. 

 

О‗zbek tili va ona tilining tovush tizimlarini taqqoslash quyidagilarni ajratib 



kо‗rsatish imkonini berdi: 

a) oson о‗zlashtiriladigan va fonetik jihatdan anglashni talab etmaydigan о‗xshash 

tovushlar; 

b)  talaffuzidagi  farqi  shunchalik  ahamiyatsizki,  maxsus  mashqlarga  ehtiyoji 

bо‗lmagan tovushlar; 

v) faqat о‗zbek tiliga xos bо‗lgan tovushlar, ularning talaffuzini о‗rganish maxsus 

о‗yinli mashqlar tizimini tashkil etdi. 

 

О‗zbek tiliga xos bо‗lgan bunday fonetik toifalarga undoshlarning qattiqligi 



va yumshoqligi, ohang turlari kiradi. 

Bolalarni о‗qitishda, eng avvalo, qattiq va yumshoq undoshlar talaffuzi о‗rgatildi. 

Bu boradagi ishlar taqqoslash orqali amalga oshirildi. Masalan, ―piyola, alla, atlas‖ 

sо‗zlaridagi qattiq undosh ―l‖ ni talaffuz qilish kо‗nikmalarini ishlab chiqish uchun 

bolalardan ushbu tovushni tarbiyachiga taqlid qilgan holda aytish taklif qilindi. 

 

Agar  bolalar  uni  ayta  olishmasa,  bu  holda  ushbu  tovushning  ona  tilidagi 



artikulyatsiyasi tushuntirib berildi. ―L‖ tovushini aytishda til uchi yuqori  tishlarga 

jips yopishadi‖, - deb tushuntirildi. Tarbiyachi nutqi taqlid uchun haqiqiy na‘muna 

bо‗lishi  lozim.  Bolalar  pedagog  tomonidan  tо‗g‗ri  talaffuz  etilgan  barcha 

tovushlarni  aniq  eshitishlari  darkor.  Buning  uchun  har  bir  tovushni  aniq  ifoda 

qilish  hamda  bolalarga  tarbiyachining  nutq  organlari  harakatini  kuzatish  taklif 

qilinishi  lozim,  shunda  tovush  artikulyatsiyasini  ilg‗ab  olish  oson  bо‗ladi. 

О‗zbekcha  talaffuzni  о‗rgatishning  dastlabki  bosqichida  tarbiyachi  imitatsiya  

usulidan foydalanadi. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda tarbiyachi 



 

40 


о‗rganilayotgan  tovushni  talaffuz  qilish  na‘munalarini  namoyish  qiladi,  bolalar 

diqqat bilan tinglaydilar. Keyin esa tarbiyachiga taqlid qilgan holda takrorlaydilar. 

Mazkur  usul  bolalarning  erta  yoshdan  boshlab  taqlid  qilishga  moyilliklarini 

rivojlantiradi. 

 

О‗zbekcha  tо‗g‗ri  talaffuzni  о‗rgatishda  bolalarda  fonematik  tinglash 



qobiliyatini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Ba‘zi bolalarda fonematik tinglash 

qobiliyati  yaxshi  rivojlangan  va  ular  aralash  tovushlar  talaffuzidagi  farqni  tez 

ilg‗ab oladilar, boshqa bolalarda esa bu qobiliyat yaxshi rivojlanmagan, va shuning 

uchun  ular  tovushdagi  farqni  darhol  ilg‗ab  ololmaydilar.  Biz  bunday  xolatlarda 

tinglash  qobiliyati  sust  bо‗lgan  bolalarga  alohida  e‘tibor  berib,  ular  bilan  yakka 

tartibda ish olib bordik. 

 

Biroq,  ta‘limda  doimiy  ravishda  faqat  shu  usuldan  foydalanish  maqsadga 



muvofiq  emas.  Bolalarga  qiyin  tovushlar  artikulyatsiyasini  kо‗rsatish  va 

tushuntirib berish usulidan doimiy ravishda foydalanish lozim, bu esa talaffuzning 

ongli ravishda о‗zlashtirilishiga yordam beradi. 

Biz  olib  borilgan  tadqiqotimizda  u  yoki  bu  tovush  tarkibida  turli  nutq  organlari: 

lablar,  tishlar  va  til  ishtirok  etayotganini  kо‗rsatdik  hamda  tushuntirdik. 

Bolalarning  tovushlarni  ifoda  etishda  nutq  organlari  holatini  kо‗rib  olishlari  

ularning tо‗g‗ri talaffuzni о‗zlashtirib olishlarida yordam berdik. Bu boradagi ish 

shuni kо‗rsatmoqdaki, ushbu yо‗nalishdagi mashqlar ijobiy natijalarga olib keladi. 

Olib  borilgan  sinovda  biz  turli  xil  metodik  usullarni  qо‗lladik  va  ular  doimo  bir-

birini tо‗ldirdi. Masalan, ―l‖ qattiq tovushining tо‗g‗ri talaffuzini shakllantirish.  

 

Tarbiyachi  tovush  artikulyatsiyasini  namoyish  etadi  va  bolalarga  tilning 



talaffuz  chog‗idagi  holatini  kо‗rishni  taklif  qiladi.  Sо‗ngra  u    tovushni  bir  necha 

bor  talaffuz  qiladi,  keyin  esa  bolalar  uni  takrorlaydilar.  Agar  bolalar  sо‗zlardagi 

tovushni  tо‗g‗ri  talaffuz  eta  olsalar,  yangi  gaplarga  va  tо‗rt  qatorli  kichik-kichik 

she‘rlarni  yod  olishga  о‗tish  mumkin.  Boshqa qiyin  tovushlarni о‗rganishda ham 

ana  shunday  usullardan

 

foydalaniladi.  Bolalarning  tovushlar  artikulyatsiyasini 



anglab yetishlari yumshoq undoshlarni tо‗g‗ri talaffuz etishda katta ahamiyat kasb 

etadi.  Bu  undoshlar  shunisi  bilan  ajralib  turadiki,  juftli  qattiq  va  yumshoq 



 

41 


undoshlar  uchun  umumiy  bо‗lgan  asosiy  artikulyatsiyani  ifoda  etishda  ularga 

qо‗shimcha  qо‗shiladi:  til  orqasining  о‗rta  qismi  yuqori  og‗iz  bо‗shlig‗i 

devorigacha  kо‗tariladi.  Aynan  shu  ―qо‗shimcha‖  bolalar  uchun  qiyinchilik 

tug‗diradi. 

 

Undosh tovushlarni - yumshoq, qattiq, jarangli, jarangsiz undoshlar- talaffuz 



qilish kо‗nikmalarini shakllantirishda taqqoslash usullaridan foydalanish maqsadga 

muvofiqdir. 

 

     Maktabgacha  rusiyzabon  bolalar  dastrо‗moldan  yasalgan  «sichqon»ning 



harakatlanishidan 

qattiq 


zavqlanib, 

qiyqirib 

yayraydilar. 

«Sichqon»ni 

harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu 

ovutmachok  gudakka  sichqon  shakli  va  uning  juda  yugurdakligi  tо‗g‗risida 

tasavvur  hosil  qilishga  kо‗maklashadi.  Ermak  о‗yinlardan  «Oymoma»,  «Boqqa 

kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo-chapakka» orqali 

bolalarni  muloqotga  о‗rgatib  boriladi.  Bu  jarayonda  bolalarning  eshitish,  kо‗rish, 

sezish,  his  qila  olish  kabi  sensor  holatlari  faollashadi.  Bolalarning  nutq  faolligini 

о‗stirish  maqsadida  aytishma  о‗yinlaridan  keng  foydalaniladi.  Bunday  о‗yinlarga 

«Boylandi»,  «Xolam  keldi»,  «Mundi-mundi»,  «Bulbulim-bulbulim»,  «Kо‗z 

boylog‗ich», «Ok sholi, kо‗k sholi», «Ada xormang» lar kiradi. Yana, xalqimizda 

azal-azaldan  о‗ynab  kelinadigan  sо‗z  о‗yinlaridan  «Yarashtirgich»lar  hali-

hanuzgacha bolalar orasida «tinchlik – yarashuv» timsoli sifatida qо‗llaniladi. Bu 

о‗yinlar bolalar  tilidan ana shunday jaranglaydi:  

Karimga berdim toychok

U olavermadi har choq. 

Toychog‗imni kim olsa, 

Men u bilan chin о‗rtoq. 

Yalinchoq-yalinmachoq, 

Pista pо‗choq. 

Qilichmi, tо‗qmok, qirq yilgacha о‗rtok, 

Tо‗qmoq - tо‗qson yilgacha о‗rtoq. 

 


 

42 


Bolalarning  matematik  tasavvurlarini  о‗stirishga  yordam  beradigan  о‗yin 

turiga  «Sanamalar»  kiradi.  Bu о‗yin  jarayonida  bolalar she‘riy  satrlar  orqali  son-

sanoqdan  topishmoq  tarzida  foydalanib  qatnashadilar.  Bunda  bolalarning 

tasavvurlari, fikrlash doiralari kengayib, she‘riy ohangda tо‗g‗ri javob kaytarishga 

о‗rgatilib boriladi. Asosan bu о‗yinlar quyidagicha jaranglaydi: 

Dadamu-oyim, 

Bor ikkita singlim. 

Bahodir, Dildor, 

Bog‗chaga ketar, 

Sanab kur chaqqon, 

Bizlar nechta jon. 

О‗zbek  xalqi  nihoyatda  sо‗zga  chechan,  topqir  bо‗lib,  о‗zining  al-yoru-

qо‗shiklariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq orasida mashhur bо‗lgan 

«Qikillamalar»dir.  Bu  sо‗z  о‗yinlarida  sodir  bо‗layotgan  vokea-hodisalar, 

kechinmalar she‘riy ohangda ijro etiladi. Masalan: 

Shov-shov etadi arik, 

Karim ekadi tarik. 

Yoki: 

Echki keladi ma’rab, 

О‘z egasiga karab. 

Yuqorida  kо‗rsatib  о‗tilgan  о‗yinlardan  ertalab  va  kechki  soatlarda  keng 

foydalanish mumkin. 

Tez  aytishlarni  qо‗llashda  kо‗rgazmali  qurollardan  (о‗yinchoqlar, 

rasmlardan)  foydalanish  lozim,  shundagina  bolalar  uni  katta  qiziqish  bilan 

takrorlaydilar va aytadilar. 

Maktabga  tayyorlov  guruhida  о‗tqaziladigan  о‗zbek  tili  mashg‗ulotlarida 

sо‗z  qо‗shilishi  lozim  bо‗lgan  topishmoqlardan  foydalanish  maqsadga  muvofiq, 

chunki  bu  topishmoqlar  bolalarni  she‘rni  diqqat  bilan  eshitishni  о‗rganishga, 

ma‘no  va  mazmun  jihatidan  bir-biriga  yaqin  bо‗lgan  sо‗zlarni  tanlashga  yordam 

beradi. 


 

43 


 

Ok gulim oppoq guli,  

Ushlab kо‗rsam yumshoq gulim, 

Terib xirmon qilgan edim 

Bо‗lib ketdi tog‗-tog‗ gulim. 

 

 



 

 

 



(Paxta) 

 

Oyoqlari katta-kattatо‗rt ustin, 



Tumshug‗ida kо‗tarar yо‗g‗on pо‗stin. 

 

 



 

 

 



 (Fil) 

Bir simi bor xо‗p uzun, 

Ketgan juda uzoqqa, 

Eshitasan sо‗zini 

Tutib kо‗rsang qulokqa. 

 

 



 

 

 



(Telefon) 

Bir tuyam bor guldiroq 

Hamma yeri yaltiroq, 

О‗zi filday, 

Tovushi zilday. 

 

 



 

 

 



(Traktor)  

Qulog‗i ikkita, kо‗zi yо‗q, 

Og‗zi yо‗g‗u tishi kо‗p. 

G‗ir-g‗ir deydi ishlaydi

Yerga kukun tashlaydi. 

 

 



 

 

 



(Arra) 

Yuqorida  keltirilgan  topishmoqlar  turli  yо‗nalishda  bо‗lishiga  qaramay,  mazkur 

topishmoqlar: 

 



Bolalarda tabiatga nisbatan hura, uni asrashni his etish; 

 



Bolani erkin fikrlash, aqliy kamolotiga ijobiy ta‘siri; 

 

44 


 

Topishmoqlar bolalarda insoniy fazilatlarni shakllanishiga imkon yaratuvchi 



vosita sifatida xizmat qiladi. 

 

Topishmoqlarni  tanlashda  ularning  bolalarni  aqliy  jihatdan  tarbiyalashdagi 



ahamiyatini  nazarda  tutish  lozim.  Topishmoqlardan  tovushlar  talaffuzini 

mustahkamlash, tovush madaniyatining boshka jihatlarini ham rivojlantirish uchun 

nutqiy material sifatida foydalanishda bolalarning bu topishmoqlarni topish uchun 

umumiy tayyorgarlikka egaligini ham hisobga oldik.  

Mashg‗ulotda boladan tezroq javob olishga intilmaslik lozim. Har bir bolaga 

topishmoqni  topish  uchun  о‗ylashga  imkon  berish  kerak.  Hatto  topishmoq  topib 

bо‗linganidan  sо‗ng  ham  ikki-uch  boladan  quyidagicha  sо‗rab  kо‗rish  lozim: 

"Lena,  sen  nima  deb  о‗ylaysan?  Kim  (nima)  bu?"  "Sen  nima  deb  о‗ylaysan, 

Sasha?" va h.k. 

She‘rlar  nutqning  tovush  madaniyatini  tarbiyalash  uchun  material  sifatida 

kо‗p 

maqsadli  yо‗nalishga  egadirlar.  Ulardan  о‗rganilgan  tovushlarni 



mustahkamlash,  talaffuzni  joyiga  qо‗yish,  tovush  apparatini  rivojlantirish  uchun 

mashq  sifatida  foydalanish  lozim.  Bolalar  yaxshi  mexanik  xotiraga  ega 

bо‗lganliklari  sababli  ularni  oson  esda  saqlab  qoladilar.  Bundan  tashqari,  maxsus 

tanlangan she‘rlarni yod olish orqali bolalar bir vaqtning  о‗zida о‗zlarining atrof-

muhit  haqidagi  taassurotlarini  kengaytiradilar.  Bu  esa  nafaqat  ruscha  tovushlarni 

talaffuz  qilish  kо‗nikmalarini  ishlab  chiqish,  balki  bolalarning  rus  tilidagi  sо‗z 

boyliklarining  faollashuviga,  nutqning  grammatik  jihati,  fikrlash  va  xotiraning 

rivojlanishiga yordam beradi. 

Masalan,  bolalar  B  Akbarovning  "Karim"  she‘rini  yod  olish  orqali  "k" 

tovushini talaffuz etishni mashq qiladilar. 

 

Karim ekkan karamlar, 



Kо‗karib katta bо‗ldi. 

Karimning mehnatidan 

Dadasi kо‗ngli tо‗ldi. 


 

45 


Yodlash  orqali  nafaqat  о‗zbek  tilidagi  barcha  tovushlarni  tо‗g‗ri  aytishni 

о‗rganadilar,  balki  ularni  shoshmasdan,  baland  ovozda  aniq  aytishni  mashq 

qiladilar.  Bolalar  sanashni  avtomatizm  darajasiga  yetkazib  olishlari  va  о‗yin 

sharoitida  undan  mustaqil  ravishda  foydalana  olishlari  uchun  sanoq  о‗yinini  bir 

necha  bor  takrorlab  bordik.  Qiyin  tovushlar  talaffuzini  о‗zlashtirishda  ta‘limning 

texnikaviy vositalari katta yordam kо‗rsatdi. Mashg‗ulot boshlangunga qadar qiyin 

tovushli  sо‗zlar  magnit  lentasiga  yozib  olindi.  Magnitofonni  qо‗yishdan  oldin 

bolalarga  sо‗zlarni  diqqat  bilan  tinglash  va  eslab  qolish  taklif  etildi. 

Magnitofondagi  sо‗zlarni  tinglab  bо‗lgandan  sо‗ng  bolalar  sо‗zlarni  takrorladilar 

va  ularning  mazmunini  gapirib  berdilar,  masalan:  maktab,  bola,  qizaloq;  bu 

bizning  maktabimiz.  Mana  bu  bola,  bu  esa  qizaloq.  Bu  Sasha  degan  bola,  bu  esa 

Masha degan qizaloq. Har bir mavzu bо‗yicha tо‗g‗ri talaffuz etish uchun mashq 

qilish  talab  etiladigan  sо‗zlar  yozib  olindi.  Artikulyatsiya  apparati  tuzilishi  va 

uning  harakatchanligining  ayrim  xususiyatlarini  bilib  olish  bolalarga  nafaqat 

о‗zbek  tili  tovushlarini  tо‗g‗ri  talaffuz  qilishni  tezroq  egallab  olishga,  balki 

artikulyatsiya  apparati  faoliyati  hamda  tovushlarni  ifoda  qilishning  aniqligi 

о‗rtasidagi aloqa va bog‗liqlikni aniqlashga yordam berdi. 

 

Artikulyatsiya  kо‗nikmalari  va  fonetik  farqlarni  talaffuz  qilish 



kо‗nikmalarini  о‗yinli  vaziyatlarga  asoslangan  alohida  mashqlarda  о‗rganish 

tavsiya  etiladi.  Bu  yerda  ―Kim  kelganini  top‖  (Ugaday,  kto  prishyol),  ―Ovoziga 

qarab  aniqla‖  (Uznay  po  golosu),  ―Qaysi  qо‗ng‗iroqcha  jiringlamoqda:  kattasimi 

yoki  kichigimi‖  (Kakoy  kolokolchik  zvenit:  bolshoy  ili  malenkiy)  kabi 

topshiriqlarni  berish  mumkin.  Ushbu  ishni  amalga  oshirishda  kо‗rgazmalilikka 

katta e‘tibor berildi. Mashg‗ulot jarayonida tarbiyachi о‗yinchoqlar, turli buyumlar, 

suratlardan  foydalandi.  Xususan,    ―m‖  tovushini  о‗rganishga  doir  ishlarni  amalga 

oshirish chog‗ida tarbiyachi bolalarga qator savollarga javob berishni taklif qiladi. 

Oldindan  flanelegrafda  nomlarida  ―m‖  tovushi  uchraydigan  suratlar  tasodifiy 

tartibda  terib  chiqiladi:  malina,  muzqaymoq,  moshina.  Suratlar  kerakli  javobni 

topish  uchun  asos  bо‗lib  xizmat  qildi.  U  yoki  bu  hayvonlar  nomlarini  aytishda 

bolalar sо‗zlar va tovushlarni aniq talaffuz qilishni mashq qildilar. 



 

46 


Bolalarda  tо‗g‗ri  va  yaxshi  jaranglaydigan  nutqni  rivojlantirar  ekan, 

tarbiyachi  quyidagi  vazifalarni  hal  etishi  zarur:  bolalarda  tinglash  qobiliyatini 

tarbiyalash,  uning  komponentlarini,  ya‘ni,  tinglash  e‘tibori  -biron-bir  tovushni 

jaranglashiga qarab qanday tovush ekanligini va uning yо‗nalishini aniqlay olish, 

fonematik  tinglash,  mazkur  nutq  sur‘ati  va  ritmini  qabul  qila  olish  qobiliyatlarini 

asta-sekin rivojlantirib borish. Shuningdek, artikulyatsiya apparatini rivojlantirish; 

-nutqiy  nafas  olish  ustida  ishlash,  ya‘ni  iboralar  bilan  erkin  sо‗zlay  olish  uchun 

qisqa nafas olish va davomli nafas chiqarishni о‗rgatish; muloqot sharoitidan kelib 

chiqqan  holda  ovoz  balandligini  boshqarish  qobiliyatini  tarbiyalash;    ona  tilining 

barcha  tovushlarini  tо‗g‗ri  talaffuz  qilishni  shakllantirish;  har  bir  tovushni, 

shuningdek  sо‗zlar  va  iboralarni  aniq  va  tushunarli  talaffuz  qilishga,  umuman 

yaxshi  talaffuzga  odatlanish;  sо‗zlarni  rus  adabiy  tilining  orfoepiya  qoidalari 

meyorlariga  mos  holda  talaffuz  qilishni  rivojlantirish;    normal  nutq  sur‘atini 

shakllantirish,  ya‘ni sо‗zlar  va  iboralarni nutqni  tezlashtirmay  va sekinlashtirmay 

hamda  shu  bilan  birga  tinglovchiga  aniq  tushunish  imkoniyatini  yaratgan  holda 

talaffuz  qilishni  о‗rgatish;  nutqning  ohang  ifodaliligini  tarbiyalash,  ya‘ni  fikrlar, 

hissiyotlar  va  kayfiyatni  mantiqiy  pauza,  urg‗u,  ohang,  sur‘at,  ritm  va  tembr 

yordamida aniq ifodalash qobiliyatini shakllantirish. 

Tarbiyachi nutqdagi kamchiliklarni о‗z vaqtida aniqlash va uni mutaxassisga 

yuborishdan oldin bunday nuqsonlar haqida yetarli tasavvurga ega bо‗lishi lozim. 

Nutqni  shakllantirishning  dastlabki  davrida  uni  tinglashga  oid  asosiy 

komponentlarni  rivojlantirish  bir  tekisda  bormaydi.  Chunonchi,  nutqni 

rivojlantirishning  birinchi  bosqichlarida  tinglash  e‘tiboriga  alohida  ahamiyat 

beriladi. Vaholanki, bunda asosiy mantiqiy vazifa yuqori tovush tinglash qobiliyati 

zimmasiga  tushadi.  Bolalar  tovush  balandligi  о‗zgarishini  nutqning  his-hayajonli 

xususiyatiga, masalan jahl qilinsa unga javoban yig‗laydilar hamda xushmuomala 

va  mayin  munosabatga  javoban  jilmayadilar. Shuningdek tembrga,  masalan onasi 

va  boshqa  yaqinlarini  ovozlaridan  taniydi  va  shunga    muvofiq  holda  qarab  tanib 

olishni  biladilar,  shuningdek  sо‗zning  ritmik  suratini,  ya‘ni  uning  sheva-bо‗g‗in 

tarkibini  -sо‗zning  bо‗g‗inlar  soni  va  asosiy  urg‗uning  joyiga  bog‗liq  bо‗lgan 



 

47 


tovush  tuzilishi  xususiyatlari,  nutq  sur‘ati  bilan  birlikda  tо‗g‗ri  qabul  qiladilar. 

Kelgusida  nutqni  rivojlantirishda  fonematik  tinglash  qobiliyatini,  ya‘ni  bir 

tovushni boshqasidan aniq ajrata olish va buning natijasida ayrim sо‗zlarni tanish 

hamda tushunish qobiliyatini shakllantirish muhim о‗rin tutadi. Yaxshi rivojlangan 

nutqni  tinglash  qobiliyati  ona  tilining  barcha  tovushlarini  aniq  va  tо‗g‗ri  talaffuz 

qilishni ta‘minlaydi, sо‗z aytishda uning balandligini tо‗g‗ri boshqara olish va uni 

ohista sur‘atda, ohang jihatdan ifodali qilib sо‗zlash imkonini beradi. 

Nutqni  tinglash  qobiliyatini  rivojlantirish  artikulyatsiya  apparatini 

rivojlantirish  bilan  uzviy  bog‗liqdir.  Nutqni  tinglash  qobiliyatini  tarbiyalash 

bolalarda  nutq  jarangdorligining  turli  xil  kо‗rinishlarini,  ya‘ni  tovushlarni  tо‗g‗ri 

talaffuz  qilish,  sо‗zlarni  aniq  va  tushunarli  aytish,  ovozni  pasaytirish  yoki 

kuchaytirish,  nutq  balandligi,  tezligi,  ohistaligi,  uni  jadallashtirish  va 

sekinlashtirish,  tembral  ishlov  berish  -  iltimos,  buyruq  kabilarni  qabul  qila  olish 

qobiliyatini  shakllantirishga  qaratilgandir.  Kо‗pincha  bunday  bolalar  sо‗zlarni 

oxirigacha  aytmaydilar  va  ba‘zan  ibora  sо‗nggida  ularni  shivirlab  aytadilar. 

Ba‘zida  bolalar  uzun  iborani  nihoyasiga  yetkazish  uchun  nafas  olib  sо‗zlashga 

majbur  bо‗ladilar,  buning  natijasida  nutq  noaniq  bо‗ladi,  bolalar  xuddi  tiqilib 

qolgandek sо‗zlaydilar. Chunki, tezlashtiriligan nafas chiqarish iboralarni mantiqiy 

pauzalarga rioya qilmasdan jadal sur‘atda sо‗zlashga majbur qiladi. Shuning uchun 

biz  tarbiyachilarning  vazifalarimiz  quyidagilardan  iborat:  maxsus  о‗yinli 

mashqlardan  foydalangan  holda  erkin,  bir  tekis  va  uzaytirilgan  nafas  chiqarishni 

о‗rgatish; pedagog nutqiga taqlid qilgan holda undan tо‗g‗ri, oqilona foydalanishni 

(kichik  iboralarni  uzoq  nafas  chiqarish  bilan  talaffuz  qilish)  tarbiyalash.  Ovoz 

apparati  vositasida  balandligi,  kuchi  va  tembri  turlicha  bо‗lgan  tovushlar 

chiqariladi: ularning umumiyligi aynan inson ovozini aniqlaydi. Ovoz balandligi – 

ohangning  kо‗tarilishi  va  pasayishi,  yuqori  ovozdan  past  ovozga  о‗tish  va 

aksincha.  Ovoz  kuchi  –  tovushlarni  muayyan  balandlikda  talaffuz  etish, 

shuningdek  tovushni  bor  ovozi  bilan  talaffuz  eta  olish  qobiliyati.  Ovoz  tembri  – 

ovozga  sifat  jihatdan  ishlov  berish,  ya‘ni  jarangdor,  ma‘nosiz,  titroq,  bо‗g‗iq  va 

boshqalar. Ovoz tugunchalarining tebranishi natijasida vujudga keladi. Uning sifati 



 

48 


nafas olish, ovoz va artikulyatsiya apparatlarining birgalikdagi faoliyatiga bog‗liq 

bо‗ladi.  Yuqori  nafas  yо‗llarining  turlicha  tebranishlari,  surunkali  shamollash, 

adenoid  о‗simtalar  va  hokazolar  ovozdagi  buzilishlarning  yuz  berishiga  yordam 

beradi.  Kо‗pincha  maktabgacha  yoshdagi  rusiyzabon  bolalarda  ovoz  buzilishi 

undan  notо‗g‗ri  foydalanish:  doimiy  ravishda  baqirib  sо‗zlash,  ayniqsa  yilning 

sovuq  davrida  kо‗chalarda  baland  ovozda  sо‗zlash  orqali  ovoz  tugunchalarini 

zо‗riqtirish, bola ovozi diapazoniga mos kelmaydigan ohangda sо‗zlashi, masalan, 

ba‘zi bolalar о‗zidan  kichikroq bolalarning  chiyilloq nutqiga taqlid qiladilar  yoki 

gо‗yoki  adasi  nomidan  past  ovozda  sо‗zlashga  urinish.  oqibatida  yuz  beradi. 

Ovozdagi  buzilishlar  burun-tomoq  yoki  yuqori  nafas  yо‗llariga  oid  kasalliklarni 

boshdan kechirgan hamda kasallik paytida yoki sog‗ayganidan sо‗ng darhol ovozni 

asrash  rejimga  rioya  qilmagan  bolalarda  ham  vujudga  kelishi  mumkin.  Ovoz 

imkoniyatlaridan  notо‗g‗ri  foydalanish  bola  shaxsining  о‗ziga  xos  xususiyatlari 

(juda  uyatchan  bola  kо‗pincha  past  ovozda  sо‗zlaydi;  tezda  g‗ayratga  keladigan 

bolalar  baland  ohanglarda  sо‗zlaydilar);  notо‗g‗ri  tarbiyaga  (agarda 

atrofdagilarning  о‗zlari  baland  ovozda  sо‗zlasalar  bolalar  ham  noiloj  shunga 

о‗rganadilar); agarda xonada doimiy shovqin-suron bо‗lsa (radio, televizor, bolalar 

bog‗chasi  guruhidagi  doimiy  shovqin-suron  va  h.k.)  bolalarning  baland  ovozda 

sо‗zlashga 

majbur 


bо‗lishlariga 

bog‗liqdir. 

Tarbiyachining 

vazifalari 

quyidagilardan iborat: о‗yinlarda, о‗yinli mashqlarda ovozning asosiy sifati–kuchi 

va  balandligini  rivojlantirish;  bolalarni  zeriqmasdan  sо‗zlashga  о‗rgatish,  ularni 

ovozdan  turli  vaziyatlarga  mos  holda  foydalanishga  odatlantirish:  past-baland. 

Maktabgacha  davr    tilning  barcha  tovushlarini  tо‗g‗ri  talaffuz  qilishni 

shakllantirish  uchun  eng  qulay  davr  hisoblanadi.  Bu  ishlar  maktabgacha  ta‘lim 

muassasida nihoyasiga yetkazilmog‗i lozim. 

Tovushlarni  tо‗g‗ri  talaffuz  qilishga  о‗rgatishda  bolalarda  artikulyatsiya 

apparati  organlarining  harakatchanligi  va  tez  о‗zgara  olishi,  nutqiy  nafas  olishi 

yetarli  darajada  rivojlangan,  ular  о‗z  ovozlarini  boshqarishni  uddalay  olgan  

taqdirdagina shakllantirish mumkin. Tо‗g‗ri talaffuzni shakllantirish uchun yaxshi 

rivojlangan  nutqni  tinglay  olish  qobiliyatiga  ega  bо‗lish  ham  juda  muhimdir, 


 

49 


chunki  u  о‗z-о‗zini  nazorat  qilish  imkonini  beradi,  о‗z-о‗zini  nazorat  qilish  esa 

doimo  о‗z  ustida  ishlashga  undaydi.  Tovushni  talaffuz  qilishdagi  kamchiliklar 

nutqiy apparatdagi nuqsonlar (og‗izning yuqorigi qattiq va yumshoq qismlaridagi 

nuqsonlar),  tish-jag‗  tizimi  tuzilishdagi  xatoliklar,  til  osti  tugunchalarining 

qisqaligi,  artikulyatsiya  organlarining  yetarli  darajada  harakatchan  emasligi, 

fonematik  tinglay  olish  qobiliyati  (bir  tovushni  boshqasidan  farqlay  olmaslik) 

yetarli  rivojlanmaganligi  oqibatida  yuz  berishi  mumkin.  Jismoniy  tinglay  olish 

qobiliyatining susayganligi, о‗z nutqiga beparvolarcha munosabatda bо‗lish (о‗zini 

ham,  boshqalarni  ham  tinglay  olmaslik),  atrofdagilarning  notо‗g‗ri  nutqlarini 

о‗zlashtirib olish ham talaffuzda kamchiliklarga olib kelishi mumkin. 

Bolalarning  tovushni  notо‗g‗ri  talaffuz  qilishlari  tovushlarni  tashlab 

ketishda,  bir  tovushni  boshqasi  bilan  almashtirishda  va  tovushni  buzib  talaffuz 

qilishda  namoyon  bо‗ladi.  Ayniqsa,  tovushlarni  almashtirib  yoki  buzib  talaffuz 

qilish  holatlari  aniqlangan  bolalar  bilan  ishlashni  о‗z  vaqtida  boshlash  juda 

muhimdir,  chunki  tovushlar  о‗rnini  almashtirish  keyinchalik  yozma  nutqda  ham 

paydo  bо‗lishi  mumkin  (bir  harfni  boshqasi  bilan  almashtirish),  buzib  talaffuz 

etilayotgan hamda о‗z vaqtida tuzatilmagan tovushlar keyinchalik uni bartaraf etish 

uchun  logoped  va  bolaning  birgalikda  kо‗p  vaqt  va  mehnat  sarflashlarini  talab 

qiladi.  Bundan tashqari, tovush talaffuzidagi kamchiliklar kо‗pincha bolaning о‗zi 

nutqda  xatolikka  yо‗l  qо‗yishi  emas,  balki  faqat  maxsus  davolash  va  ta‘lim 

berishni talab qiluvchi nisbatan murakkab nutq buzilishlarining (alaliya, dizartriya 

va boshq.) bir belgisi hisoblanadi.  

Bolalarga har qanday pozitsiyada (sо‗z boshida, о‗rtasida va oxirida) va sо‗z 

tarkibi  turlicha  bо‗lganida  (har  qanday  undosh  birikmalari  va  bо‗g‗inlar  soni 

istalgancha  bо‗lganida)  barcha  tovushlarni    tо‗g‗ri  talaffuz  qilishni  о‗rgatish; 

nutqida  kamchilik  bо‗lgan  bolalarni  о‗z  vaqtida  aniqlash  va  zarur  hollarda  ularni 

о‗z vaqtida maxsus bolalar muassasalariga yuborish. Diksiyaga oid ishlar. Yaxshi 

diksiya,  ya‘ni  har  bir  tovushni,  shuningdek  sо‗zlar  va  iboralarni  alohida  va  aniq, 

tushunarli  qilib  talaffuz  etish  bolada  bir  vaqtning  о‗zida  artikulyatsiya  apparatini 

rivojlantirish  va  takomillashtirish  bilan  bir  qatorda  asta-sekin  shakllanadi. 



 

50 


Diksiyaga  oid  ishlar  ona  tilining  barcha  tovushlarini  tо‗g‗ri  talaffuz  qilishni 

shakllantirishga doir ishlar bilan uzviy bog‗liqdir. 

Bolalarni  о‗zbekcha  talaffuzga  о‗rgatar  ekanmiz,  orfoepiyaga  katta  e‘tibor 

karatishimiz  darkor.  Shuning  uchun  tarbiyachilar  nafaqat  о‗zlari  og‗zaki  nutq 

qoidalariga rioya qilishlari lozim, balki ular bolalarni ham shunga odatlantirishlari 

kerak.  Ayniqsa  о‗zbek  tiliga  taalukli  bо‗lmagan  –  о‗,  q,  g‗    tovushli  sо‗zlarni 

tо‗g‗ri talaffuz etishga katta e‘tibor karatishimiz lozim. 

 

 



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling