86
VIII BOB. XULQ-ATVOR IQTISODIYOTIDA IJTIMOIY
IMTIYOZLAR
8.1. Ijtimoiy imtiyozlar bo’yicha amaliy tahlillar
Ko’pgina tajribalar, jumladan ultimatum va diktator o’yinlari
shuni
ko’rsatadiki, ko’p insonlar nafaqat o’zlarining moddiy qoniqishlari, balki,
boshqa insonlarning moddiy qoniqishlari haqida ham qayg’uradilar, shu
jumladan, ular tanimagan insonlar ham xuddi shunday tajribada ishtirok
etadilar. Ushbu tajribalar ham insonlarning bu
borada bir xil emasligini
ko’rsatadi. Ba’zi insonlar boshqalarning to’lovlariga katta qiziqish bildirishadi,
boshqalari esa juda kam yoki umuman qiziqish bildirmaydilar. Ushbu bo’limda
ijtimoiy imtiyozlar uchun asos sifatida talqin qilinishi mumkin bo’lgan
ultimatum va diktator o’yinlaridan tashqari tajribalar keltirilgan.
Ishtirokchilarning
boshqa
ishtirokchilarning
to’lovlariga
bo’lgan
qiziqishlarini ko’rsatadigan natijalar ishonchli va kichik daromadli talabalar
uchun laboratoriya tajribalari bilan cheklanmaydi. Misol uchun, xuddi shunday
natijalar rivojlanayotgan mamlakatlardagi mavjud kunlik ish haqi stavkalari
bilan solishtirganda katta bo’lgan to’lovlar uchun olinadi.
Ultimatum va
diktator o’yinlari uchun taklif qiluvchilar qandaydir altruistik motivlarga ega
ko’rinadi. Biroq, ultimatum o’yinlarida javob beruvchilarning past takliflarini
rad etish
altruistik motivlardan emas, balki qasos olish motivlaridan kelib
chiqadi. Xudbin iqtisodchida na altruistik, na qasos olish niyatlari bo’ladi.
Altruizm – axloqiy tushuncha,
uning negizida
boshqa kishilarga xolis xizmat qilish, ularning baxt-saodati
uchun oʻz shaxsiy manfaatlarini qurbon qilish yotadi.