O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Dala sumkasini jihozlash. Tuproqni xaritaga tushurishning dala ishlariga
tayyorgarlik ko‘rishning uchinchi bosqichi bu tuproqning fizik xossalarini o‘rganish uchun zarur bo‘ladigan asbob anjomlarni tayyorlash. 28 1. Topografik asosnomalarni solib yurish uchun planshet. 2. Tuproq kesmasining morfologik ta’rifini yozish uchun maxsus daftar. 3. Tuproq namunalarini solish uchun xaltalar. 4. Yorliqlar. 5. Tuproq kesmasining genetik qatlamlari qalinligi va chuqurligini aniqlash uchun metr lentasi. Lentaning uchiga mixga mahkamlangan tasma biriktiriladi.Mixni tuproqqa kirgizganimizda metrning O raqami kesmaning qoshi ustiga to‘g‘ri kelishi kerak. 6. Tuproq kesmasi devorlarini ko‘chirish va namuna olishda ishlatish uchun pchoq. 7. Lopatkilar. 8. Kompas. 9. Navigator. 10. Egov va qayroq toshlar. 11. Tuproqqatlamining mezomorfologik tasnifini berishda ishlatiladigan lupa. 12. Tuproq hajim og‘irligini aniqlash uchun 50x45mm keladigan metal silindir. 13. Gerbariy setkasi. 14. Dala sumkasi. 15. Kachinskiy yoki Malkola buri. 16. Daftar,ruchka, qalam, o‘chirg‘ich, skripka. 17. Qiyalikning tikligini aniqlash uchun Eklimetr. 2.2. Tuproqlari xaritaga tushiriladigan hududning tuprog‘i va tuproq hosil qiluvchi omillari haqida ma’lumot to‘plash va o‘rganish. Hududnin tabiiy-iqtisodiy sharoiti bilan tanishishni, fiziko-geografik adabiyotlardan boshlash zarur. O‘rganiladigan hududning joylashgan joyi va kordinatlari aniqlanadi, ushbular haqida ma’lumot beruvchi adabiyotlar topiladi, o‘qiladi, o‘rganiladi. Bunda e’lon qilingan adabiyotlar, arxiv materiallari, qo‘lyozmalar, hisobotlar, tushuntirish xatlari ham o‘rganiladi.Hududning 29 o‘simliklari haqidagi adabiyot- tuproq hosil bo‘lish jarayonlari haqida boy material beradi. Geologiyasi haqidagi adabiyotlar esa-tuproq hosil qiluvchi ona jins haqida ma’lumotlar bersa, joyning rel’efi topografik xaritalar asosida o‘rganiladi va geomorfologik adabiyotlar asosida gorizantal kenglik bo‘ylab joylashishini ta’riflaydi.O‘rganilayotgan hudud tuproqlarining issiqlik va suv rejimi haqidagi ma’lumotlar iqlim ko‘rsatkichlaridan olinadi, va hududni agronomik jihatdan to‘g‘ri tasniflashda xizmat qiladi. Dala ishlarining boshlanishidan oldin tuprog‘i xaritaga tushiriladigan hudud tuproq tipi, kenja tipi, tur va tur xili ya’ni tuproq ayirmalarining ro‘yxatini tuzish zarur.Talaba tuproqning mexanik tarkib bo‘yicha, sho‘rlanishi,yuvilish darajasi, skletliligi, gipslashganligi va gips qatlamning joylashishlari bo‘yicha klassifikatsiyalanishi bilib oladi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling