O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/168
Sana20.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1682798
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   168
Qadimgi davlatlar. O‗zbekistonda qadimgi mahalliy davlatchilik tarixi 
Qang‗, Dovon, Xorazm davlatlari rivoji bilan uzviy bog‗langan. Qang‗ davlati 
miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo bo‗ldi. Uning dastlabki davrlardagi 
hududlari Toshkent vohasidan iborat bo‗lgan. Qang‗ davlatining tashkil topishi 
asosiy sabablaridan biri tashqi harbiy hujumlardan himoyalanish zaruriyati 
bo‗lgan. Miloddan avvalgi 329 - yilda Makedoniyalik Aleksandr qo‗shinlari 
Bekobod va Xo‗jand oralig‗ida Sirdaryodan kechib o‗tib, bosqinchilik qilganda 
mahalliy aholi unga qarshi qattiq qarshilik ko‗rsatgan. Bundan natija chiqara 
olmagan Aleksandr ortga qaytishga va Xo‗jand yaqinida Aleksandriya Esxata 
shahriga asos soladi. Miloddan avvalgi II va milodiy I asrda Qang‗ davlatining 
hududi kengayib, Toshkent vohasi, O‗rta Sirdaryo yerlari, Talas vodiysi va Chu 
daryolarining quyi oqimidagi yerlarni o‗z tarkibiga kiritadi. Qang‗ davlatining 
ikkita poytaxti bo‗lib, biri Qang‗diz (Oqqo‗rg‗on) va ikkinchisi O‗tror bo‗lgan.
Qang‗ davlati aholisi tarkibini asosan dehqonlar va chorvadorlar tashkil 
etadi. 
O‗troq aholi shaharlarda va vodiylarda yashab, dehqonchilik, 
hunarmandchilik va sado bilan mashg‗ul bo‗lgan. Dasht tumanlarida esa 
chorvachilik rivojlangan. Miloddan avvalgi II sarda qang‗ qabilalari eng qudratli 
davlat birlashmasiga aylandi, uning hukmdorlari o‗z nomlaridan tangalar zarb 
qildiradi. Qang‗ davlatining iqtisodiy taraqqiyotiga Buyuk Ipak yo‗lining davlat 
hududlaridan o‗tgan shimoliy tarmog‗i vatta ta‗sir o‗tkazdi.


78 
Shi - szi solnomasiga ko‗ra, Qang‗uy dastlab kuchsizgina davlat bo‗lgan 
paytda, Hukmdor oqsoqollar orasidan tanlangan va u oqsoqollarning birlashgan 
qo‗shinlariga tayangan. Ko‗chmanchilarda har bir oila boshlig‗i jangchi 
hisoblangan. Shuning uchun Qanguy qo‗shinlarining soni ulardagi oilalar soniga 
teng bo‗lgan. Qang‗uy qudratli davlatga aylangan vaqtda 120 ming qo‗shinga 
(demak, shuncha oilaga ham) ega bo‗lgan. O‗sha paytda aholisi taxminan 600000 
kishidan iborat bo‗lgan. Xitoy elchilari o‗z hukmdorlariga qang‗uylar haqida 
―mag‗rur, qo‗rs‖ - deb ma‗lumot berganlar. Bu davlatning siyosiy tarixi haqida 
ma‗lumotlar asosan Xitoy manbalarida uchraydi. Jumladan, Xitoy qo‗mondoni Li 
Guan - li qo‗shinlari mil. avv. 101 y. Dovonga bostirib kirganida qanguy 
dovonliklarni qo‗llab quvvatlagan. Solnomalar Qang‗uyni ko‗chmanchilar davlati 
deb atasalarda, unda shaharlar bo‗lganligi haqida ham ma‗lumot beradilar. Xalqi 
―Tuproqdan qilingan devor ichida yashaydigan Yansay shaharlari shular 
jumlasidandir. Qanguy poytaxtini juda qadim zamonlarda Qangxa joylashgan 
Sirdaryo deltasi hududida deb hisoblaydilar. Manbalarda ko‗rsatilgan jug‗rofiy 
o‗rinlarga uncha to‗g‗ri kelmasada mamlakat poytaxti bo‗lgan Bityan shahri 
Toshkent viloyati Oqqo‗rg‗on tumani o‗rnida bo‗lgan degan fikrlar mavjud.
Qanguy davlati bir - biriga teng bo‗lgan o‗troq - xo‗jalik hududlaridan iborat 
beshta kichik hokimiyatni o‗z ichiga olgan. Ular Qang‗uy ittifoqi ishtirokchilariga 
qaram bo‗lgan Suse, Fumu, Yuni, Gi, Yuegyan hududlaridan iboratdir. 
A.N.Bernshtamning fikricha Yuni-Toshkent vohasida, Suse –Sirdaryo va Arisning 
o‗rta oqimida, Fumu - Yangiqo‗rg‗on atroflari, Gi - Sirdaryo etaklarida, Yuegyan 
esa - Xorazmda joylashgan. Bu ittifoqning umumiy chegaralari Xorazm, Shosh, 
Sug‗d viloyatlari bilan bir qatorda Sirdaryo etaklari va Orol dengizi shimolidagi 
hududlarni o‗zida birlashtirgan. Shuning uchun ham o‗lkaning janubida joylashgan 
boshqa davlatlar ( jumladan, Parfiya, Kushon va b.)dan farqli o‗laroq Qang‗uy 
davlatida ko‗chmanchilar davlatiga xos belgilar saqlanib qolgan.
O‗zbek xalqi davlatchiligi tarixi bo‗yicha kam o‗rganilgan masalalardan biri 
Dovon davlati tarixidir. Xitoy manbalarida Dovon nomi bilan atalgan davlat 
boshqa manbalarda Parkana nomi bilan yuritilgan. Dovon davlati taxminan 
miloddan avvalgi III asrda paydo bo‗lgan. Manbalarga ko‗ra, Farg‗ona - Dovon 
davlatida 300 ming aholi yashagan katta - kichik shaharlar mavjud bo‗lgan. 
Shaharlar orasida Ershi shaxri aloxida ahamiyatga ega bo‗lgan va davlat poytaxti 
xisoblangan.
Miloddan avvalgi 104-101 chi yillarda Xitoy qo‗shinlari jang qilib, Ershini 
bosib olgan vaqtda davonliklarga Qang‗ davlati qo‗shinlari yordamga yetib keldi 
va ikki o‗rtada tuzilgan sulx shartnomasiga ko‗ra, xitoyliklar Dovon davlati 
hududidan chiqib ketdilar. Farg‗ona vodiysi hududlaridan qadimgi davrga oid 
ko‗plab uy - qo‗rg‗onlar, qishloqlar, shaharlar xarobalari topib o‗rganilgan. Dovon 


79 
davlatining aholisi asosan dehqonchilik, savdo - sotiq bilan shug‗ullangan. Dovon 
dehqonlari arpa, sholi, bug‗doy va beda yetishtirishda mashhur bo‗lganlar.
Farg‗ona - Dovon davlatining o‗ziga xos boyliklaridan biri uning ―samoviy 
ot‖ lari bo‗lgan. Manbalarga ko‗ra Xitoy imperatorlarining dovonga bosqinchilik 
uyushtirishlarining asosiy sabablaridan biri ham ana shu ―samoviy ot larni qo‗lga 
kiritish bo‗lgan. Dovon davlati Xitoy, Xindiston va boshqa Sharq mamlakatlari 
bilan olib boriladigan xalqaro savdoda muxim o‗rin egallaganlar. Dovon davlati 
milodiy II asrgacha mavjud bo‗lgan. Miloddan avvalgi IV-II asrlarda Qadimgi 
Xorazm mustaqil davlat bo‗lib, Aleksandr, Salavkiylar, Yunon - Baqtriya 
davlatlari tarkibiga kirmagan. Kirmasligining sabablaridan yana biri u Qizilqum va 
Qoraqum sahrolari o‗rtasida joylashganligi bo‗lib unga harbiy yurish qilishning 
murakkabligi bilan belgilanadi. Bunday siyosiy qulaylik Xorazmda o‗ziga xos 
mahalliy davlatchilik tizimiga ega bo‗lgan davlatning shakllanishida maxsus omil 
bo‗ldi. Aleksandr Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida hukmronlik qilgan 
vaqtda Xorazmda Farasman ismli odam podsholik qilgan. Yunon tarixchisi Arrian 
Farasmanning Aleksandr bilan bitimi tuzilganlagi haqida ma‗lumot qoldiradi. 
Xorazmdan topib o‗rganilgan qadimgi shahar xarobalaridagi xususiyatlar bu yerda 
mustahkam davlatchilik tizimi barpo qilinganligidan dalolat beradi. Shunday 
shaharlardan biri Jonbosqal‗adir. Bu shahar tuzilishiga ko‗ra to‗g‗ri burchakli 
bo‗lib ikki qator mudofaa devorlari bilan o‗rab olingan va devorlarda shinaklar 
mavjud bo‗lgan. Jonbosqal‗a ikki qismdan iborat bo‗lib, bir qismida ―olov uylari‖ 
- ibodatxonalar, ikkinchisida aholi turar joylari bo‗lgan. Qo‗yqirilganqal‗a shaxri 
xarobalari boshqa shaharlardan farqli o‗laroq asosiy inshoati aylana shaklida 
bo‗lib, inshoatning markazidagi bino ikki qavatli bo‗lgan va shu binoning o‗zi ayni 
vaqtda rasadxona vazifasini bajargan
Tuproqqal‗a shahri to‗g‗ri burchakli mudofa devorlari bilan o‗rab olingan 
bo‗lib, devorlar ham g‗ishtdan ishlangan unda shinaklar bilan birga minorlar ham 
bo‗lgan. Tuproqqal‗a Xorazm hukmdorlari qarorgoxi vazifasini bajargan. Bu 
yerdan Xorazm davlati shoxlari boshqaruviga oid bir qancha moddiy manbalar 
hamda hukmdorlarning arxivlari xujjatlaridan na‗munalar ham topilgan. Xorazm 
davlati xo‗jalik hayotida dehqonchilik va hunarmandchilik asosiy o‗rin egallagan. 
Milodning dastlabki asrlaridayoq bu yerda mis tangalar zarb qilingan. Shuningdek 
Xorazmdan O‗rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv namunalari ham topilgan bo‗lib, 
ular miloddan avvalgi 5 – 4 asrlarga oid oromiy yozuvlari asosida shakllangan 
Qang‗, Davon va Xorazm davlatlarida mavjud davlatchilik tizimi, xo‗jalik 
hayotining taraqqiy etib borishi keyingi davrlarda O‗zbekistonda yuzaga kelgan 
davlatlarning yuksalishiga ham o‗z ta‗sirini o‗tgazgan va ularning keyingi 
bosqichlarga ko‗tarishida muhim omillardan bo‗lgan.


80 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling