O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


Turkiston hududida vujudga kelgan dastlabki geosiyosiy bilimlar va


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/168
Sana20.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1682798
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   168
 
2.4. Turkiston hududida vujudga kelgan dastlabki geosiyosiy bilimlar va 
harakatlar 
O„zbekiston hududidagi qadimiy davlatlar. Turkiston atamasi uzoq 
asrlardan beri Markaziy Osiyo mintaqasining katta bir qismi uchun, aniqrogʼi 
Kaspiy dengizining sharqidan to Oltoy togʼlarigacha, Shimoliy Аfgʼonistondan to 
Ural togʼlarigacha choʼzilgan keng hududning umumiy geografik nomi sifatida 
qoʼllanilib kelgan. Garchi, u turli davrlarda goh kengayib, ushbu hududlardan ham 
1
Гаджиев, К.С. Геополитика: учебник для академического бакалавриата -М. : Издательство Юрайт, 
2014. — 466 с 


73 
kengroq maʼno kasb etgan, baʼzi davrlarda esa nisbatan torroq hududni anglatgan 
boʼlsa-da koʼp asrlar davomida asosan mazkur hududda joylashgan turli 
oʼlkalarning mushtarak nomi boʼlib kelgan. Hatto, Turkiston deganda oʼrta asrlarga 
taalluqli baʼzi manbalarda eʼtirof etilishicha, mazkur hudud bilan birgalikda 
Dogʼiston va Ozarboyjon hududini ham qamragan hudud tushunilgan.
Turkiston geografik atamasi ilk oʼrta asrlardayoq eronliklar tomonidan 
Eronning shimoli-sharqidagi hududlar uchun «turkiylar oʼlkasi» sifatida ishlatila 
boshlagan. Oʼz navbatida ushbu atamani qoʼshnilari boʼlmish eronliklardan 
eshitgan arman tarixchi va geograflari ham oʼz asarlarida Turkiston atamasini 
qoʼllaganlar. Demak, Turkiston geografik atamasi ilk oʼrta asrlardayoq, hozirda 
Markaziy Osiyo mintaqasining katta bir qismi uchun etnosiyosiy va etno-geografik 
nom sifatida ishlatilgan. Buni yuqorida imkon qadar koʼrib chiqqan turli tilli 
manbalardagi maʼlumotlar isbotlab turibdi
1
.
«Markaziy Osiyo» atamasi birinchi marta taniqli nemis olimi, geograf 
Аleksandr fon Gumboldt tomonidan 1843 yili Parijda nashr etilgan uch jildli 
«Markaziy Osiyo. Togʼ tizmalarini tadqiq qilish va iqlimlarni taqqoslash» asarida 
qoʼllanilgan edi. Unda olim ichki sugʼorish sistemasini va togʼ tizmalarini 
oʼrganib, Markaziy Osiyoni alohida, oʼziga xos mintaqa sifatida ajratdi
2
.
Shundan soʼng «Markaziy Osiyo» tushunchasi uzoq vaqt mobaynida, to 
soʼnggi davrgacha geosiyosiy tushuncha sifatida emas, balki asosan tarixiy yoki 
geografik atama sifatida qoʼllanilib kelindi. Boz ustiga, mintaqaning chegaralari 
ham, uning tarkibi ham aniq emas edi. Hatto uning nomi ham turli tarixiy 
davrlarda va xalqlarda har xil atalgan. Tarixan olganda, geografik omillar asosiy 
mezon boʼlib xizmat qilgan. Yunonlar va rimliklar uni «Transaksoniya» - Oxus 
daryosi (Аmudaryo) ortidagi yer deb, xitoylar «Gʼarbiy oʼlka» deb, arablar - 
«Movarounnahr» yoki ikki daryo oraligʼi deb ataganlar. Eron «Turon»dan 
ajratilgan. Baʼzan mintaqa etnolingvistik asosda «Turkiston» deb atalgan
3
. Baʼzan 
esa, u «Ichki Osiyo» (Inner Asia) deb kengaytirilgan tarzda talqin qilingan va unga 
Moʼgʼuliston, Gʼarbiy Xitoy, Shimoliy Hindiston, Pokiston va Rossiya Sibirining 
janubiy qismi kiritilgan. Har qalay, YuNESKO tomonidan nashr etilgan «Markaziy 
Osiyo sivilizatsiyalari tarixi» kitobida mintaqa xuddi shunday koʼrinishga ega
4

Baʼzan aksincha, sobiq SSSRda boʼlganidek, mintaqa doirasi atigi toʼrt respublika 
- Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʼzbekistonni oʼz ichiga olgan «Oʼrta 
Osiyo» tushunchasiga qadar toraytirildi.
1
Бобоѐров ҒИлк ўрта аср манбаларида Туркистон атамаси. Интернет ресурс https://shosh.uz/ilk-orta-asr-
manbalarida-turkiston-atamasi (мурожат санаси 04.02.2021) 
2
Humboldt, A. de. Asie centrale. Recherches sur les chaines de montagnes et la climatologie compare. - Paris, 1843.
3
Сафоев С. Марказий осиѐдаги геосиѐсат. Тошкент. Publication was implemented under the UNESCO 
Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling