O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fаkulteti
Download 1.26 Mb.
|
O’zbekiston respublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi t-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat Ichki audit Ichki nazorat
3-rasm. Bank ichki nazorat tizimi
7 Bank ichki nazorati tizimining samaradorligi bir qancha tashqi va ichki faktorlarga bog’liq. Tashqi faktorlar jumlasiga, birinchi navbatda, ichki nazorat tizimini tashkil qilishning normativ-huquqiy bazasi mavjudligi kiritiladi. Agar mamlakatda bank tizimi va uning faoliyat yuritishi, bajarilgan operatsiyalarning 7 Shidlovskaya M.S. Bankovskiy nadzor i audit. -Minsk. Visshchaya shkola, 2003. 38 s Nazorat Ichki audit Ichki nazorat Mustaqil mexanizm – zaruriy nazoratni ta’minlash, risklarni kamaytirish, samarasiz operatsiyalarni o’z vaqtida topish usuli. Joyida tekshirish Masofadan tekshirish Kundalik faoliyatni nazorat qiluvchi boshqaruv mexanizmi. Siyosat va tartiblar Majburiyatlar taqsimoti Vakolat Tekshiruv tadbirlari Kunlik bitim va hisob yuritish ustidan nazorat Budjet nazorati mustahkamlash 21
bir bank xodimi o’z vazifasidan kelib chiqib faoliyat yuritishi va bajarayotgan operatsiyalarining qonun doirasidaligi va samaradorlini to’la nazorat qilishga erishadi. Ichki faktorlar jumlasiga bankda paydo bo’ladigan har qanday vaziyatlarni sifatli va operativ baholay oladigan va bank faoliyatidagi risklarni kamaytirish bo’yicha turli yo’nalishlarni ko’rsatib beradigan qobiliyatli mutaxasislarning mavjudligini kiritish mumkin. Ichki nazoratni amalga oshirish uchun bankda alohida maxsus bo’linma tashkil qilingan bo’lishi kerak. Va nihoyat, sifatli ichki nazoratni amalga oshirishning dastlabki shart sharoiti shu bank va boshqa raqobatchi banklar faoliyati to’g’risida to’liq va ishonchli malumotlarning mavjudligidir. Ichki nazorat amalga oshirilayotganda zarur axborotni rasmiylashtirish, uning mahfiyligini ta’minlash tartibi, kadrlarni tayyorlash va o’qitishga doir malaka talablari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo’lgan pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning alomatlari belgilanadi. Pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, bunday organlar bo’lmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat mazkur qoidalarni tasdiqlagan organlar, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat bank faoliyatining barcha bo’g’inlarida doimiy asosda yuritiladigan jarayon bo’lib, u bank kengashi, yuqori lavozimli shaxslar va boshqaruvning barcha bo’g’inlaridagi xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Ichki nazorat bank barcha bo’g’inlarida faoliyatni to’liq va sifatli tekshirish imkoniyatini yaratadi. Samarali bank ichki nazoratini shakllantirish 22
faol ishtirok etishi zarur. Bank ichki nazoratini tashkil qilinishining huquqiy asoslari ikkita katta guruhga ajratish mumkin: - Qonunchilik va me’yoriy hujjatlar tizimi - Bankning ichki me’yoriy hujjatlaridan tashkil topgan. Birinchi guruh, ya’ni qonunchilik va me’yoriy hujjatlar tizimi sifatida O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasining ayrim hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlari, auditorlik faoliyati standartlari kabilarni keltirib o’tish mumkin. Shuningdek, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining birgalikdagi ichki nazoratni tashkil qilishga doir me’yoriy hujjatlar ham tijorat banklari faoliyatida asosiy qoidalar sifatida qo’llaniladi. Bank faoliyatining yuqori boshqaruv organlari tomonidan ichki nazoratni tashkil qilish va samarali faoliyatini ta’minlash yuzasidan ichki me’yoriy hujjatlar tizimi yaratiladi. Mazkur hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan (2000 yil 22 fevraldagi 3/6-son bayonnoma) 466-son bilan tasdiqlangan “Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ichki me’yoriy hujjatlariga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi. Ushbu Nizomga asosan tijorat banklarining ichki me’yoriy hujjatlari banklarda samarali ichki nazorat tizimini yaratish, bank faoliyatiga xos bo’lgan tavakkalchilikni samarali boshqarish (tavakkalchilikni aniqlash, baholash, kuzatish)ni, xavfsiz va sog’lom bank faoliyatini yuritishni, bank qonunchiligiga to’liq rioya etilishini ta’minlash, bank faoliyatini boshqarish va bank operatsiyalarini amalga oshirishni qulaylashtirish maqsadida ishlab chiqiladi va 23
hujjatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: Ø Ichki nazorat xizmati to’g’risida nizom; Ø Ichki audit to’g’risida nizom; Ø Avtomatlashtirilgan bank tizimi malumotlariga kirishni taqsimlash to’g’risida nizom; Ø Ichki bank operatsiyalarini amalga oshirishni nazorat qilish tartibi; Ø Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash bo’yicha tartiblar; Ø Bank xodimlarining ichki nazorat xizmati xodimlari bilan o’zaro hamkorligi tartibi; Ø Ichki xavfsizlik tartiblari va boshqalar. Tijorat banklari o’z vakolatlari doirasida faqat mazkur bank uchun majburiy xarakterga ega bo’lgan ichki me’yoriy hujjatlarni nizom, yo’riqnoma, ko’rsatma, tartib, qoida, buyruq shaklida qabul qiladilar. Ushbu ichki me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash Bank Kengashi yoki Bank Boshqaruvi zimmasiga yuklatilgan. Bugungi kunda tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil etishda banklarning ichki me’yoriy hujjatlaridan keng foydalanilmoqda. Chunki etibor qilinadigan bo’lsa, Markaziy bank va boshqa vakolatli organlar tomonidan ishlab chiqilgan va banklarga tavsiya etilgan me’yorlar ushbu tizimning umumiy xususiyatlarini qamrab oladi va har bir bank boshqaruvi o’z ichki me’yorlari asosida ichki nazorat xizmatini to’liq va samarali tashkil etadi. “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida” va “Banklar va bank faoliyati to’g’risida“gi qonunlarda bank nazorati tushunchasiga bank faoliyatini tashqi tomondan nazorat qilish sifatida ko’proq e’tibor qaratilgan, lekin aynan bank ichki nazorati xususida boshqa qonun osti hujjatlarida to’xtalib o’tilgan. Shunday me’yoriy hujjatlardan biri O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 4 iyulda 404-son bilan qabul qilingan “Tijorat banklariga ichki nazoratni tashkil etishga oid tavsiyalar” bo’lib, mazkur hujjat 24
Markaziy bank talablarini o’z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008 yil 3 maydagi 11/5 sonli qarori bilan tasdiqlangan 674-sonli “O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida” yo’riqnoma banklar uchun majburiy bo’lgan buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibini belgilaydi. Ushbu yo’riqnomada banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat ko’rsatish hamda hujjatlar aylanmasini yo’lga qo’yish usullari to’g’risida ko’rsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining qonuniyligi bo’yicha javobgarlik belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi Qarori asosida “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat Qoidalari” tasdiqlangan. Mazkur me’yoriy hujjat tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish hamda amalga oshirish tartibini belgilaydi. Bugungi kunda banklarda ichki nazoratni tashkil qilishda mazkur hujjat hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Chunki banklarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga jalb etilishi iqtisodiyotning yashirin ko’rinishga o’ta borishiga imkon yaratadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling