O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


O„rta asr mutafakkilari qarashlarida tabiat - jamiyat masalalari


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/168
Sana20.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1682798
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   168
O„rta asr mutafakkilari qarashlarida tabiat - jamiyat masalalari.
Arab xalifaligida VIII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning qator shaharlarida 
ilm - fan, madaniyat kuchayib bordi, madaniy aloqalar avj oldi. Qadimgi 
Yunonistonning mashhur olimlari Aristotel, Aflotun, Gippokrat, Arximed, Yevklid 
kabilarning merosi keng o‗rganildi. Xalifalikning turli o‗lkalaridan taniqli olimlar 
Bog‗dodga keldilar, bu yerda IX asr boshida «Dor ul xikma» - Donolik uyi - ilm 
markazi tashkil topdi, unda turli ilmlar – falakiyot, riyoziyot, tibbiyot, 
tarixshunoslik, geografiya, kimyo, falsafa kabi fanlar bo‗yicha tadqiqotlar keng 
yo‗lga qo‗yildi. Arab xalifaligida ijtimoiy taraqqiyotning turli darajasida bo‗lgan 
ko‗pgina xalq va qabilalar birlashgan edi. Unga Suriya, Misr, Xuroson, 
Movarounnahr kabi ming yillik madaniy merosga ega bo‗lgan xalqlar ham 
kirgandi. IX–XII asrlarda Markaziy Osiyoda dehqonchilik, hunarmandchilik va 
savdoning taraqqiy etishi empirik bilimlarni rivojlantirishga ehtiyoj tug‗dirdi va 
shunga muvofiq Markaziy Osiyoning ilg‗or kishilari matematika, astronomiya
geografiya, tibbiyot fanlarini chuqur o‗rgandilar. Bu davrning o‗z mazmuni, 
salmog‗i, ahamiyati jixatidan Markaziy Osiyo Uygonish davri ham deyiladi. 
Uyg‗onish davri madaniyatining o‗ziga xos tomonlari mavjud bo‗lib, ular 
quyidagilardan iborat edi.
1. Dunyoviy ma‗rifatga intilish, bu yo‗lda o‗tmish va qo‗shni 
mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng foydalanish, ayniqsa tabiiy - 
falsafiy, ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.
2. Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, ratsionalizm, aql 
kuchiga ishonishdan, asosiy e‗tiborni haqiqatni topishga qaratilgan fanlarga berish, 
haqiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb hisoblash.
3. Insonni ulug‗lash, uning aqliy, tabiiy, badiiy, ma‗naviy fazilatlarini 
asoslash, 
insonparvarlik, 
yuqori 
ahloqiy 
marosimlar 
va 
qoidalarni 
takomillashtirish, komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo‗yish.
4. Universallik - qomusiylik, barcha narsa bilan qiziqish bu davr 
madaniyatining muxim tomonlaridan biri edi.
Shu davrda ilg‗or falsafiy fikrlar rivojlanishida Ibn Zakariy ar–Roziy, Al Kindi, 
Muhammad Muso al - Xorazmiy, Forobiy, Ahmad Farg‗oniy, Beruniy, Abu Ali 
ibn Sino, Umar Xayyom, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy, Abu Abdulloh al - 
Xorazmiy Mafotix, Qoshg‗ariy, Yusuf xos Xojib, Mirzo Ulug‗bek, Navoiy kabi 
mashhur mutafakkirlarning roli kattadir. Uyg‗onish davri falsafasi tabiiy - ilmiy 
fanlar rivoji bilan uzviy bog‗lanib ketgan. Chunki tabiatdagi xodisalar, inson 
organizmining xolatidagi o‗zgarishlar sabablarini o‗rganish jarayonida ijtimoiy 
fikrda o‗rnashib qolgan olamga aqidaviy - diniy qarashlarga putur yetib, olamning 
ilmiy manzarasi haqidagi tasavvurlar ijtimoiy ongda muqim o‗rin egallay boshladi.


81 
Bu davrdagi jahonga mashhur olimlardan biri Muhammad ibn Muso al - 
Xorazmiy bo‗lib, uning matematika, astronomiya, jo‗g‗rofiya, tabobat, 
tarixshunoslik sohasidagi nodir asarlari falsafiy fikrlar rivojiga ham katta hissa 
bo‗lib qo‗shildi. Olimning eng mashhur asarlari: «Al - jabr va - l muqobala», 
«Kitob surat al arz», «Yer surati», «Astronomik jadvallar», «Quyosh soati 
to‗g‗risida risola», «Hind hisobi haqida risola», «Usturlab qurish haqida kitob», 
«Zij», «Astronomik jadval», «Musiqa bo‗yicha risola», «Tarix bo‗yicha risola» 
kabi asarlari uning ilmiy tafakkuri benixoya kengligi, qomusiy alloma ekanligi, 
nafaqat o‗z davrining, balki hamma zamonlarning eng buyuk qomusiy olimi 
ekanligidan dalolat berib turibdi.
Sharqda va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli xissa qo‗shgan 
buyuk allomalardan yana biri Ahmad al - Farg‗oniydir. Farg‗oniyning asosan oltita 
kitobi butun dunyoga ma‗lum va mashxur: «Kitob fi usul ilm an - nujum», ya‗ni 
«Astronomiya ilmining usullari haqidagi kitob»; «Al - Farg‗oniy jadvallari»; «Oy 
Yerning ustida va ostida bo‗lganida vaqtni aniqlash risolasi»; «Usturlab bilan amal 
qilish haqidagi kitob»; «Yetti iqlim hisobi»; «Usturlab yasash haqidagi kitob». 
Uning ushbu asarlarida koinot xaritasi tuzilgan, Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, 
iqlimlar, jo‗g‗rofiy kengliklar to‗g‗risida kuzatuvlar orqali asoslangan yangi 
ma‗lumotlar berilgan, ilm - fanning yangi yo‗nalishlariga asos solingan. Qo‗lga 
kiritilgan ma‗lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda xissiy va aqliy mushohada 
mushtarakligi 
allomaga 
xos 
xususiyatlar 
sifatida 
ilmiy 
dunyoqarashni 
shakllantirishning muhim omillari bo‗lib keldi. 
Abu Nasr Muhammad Forobiy Sirdaryo bo‗yidagi Forob qishlogida tug‗ilib, 
o‗z Vatanida va so‗ngra Bog‗dod va Damashqda bilim oldi. U Markaziy Osiyo 
xalqlari va butun sharqning mashhur faylasufi va olimlaridan biri edi. Forobiy yirik 
faylasuf, tilshunos, mantiqshunos, matematik, astronom, ximik, medik, psixolog, 
musiqa san‗atining yirik nazariyotchisi, grek madaniyati, fani va falsafasini 
egallagan edi. Forobiy eng yirik Aristotelshunos, uning falsafasi, tabiiy - ilmiy 
nazariyasi va asoslarini chuqur bilgan faylasuf edi. Shuning uchun Forobiyni 
hayotligidayoq «Al muallim as - soniy» (2 - ustoz), ya‗ni 2 - Aristotel deb faxriy 
nom bilan atagan edilar. Forobiy Aristotel asarlarini arab tiliga tarjima qilib, unga 
sharxlar yozadi, shu bilan birga 160 dan ortiq nodir asarlar yaratdi. Forobiy 
«Falsafani o‗rganishda nimalarni bilish kerak?», «Falsafiy savollar va ularga 
javoblar», «She‗r san‗ati», «Shoirlarning she‗r yozish san‗ati qonunlari haqida», 
«Ilmlarning kelib chiqishi to‗grisida», «Musiqa haqida so‗z», «Ohanglar tasnifi 
haqida kitob», «Masalalar bulog‗i», «Aql to‗g‗risida», «Inson a‗zolari haqida 
risola», «Fozil shahar aholisining qarashlari», «Davlat haqida risola» kabi 
qimmatli asarlarini bizga meros qilib qoldirdi. Inson aqli tafakkur yordamida 
tabiatni, borliqni, materiyani, ijtimoiy xodisa va jarayonlar moxiyatini, ma‗nosini 


82 
biladi. Forobiy o‗zining ijtimoiy qarashlarida insoniyat jamiyati vujudga kelishi va 
rivojlanishining muayyan tabiiy sabablarini, axloqning shakllanishini, inson va 
jamiyatning o‗zaro munosabatini, insoniylik, adolat, yetuk jamoa, komil inson kabi 
masalalarni nazariy jihatdan asoslashga harakat qiladi.
O‗rta asr buyuk olimlaridan biri, ensiklopedist olim, geograf, geolog, 
astronom, matematik, filosof, tilshunos, etnograf, tabib Muhammad Ibn Ahmad 
Abu Rayxon Beruniy 973 - yil 4 - oktabrda qadimgi Xorazmning markaziy shahri 
Qiyotda tug‗ildi. Beruniy o‗z umri davomida 150 dan ortiq asar yaratdi. Shulardan 
eng mashhurlari «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Ma‗sud qonuni», 
«Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Saydana»dir. Beruniy o‗z davrida 
tajribaviy bilimlarni puxta egallagan olimlardan bo‗lib, bu uning tabiiy - ilmiy va 
falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan 
hisoblanadi. 
Umuman, Beruniyning tabiiy - ilmiy merosi, aniq fanlar bo‗yicha ko‗targan 
muammolari o‗z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya‗ni falsafiy 
dunyoqarash shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Beruniy o‗z astronomik 
jadvalida olamning markazi Yer emas, balki quyoshdir, hamma planetalar, shu 
jumladan Yer ham quyosh atrofida aylanadi, degan geliotsentrik gipotezani olg‗a 
surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi 500 yildan keyin ulug astronom 
Kopernikning geliotsentrik sistemasida ilmiy asosda tasdiqlandi. Beruniy Abu Ali 
ibn Sino bilan qilgan munozarasida koinotdagi planetalar, shu jumladan Yer ham 
o‗zaro tortishish kuchiga ega, degan xulosaga keladi. Uning bu ilmiy taxmini 
XVIII asr boshida ingliz olimi Nyuton kashf etgan butun dunyo tortilish qonuni 
bilan ilmiy jixatdan asoslandi. 
Firdavsiyni Shohnoma dostonini yozishdan maqsadi fors zaminidan arab 
tilini siqib chiqarish bo‗lgan. Buni Fitrat o‗z maqolasida keltirib o‗tgan. Fors 
tilining bu silkinishi Eron shoiri Firdavsiyning arabchalikka qarshi qaynag‗an, 
qizig‗on eronli bir millatchi edi. O‗ttiz yil tirishdi, dongli «Shohnoma» kitobini 
yozib chiqardi. «Shohnoma» yozib chiqaruvdan Firdavsiyning ikkita tilagi bor edi: 
Eron ulusining arabdan sovutib, eronli tuyg‗usini bermak va arab tilini Erondan 
surib chiqarmoq. Yana shuning uchundirki, Eronda arabcha hokim bo‗lg‗onir 
zamonda yozilg‗on «Shohnoma»da arabcha so‗zlar yo‗q darajada ozdir. Firdavsiy 
bu ikki tilakni bilib, onglab, ishga kirishganini bildirmakchi o‗lib, yozadirkim: Bas, 
ranj burdam soli si, Amam zinda kardam ba dini forsiy — demishdir. Turkchasi: 
Bu o‗ttiz yil ichida ko‗p emkardim (azob chekmoq), Eronni forsicha yozganim shu 
kitob ila turgizdim, demakdir. Forsi ishda shunday qilib yoqasini qutqormish. 
Lekin, bizning baxtsiz turkchamiz bir Firdavsiy yetishtira olmamish. 
Alisher Navoiyning Saddi Iskandariy‖ dostoni dunyodagi buyuk 
siymolardan biri, uch sohibqironning eng mashhuri jahongir Iskandarga 


83 
bag‗ishlangan bo‗lib, "Xamsa"ning yakunlovchi dostonidir. Sharqda u Iskandar 
Zulqarnayn (ikki shoxli yoki kun chiqish va kun botish hukmdori) nomi bilan 
mashhur. Dastlab Iskandar mavzusi Firdavsiyning ―Shohnoma‖ dostonida qalamga 
olingan. Keyinroq Nizomiy Ganjaviy u haqda maxsus ―Iskandarnoma‖ degan 
doston yozadi. Xusrav Dehlaviy bu dostonga javob tarzida ―Oyinayi Iskandariy‖ 
asarini yozgan bo‗lsa, Abdurahmon Jomiy o‗z dostonini ―Xiradnomayi Iskandariy‖ 
deb ataydi. Alisher Navoiy esa bu mavzuni turkiy tilda qayta ishlab, o‗z asariga 
―Saddi Iskandariy‖ (―Iskandar devori‖) deb nom beradi. ―Saddi Iskandariy‖ 
―Xamsa‖dagi eng yirik doston bo‗lib, 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan. 
Dostonning muqaddimasi 14 bobni o‗z ichiga oladi 
Insoniyat Abu Ali ibn Sinoni jahon fani va Uyg‗onish davri madaniyatining 
yirik arboblaridan biri sifatida biladi va e‗zozlaydi. Ibn Sino 400 dan ortiq asarlar 
yozdi. Uning yozgan asarlari ilm–fanning barcha sohalariga taalluqlidir. Shundan 
242 tasi bizgacha yetib kelgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa, iloxiyot, 
tasavvufga, 43 tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 tasi esa ruxshunoslikka 
bag‗ishlangan. Ibn Sino o‗z asarlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini 
dunyo madaniyatlarining oldingi qatoriga olib chiqdi. Shuning uchun ham 
«Shayxurrais» - «Olimlar boshlig‗i» deb atalishi bejiz emas. Olimning asosiy 
falsafiy asari «Kitobat shifo», «Donishnoma», «Najot», «Kitobul insof», «Kitob al 
qonun fittib» kitoblaridan iborat. Ibn Sino «Donishnoma» nomli falsafiy kitobi 5 
xil ilmni–mantiq, tibbiyot, astronomiya, musiqa, iloxiyotni o‗z ichiga oladi. Ibn 
Sino o‗z zamondoshlari singari Allohni olamni yaratgan birinchi sabab hisoblaydi.
Ibn Sinoning aytishicha, falsafa borliq haqidagi fandir. Borliq esa abadiydir, 
u shaklini o‗zgartirishi, bir ko‗rinishdan ikkinchi ko‗rinishga o‗tishi mumkin, lekin 
uning o‗zi - materiya yo‗qolmaydi. Uni tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat va 
sabab kategoriyalarini asos qilib olish zarur. Ushbu kategoriyalar orqali inson olam 
to‗grisida falsafiy fikrlarga ega bo‗ladi. Ibn Sinoning fikricha, olamda zaruriy 
vujud va imkoniy vujud bor bo‗lib, ularning birinchisi hech narsaga bog‗liq 
bo‗lmagan bir butunlikdir; u qudratli, dono, irodali va hamma narsani biluvchi 
Tangridir. Ikkinchisi imkoniy vujud bo‗lib, u tangridan kelib chiqadi va uni 
namoyon etadi. Bu kelib chiqish emanatsiya tarzida, ya‗ni quyoshdan chiqayotgan 
nur shaklida mavjud bo‗lgan aql, jon va jism, ular bilan bog‗liq holda osmon 
jismlari kelib chiqadi. Bu javhar (cubstansiya) bo‗lib, undan tashqari borliqda araz 
(aksidensiya), ya‗ni narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xidi va boshqa xislatlari 
mavjud. Jism shakl va materiyadan tashkil topadi. Moddiy jixatdan bir butun 
bo‗lgan tabiat o‗z ichki qonuniyatlari asosida rivojlanadi, binobarin, tabiiy 
xodisalar sababli boglanishga ega bo‗lib, ularni o‗rganish mumkin.
O‗rta asrlarda yashab ijod qilgan yana bir olim Abu Abdulloh al - Xorazmiy 
edi. Uning bizgacha yetib kelgan «Mafotix al - ulum» («Ilmlar kalitlari») asari 


84 
bo‗lib, unda o‗rta asrlardagi fanlarning rivojlanishi va holatini ancha mukammal 
aks ettirgan. Muallif asarda o‗z davridagi har bir fanning mazmunini, uning 
atamalarini sharhlash yo‗li bilan tushuntirib beradi. Ushbu asarda falsafa, mantiq, 
tib, ilmu - nujum, musiqa va boshqa fanlarning asoslari berilgan, al - Xorazmiy 
o‗sha davrda yuqori darajada rivojlangan fanlarni ma‗lum tartibga tushirish va 
tasnif qilishni o‗z oldiga vazifa qilib qo‗yadi.
Abu Abdulloh al - Xorazmiy falsafaning nazariy qismiga tabiatshunoslik 
fanlarini, amaliy qismiga etika, siyosatshunoslik va boshqaruvni qo‗yadi. Zaruriy 
borliqni xudo va uning qudrati (birinchi sabab) bilan izohlasa, imkoniyat 
darajasidagi borliqni moddiy olam va undagi sababli bog‗lanishlar bilan izohlaydi. 
Materiya uning nazarida 4 unsurdan tashkil topadi va ular fazo va vaqtda mavjud 
bo‗ladi. Harakat materiyaning atributi ekanini tan oladi. Ammo u aql, ruh, jon kabi 
nomoddiylik bor, deb hisoblaydi. Aqlni «faol aql», «moddiy aql» va 
«o‗zlashtirilgan aql»ga bo‗ladi. 
Geografik determinizmdan bahs etib, ushbu mulohazalarni o‗rtaga 
tashlashimizdan maqsad quyidagi fikrlarni aytishdir. Agar bugun geosiyosat yoki 
siyosiy geografiyadan so‗z ketsa, ko‗pchilik mutaxassislarimiz birdaniga g‗arbdagi 
qaysidir davlatda qachondir yashagan olimning bu boradagi sistematik fikrlarini 
keltirishadi. Aytmoqchimizki, zamonaviy geosiyosat yoki siyosiy geografiya 
asosida turuvchi geografik determinizm borasida o‗zimizda ham yetarli manbalar 
mavjud. Ularni G‗arb dunyosi bizdan ko‗ra oldinroq o‗rganib bo‗lishgan. Bugun 
esa ular yangicha ko‗rinishlarda yana bizga qaytib kelmoqda. 
Umuman olganda uyg‗onish davri haqida gap ketganida quyidagi geografik 
omillarni hisobga olish zarur. Avvalambor Xalifalik yagona hudud sifatida 
birlashtirildi; Atlantika sohilidan (Piriney yarim oroli) Qashqargacha bo‗lgan 
hududda yagona fuqarolik o‗rnatildi; yagona boj - soliq tizimi joriy etilishi turli 
xalqlarning erkin - emin harakatlanishini, tajriba almashishini ta‗minladi; ilmiy 
markazlar tashkil etilib turli xalqlarning ulamolari bu markazlarga taklif etildi; 
yagona tilning joriy etilishi ular o‗rtasida ilmiy aloqalarning yanada kuchayishini 
ta‗minladi 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling