O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


Buyuk Ipak yo„li va Sharq va G„arb munosabatlari


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/168
Sana20.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1682798
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   168
Buyuk Ipak yo„li va Sharq va G„arb munosabatlari. Miloddan avvalgi II 
asrdan milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G‗arb xalqlari o‗rtasidagi tarixiy - 
madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida Markaziy Osiyo hududi bo‗ylab 
o‗tgan Buyuk Ipak yo‗li muhim o‗rin tutgan. Buyuk Ipak yo‗li 12 km uzunlikda 
bo‗lgan. Sariq dengiz sohillaridan boshlanib Sharqiy Turkiston, Markziy Osiyo, 
Eron, Mesopatamiya, Old Osiyo orqali o‗tib O‗rtayer dengizi sohillariga qadar 
davom etgan. Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Tabriz, 
Damashq kabi bir qator shaharlarni o‗zaro bog‗lagan. Buyuk Ipak yo‗li Sharq va 
G‗arb xalqlarining keng miqyosdagi madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi 
yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tarix o‗zaro hamkorlik va 
madaniyatlar boyitilishi tarixi bo‗lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan.
Buyuk ipak yoʼli atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʼlini tarixiy, 
geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʼrganish amalda koʼplab mamlakat olimlari 
tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʼarbiy 
Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʼshdilar. Xususan, 
Yaponiyada «Buyuk ipak yoʼli entsiklopediyasi» nashr qilindi. 1877 yil mashhur 
nemis olimi Karl Rixtgofen oʼzining «Xitoy» nomli yirik ilmiy asarida ulkan 


76 
Yevroosiyo materiganing turli qismlarini bogʼlovchi yoʼllar tizimini «Ipak yoʼli» 
deb atagan, keyinchalik «Buyuk ipak yoʼli» atamasi qabul qilingan. 
Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo‗li tufayli Sharq va G‗arb 
mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo‗lganlar. G‗arb 
mamlakatlari xalqlari esa Markaziy Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan 
madaniyatini o‗zlari uchun kashf qildilar. Markaziy Osiyo hududlarida antik 
davrdan boshlab, rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yoʼli bilan uzviy bogʼliqdir. 
Xususan, mil. avv. II asrdan boshlab Xitoy va Oʼrta Osiyo tarixiy-madaniy 
viloyatlari bilan savdo va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Fargʼona, Soʼgʼd va 
Baqtriyaga ipakchilik kirib keldi. Karvon yoʼli rivojlanib borgan sari savdo-sotiq 
va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Kushonlar va eftalitlar davriga kelib (I-VI 
asrlar), Oʼrta Osiyo orqali oʼtuvchi Ipak yoʼli tarmoqlari nazoratini mahalliy 
soʼgʼdiy aholi qoʼlga oladilar. Qoʼshni davlatlar ham Ipak yoʼlidan manfaatdor 
boʼlganligi sababli ilk oʼrta asrlarda Eron va Vizantiya hukmdorlari soʼgʼdiylar 
bilan qonli kurashlar olib bordilar.
Milodning boshlarida qadimgi dunyoning ilgʼor madaniyatli davlatlari 
asosan toʼrttaga: Rim, Parfiya, Xitoy va Kushon davlatlariga boʼlinar edi. oʼarbda 
Britan orollaridan sharqda Tinch okeani sohillarigacha choʼzilgan bu zabardast 
saltanatlar insoniyat tarixida birinchi boʼlib «Buyuk ipak yoʼli» deb nomlanuvchi 
yoʼl bilan bogʼlandilar. Ipak yoʼli rivojlanib borgan sari podsholarning oʼzaro 
elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovgʼalar inʼom etishlari anʼanaga 
aylandi. Savdo-sotiq misli koʼrilmagan darajada rivojlanib bordi. Shuningdek, 
Sharq bilan oʼarb madaniyatining bir-biriga taʼsiri kuchaydi. Davlatlar 
rivojlanishidagi koʼplab madaniy oʼxshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi.
Buyuk ipak yoʼli boʼylab koʼplab karvonsaroylar, shaharlar barpo etildi. Bu 
yoʼldan borayotgan savdogarlar koʼpincha yoʼlning oxirigacha bormas edilar. Oʼrta 
Osiyo viloyatlari bu yoʼlning oʼrtasida joylashganligi sababli savdogarlar Xorazm, 
Samarqand, Termiz va boshqa hududlarda oʼz mollarini sotib, mahalliy 
mahsulotlarni xarid qilar edilar. Oʼrta asrlar Oʼrta Osiyo bozorlarida chetdan 
keltirilgan koʼplab mahsulotlar mavjud ediki, hozirgi kunda ipak yoʼli ustidagi 
koʼhna shaharlar va manzilgohlardagi arxeologik qazishmalar natijasida 
topilayotgan topilmalar fikrimizning dalilidir.
Mil. avv. II asrda paydo boʼlib, milodning XVI asriga qadar faoliyat 
koʼrsatgan Buyuk ipak yoʼli shu davr ichida Sharq va oʼarb xalqlarining keng 
miqyosidagi oʼzaro madaniy va iqtisodiy aloqalari tarixida katta ahamiyatga ega 
boʼldi. Bu yoʼl orqali aloqalar qilgan qadimgi xalqlarning oʼzaro hamkorlik, 
almashinuv va madaniyatla-rining boyib borishi, tinchlik va taraqqiyot uchun asos 
boʼlib xizmat qildi. Oʼzbekiston hududlari bu yoʼlning chorrahasida joylashgan 


77 
boʼlib, bu yerga turli mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va 
meʼmorlar tashrif buyurgan-lar.
YuNESKO tomonidan «Buyuk ipak yoʼli-muloqot yoʼli» dasturining ishlab 
chiqilishi Yevrosiyodagi 30 dan ortiq yetakchi davlatlarning 2000 yilga qadar 
ilmiy-madaniy faoliyati uchun yoʼnalish boʼldi. Respublikamiz hududlarida ham 
ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi. Buning natijasida koʼpgina tarixiy-madaniy 
obidalar oʼrganildi, qadimgi yoʼllar va yoʼnalishlar aniqlandi, milliy va maʼnaviy 
boyligimiz hamda anʼanalarimiz oʼrganildi. Juda koʼpchilik tadqiqotchilar ishtirok 
etayotgan «Buyuk ipak yoʼli-muloqot yoʼli» dasturining asosiy vazifasi Sharq va 
oʼarb xalqlari oʼrtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar oʼrnatgan hamda 
rivojlantirgan bu yoʼlni xalqlarning birodarlik, oʼzaro hamkorlik va samimiy 
muloqot yoʼliga aylantirishdan iboratdir.Kushon davlati haqida shuni aloxida 
takidlash joizki, davlat bir nechi hududlar va ko‗plab qadimgi xalqlarni 
birlashtirgan. Uning tarkibida Markaziy Osiyo, Xuroson va Hindning ma‗lum bir 
qismi birlashtirilgan edi. Ular orasida o‗zbek xalqi ajdodlari ham kushon 
madaniyati yuksalishiga o‗z xissasini qo‗shgan. Kushon davlati IV asrlarga kelib 
og‗ir ichki va tashqi kurashlar iskanjasida qoldi va asosiy hududlaridan ajraldi. Bu 
vaqtda uning hududlari qisman Shimoliy Hindistondagina saqlanib qoldi.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling