O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Yer tuzuvchining vazifasi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Dala ishlarini o‘tkazish uchun kartografik ma’lumotlar yig‘ish (topografik xarita, aerofotosyomka, yer tuzish rejalar xaritasi) va ularning
Yer tuzuvchining vazifasi. Reja xaritografik ma’lumotlarni ajratib oladi va
tuproqni o‘rganish ishlarini maqsadiga va masshtabiga, ularning sifati to‘g‘ri kelish 32 kelmasligini baholaydi va xaritaning saqlanishini ta’minlaydi. Tuproqlarni o‘rganish uchun tuproqshunoslarga reja-xaritografik asoslarni beradi va reja- xaritografik asoslarni ko‘paytirishni tashkil qiladi. Maboda topografik asoslarni aniqlash kerak bo‘lib qolsa, uni aniqlaydi va xarita tuzish ishlarini bajaradi. Yer tuzuvchi tuproqshunos bilan, tuproq otryadi agronomi va xo‘jaliklarning agronomlari bilan birgalikda qishloq xo‘jalik ekinlarini aniq joylashtirish maqsadida almashlab ekish tartibini va tadbirlarini ishlab chiqadi. Texnik xaritograflarni topografik asoslarini nusxa tayyorlashdagi ishlarga tuproq xaritalarini va xaritagrammalarini tuzib bezashida, tuproq ayirmalari maydonlarini o‘lchab hisoblashda va boshqa hisob-kitob va chizmachilik ishlariga boshchilik qiladi. Tuproq partiyasi hamma a’zolarini o‘z ichida jipslashtiradi va bajariladigan ishlarni ilmiy tashkilotlar, loyihalash tashkilotlari, xo‘jaliklar tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlari bilan bog‘liq ravishda olib boradi. Partiya boshliqlari va bosh mutaxasislar imkoniyati boricha bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida bajarilgan ishlar hajmi, ahamiyati va o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida viloyat, tuman matbuotlarini vaqti-vaqti bilan xabardor qilib turishlari kerak. 3.2. Dala ishlarini o‘tkazish uchun kartografik ma’lumotlar yig‘ish (topografik xarita, aerofotosyomka, yer tuzish rejalar xaritasi) va ularning tuproqni xaritaga tushirishdagi ahamiyati. Xaritalar masshtabi. Xaritada tekshirilayotgan joydagi ikki nuqtaning o‘rtasidagi masofani aniqlash uchun santimetrli lineykadan yoki millimetrli qog‘ozdan foydalanish mumkin. Buning uchun xaritadan bu nuqtalar orasidagi bizni qiziqtiruvchi masofa santimetrda o‘lchanadi, santimetr hisobida chiqqan son masshtab qiymatiga ko‘paytiriladi va haqiqiy tekshirilayotgan ikkita nuqta o‘rtasidagi masofa topiladi. Masalan: xaritadagi ikkita nuqta orasiga masofa 75,0 metr va masshtab 1:5000 bo‘lsa, haqiqiy masofa 75,0:5000 = 1,5 sm bo‘ladi. YAni xaqiqiy masofa metr soni masshtab qiymatiga bo‘linadi. Xaritadagi egri-bugri masofalarni topish uchun 33 kurvimetr asbobidan foydalaniladi. Buning uchun kurvimetr tagiga o‘rnatilgan g‘ildirakcha egri-bugri yo‘ldan yurgiziladi, siferblatda g‘ildirakcha bosib o‘tgan masofa santimetr hisobida ko‘rsatiladi. Siferblatda ko‘rsatilgan santimetr hisobidagi son masshtab qiymatiga ko‘paytiriladi, shundan keyin bizni qiziqtirgan joyning ikki nuqta orasidagi masofa metr yoki kilometr hisobida topiladi. Masalan: yo‘l yoqasi yoki boshqa chiziqdan erkin harakat qilayotgan g‘ildirak, 1:25000 masshtabli xaritada o‘lchanayotgan siferblata oxirgi nuqtada 65 sm ko‘rsatadi,va mana shu 65 sm ko‘rsatkich xarita masshtabi qiymatiga ko‘paytirilsa, 250 metrli qiziqtirayotgan nuqtalar orasidagi xaqiqiy masofani topamiz. Mana shu keltirgan misolimizdagi masofa 250x65=16,25 km ga teng bo‘ladi. Kurvimetr ishlatishdan avval oldindan uzunligi ma’lum bo‘lgan chiziq o‘lchab, tekshirilib ko‘riladi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling