O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Birinchidan, milliy xavfsizlik aniq tarixiy mazmunga ega, yaʼni jamiyat
hayotining qaysi sohalarida qanday taxdidlarning vujudga kelayotganini aniqlashga karatilgan muayyan holatlarda teran tahlilni talab qiladi; 224 ikkinchidan, milliy xavfsizlik bir-biriga zid oʼlchamlar, jamiyat hayotga xavf soladigan taxdidlar va ularni bartaraf etishni tavsiflaydigan ijtimoiy-ikggisodiy parametr va koʼrsatkichlar bilan ifodalanadi; uchinchidan, milliy xavfsizlik muammosining ahamiyati va keskinligi jahon hamjamiyati hamda ayrim mamlakat, hudud taraqqiyotining burilish davrlarida ortib boradi; toʼrtinchidan, milliy xavfsizlik tomoyillari va parametrlari, koʼrsatkichlari oʼzgaruvchan hamda turli mamlakatlarda oʼziga xos xususiyatga ega boʼladi. Аmmo har bir mamlakatning milliy xavfsizligi insoniyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining umumiy tendentsiyalari bilan bogʼliqdir. Va aksincha, umumbashariy iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar tizimidagi oʼzgarishlar milliy xavfsizlikka taʼsir etadi; beshinchidan, milliy xavfsizlikka davlat manfaatlari, milliy gʼoya va milliy mafkura ham jiddiy taʼsir koʼrsatadi; oltinchidan, milliy xavfsizlikni taʼminlashda iqtisodiy xavfsizlikning oʼrni beqiyosdir. Chunki milliy xavfsizlikni, jumladan, mamlakatning siyosiy konstitutsion tuzumini, davlat mustaqilligini va suverenitetini saqlash, harbiy qudratini oshirish, ekologik muammolarni yumshatish va hal etish, avvalambor, mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga va qudratiga, uning iqtisodiy xavfsizligining qay darajada taʼminlanganiga bogʼliq. 5.3. Milliy xavfsizlikni ta'minlashning eng muhim vositasi va yo„nalishlari Milliy xavfsizlikning tarkibi quyidagilarni o‗z ichiga oladi: siyosiy xavfsizlik, harbiy xavfsizlik, axborot xavfsizligi, g‗oyaviy xavfsizlik, ekologik xavfsizlik hamda iqtisodiy xavfsizlik. Yuqorida sanab o‗tilganlar asosida milliy xavfsizlik vujudga keladi va bu jamiyat uchun juda muhim birlik hisoblanadi. Quyida milliy xavfsizlik tarkibiy qismlari aks ettirilgan(1-rasm). Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling